1. Jahonda elektron tijoratni rivojlanish tendensiyalari



Download 235,61 Kb.
bet1/10
Sana13.06.2022
Hajmi235,61 Kb.
#664922
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
e-tijorat


Reja:
Kirish .………………………………………………………………....2
1. Jahonda elektron tijoratni rivojlanish tendensiyalari……………………………………………………..…...6
2. O’zbekistonda elektron tijoratni o’rni va ahamiyati…….……………………………………………………………......17
3. O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlanish samaradorligi…………………..........................................……………….…..21
Xulosa ………………………………………………………………………..33
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………………35




Kirish

XXI asr zamonaviy axborot texnologiyalari asri bo‘lib kelmoqda. Hozirgi vaqtda jahonda raqamli texnologiyalarga o‘tish jarayoni tubdan rivojlanmoqda va hayotimizning barcha jabhalarida axborot hal qiluvchi kuch vazifasini o‘tamoqda. Davlatimizda jismoniy sog‘lom, manaviy yetuk, har tomonlama uyg‘un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish bugun har bir muhandis-pedagog oldidagi ulkan mas’uliyatli vazifadir. “Kimki haqiqiy axborotga ega bo‘lsa, u dunyoga hukmronlik qiladi” degan naql bugungi kunda o‘z tasdig‘ini topmoqda. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida turli xil mulk shaklidagi xo‘jalik subyektlarining yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish yo‘lidagi faoliyatlari bozorda iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar manfaatlari tengligi asosida iste’mol bozorining aholi ehtiyojlarini qondirish va shu orqali ularning turmush sharoitlarini yaxshilash hamda farovonligini yanada oshirishni nazarda tutadi. Bunday ulkan vazifalarni amalga oshirishda mulk shaklidan qat’iy nazar, barcha xo‘jalik subyektlarining informatsion texnologiyalardan keng miqyosda foydalanishi muhim ahamiyatga ega. Bizning mamlakatimizda, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakat strategiyasining uchinchi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberalashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” bandida ham ustivor yo‘nalishlaridan biri qilib “Kichik biznes va tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta’minlash belgilanganligi”, bu sohada axborot kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarini tizimli qo‘llash kerakligini davlatning asosiy vazifasi sifatida e’tibor berishi muhim ahamiyatga egadir. Bu vazifani amalga oshirishda tadbirkorlik va biznesda yangi zamonaviy dasturiy vositalar hamda integratsiyalashgan axborot tizimlarini keng miqyosda qo‘llash va ularni mamlakatimiz siyosati 9 orqali barcha jabhalarga tadbiq etish iqtisodiy samarani ancha oshirishga imkon beradi. Hozirgi paytda butun jahonda axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarini jadal rivojlanishi, va uning iqtisodiyotning barcha sohalarida qo‘llanilishi, iqtisodiyotda yangi innovatsiyaga asoslangan “Internet-iqtisodiyot”, ya’ni “raqamli iqtisodiyot”ni paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Bu yangi iqtisodiyot zamonaviy axborotkommunikatsiya vositalariga asoslangan internet texnologiyalari asosida ishlaydigan iqtisodiyot bo‘lib, u bugungi kunda barcha sohalarni qamrab oldi. Dunyoning yetakchi olimlari tomonidan e’tirof etilishicha, raqamli-iqtisodiyot eng jadal rivojlanayotgan istiqbolli yo‘nalishlardan biri bo‘lib borayapti. O‘zbekiston Respublikasi elektron tijoratni rivojlanish tendensiyalari va uning aniq faoliyat yuritishi – barcha rivojlangan davlatlar taraqqiyotining asosiy poydevori hisoblanadi. Elektron tijorat korxonalarning kerakli resurslar oqimini samarali boshqarishda, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishda, faoliyatlarini olib borishda vaqtdan yutishda, mijozlar bilan ishlashda informatsion tо‘siqlarni boshqarishda eng asosiy instrument hisoblanadi. Hozirgi qattiq raqobat sharoitida har bir biznes faoliyatini olib borayotgan subyektlar elektron tijorat imkoniyatlaridan foydalanishga majbur. Tadbirkorlik faoliyatida korxonalar elektron tijorat yordamida bо‘lg‘usi mijozlarga, mol yetkazib beruvchilar va buyurtmachilar bilan web tizimi orqali aloqa о‘rnatish, savdo bitimlarini amalga oshirish uchun kerakli hujjatlarni elektron kо‘rinishda ayirboshlash, tovar va xizmatlar sotilishi va yetkazib berilishini nazorat qilish, tovar reklamasi va xariddan keyingi qо‘llab-quvvatlash va xarid uchun elektron tо‘lovni amalga oshirish masalarini arzon va qulay amalga oshirish mumkin. Shuning uchun elektron tijorat tadbirkorlar faoliyatining ajralmas qismiga aylanib boryapti. Rivojlangan davlatlar elektron tijoratning imkoniyatlarini va istiqbollarini aniq his qilgan holda bu sohaning rivojlanishiga yetarlicha investitsiya ajratayaptilar. Rivojlangan davlatlarda elektron tijorat bu mamlakatlarning yalpi milliy mahsulotlarida salmoqli о‘rin egallaydi. 10 Rivojlangan davlatlar bu sohani yangi iqtisodiy tizim sifatida qaray boshlashdi va bu sohada yetakchi о‘rinni egallash maqsadida elektron tijoratni о‘rgana boshlashdi. Elektron tijoratni rivojlatirishga xalaqit beradigan tо‘siqlarni yechish mexanizmlarini ishlab chiqilgan. Yevropa Ittifoqi bu borada о‘zining “Elektron Yevropa”(e-europe) loyihasini ishlab chiqdi. Bu loyiha Yevropa Ittifoqini kelajakda yangi iqtisodiy tizimdagi holatini yaxshilashda muhim rol о‘ynaydi. Rivojlanayotgan davlatlarda elektron tijoratni mamlakatning eksport salohiyatini oshiruvchi asosiy jarayon deb bilishadi. Bu davlatlardagi kichik biznes vakillari elektron tijoratning ahamiyatini sekinlik bilan anglashmoqda. Shuni inobatga olib, rivojlanayotgan davlatlar hukumatlari elektron tijorat rivojlanishiga turtki bо‘ladigan asosiy axborot kommunikatsiya texnologiyalari infrastrukturasini rivojlantirishga e’tiborlarini qaratmoqdalar. О‘zbekistonda ham elektron tijorat jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Oxirgi yillarda mamlakatimizda ham zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish borasida bir qancha qaror va farmoyishlar e’lon qilindi. Qabul qilingan farmonlarning ichida 30 may 2002-yildagi PF-3080 Respublikamizda axborotlashtirish jarayonlarini jadallik bilan rivojlantirishga olib keldi. O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risidagi 2005-yildagi qarori bilan barcha o‘quv tashkilotlari zamonaviy kompyuter texnologiyalari va internet tarmog‘i bilan ta’minlandi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ1730 21-mart 2012-yilda qabul qilinib, barcha boshqaruv organlarini kompyuterlashtirish va dasturiy ta’minot bilan ta’minlash bo‘yicha ancha ishlar qilindi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborotkommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-1989 26- mart 2013-yil, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi PF-4702 04.02.2015-yil, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4- dekabrdagi “2016-2018 yillarda O‘zbekiston tijoratni rivojlantirish 11 konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 353-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-sonli 1qaror va farmonlarni keltirish mumkin, shu bilan birgalikda bu misollar sohaga katta e’tibor berilayotganligidan dalolat berib turibdi.



  1. Download 235,61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish