1. Halqum. Xiqqildoqning surunkali kasalliklari


Xiqqildoqning surunkali kasalliklari



Download 72,99 Kb.
bet2/3
Sana22.05.2023
Hajmi72,99 Kb.
#942580
1   2   3
Bog'liq
xalqum kasalligi bir narsalar

2.Xiqqildoqning surunkali kasalliklari
Hiqildoq yiqilish natijasida, biror qattiq narsaga urilishi sababli, hiqildoq atrofiga zarb bilan urganda jarohatlanadi. Bunday hollarda tog‘aylar sinishi, darz ketishi, kesilishi, ezilishi mumkin. O‘tmas narsa bilan shikastlanganda teri ostiga tarqalgan holatda qon quyilishi mumkin. Ba’zan hiqildoq tog‘aylari o‘z o‘rnidan qo‘zg‘aladi. Hiqildoq jarohatlanganda hiqildoq stenozi, undan qon oqishi, arterial bosimning pasayishi va pulsning tezlashuvi kuzatiladi. Klinik manzarasi. Ovozning (tovush chiqarishning) buzilishi, hatto afoniya rivojlanishi mumkin. Hiqildoq sohasida og‘riq, nafas olish (shovqinli, stridoroz nafas) va yutinishning buzilishlari kuzatiladi. Hiqildoqni tekshirganda shilliq pardaga qon quyilganini, u qoramtir-qizg‘ish tusga kirganini kuzatish mumkin. Davolash. Hiqildoqni shilliq ajralmalardan, karashlardan tozalash lozim. Antiseptik eritmalar bilan yuvish kerak, antibiotikli eritmalar yoki adrenalin eritmasi purkash zarur. Jarohatlangan bemor hayoti uchun xavfli bo‘lgan qon ketishini to‘xtatish, ochiq kesilgan yaralarni to‘g‘rilab joy-joyiga qo‘yish, tog‘ay usti pardasini tikish lozim. Og‘riq va yo‘talni qoldiruvchi, so‘lak va shilimshiqni kamaytiruvchi dorilar, antibiotiklar beriladi. Bo‘g‘ilishning og‘ir turida traxeostomiya qilinadi. Jarohatlangan bemorga qoqsholga qarshi zardob yuborish lozim. Hiqildoq kuyishlari. Amaliyotda asosan hiqildoq, halqum, qizilo‘ngachning aralash kuyishlari kuzatiladi. Shish ovoz (tovush) va dahliz burmalariga tarqaladi va natijada nafas yo‘llari torayadi. Yutinish qiyinlashadi va og‘riqli bo‘ladi, keyinchalik stenoz oqibatida nafas olish qiyinlashadi.
Davolash. Yallig‘lanishga qarshi vositalar (moychechak, shalfey) bilan tomoqni chayish buyuriladi. Antibiotiklar, to‘qimalar shishini kamaytiruvchi vositalar qo‘llaniladi. Ko‘rsatma bo‘lsa, traxeostomiya qilinadi. Surunkali laringit – aholining turli yoshdagi va turli ijtimoiy guruhlariga mansub shaxslari orasida keng tarqalgan. Kasallikning uch turi uchraydi: kataral, giрerplastik va atrofik turlar. Hiqildoq tovush funksiyasining buzilishi barcha turlarga xosdir. Kasb-korga oid zararli omillar, chekish, ko‘p gapirish hiqildoqning surunkali yallig‘lanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Sigaret tutuni hiqildoq, kekirdak va bronxlarning shilliq pardasiga zararli, qiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, shilliq pardaning beqaror giрeremiyasiga olib keladi. Bu o‘z navbatida ko‘p miqdorda balg‘am ajralishi bilan davom etuvchi yallig‘lanish jarayonini yuzaga keltiradi. Bunga sabab – sigaret tutuni hiqildoq, kekirdak va bronxlarni hilpillovchi epiteliysining faoliyatini susaytirishidir. Shuning uchun, kun bo‘yi yo‘tal refleksi pasaygandek bo‘ladi. Yig‘ilib qolgan balg‘amning tovush osti bo‘shlig‘iga tushishi qiyinlashadi. Tunda hilpillovchi epiteliyning ishlash qobiliyati ma’lum darajada tiklanib, yig‘ilib qolgan balg‘am yo‘talga sabab bo‘ladi. Yo‘tal kuchli bo‘ladi, chunki balg‘am devorlarga yopishib qolib, ko‘chishi ancha qiyin kechadi. Burun va hiqildoq shilliq pardasi nekrozlanishi mumkin. Bunda ham yallig‘lanish jarayoni kuzatiladi. Surunkali kataral laringit. Barcha hiqildoq bo‘limlari shilliq pardalarining turg‘un bir maromlik giрeremiyasi, bundan tashqari, ularning o‘rta me’yorda shishganligi qayd qilinadi. Hiqildoqning shilliq pardasi, ayniqsa tovush burmalari sohasi va cho‘michsimon bo‘shlig‘i yopishqoq shilliq balg‘am bilan qoplangan bo‘ladi. Tovush burmalari uzunasiga yoki orqa bo‘limlarida yopilmaydi. Bemor tovushining xirillab qolganligidan, balg‘amli yo‘taldan shikoyat qiladi. Nafas olishda o‘zgarish kuzatilmaydi. Disfoniya va afoniya kuzatiladi.

Download 72,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish