1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni


Kaykovusning ta’limiy-ahloqiy qarashlari



Download 331,2 Kb.
bet14/18
Sana13.03.2020
Hajmi331,2 Kb.
#42319
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Jamiyat


81 Kaykovusning ta’limiy-ahloqiy qarashlari.

Unsurul Maoliy Kaykovus «Qobusnoma»

Kaykovus 412 hijriy yilda (milodiy 1021—1022) tug’ilgan. Uning avlodlari gilon qabilasidan bo’lib, Tabaristonda (hozirda Kaspiy dengizining janubidagi hudud) yashaganlar.

Ammo biz Kaykovus haqida batafsil ma’lumotlarga ega emasmiz.

Kaykovus o’z hayoti davomida ko’rgan-bilganlari asosida o’zining buyuk «Qobusnoma» asarini yaratäè. Kitobni u o’g’li Gilonshohga bag’ishlagan. Bu paytda Kaykovus taxminan oltmish yoshlarda edi.

«Qobusnoma» SHarqda, xususan Eronning o’zida ham saqlanib kelayotgan an’anaga ko’ra pand-nasihat tarzida yozilgan bo’lib, mana bir necha asrlardan beri xalqlarni, jumladan yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda, ularni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda muhim qo’llanma bo’lib kelmoqda.

Lekin asarning «Qobusnoma» deb atalishining sababi, uning umuman Qobusga aloqasi haqida eslatilmaydi.

Kitob Eronda sakkiz marta nashr etiladi. Bularning eng mukammali mashhur oli Rizo Qulixon Hidoyat tomonidan 1890—1891 yillarda chop etilgan nashri hisoblanadi. Asar keyinchalik Bombeyda, Isfaxonda Fatxulla ibn Amulla Vali Urduni Baxtiyoriy tomonidan chop etildi.

Bundan tashqari, «Qobusnoma» ko’plab SHarq va G’arb tillariga o’girilib, nashr etilgan. Jumladan, 1432 yilda Merjomak Ahmad ibn Ilyos tomonidan, 1705 yilda Hasan posha Nazmizoda Murtoza tomonidan, 1881 yilda Qozon tatarlari tilida Qayum Nosiriy tomonidan, 1860 yilda Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan o’zbek tiliga, G’arb tillaridan — nemis, frantsuz, ingliz tillariga tarjima qilinib, chop etildi.

Endi bir-ikki og’iz so’z SHamsul-maoliy Qobus haqida. SHamsul-maoliy Qobus o’z davrining fozil kishilaridan bo’lgan. U keng bilim egasi bo’lish bilan birga she’rlar ham yozgan. Hukmdorligi davrida o’z saroyida zamonasining peshqadam olimlari va shoirlarini yig’ib, poytaxti Jurjonni yirik madaniy markazga aylantirgan. Tarixiy manbalarda Qobusning arab tilida yozgan, uchta kitobdan iborat mashhur «Nomalar»i bo’lganligi qayd etiladi. Bular «Kamol al-balag’a» («Suxandonlik kamoloti»), maqol va hikmatlar to’g’risidagi «Al-forida fi-l amsal va-l adab» («Nodir nomalar»), «Risola fi-l iftixor va-l itob» («Tanbeh va maqtov nomalari»)dir.

«Qobusnoma» murakkab yo’lni bosib o’tdi. SHo’ro mafkurasi davrida asarning insonni aqliy, axloqiy tarbiyalashdagi ahamiyati hokim sinf axloqini targ’ib qilish deb baholandi. Kaykovusning Vatan haqidagi, kasb-hunarni ulug’lovchi, bilimlarni egallash haqidagi fikrlari, diniy qarashlari siyosiy nuqtai nazardan qoralanadi. Asarning qimmati faqat uning adabiy-badiiy, til xususiyati va tarixiy jihatlarida deb ta’kidlandi.

Kaykovusning o’zi ta’kidlaganidek, butun bir asr ana shu oxirgi bobida ta’rif bergan juvonmardlar tarbiyasiga bag’ishlangan. Kaykovus unda «... barcha fikr va tushunchalarimning sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, ham hunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirq to’rt bobda bayon etdim»1, deyish bilan har bir yoshning aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog’lagan holda kamolga yetkazish yo’llari va usullarini bayon etgan. Kitobda juvonmardlar egallashi zarur bo’lgan quyidagi yo’nalishlarda ta’lim-tarbiya berish nazarda tutilgan:


  1. Kaykovus bilim olish haqida.

  2. Hunar va turli kasb egalari haqida.

  3. Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.

  4. Jismoniy yetuklik haqida.

CHunki har bir juvonmard uchun tan, jon, havos va maoniy, ya’ni ham sipohiylik, ham ma’rifat, ham donishmandlikka ega bo’lish zarur bo’lib, bu xislatlar ana shu yuqoridagi to’rt yo’nalishda zikr etilgan. Kaykovus ilmni uchga bo’ladi: biror kasb-hunarga bog’liq bo’lgan ilm; ilm bilan bog’liq kasb-hunar hamda xayr va dalolatga taalluqli odat.

Birinchisiga, ya’ni biror kasb bilan bog’liq ilmlarga tabiblik, munajjimlik, muhandislik, yer o’lchash, shoirlik va boshqalar kiritiladi. Ilmga taalluqli kasblar musiqa asboblari ustasi, hayvonlarni davolovchi, binokorlik va boshqalar bo’lib, har qanday usta bo’lsa ham bu boradagi ilmni bilmasa, hech ish qila olmasligi ta’kidlanadi.

SHuningdek, ilm olish yo’liga kirgan toliblarga ham yo’llanmalar beradi:



Hamma vaqt parhezli va qanoatbaxsh bo’lish, bekorchilikdan o’zini tiyish, doimo shod-xurram va harakatchan bo’lish, kitob o’qishga berilish, ilm yo’lida qayg’u-hasratga berilmaslik, ilmni yodda saqlash uchun takrorlab borish, yod olish, ilmda haqiqat uchun kurashish, taqlid qilmaslik, doimo o’z yonida kitob va boshqa o’quv qurollarini saqlash, oz so’zlab, ko’p tinglash haqida fikr bildiradi. Ilm yo’lida munozaradan cheiknmaslik, lekin uni janjalga aylantirmaslik, isbot va dalillar bilan o’z fikrini bayon qilish zarurligini ta’kidlaydi. YAna u olimning aytgani bilan qilgan ishi bir bo’lishi kerakligi, ilmni chuqur o’rganish, har bir kasb, sohaning bilimdoni bo’lishda doimo kamtar, oqil, xalqparvar, har bir narsani oldindan ko’ra biladigan bo’lish kerakligini ham ko’rsatib o’tadi. Zero, ilmni faqat kitobdan o’rganish bilan cheklanib qolmay, aql, tafakkur bilan hukm chiqarish zarurligini ham ta’kidlaydi. Ana shu talablar asosida u tijorat ilmi, tib ilmi, nujum (yulduzlar) ilmi, handasa (geometriya) ilmi borasida o’z qarashlarini tarbiyalashda ularga ilmu odob o’rgatishlari zarurligi ham ta’kidlanadi.

82 Temuriylar davrida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlarning taraqqiy etishi.

Амир Темур одоб-аҳлоқ, иймон, эътиқод, таълим-тарбия соҳасида ўзи юксакликка, мутафаккирликка эришган сиймолардан биридир. Бунга ишонч ҳосил қилиш учун бобомизнинг ўзи томонидан яратилган одоб-аҳлоққа оид дастурлар, ўгитлар, панд-насиҳатларни, шунингдек, Соҳибқирон ҳақидаги тарихий асарларни кўздан кечириш кифоя. «Темур тузуклари» машҳур асарлардан бири бўлиб, бу асарда ибратли, ҳаётий панд-насиҳатлар ва ўгитлар мазмунлилиги, кучлилиги, теранлиги, таъсирчанлиги, умуминсоний қадриятлар асосида ёзилганлиги билан алоҳида аҳамият касб этади. Бу асарни қадрли хазина одоб-аҳлоққа оид дастур дея оламиз.
Асардаги барча ўгитлар халқларни бир мақсад сари бирлаштирган, жипслаштирган, муваффақиятларга эриштирган, сеҳрли тарбиявий кучга эга бўлган дурдона-педагогикадир. Бу педагогика буюк Соҳибқироннинг давлатни бошқариш ва уни идора қилиш, ғолибона ҳарбий юришлар қилиш, мамлакатда осойишталик ўрнатиш, фан ва маданиятни ривожлантириш, халқлар ўртасидаги бузилмас дўстлик, меҳр-шафқат, одамийлик ва аҳлоқ-одобни тарбиялаш каби муаммоларни ҳал қилишга бағишлангандир.
Темур замонасида ўғил болалар учун бошланғич маълумот берадиган диний мактаблар бўлиб, улар асосан масжидларда ва хусусий уйларда ўқимишли кишилар, домла-имомлар томонидан очилган эди. Мазкур мактабларда масжид имомлари ёки муаззинлар дарс ўтардилар. Аҳолиси кўп шаҳарларда мактабларни махсус мактабдорлар очган. Кўчманчи ва чорвадор аҳоли орасида мактаблар одатда баҳор ва ёз ойларида очилар, уларда асосан масжид имомлари ёки мадраса толиблари ўзларининг иқтисодий аҳволини яхшилаш мақсадида ўқитувчилик қиларди. Шаҳар мактабларидаги ўқувчилар 20-30 нафар, қишлоқ мактабларида эса 10-15 нафар, айрим ҳолларда ундан кўпроқ бўлган. Мактаб ўқувчиларининг ёшлари ҳар хил бўлган.
Мактаб таълимининг сермазмунлиги ёки саёзлиги ўқитувчи-домланинг билими савиясига ва ўқитиш маҳоратига боғлиқ бўлган.
Темур ва темурийлар даврида Мовароуннаҳрда ибтидоий диний мактаблардан ташқари, шаҳзодалар, хонзодалар, бекзодалар ва йирик амалдорларнинг болалари учун сарой ва хонадонларда алоҳида савод мактаблари ҳам ташкил этилган. Бундай мактабларда подшо хонадони учун махсус қиссахон дейилар эди. Аста-секин йирик давлат арбоблари, руҳонийлар, амалдорлар болалари учун хонадонларида махсус мактаблар очган эдилар.
Шаҳзодалар, хонзодалар ва бекзодалар 4-5 ёшларидан бошлаб ўқиш ва ёзишни подшо қиссахонларидан ўрганиб олганлар. Шу билан бирга, болаларнинг зеҳнини ўстириш мақсадида уларга ўзлари эшитган ва кўрган нарсалар, дунёнинг ажойиб ва ғаройиб воқеалари ҳақида ҳикоялар қилиб берилган.
Шаҳзодалар савод чиқарганларидан кейин уларга “Гўзалликни нақл этувчи” қаламдан фойдаланиш ўрнига “Нақшли ханжар ва ялтиллаб турган қилични ишлатиш, найзабозлик ва камон отиш санъати ўргатилган, чунки “чаққонлик билан бел боғлаб, олам очувчи шамшир ишга туширилмаса, билиш мумкинки, мамлакатни қалам билан муҳофаза этилмайди? Хонзода, бекзодалар отда чопиш ва чавгон ўйнашни ҳам ўрганишган. Шундан кейин “Сулукул мулук”ларда айтилишича, бўлажак ҳукмдор давлатни идора қилиш санъатини: турли лавозим эгаларини тайинлаш, солиқ тўплаш, мансабдорлар ҳамда бошқа юртлардан келган элчиларни қабул қилиш, хайру садақалар бериш тартиб-қоидалари бўйича кўникмаларни ҳам эгаллаган.
Шаҳзодалар ва маликалар Темурнинг бой кутубхонасида мутолаа қилишган. У кутубхонада илоҳиёт, ҳадис, тарих, география, фалсафа, фиқҳ, тиббиёт, фалакиёт, риёзиёт каби фанларга оид китоблар бўлган. Жумладан, у ерда Хоразмий, Беруний, Саъдий ва Насриддин Тусийнинг китоблари сақланган.
Амир Темурнинг неваралари тарбияси билан уларнинг оналари эмас, улуғ бибилари бувилари шуғулланган. Хусусан, Шохрух Мирзо, Муҳаммад Султон Мирзо, Халил Султон Мирзо, Улуғбек Мирзо сингари Темурий шахзодалар Сароймулкхоним қўлида тарбия топганлар.
Амир Темур даврида мадрасалар олий ўқув юрти вазифасини ўтаган. Улар диний ва кейинчалик дунёвий билимлар ўчоғи, тафаккур гулшани, кадрлар тайёрлаш маскани бўлган. Мадрасаларда мамлакатнинг энг атоқли донишманд шайхлари, олиму уламолари мударрислик қилишган, маърузалар ўқишган.
Шундай қилиб, темурийлар даврида Мовароуннаҳрда иқтисодий, ижтимоий, маданий юксалиш даври бўлди. Марказлашган давлатнинг асосчиси Амир Темур ўз даврида мамлакатда илм-фан ва таълим-тарбия масалаларига алоҳида эътибор берди. Натижада, давлатнинг иқтисодий ва маданий қудрати юксакликка кўтарилди.

83 Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-ahloqiy qarashlari.

Abdurahmon Jomiy XV asrda yashagan boshka mutafakkirlar kabi insonni, uning yuksak ahloqiy xislatlarini, go‘zal fazilatlarini bayon etgan allomalardan sanaladi.

Abdurahmon Jomiy ham o‘z asarlarida insoniy yuksaklikni tarif etadi. Tadkikogchi Sh.SHomuhamedov A.Jomiy hakida fikrlar ekan, «Uning shaxsan o‘zi bunga namuna bo‘ldi, poklik shamlaridan biri bo‘lib porladi», - deydi.

Jomiy uchta lirtik devon, etti dostondon iborat «haft rang» («Yetti taxt»), ta’lim-tarbiyaga oid «Bahoriston» asarlari bilan jahon madaniyati tarakkiyotida munosib o‘ringa ega bo‘ldi.

Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axlokiy karashlari Sa’diyning Guliston asari uslubida yozilgan «Bahoriston» asari va «Xaft avranga kirgan «Tuhfatul axror» hamda «Silsilatuz zahab» (Oltin tizmalar») va boshqa dostonlarida ifodalangan. Bu dostonlarda va «Bahoriston»da Jomiy hakiqiy kamolatga erishgan insgon haqidagi qarashlarini bayon etadi.

Jomiy o‘zining mashhur «Silsilatuz zahab» («Oltin tizmalar») dostonida esa «Sevimli aziz farzandga nasihat» bobida, avvalo har bir yosh bilim olishi zarurligi, chunki inson umri juda qisqa bo‘lib, bu umrni behuda o‘tkazmasligi, ammo bilim olgandan so‘ng unga almal qilish lozimligini ta’kidlaydi va amaliyotsiz ilm ham behuda ekanligini alohida uqtiradi.

Alloma ilmning ahamiyati haqida gapirar ekan, bu bilimni egallashda kitobning har bir yoshning bilim olishidzgi o‘rniga, uning hislatlariga alohida to‘xtab o‘tadi va kitobni «teri yopingan olim» o‘xshatadi.

Bilimni yoshlikdan egallash lozimligini ta’kidlaydi va johillikni qattiq qoralab, dono bilan nodonni bir-biriga qarama-karshi qo‘yadi:

Hammadan avval farzand, bilimdan bahramand bo‘l,

Nodonlik yurtidan chik, bilim tomon olshl yo‘l.

Har bir kishiga bu so‘z, oyna kabi ayondir,

Dono tirik hamisha, nodon o‘liksimondir.

Abduraxmon Jomiy donolikni olqishlar ekan, avvalo, mamlakatni boshqaruvchi xukmdorlar ilmli bo‘lishi, agar rahbar nodon, joxil bo‘lsa, el boshiga juda ko‘p nadomat, zulm yog‘ilishi mumkinligini ifodalaydi:
Shoh agar bo‘lmasa bilimdon hokim,

Jahl botkoshda bo‘lur mukim.

Yo gar undan doim jaholat, o‘lim,

El boshiga tushar nadomat, zulm.


«Baxoriston» asarida esa ilmni bexuda egallamaslik, xar bir shaxs foydasi tegadigan ilmni egalashi zarurligini ta’kidlaydi: Eng zarur bilimni kunt bilan o‘rgan, Zarur bo‘lmaganin axtarib yurma. Zarurini hosil kilgandan keyin, Unga amal kilmay umr o‘tkurma. Abduraxmon Jomiy asarlarida xam boshqa allomalardagi kabi tarbiyaning axamiyatiga katta e’tibor beriladi. Yetuk insonga xos bo‘lgan axloqiy xislatlar uning barcha asarlarida keng tarannum etiladi. Masalan, xaqiqiy insonga xos bo‘lgan axloqiy xislatlardan yaxshilik, saxiylik, shirinsuxanlik, kamtarlik, sabr-qanoat, do‘stlik, rostgo‘ylik, mexnatsevarlik kabilarni tarbiyalashga katta e’tibor qaratadi. Bunday sifatlardan saxovat va kamtarlik, karamni eng ulug‘ insoniy fazilatlardan biri deb biladi. «Baxoriston»da u «saxovat biror narsaga qarab yoki evaziga biror narsa talab bo‘lsa, xatto talab etilgan narsa maqtov va minnatdorchilik bo‘lgani taqdirda xam, u saxovat emas», - deydi. Abduraxmon Jomiy inson ta’masizlik va qanoatda xirs va ta’madan uzoq bo‘lishini istaydi.

Kimning qalb diliga kirdi qanoat, hirs bilan ta’madan qutuldi bori. Qanoat gilami to‘shalgan yerda, Sindi ochko‘zligu ta’ma bozori. Jomiy insoniylik fazilatlaridan sanalgan kamtarlikni targ‘ib etar ekan, kibr-havo, manmanlik, razolat, joxillik kabi illatlarni fosh etadi.

Masalan, utakabbur, manman shaxslar bosh ko‘targan boshoq kabi o‘roq zarbi bilan erga yiqilib, sarg‘ayib so‘lishi mumkin desa, kamtar kishilarni esa o‘zini tuproqqa tashlagan don, qushlar tomonidan avaylab erdan ko‘tarib ketganlaridek e’zozda bo‘ladi, deb ta’kidlaydi.

Ayniqsa, Jomiy «Iskandar xiradnomasi» asarining «Iskandarning pokizalar shaxriga etishi» bobida ifodalangan insonga xos xislatlarning tarannum etilishi, bizga Forobiyning «Fozil odamlar shaxri» asaridagi «Fozillar shaxri xokimining fazilatlar»ni eslatadi. Har ikki asarda xam fozillar 

84 Alisher Navoiy komil insonni tarbiyalash to’g’risida.

Alisher Navoiyning tavallud kuni bilan bog‘liq tadbirlar ham ma’naviyat, ham ma’rifat sabog‘idir. Keng jamoatchilik Navoiy ummoniga qayta-qayta murojaat qiladi, nodir duru gavharlarni izlaydi va har safar yangi-yangi ma’nolar topadi. Navoiyxonlarimiz Yurtboshimiz Islom Karimov tomonidan e’lon qilingan Barkamol avlod yiliga uyg‘un fikr-g‘oya, hikmat, hikoyatu rivoyatlarni ulug‘ bobokalonimizning oltin merosidan izlab, o‘rganadilar. Shu tariqa buyuk mutafakkir asrlar osha avlodlari da’vati va so‘roviga javob beraveradi.

Komil inson tarbiyasi Alisher Navoiy ijodining markaziy masalalaridan bo‘lib, asarlarining g‘oyaviy-badiiy mohiyatini tashkil etadi. Navoiyning nutqi va nidolari, taklifu tavsiyalari, targ‘ibu tashviqlari, maslahatu nasihatlari, vasiyatlari qaratilgan shaxs – bu, albatta, barkamolligi orzu etilgan navqiron avloddir.

Barkamollik nima o‘zi? Nima uchun yurtimizda Prezidentimiz yuritayotgan ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosat “Oila yili”, “Onalar va bolalar yili”, “Sog‘lom avlod yili”, “Yoshlar yili”, “Barkamol avlod yili” yanglig‘ silsilaviy bardavomlik kasb etmoqda? Buning zamirida millat, davlat va mamlakat kelajagini buyuk va barkamol ko‘rishdek ulug‘vor, nekbin hikmat, niyat mujassam. O‘zidan keyingi avlodni ma’naviy-jismoniy jihatdan barkamolroq, aql-zakovati yanada yetuk, baxtli va saodatliroq ko‘rish har bir naslning orzusi bo‘lgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.

O‘zbekistonda yildan-yilga barkamol avlod g‘oyasi, ta’lim-tarbiyasi, ta’minoti izchil takomillashmoqda. Bu borada xalqimiz o‘tgan yillarda ulkan yutuqlarga erishdi. Biroq biz yosh avlodning bundan-da barkamolligiga intilmoqdamiz. Zotan, bir qarashda, barkamollik cheksiz tushunchadir. Shu paytgacha muayyan komillikka erishgan hech bir zot shu bilan qanoatlanib qolgan emas. Barkamollik – kamolot, komillik, ta’bir joiz bo‘lsa, ma’naviy-jismoniy butunlik, tugallikdir.

Barkamol avlod falsafiy tushunchasini sharhlash va anglashda Navoiy mana bu qit’asining g‘oyaviy mazmuni ibratlidir:



Kamol et kasbkim, olam uyidin
Sanga farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o‘tmak biaynih
Erur hammomdin nopok chiqmoq.

Qit’aning hayotiy sabog‘i shundaki, olam uyiga tashrif buyurgan insonning kamolotga erishishdek muqaddas maqsadi, orzusi bo‘lishi lozim. Dunyoga kelib, maqsadsiz yashagan, insoniy barkamollikka erisha olmagan odam, oxir-oqibatda, olam uyidan g‘amnok – afsus-nadomat bilan chiqadi. Shoir aytadiki, umr g‘animatdir, barkamollik kasb etgin, toki hayoting nihoyasida ushbu olamni g‘amgin, qayg‘uli tark etmagaysan. Zero, komillikka intilmasdan o‘tish bamisoli hammomga kirib, nopok chiqib ketmoq bilan barobardir.

Alisher Navoiy asarlarida barkamol avlod ta’limi va tarbiyasiga taalluqli fikrlar juda ko‘p. Bunda ilmga va olimlarga munosabat alohida ahamiyatga ega.

Yigitlikda yig‘ ilmning maxzani,
Qarilikda xarj qilg‘il ani.

Shoir talqinidagi ilm hozirgi tushunchamizdagidan ko‘ra kengroq ma’noga ega. U fan ma’nosidan tashqari, hunar, kasb-kor, hayotiy tajriba kabi ma’nolarni ham anglatadi. Bir qarashda, yoshlik ilmni yig‘ish, to‘plash – qarilik esa xarj qilish, sarflash mavsumidir. Chuqurroq yondashganda, ilm shunday xazinaki, u insonga to‘q-farovon, boy-badavlat, baxtli-saodatli umr kechirish va qariganda muhtoj bo‘lmaslik, qarilik ayyomida xor-zor, qarovsiz qolmasdan, yoshlikda orttirilgan ilm xazinasi evaziga rohat-farog‘atda yashash imkoniyatini beradi.

Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari komil inson tarbiyasiga doir muhim manbalardandir. Ayniqsa, uning ikkinchi qismida ma’naviy barkamollikka oid qator fazilatlar sharhlanadiki, ulardan yoshlarimiz uchun eng zarurlaridan biri qanoatdir. Qanoatga shunday ajoyib ta’rif beriladi: “Qanoat – bir chashmadirki, olgan bilan uning suvi qurimaydi; u bir xazinadirki, undagi boylik sochilgan bilan kamaymaydi. U bir ekinzorki, urug‘i izzat va shavkat hosilini beradi; u bir daraxtdirki, unda qaram bo‘lmaslik va hurmat mevasi bordir”. Darvoqe, qanoat bilan tabiatini toblagan inson mol-davlat ilinjida olis yurtlarda sarson-sargardon kezmaydi, obro‘-e’tiborini yerga urmaydi, oilasi va xalqining sha’niga dog‘ tushirmaydi.

Asarning uchinchi qismidagi ta’riflar biri-biridan qimmatbaho ma’naviy duru gavharlardir. Xususan, saxovat va himmat to‘g‘risidagi ta’rifda ko‘ngil mulkini zabt etuvchi quyidagi mushohadalar mavjud: “Himmat ahlining ixtisosi – saxovatdir; bu ulug‘ sifat – pokiza kishilarga xosdir. Odam – bir badan bo‘lsa, himmat uning jonidir; himmatlilardan olam ahli uchun yuz ming sharaf va shukuh yetishadi… Himmatsiz odam – xazina topsa ham buyuklarga teng bo‘lmas”.



85 Jaloliddin Davoniyning ta’limiy-axloqiy qarashlari.

U falsafa, mantiq, huquqshunoslik, axloq, matematika va geometriyadan kitobchalar yozgan. Ko‘plab zamondosh olimlar uning asralaridan foydalangan, o‘rganishgan va u tomonidan yozilgan g‘oyalarga chuqur kirishga harakat qilishgan. Uning ijodiy mehnatlari ko‘plab fanlardan o‘quv qo‘llanmaga aylangan.

U tomonidan “Risolayi isboti vojib” (“Zaruriyatni isbotlash haqida risola”), “Risolat ul-xuruf” (“Harflar haqida risola”), “Risolayi fi tavjix ul-tashbix” (“Tashbix sharhi haqida risola”), “Risola dar ilm ul-nafs” (“Qalb amri haqida risola”), “Kinoya sharhi haqida risola”, “Ruhshunoslik haqida risola”, “Tariqati tarbiyat ul-avlod” (“Bolalarga tarbiya berish uslubi”), “Arznoma” (“Qurolli kuchlarni boshqarish  usuli”) va boshqalar. Davoniyning ijtimoiy-ruhiy, jamoaviy-axloqiy hamda pedagogik muammolar ko‘tarilgan eng yirik asari “Axloqiy fazilatlar usutunligida yog‘du jilosi” yoki qisqa nomi “Axloqi Jaloli” (“Axloqi jaloliy”).

U nafaqat ilm-fan bilan shug‘ullangan, balki Foniy tahallusi ostida Navoiy singari she’rlar ham yozgan. Uning she’rlari Eron va Iroqda chop etilgan.

Davoniy o‘zining ijodiy asarlarida Movaraunnahr va Xuroson madaniy merosidan foydalangan. Ular o‘sha hududda istiqomat qilgan xalqning ma’naviy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan.

Davoniyning eng yirik asar - “Axloqi jaloliy” (“Axloqi jaloliy”).

U 1470 - 1478 yillar uzilgan va Uzun Xasanga - G‘arbiy Eronning hukumat vakliga bag‘ishlangan. Mazkur kitob V.F. Tompson tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan. Uning “Axloqi jaloliy” kitobi forsiyda yozilgan va qo‘l yozmasi dunyoning ko‘plab muzey va kutubxonalarida saqlanib kelinmoqda.

1911 yil u Kalkuttada chop etilgan. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi huzuridagi Sharqshunoslik Institutida Davoniyning “Axloqi jaloliy” asarining ayrim qo‘l yozmalari va toshdagi bitiklari saqlanib keladi.

1948 yil Eshonjon Muhammadxo‘ja asarning ma’noviy tarjimasini qilib, uni o‘zbek tilida qisqa ko‘rinishda nashrdan chiqargan.

A.A. Semyonov, Re va Braunlarning fikriga ko‘ra, Davoniyning mehnati musulmon Sharqining eng ommabop kitoblaridan bo‘lgan.

Bu kitobda o‘sha davrning jamoaviy-siyosiy va axloqiy tartibi ta’riflangan. Unda jamiyat tuzimi, uning sinfiy bo‘linmasi, davlat qurilishi va uni boshqarish yo‘llari, adolatli va adolatsiz hukmdorlar va ularning qo‘l ostidagilarga munosabatlari, odamlarning jamiyatdagi, ta’lim-tarbiyadagi o‘rni bayon etilgan.

U bir o‘zi yashagan va o‘ziga-o‘zi ovqat tayyorlagan, kiyim tikkan, qishloq xo‘jaligi mehnati uchun ish-qurollar yasagan va ko‘p ishlarni o‘zi qilgan, shu sababli, u hamma soha ustasiga aylangan.

“Axloqi jaloliy” kitobining 135-betida “Odamlar birlashib, bir-biriga yordamlashganda boshqalar to‘g‘risida chinakamiga qayg‘uradi, o‘zaro yordam va aloqa-o‘rnatilganda adolatning sinalgan yo‘llari paydo bo‘ladi, yashash vositalari tartibga tushadi, kishilarning ahvoli mustahkamlanadi va inson zoti saqlanadi”, deb yozilgan. Unda ijodkor davlat tuzumi haqida o‘zining xayoliy g‘oyalarini ifodalaydi.

U ibn Miskavayh, Forobiy va Nasriddin Tussiylar singari shahar va davlat rivojlangan bo‘lib, unda fan va madaniyat taraqqiy etishi bilan birga, yuksalishda qoloq bo‘lishi ham mumkin deb hisoblagan. Davoniy rivojlanayotgan va taraqqiy topayotgan shaharlar “qonun-qoidalari insonni ravnaq toptirib, hayotning mushkul holatlaridan olib chiquvchi tartibda belgilanishi” (shu kitobning o‘zida, 152-bet) haqida gapirgan. Rivojlangan shaharlarni adolatli, kuchli insonlar boshqarishi zarur. Barcha odamlar, qaysi sinfga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar, yagona qonunga bo‘ysunishi lozim.

Qoloq shaharlar boshqaruvchilari faqat o‘z manfaatlari haqida o‘ylaydi, u yerda poraxo‘rlik va mansabdorlarga bo‘ysunish avj olgan.

Ensiklopediyachi-olim Davoniy ko‘proq pedagogik meros qoldirgan. Unga falsafa, mantiq, huqushunoslik, axloq, matematika va geometriyaga oid asarlar tegishli. Davoniyning umumiy yuzdan ortiq kitoblari mavjud. U tomonidan “Muhimlikni isbotlash haqida risola”, “Moddalar haqida risola”, “Qalbni bo‘ysundirish haqida risola”, “Qalb amri haqida risola”, “Kinoya sharhi haqida risola”, “Ruhshunoslik haqida risola”, “Bolalarga tarbiya berish uslubi” kabilar yaratilgan. Davoniyning ijtimoiy-ruhiy, jamoaviy-axloqiy hamda pedagogik muammolar ko‘tarilgan eng yirik asari “Axloqiy fazilatlar usutunligida yog‘du jilosi” yoki qisqa nomi “Axloqi Jaloli” (“Axloqi jaloliy”).

Uning ijodiy mehnatlari, xususan “Axloqi jaloliy” O‘rta Osiyo, ayniqsa, O‘zbekiston xalqining pedagogik fikrlari rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Davoniyning “Axloqi Jaloli” ko‘p yillar mobaynida Samarqand va Buxoroning maktab va madrasalarida o‘quv qo‘llanmasi o‘rnida foydalanilgan. Mazkur asar Yusuf Qorabog‘iy, Abu Tohir Samarqandiy, Abdulla Avloniylarning pedagogik va axloqiy dunyo qarashi shakllanishida katta o‘ringa ega bo‘lgan. Shu sabab, Davoniyning mazkur asarini o‘rganmay, XV asrdan keyingi O‘zbekistonning pedagogik fikri rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari va asosiy yo‘nalishlarini aniqlash qiyin bo‘lardi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.


Download 331,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish