Tarix, xalq xo'jaligi tarixi va boshqa ijtimoiy fanlarni o'qiganda
hunarmandchilik, sex va manufaktura
nima ekanligi bayon etiladi, uy
hunarmandchiligida hamma asosiy ishlar bir odam yoki oila tomonidan bajarilgan
(xomashyoni tayyorlash, qayta ishlash, sotish...), unda aniq mehnat taqsimoti yo'q,
manufakturada esa (manu - qo'l, facture - tayyorlash) mehnat taqsimoti,
kooperasiya, yollanma ishchi kuchi, demak, kapitalistik
ishlab chiqarishning
kurtaklari paydo bo'ldi.
XVI asrdan boshlab dastlab Angliyada dehqonlarning erdan mahrum qilinishi
( yer yirik lendlordlar qo'liga o'ta boshladi) ro'y berdi, yomenlar - dehqon sinfi
tugatildi, oqibatda kapitalistik fermerchilik yuzaga keldi (ular erni lendlordlardan
uzoq muddatli ijaraga olgan), ular yollanma mehnatdan (krepostnoylik emas) keng
foydalangan, keyinchalik texnikani, ilmiy texnika yangiliklarini keng qo'llaganlar.
Agrar inqilob, islohot nomini olgan bu o'zgarish manufaktura
sanoatining rivoji
bilan bog'liq. Dastlabki paytlarda bu sohada mato to'qish asosiy edi. U nihoyatda
foyda keltiruvchi sohaga aylandi. Matoga talab oshdi, uni qondirish uchun, sanoat
uchun kerakli xom ashyo bazasini yaratish talab qilindi. Xom ashyo esa jun bo'lib,
qo'ylardan olinardi.
Manufaktura rivojiga jun kerak, buning uchun qo'ylar
sonini oshirish talab
etildi, ko'p qo'y boqish uchun esa yangi keng yaylovlar zarur, oqibatda
chakalakzor, botqoq, bo'z erlar chegaralanib («erlarni chegaralash»
degan ibora
shundan kelib chiqqan) yaylovga aylantirildi, Dehqon (yomen)lar o'z erlaridan
haydab chiqarildilar,
erlari esa tortib olinib, yaylovlarga aylantirildi. Bu
jarayonning muhim ahamiyati bor: 1. manufaktura (sanoat) uchun xom ashyo
ko'paydi; 2. sanoatga ko'p va arzon ishchi kuchi etkazib berildi ( erdan mahrum
bo'lgan, haydalgan dehqonlar ish kidirib shaharlarga borganlar).
Oqibatda sanoat
tez o'sa boshladi, yangi sinflar paydo bo'ldi.
Demak, sanoatdagina emas (manufaktura), qishloq xo'jaligida ham
kapitalistik munosabatlar g'alaba qozondi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga
yo'l ochib berildi. Lekin ko'plab dehqonlarning ekspropriasiya qilinishi
(ersizlantirilishi), ularni zo'rlik yo'li bilan yollanma mehnatga jalb etilishi (chunki
boshqa iloj yo'q)
qarama-qarshilikni kuchaytirdi, oqibatda 1641-1660 yillarda
Angliyada inqilob bo'lib o'tdi. XVII asrdagi Niderlandiya keyingi ikkinchi bu
inqilob burjua inqilobi bo'lib, u Angliyadagi feodal jamiyatga chek qo'ydi. Angliya
respublika deb e'lon qilindi,
parlament vujudga keldi, demokratik jarayon
kuchaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: