1. Halqum. Xiqqildoqning surunkali kasalliklari



Download 72,99 Kb.
bet1/3
Sana22.05.2023
Hajmi72,99 Kb.
#942580
  1   2   3
Bog'liq
xalqum kasalligi bir narsalar


Mavzu: Halqum va xiqqildoqning surunkali kasalliklari.
Reja:
Kirish
1. Halqum.
2. Xiqqildoqning surunkali kasalliklari.
3. Davolash.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Otorinolaringologiya quloq, burun, tomoq kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, asoratlari davolash va profilaktikasi va shoshilinch xolatlarida tez yordam ko‘rsatish asoslarini o‘rganuvchi fandir. QSHP va SHSHP sharoitida UASH foaoliyatida murojat qilgan bemorlarni 30% quloq burun va tomoq kasalliklari tashkil qiladi. SHuning uchun otorinolaringologiya Fani asoslarini UASH ixtisosligi tasnifa asosida o‘rganish muxum axamiyatiga ega. LOR azolarini kasalliklarini o‘z vaktida aniklash va davolash aholigni sog‘lamtirish organizmning boshka a’zo va tizimlarining kasalliklarini profilaktika qilish imkonini beradi.
Yuqorida qursatib o‘tirgan dalillar otorinoloaringologiya Fani asoslarini davolash va tibbiy pedagogika fakulteti talabalariga o‘kitishni zarur ekanligini ko‘rsatadi.

1. Halqum
Halqum — ogʻiz boʻshli-gʻini qiziloʻngach bilan tutashtiruvchi meʼdaichak yoʻlining oldingi qis-mi; shakli egri naysimon; orqa yuzasiga qarab yassilangan, pastki qis-miga qarab toraygan boʻladi. Yutinish vazifasini bajaradi va nafas olishda ishtirok etadi. H. devorlaridan oʻpka, shuningdek, ayrisimon, qal-qonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezlari rivojlanadi. H.ning uz. 15 sm cha. H. burun va ogʻiz boʻshligʻining davomi boʻlib, pastdan hiqildoq va Yevstaxiy naylari orqali oʻrta quloqdagi nogʻora boʻshligʻi bilan tutashadi. H.ning old devori deyarli yoʻq; H.dan oldin burun, ogʻiz boʻshligʻi va hiqil-doq joylashadi. Shuning uchun H.ning yuqorigi — burun yoki burun-halqum qismi, oʻrta — ogiz qismi va pastki — hiqildoq qismi ajratiladi. Burun-halqum qismi burun va oʻrta quloq boʻshligʻi bilan; ogʻiz qismi tomoq teshigi orqali ogʻiz boʻshligʻi bilan; hiqildoq qismi esa hiqildoq bilan tutashadi. H.ning hiqildoq qismi hiqildoqning orqa tomonida joylashgan, uning oldingi va orqa devorlari faqat ovqat yoki suyuqlikni yutish paytida bir-biridan uzoqlashadi, boshqa vaqtda esa bir-biriga tegib turadi. H. orqa devorining yuqori qismida, oʻrta chiziq boʻylab limfa toʻqimasidan tuzilgan halqum murtagi joylashgan. burun-halqum qismining harakatsiz yon devorlaridan oʻrta quloqqa olib boruvchi eshituv nayi boshlanadi. Shu joyda eshituv nayi teshigi bilan yum-shoq tanglay chodiri oraligʻining oʻng va chap tomonida limfa toʻqimasidan tuzilgan nay murtagi bor. Halqum murtagi, 2 ta nay murtak, 2 ta tanglay va til murtaklar bir-galikda H.ning kirish qismida hal-qaga oʻxshab joylashadi. H. devorining xususiy plastinkasi siyrak biriktiruvchi toʻqimadan iborat boʻlib, juda koʻp elastik tolalar tutadi. Bu plastinka kalla suyagining tashqi asosiga tutashadi, shu sababli, H. burun qismining orqa va yon devorlari birbiriga yaqinlasha olmaydi va havo burundan bevosita H.ning burun qismi orqali hiqildoqqa oʻtadi.
Odam organizmida halqum uch qismga bo‘linadi, ya’ni burun-halqum, og‘iz-halqum va hiqildoq-halqum sohasi. Burun-halqum xoanlar orqali burun bo‘shlig‘i bilan, og‘iz-halqum tomoqning yuqori qismi orqali og‘iz bo‘shlig‘iga qo‘shiladi. Hiqildoq-halqum hiqildoqqa qo‘shiladi. Halqumning yuqori qismida 6 ta bodomcha bezi bo‘ladi. Halqumda ovqat yutish va nafas olish yo‘llari bir-biri bilan kesishadi. Ovqat yutish vaqtida kichik tilcha ko‘tarilib, burun bo‘shlig‘ini, hiqildoq usti pastga tushib, hiqildoqni berkitadi va ovqat og‘izdan tomoqqa, undan qizilo‘ngachga o‘tadi.
Epiglottit – hiqildoq usti hamda uni atrofidagi to‘qimalarning yallig‘lanishi bilan bog‘liq xastalik. Odatda bu sohadagi yallig‘lanish tufayli nafas olish yo‘llari berkilib qolishi mumkin.
2.
O‘tkir kechadigan epiglottit asosan 2-4 yoshli bolalar orasida ko‘p uchraydi. Ayrim vaqtlarda bu xastalikka nisbatan katta yoshli bolalar, hattoki, katta odamlar ham chalinadi. Epiglottitga chalingan yosh bolalarda bir qancha soat davomida isitmalash, serzardalik, disfoniya (ovoz tembrining o‘zgarishi) va disfagiya (yutish funksiyasining buzilishi) kabi alomatlar paydo bo‘ladi. Bemorlar old tomonga bukilib o‘tirishga harakat qiladilar. Ularning nafas olishi og‘irlashgani bois og‘zini ochib o‘tirishga majbur bo‘ladilar, bemor og‘zidan so‘lak oqib turadi.
O‘smir va katta yoshli bemorlarda kasallik alomatlari nisbatan kechroq ifodalanadi. Tomoq og‘rig‘i kasallik boshlangan dastlabki ikki kun davomida namoyon bo‘la boshlaydi. Katta yoshdagi bemorlarning 25 foizida nafas bo‘g‘ilishi, 15 foizida so‘lak bezi faoliyati kuchayib ketishi, 10 foizida stridor (hushtaksimon nafas olish) kabi klinik alomatlar kuzatiladi.
Aksariyat hollarda kasallikning rivojlanishiga pnevmoniya (zotiljam) va meningit (miya pardalarining yallig‘lanishi) kabi xavfli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi bakteriya – «Haemophilus influenzae» sababchi bo‘ladi. Bu turdagi mikrob odam organizmiga havo-tomchi yo‘li bilan tushishi mumkin. Ayrim hollarda mazkur mikrob burun bo‘shlig‘ida qulay vaqt kelguniga qadar saqlanishi mumkin.
Yuqorida aytib o‘tilgan mikrobdan tashqari, kasallikning rivojlanishiga pnevmokokk, streptokokk, kandida zamburug‘i, chechak xastaligini keltirib chiqaruvchi varitsella zoster virusi ham sabab bo‘ladi. Ba’zi bir vaziyatlarda epiglottit shikastlanish sababli yuzaga keladi. Bundan tashqari, u nafas yo‘llarining kuyishi (shu jumladan, issiq ovqat yoxud suyuqlikni iste’mol qilish) oqibatida ham rivojlanishi mumkin.
Kasallikning patogenezi haqida so‘z ketganida, birinchi navbatda, respirator viruslarning ta’siri sababli kapillyar (qil tomircha)larning yorilishi kuzatiladi. Epiteliy to‘qimasi shikastlanishi tufayli shilliq qavat ostiga turli xildagi bakteriyalar joylashib oladi. Keyinchalik ular yallig‘lanish va shishni keltirib chiqaradi. Ba’zi hollarda epiglottitdan avvalroq turli xil infeksiyalar tufayli yuqori nafas yo‘llarini zararlanishi kuzatiladi. Bunday vaziyatda xastalik juda tez rivojlanib 2-5 soat davomida hiqildoq usti hamda uni atrofidagi to‘qimalarning yallig‘lanishi sababli nafas yo‘llari butunlay berkilib qoladi.
Yuqori harorat, hushtaksimon nafas olish, tomoq qismining yallig‘lanishi, jizzakilik, betoqatlik, holsizlanish, nafas olishning qiyinlashishi epiglottitning asosiy alomatlari hisoblanadi. Dardga chalingan bemor biroz yengillik bo‘lishi uchun bo‘yin qismini cho‘zishga, og‘zini katta ochib o‘tirib olib boshini old tomonga egishga harakat qiladi. Bunda bemorning tili osilib turadi, burun bilan nafas olish paytida burun kataklari keskin ravishda shishib turadi. Kasallikni gemofilus inflyuense bakteriyasi keltirib chiqarganida bemorning tana harorati keskin oshadi, tomoq sohasida kuchli og‘riq seziladi. Bularga qo‘shimcha ravishda so‘lak bezi faoliyatining keskin kuchayishi, ovozning bo‘g‘ilib chiqishi, nafas olishning og‘irlashishi, kislorod yetishmovchiligi tufayli lablarning ko‘karib ketishini ham aytib o‘tishimiz kerak.
Mutaxassislar epiglottitning uch xilini – shish bilan kechadigan, infiltrativ va abses (gazak oladigan) shakllarini farqlashadi. Ularning har biriga qisqacha ta’rif berib ketamiz: shish bilan kechadigan epiglottit uchun yutish vaqtida kuchli og‘riqning his etilishi, intoksikatsiya (zaharlanish), bo‘yin sohasini ushlab ko‘rganda og‘riq sezilishi, tana haroratining 37-39 darajagacha ko‘tarilishi, hiqildoq usti hamda uni atrofidagi to‘qimalarning shishishi kuzatiladi. Halqumning zararlangan qismidan farqli o‘laroq boshqa sohalarda patologik o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Bemorning qonida leykotsitoz, ECHT – eritrotsitlarning cho‘kish tezligi miqdorining keskin oshib ketishi kuzatiladi.
Epiglottitning infiltrativ va gazak oladigan shakllarida bemorning umumiy holati og‘irlashib boradi. Kasallikning boshqa alomatlari nisbatan tez yoki sustroq tarzda ifodalana boshlaydi. Tana harorati 38-390C darajagacha ko‘tariladi. Tomoq sohasida chidab bo‘lmaydigan kuchli og‘riq, nafas yetishmasligi, bemorning yuzida kuchli iztirob kuzatiladi. Bemorning tili o‘ta darajadagi kulrang karash bilan qoplangani, hiqildoq ustining shishib, periferik qon tomirlarining haddan tashqari qonga to‘lishi kuzatiladi. Gazak oladigan o‘tkir epiglottitda zararlangan sohada madda o‘choqlari yaqqol ko‘rinib turadi, shish tufayli halqumning boshqa sohalarini kuzatish imkoniyati keskin chegaralangan bo‘ladi. Bemorning nafas olishi ancha qiyinlashib qoladi (inspirator nafas qisilishi).
O‘tkir kechadigan epiglottit chog‘ida unga zararlangan sohaning yiringlashi ham qo‘shilsa qisqa fursat davomida hiqildoq usti sohasida xondroperixondrit (hiqildoq tog‘aylari hamda tog‘ay ustki qismlarining yallig‘lanishi) kuzatiladi.

Download 72,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish