1. Kapital va uning tarkibi haqida tushuncha O'zbekistondagi korxonalar kapitali tuzilishining joriy holati


O'zbekistondagi korxonalar kapitali tuzilishining joriy holati



Download 486,33 Kb.
bet3/5
Sana23.07.2022
Hajmi486,33 Kb.
#842158
1   2   3   4   5
Bog'liq
KAPITAL TARKIBI VA UNING KORXONA BOZOR QIYMATIGA TA KUR ISHI

2. O'zbekistondagi korxonalar kapitali tuzilishining joriy holati
Ma'suliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali faqat muassislarning hissalari hisobiga tashkil topadi va uning ko’payishi yoki kamayishi hammaning roziligi bilan hissa qo’shuvchilarning ko'payishi yoki kamayishi bilan yuz berishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchisi o'z hissasini jamiyat ro’yxatga olingan sanadan keyin bir yil davomida to’lashi lozim. Amaldagi qonunchilikka binoan korxona,tashkilot va jamiyatlarda rezerv kapitali tashkil etiladi. Uning miqdori jamiyat ustav kapitalining 20 foizidan kam bo'lmasligi kerak. Rezerv kapitali har yili sof foydadan ajratmalar o'tkazish yo'li bilan jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguncha tashkil etiladi. Rezerv kapitali korxona ko'rgan zararini qoplash, imtiyozli aksiyalar uchun dividend to'lash, aksiyadorlar talabiga ko'ra aksiyalarni qayta sotib olish uchun ishlatiladi. Shu bilan birgalikda rezerv kapitali hisobvaraqlari uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda yuzaga keladigan inflyatsion rezervlarga muvofiq foyda hisobidan tashkil qilinadigan rezerv hisobi uchun mo'ljallangan.
Amaldagi qonunchilikka binoan bepul olingan mol-mulk qiymati foyda solig'i bazasini oshiradi. Bepul olingan mol-mulk ekspert yo'li bilan yoki o'tkazma hujjatlar asosida aniqlangan adolatli qiymat bo'yicha hisobda aks ettiriladi.
Qo’shilgаn kаpitаl - аksiyalаrni nоminаl qiymаtidаn yuqоri bo’lgаn nаrхlаr bo’yicha birinchi bоr sоtilishidа vujudgа kеlgаn emissiya dаrоmаdi vа Ustav kаpitаlini shаkllаntirishdаgi kurs fаrqlаrini hisоbgа оlish uchun mo’ljаllаngаn. Sоtib оlingаn хususiy aksiyalаrni jаmiyat o’z bаlаnsidа ushlаb turishi yoki ulаrni jаmg’аrmа bоzоridа qаytаdаn sоtishi mumkin. Aksiya egаlаri qаrоri bilаn ustav kаpitаli sоtib оlingаn хususiy aksiyalаr summasigаkаmаytirilishi, aksiyalаrning o’zi esа bеkоr qilinishi mumkin. Lеkin, O’zbekiston Respublikasining "Aksiyadоrlik jаmiyatlаri vа aksiyadоrlаr huquqini himоya qilish to’g’risidа"gi Qоnunigа muvоfiq bundаy aksiyalаr hisоbdа bir yildаn оrtiq bo’lgаn muddаtdа ushlаb turilishi mumkin emаs.
Taqsimlanmagan foyda – foydaning jamg’arilayotganini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qo’shilishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’yektning barcha yillar bo’yicha faoliyati va hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar summasi bir – biridan farq qiladi.

Foydani taqsimlash to’g’risidagi qarorni xo’jalik yurituvchi sub’yektning mulkdorlari (aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi, MCHJ ishtirokshilarining yig’ilishi, xususiy korxona egasining qarori) qabul qiladi. Taqsimlanmagan foyda quyidagilarga ishlatilishi mumkin:
 Ustav kapitalini ko’paytirishga;
 Rezerv kapitalini yaratish va to’ldirishga;
 Aksionerlarga dividend to’lashga;
Zararlarni qoplashga;
 Mulkdorlarning qarori bo’yicha boshqa maqsadlarga.
Aksiyadorlar o'rtasida taqsimlanishi lozim bo'lgan majburiy to'lovlar va barcha soliqlar to'langandan keyin korxonada qoladigan foydaning bir qismi dividend hisoblanadi.
Odatda, dividendlar hisobot yili yakunlari bo'yicha hisoblanadi. Biroq aksiyadorlik jamiyatlari har chorakda va yarim yilda bir marta, agar bu jamiyat ustavida taqiqlanmagan bo'lsa, joylashtirilgan aksiyalar bo'yicha dividendlar to'lash to'g'risida qaror qabul qilishga haqli. Yillik dividendlarni to'lash sanasi aksiyadorlik jamiyati ustavida yoki aksiyadorlar yig'ilishi qarori bilan belgilanadi.


Korxona faoliyati bu korxona samaradorligining turlaridan biri bo'lib, natijaning sarflangan moddiy va moliyaviy resurslarga nisbati aks etadi. Ushbu turdagi samaradorlik, birinchi navbatda, ularning tuzilishi bilan barcha turdagi resurslardan oqilona foydalanishga bog'liq. Bu munosabatlar asosan ishlab chiqarishning o'ziga xos xususiyatlari, texnik jihozlar, texnologik rivojlanish darajasi, mehnatni tashkil etish darajasi va intensiv ishlab chiqarishning keng omillariga nisbati bilan belgilanadi. Tuzilishning holatiga tashqi bozor omillari, manbalar bozori, ma'lum bir turdagi talab va taklif, resurs bahosi va boshqalar ta'sir qiladi. Korxona samaradorligining rejalashtirilgan yoki allaqachon olingan darajasini o'lchash jarayoni mezonni aniqlash va tegishli ko'rsatkichlar tizimini shakllantirish bilan bog'liq. korxonalar bir nechta guruhlarga bo'lingan: Umumiy samaradorlik; Mehnatni tashkil etish va undan foydalanish samaradorligini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar; Ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish va taqsimlanish darajasini tavsiflovchi ko'rsatkichlar; Barcha moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar. Korxonaning ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha harakatlar va choralar majmuasi korxona samaradorligini oshirish yo'llari deb ataladi. Ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy usullari - mehnat zichligi ko'rsatkichining pasayishi va o'sishi, shuningdek resurslar va xom ashyolardan oqilona va tejamli foydalanish, kapitalning intensivligi ko'rsatkichining pasayishi va kompaniyaning investitsion faolligini oshirish.



Download 486,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish