1. Kasbiy nutq. Nutq bayon qilish usullari. Mutaxassis nutqining ilmiyligi, to`g`riligi, aniqligi, mantiqiyligi, sofligi



Download 95 Kb.
bet1/2
Sana03.06.2022
Hajmi95 Kb.
#631851
  1   2
Bog'liq
12-mavzu (1)



12-amaliy mashg`ulot
Mavzu: 12-mavzu. ”Yetuk mutaxassis” matni. Kasbiy nutq. Nutq bayon qilish usullari. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassis nutqining ilmiyligi, to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, sofligi. Nutqiy kompetentlik.
Reja:
1. Kasbiy nutq. Nutq bayon qilish usullari.
2. Mutaxassis nutqining ilmiyligi, to`g`riligi, aniqligi, mantiqiyligi, sofligi.
3. Nutqiy kompetentlik.
Nutqning tashqi va ichki shakllari mavjud. Bu shaxslar, mijozlar yoki xaridorlar, dilerlar yoki distribyutorlar, axborot vositalari xodimlari, hukumat, omma va shu kabilar tashqi muloqot namunalaridir. Tashqi muloqotga tashkilot tashqarisida boshqa kompaniyalar, hukumat bilan, umumiy omma va hokazolar bilan sodir boʻladigan nutqiy faoliyat kiritiladi. Bu bir jamoada ishlash va umumiy maqsadlarni anglab yetish uchun qilinadi. Ichki muloqot yuzma-yuz va yozma muloqotni oʻz ichiga oladi. Xabar, hisobot, ofis buyruqlari, aylanma farmoyish, faks, videokonferensiya, yigʻilish va shu kabilar ichki muloqot namunalaridir. Ichki muloqot deganda, kompaniya ichida sodir boʻluvchi nutqiy faoliyat tushuniladi. Ichki muloqotning oʻzi 2 qismga boʻlinadi: Muloqot rasmiy yoki norasmiy boʻlishi mumkin. Rasmiy muloqotda barcha belgilangan a’zolar xohishlaridan qat’i nazar bir-birlariga ergashishga majburdirlar.
Tashkilotdagi xodimlar tashkilotdan tashqaridagi shaxslar bilan muloqotlari tashqi muloqot deb ataladi. Insonlar tashkilot ichida bir-birlari bilan muloqot qilishlari ichki muloqot hisoblanadi.
Muloqot toʻsiqlari:
1. Vositaning noto‘gʻri tanlanishi. Har bir muloqot mos vosita orqali yetkazilishi shart. Mos boʻlmagan vosita muloqotning eng katta toʻsiqlaridan biridir. Misollar: muloqot katta tashkilotda sodir boʻlganda va boʻlim va boʻlinmalar bir-biridan uzoq joylashganda. Agar boshqaruvchi boshqalar bilan maxfiy masala boʻyicha muloqot qilishni xohlasa, boshqa muloqot vositasidan koʻra ular yozma muloqotni tanlashadi. Shunday qilib, vositachi puxta tanlangan boʻlishi kerak. Noto‘gʻri va mos boʻlmagan vositachi muloqot to‘siqlariga sabab boʻladi.
2. Jismoniy toʻsiqlar. Shovqin - zavodda stanoklarning baland tovushi tufayli ogʻzaki nutq qiyin tushuniladi. Muloqotga telefon yoki baland gapirish tizimi tufayli elektron tovush xalaqit beradi Soʽz shovqini, jismoniy xalal berishning barcha turlari, noaniq dastxat, yomon nusxalar va hokazolar ham jismoniy toʻsiqlarga tegishlidir. Vaqt va masofa. Telefon va tarmoqdagi tigʻiz payt. Turli xil smenalarda ishlovchi odamlar. Qabulxonadagi oʻrindiqlarning noto‘gʻri joylashuvi 3. Semantik toʻsiqlar. Soʽzlarga izoh berish. Inson har bir soʽzning ma’nosiga oʽzgacha izoh beradi va muloqotlar oʻrtasidagi toʻsiqlarga sabab boʻladi. Merfi va Pek oʽzlarining “Samarali biznes muloqoti” kitoblarida kichkina “Run” soʽzining fe’l soʽz turkumida 71 ma’nosi, ot soʽz turkumida 35 ma’nosi, sifatda esa 4 dan ortiq ma’nosi borligini ta’kidlab o‘tishgan. Chetlab o‘tiluvchi koʻrsatmalar. Agar yuboruvchi va qabul qiluvchi xabarni bir xil soʽzga oʽzgacha ma’no yoki bir xil ma’no uchun turli xil soʽzlarning foydalanishi qoʻshib berganda sodir boʻlishiga chetlab o‘tilgan koʻrsatmalar deb ataladi. Koʻrsatish va konnotatsiya soʽzlarning 2 xil ma’nosi boʻladi:1. Soʽzning lugʻaviy ma’nosi – koʻrsatuvchi ma’nosi deb ataladi. Unda hech qanday ijobiy va salbiy jihatlarni koʻrsatmay predmetlarning nomini va xabarini berishi shart. 2. Konnotativ–qarashlar va shaxsiy reaksiyalarini ifodalashga imkon beradi. Vijdonli, arzon, samimiy va shu kabilar. Bu muammoning oldini olish uchun quyidagilar ishlatilishi mumkin: Qabul qiluvchiga tanish boʻlgan soʽzlarni afzal koʻring. Agar tinglovchiga soʽzlar notanish boʻlsa, birinchi marta ishlatilayotgani uchun unga ma’nosini aniqlashtirib berish kerak. Biz salbiydan koʻra ijobiy konnotatsiyani ishlatishni tanlashimiz kerak. Ijtimoiy–psixologik toʻsiqlar. Munosabat va fikrlar. Fikr bilan muvofiqlashtirilgan ma’lumot va shaxsning munosabati muayyan shaxs uchun muvofiqdir. Hissiyotlar muloqotda muhim rol o‘ynaydi. Agar soʽzlovchi sarosimada, tashvishlangan, hayajonlangan, qo‘rqqan, asabiylashgan boʻlsa, unda u oʽzining xabarini to‘gʻri yetkaza olmaydi. Yashirin idrok. Idrokini yashirgan inson bilan muloqot qilish juda qiyin. Biz oʽz fikrimizda shunchalik qat’iylik bilan turamizki, hattoki boshqalarni tinglashdan ham bosh tortamiz. Maqomni anglab yetish. Biz oʽzimizning past yoki yuqori lavozimimizni shunchalik ortiqcha anglab yetamizki, oʽz fikr va mulohazalarimizni xolis ifodalaymiz. Ma’lumot manbayi. Ishonchimizga koʻra munosabat bildirib, muloqotning kelib chiqqan manbasiga tayanamiz. Noto‘gʻri yetkazib berish. Xabarni yetkazib berishda asosiy qismi yo‘qoladi (ogʻzaki muloqotda, har bir ma’lumot yetkazilishida uning 30% yo‘qoladi) Past eslab qolish qobiliyati. Ogʻzaki xabar ayniqsa insonning past eslab qolish qobiliyati tufayli yo‘qoladi.
Samarali muloqot prinsiplari
Muloqot tizimining eng zarur xususiyatlarining batafsil ro‘yxati taklifini kiritish juda qiyin. Bu vaziyatning muayyan ehtiyojlariga bogʻliq boʻladi. Quyidagi yoʻriqnomalar yoki prinsiplar samarali muloqotga erishish uchun rioya qilinishi mumkin: 1. Xabarning aniqligi: muloqotning bosh prinsipi aniqlikdir. Unga noaniqlik o‘rmalab kirmasligi kerak. Xabar soʽzlovchining ham, tinglovchining ham ongida aniq ta’riflanganda to‘gʻri yetkazib beriladi.
2. Tezlik: muloqotning yaxshi tizimi xabarning tez yetkazilishini kafolatlashi shart. Xabarni belgilangan joyga yetkazilishiga ketadigan vaqt va muloqot tizimining tezligi xabar uzatishning shoshilinchligi asosida hisoblanishi kerak.
3. Ikki tomonlama jarayon: muloqot jo‘natuvchiga qabul qiluvchidan reaksiyani ta’minlovchi 2 tomonlama jarayondir. Reaksiya deb har qanday muloqotning samarasiga tegishli ma’lumotni yetkazilishiga aytiladi.
4. Ishonchlilik: muloqot ishonch asosida boshlanadi. Bu muhit ekspert tomonidan unumdorlik bilan yaratiladi. U manbaning predmet boʻyicha qobiliyati xususida yuqori fikrda boʻlishi shart.
5. Toʻliqlilik: har qanday muloqot muvofiqligi uchun toʻliq boʻlishi shart. Xabarlarning toʻliq boʻlmasligi tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi, xabarni oluvchini taxminlarda qoldirib, harakat yoki faoliyatning kechiktirilishini keltirib chiqaradi.
6. Mazmun: xabar uni oluvchi uchun ma’noli boʻlishi shart, uning baholash tizimiga mos boʻlishi shart. U uchun ahamiyatga ega boʻlishi shart. Umuman olganda, odamlar narsalar yoki predmetlarni ular uchun katta mukofotlar istiqboli uchun tanlaydilar.
7. Aniqlik: muloqot vositasi xabarlarning yetkazilishi, aniqlikni kafolatlashi kerak. Jo‘natuvchi tomonidan har qanday vosita tanlansa ham, yuborilishini xohlagan muayyan ma’lumot aniq boʻlishi kerak.
8. Qobiliyat: muloqotda tinglovchilarning qobiliyatlari hisobga olinishi shart. Muloqot tinglovchilar tomonidan eng kam miqdorda urinish talab qilinganda eng samarali hisoblanadi. Bu o‘qish qobiliyati va tinglovchining bilimi kabi omillarni oʽz ichiga oladi.
9. Iqtisod: muloqot tizimi iloji boricha tejamkor boʻlishi kerak. Ammo tizimning yaroqliligi tejamkorlikka erishishda qurbonlik qilinadi.
10. Maxfiylik: muloqot tizimi maxfiylikni kafolatlashi kerak va ma’lumot chiqib ketishi kerak emas. Xabarlar maxfiy xususiyatga ega boʻlganda, muhimroq boʻladi.
Yetuk mutaxassis” matni

Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish