1-Жорий назорат Солиқ солиш мажбурийлик, аниқлик ва солиқ органларининг солиқ тўловчилар билан ҳамкорлиги, адолатлилик, солиқ тизимининг ягоналиги, ошкоралик ва солиқ тўловчининг ҳақлиги презумпцияси принципларига асосланади (ск 7-модда)



Download 15,92 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi15,92 Kb.
#81392
Bog'liq
1 joriy


1-Жорий назорат
Солиқ солиш мажбурийлик, аниқлик ва солиқ органларининг солиқ тўловчилар билан ҳамкорлиги, адолатлилик, солиқ тизимининг ягоналиги, ошкоралик ва солиқ тўловчининг ҳақлиги презумпцияси принципларига асосланади (СК 7-модда).

Хар бир солиқ принципини изохланг



Мажбурийлик Har bir shaхs Soliq Kodeksida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashi shart. 
Hech  kimning  zimmasiga  Soliq  Kodeksida  nazarda  tutilmagan  yoki  uning  normalari  buzilgan holda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyati yuklatilishi mumin emas.

Аниқлик

Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  aniq  bo’lishi  kerak.  Soliq  to’g’risidagi  qonun hujjatlari shunday  ifodalangan  bo’lishi  kerakki,  toki  har  bir  soliq  to’lovchi  qaysi  soliqlar  va  majburiy  to’lovlarni,qachon, qancha miqdorlarda hamda qay tartibda to’lashi kerakligini aniq bilsin. 

Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarni  belgilashda,  agar  Soliq  Kodeksida  boshqacha  qoida nazarda  tutilmagan  bo’lsa,  soliq  to’lovchilar,  shuningdek  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarning elementlari aniqlangan bo’lishi kerak.



Солиқ органларининг солиқ тўловчилар билан ҳамкорлиги

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

Soliq to‘lovchilarning hisobga olinishini va soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida banklar:

1) xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatga olinganliklarini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan taqdirdagina ular uchun hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlari ochishlari mumkin va bu hisobvaraqlar ochilganligi haqida ular ochilgan kunning ertasidan kechiktirmay mazkur organga xabar beradilar;

2) xo‘jalik yurituvchi subyektlar budjet oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bunday subyektlarning hisob-kitob raqamlari va boshqa hisobvaraqlarini sudning qaroriga binoan yopadilar.

3) davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘lovchi mijozlardan belgilangan muddatda to‘lanmagan soliqlar va jarimalarni so‘zsiz undirish to‘g‘risidagi farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlar undirish haqidagi, mualliflik shartnomalari bo‘yicha haq to‘lashga doir, shuningdek hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul mablag‘lari o‘tkazilishi yoki berilishini nazarda tutadigan ijro hujjatlari bo‘yicha mutanosib ravishda bajaradilar;

4) soliq to‘lovchi mijozning mablag‘lari bo‘lsa, uning hisob-kitob yoki boshqa hisobvarag‘idan mablag‘larni hisobdan chiqarish operatsiyasi amalga oshirilgan kuni soliqlar va jarima summalarini budjet daromadiga o‘tkazadilar;

6) soliq to‘lovchi — mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan pul mablag‘lari berish, o‘tkazish yoki ularni hisobdan chiqarishga doir operatsiyalarni davlat soliq xizmati organlarining yozma talabi bo‘yicha to‘xtatib qo‘yadi. Banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish sud tartibida amalga oshiriladi, ushbu Qonun 5-moddasi birinchi qismining 8-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

7) davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga:

yuridik shaxslarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlari;

jismoniy shaxslarning depozit va boshqa hisobvaraqlari bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni tekshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yadilar;

8) davlat soliq xizmati organlarining so‘rovnomasiga ko‘ra ularga so‘ralayotgan davr mobaynida soliq to‘lovchi mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan amalga oshirilgan operatsiyalar va ana shu hisobvaraqlarda pul mablag‘larining bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar;


Адолатлилик

Soliq solish umumiydir. 
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlarni belgilash ijtimoiy adolat prinsiplariga 
mos  bo’lishi  kerak.  Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha  yakka  tartibdagi  хususiyatga  ega bo’lgan imtiyozlar berilishiga yo’l qo’yilmaydi.Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  kamsitish  хususiyatiga  ega  bo’lishi  mumkin  emas  hamda ijtimoiy,  irqiy,  milliy,  diniy  va  boshqa  shu  kabi  mezonlardan  kelib  chiqqan  holda  qo’llanilishi  mumkin emas.

Soliq  tizimi  O’zbekiston  Respublikasining  butun  hududida  barcha  soliq  to’lovchilarga  nisbatan yagonadir. O’zbekiston  Respublikasining  bojхona  hududi  doirasida  tovarlarning  (ishlarning,  хizmatlarning) yoki  moliyaviy  mablag’larning  erkin  muomalada  bo’lishini  bevosita  yoki  bilvosita  cheklab  qo’yadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar belgilanishiga yo’l qo’yilmaydi. 

Ошкоралик

Soliq  tizimi  O’zbekiston  Respublikasining  butun  hududida  barcha  soliq  to’lovchilarga  nisban yagonadir.O’zbekiston  Respublikasining  bojхona  hududi  doirasida  tovarlarning  (ishlarning,хizmatlarning) yoki  moliyaviy  mablag’larning  erkin  muomalada  bo’lishini  bevosita  yoki  bilvosita  cheklab  qo’yadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar belgilanishiga yo’l qo’yilmaydi.  

Soliq to’lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi 
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib bo’lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar   va    
noaniqliklar    soliq   to’lovchining    foydasiga  talqin 
 qilinadi.
Download 15,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish