1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash



Download 141,88 Kb.
bet1/7
Sana18.09.2022
Hajmi141,88 Kb.
#849273
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
16 10.01.2020




[OKOZ:

1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va ta’minoti]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoni, “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish va shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 22-iyundagi PQ-3800-son qaroriga muvofiq, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida autsorsing tizimini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsingga o‘tkaziladigan xizmatlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
davlat tibbiyot tashkilotlarida autsorsing asosida xizmatlar mazkur qarorning 1-ilovasida keltirilgan ro‘yxatga muvofiq amalga oshiriladi. Ro‘yxatda keltirilmagan xizmatlar autsorserga davlat tibbiyot tashkilotining tashabbusi asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda o‘tkaziladi;
autsorserga xizmatlarni tashkil etish uchun ijara shartnomasi doirasida vaqtincha foydalanishga beriladigan ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) xonalari, shu jumladan tegishli inventarlardan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi nol stavka bo‘yicha belgilanadi;
xizmatlar autsorsing asosida tashkil etilishi munosabati bilan tejalgan pul mablag‘lari, birinchi navbatda, davlat tibbiyot tashkilotlarining tegishli autsorsing xizmatlari sifatini yaxshilashga yo‘naltiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
bir oy muddatda, eksperiment tariqasida Toshkent shahrining Olmazor, Shayhontoxur va Yunusobod tumanlarida joylashgan davlat tibbiyot muassasalarining sterilizatsiya xizmatlarini autsorserga o‘tkazish to‘g‘risida e’lon berilishini ta’minlasin va belgilangan tartibda autsorserlar bilan shartnoma tuzilishini nazoratga olsin;
o‘n kun muddatda, sterilizatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha texnik talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
eksperimentning ijobiy natijalariga ko‘ra autsorsing shartlari asosida sterilizatsiya xizmatlari respublikaning boshqa hududlarida ham ommalashtirish choralarini ko‘rsin;
sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini halqaro standartlar darajasiga ko‘tarish maqsadida, tibbiy va notibbiy xizmat turlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, shu jumladan autsorserga o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda xususiy sektor vakillari sonini 2025-yilga qadar 35 foizga yetkazish choralarini ko‘rsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-yanvar,
16-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 16-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsingga o‘tkaziladigan xizmatlar
RO‘YXATI
1. Notibbiy xizmat turlari:
mijozlarni ovqat bilan ta’minlash;
kir yuvish xizmati;
bino va inshootlarni saqlab turish, shuningdek, ularni muhandislik-texnik tizimlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash.

Download 141,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish