1. Kredit-modul tizimi haqida ma’lumot yozing



Download 118,53 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.06.2022
Hajmi118,53 Kb.
#639079
Bog'liq
O\'R3



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
O‘quv reja, baxo va baxolash
fanidan
Topshiriq 3
Bajardi:
PRE001-2
guruh talabasi
Keldiyorov Behzod
Tekshirdi:
Hamraeva Gulnoz
Toshkent 2022


18.05.2022
Topshiriq 3
1. Kredit-modul tizimi haqida ma’lumot yozing.
2. Kredit-modul tizimida baholash, baholarni konvertatsiya qilish qanday
amalga oshiriladi.


1. Kredit-modul tizimi haqida ma’lumot yozing.
Kredit-modul tizimi, bu ta’limni tashkil etish jarayoni bo’lib, o’qitishning modul
texnologiyalari jamlamasi va kredit o’lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi.
Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-
modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil
ishlashini ta’minlash, talabalar bilimini reyting asosida baholash.

Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar e'tirof etiladi:

O’quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;

bitta fan, kurs (kredit)ning qiymatini aniqlash;

talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;

talabalarga o’zlarining o’quv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon
yaratish;

ta'lim jarayonida mustaqil ta’lim olishning ulushini oshirish;

ta’lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo’yilgan
talabdan kelib chiqib o’zgartirish mumkinligi.
Dars mashg'ulotlarini nafaqat o'qitishni innovatsion ta'lim texnologiyalari asosida
olib borish, balki talabadan mustaqil o'qib-o'rganish, ta'limga yangicha
munosabatda bo'lish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur
nazariy bilimlarni egallash, amaliy ko'nikmalarini shakllantirishga o'rgatishdan
iboratdir. Muxtasar aytganda, mazkur tizim talabaning kasbiy rivojlanishi va
kamolotiga yo'naltirilgan. Ilm sohibining butun hayoti davomida bilim olishini
ta'minlashga hamda mehnat bozori va zamonaviy talablarga javob bera oladigan


inson kapitalini shakllantirishga qaratilgandir.
Keling, shu o'rinda modul va kredit tushunchalari mohiyatiga qisqacha
to'xtalib o'tamiz.
Modul - bu, bir nechta fan hamda kurslar o'rganiladigan o'quv rejasining bir
qismi. U talabalarda ma'lum bir bilim va ko'nikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy
mushohada yuritish salohiyatiga ega bo'lishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar)
majmui hisoblanadi. Bunda o'qituvchi o'quv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video
hamda audio ma'ruzalar o'qiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat
qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil o'rganadi hamda berilgan topshiriqlarni
bajaradi.
Xorijiy tajribaga ko'ra, kredit-modul tizimida o'quv jarayoni har semestrda
2- 4 tagacha moduldan iborat bo'ladi. Modulda jamlangan fanlar osondan
murakkablik sari, nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy
jihatdan bir-birini o'zaro uzviy to'ldirish prinsipi asosida shakllantiriladi. Talaba
mutaxassis bo'lib shakllanishi uchun nafaqat axborotlar, balki ularni qayta ishlash,
amaliyotga joriy qila olish malakasiga ega bo'lishi talab etiladi.
Modulga asoslangan o'quv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi
va quyidagilarni o'z ichiga qamrab oladi:

o'quv maqsadi hamda vazifalarning to'liq ochib berilishi;

talabaning fanni (kursni) boshlashi va tugatishidan keyingi orttirishi
lozim bo'ladigan malakasiga qo'yiladigan talablar;

modul tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni (sillabus),
ya'ni ma'ruzalar mavzulari, seminar va amaliy mashg'ulotlarning rejasi,
mustaqil ta'limni baholash uchun mo'ljallangan topshiriqlar;

o'qitishning qisqacha bayoni: ta'lim berish usul hamda vositalari;
bilimlarni baholashning usul va shakllaridan iborat.


Modul asosida o'qitish tizimida talabalar bilimi, malakasi hamda ko'nikmasini
baholashda reyting baholash tizimidan foydalaniladi. Unda talabaning barcha o'quv
faoliyati, ya'ni auditoriya va auditoriyadan tashqarida olgan, o'zlashtirgan bilimlari
ball berish orqali baholanadi.
Kredit (credit) - talabaning alohida ta'lim yo'nalishi yoki dasturi (kurs)
bo'yicha fanlarni o'qib o'rganishi va o'zlashtirishi uchun sarflangan o'quv
yuklamasining (vaqtning) o'lchov birligidir. Kredit talabaning me'yoriy hujjat
bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida auditoriyada va mustaqil ravishda
ta'lim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt o'lchovidir. Talabaga kredit ma'lum bir
fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli
o'tgandan so'ng beriladi.
Har bir talaba kelajakda tanlagan yo'nalishi va mutaxassisligi bo'yicha
diplomga ega bo'lishi uchun kreditlarni yig'ib borishi lozim. To'plangan kredit
talabaga butun umr davomida o'zining malakasini oshirib borish yoki qo'shimcha
oliy ma'lumot olishiga xizmat qilib boraveradi. Iqtisodiy tilda aytganda, to'plangan
kredit talabaning akademikktivia aylanib boradi.
Kredit texnologiyasi ta'lim oluvchilarga ishchi o'quv rejaga kiritilgan tanlov
fanlarini tanlash, bu orqali individual o'quv rejasini shakllantirishda bevosita
ishtirok etish huquqini beradi. Ularga, nafaqat fanlarni, balki professor-
o'qituvchilarni ham tanlash erkinligi beriladi. Talabalarga fanlarni tanlash
imkoniyatining berilishi ijobiy hol sanaladi. Bu o'quv jarayonlarini baholashning
o'ziga xos qiymat ko'rsatkichi bo'lib ham hisoblanadi.
Kredit-modul tizimi asosiy tushunchalar
GPA (Grade Point Average) — ta’lim oluvchining dastur boʻyicha
oʻzlashtirgan ballari oʻrtacha qiymati boʻlib, u quyidagi formula yordamida
hisoblanadi:
K — fanga ajratilgan sinov birliklari miqdori;


U — fan boʻyicha toʻplangan ball.
akademik mobillik — qabul qiluvchi muassasada talabaning vaqtincha
ta’lim olish davrida sinov birliklarini oʻzlashtirishi va ularni joʻnatuvchi muassasa
tomonidan tan olinishi;
mobillik dasturi — ta’lim toʻgʻrisidagi kelishuv asosida akademik mobillik
davrida talaba tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan ta’lim dasturi;
joʻnatuvchi muassasa — ta’lim oluvchi yoki professor-oʻqituvchini mobillik
dasturi asosida ta’lim olish yoki oʻqitish uchun joʻnatuvchi muassasa, ishlab
chiqarish yoki boshqa tashkilot;
qabul qiluvchi muassasa — ta’lim oluvchi yoki professor-oʻqituvchining
mobillik davrini oʻtash joyi. Qabul qiluvchi muassasa ta’lim muassasasi, ishlab
chiqarish yoki boshqa shakldagi tashkilot boʻlishi mumkin;
malaka beruvchi ta’lim muassasasi — belgilangan miqdordagi sinov
birliklarini tan olishni hisobga olgan holda ta’lim va malaka toʻgʻrisidagi hujjat
beruvchi muassasa;
mehnat xarajatlari — ta’lim dasturi boʻyicha oʻqitish jarayonida
kutilayotgan natijalarga erishish maqsadida oʻrtacha oʻzlashtirayotgan talabaga
zarur boʻladigan oʻquv faoliyatining ma’ruza, seminar, loyiha, amaliy topshiriqlar,
ish joyidagi stajirovka, mustaqil ishlar kabi turlarini amalga oshirish uchun talab
qilingan vaqtni taxminiy baholash;
sinov birliklari (kreditlar) — ta’lim olish natijalari asosida oʻqitish hajmi va
u bilan bogʻliq mehnat xarajatlari. Sinov birliklari qoidaga muvofiq butun sonlarda
ifodalanadi;
sinov birliklarini berish — malaka yoki uning alohida qismlariga qoʻyilgan
talablarga muvofiq erishilgan ta’lim olish natijalariga koʻra talaba yoki boshqa
ta’lim oluvchilarga sinov birliklarini rasmiy taqdim etish jarayoni;
sinov birliklarini koʻchirish — malakaga ega boʻlish maqsadida bir ta’lim
muassasasi, ta’lim dasturida olingan sinov birliklarini boshqa ta’lim muassasasida
tan olish;


sinov birligi soati — ma’ruza, laboratoriya, seminar, studiya va amaliy
mashgʻulotlar hamda amaliyotlarning 1 akademik soati 40 daqiqaga teng;
sinov birliklarini tan olish — boshqa ta’lim muassasasida erishilgan va
baholangan ta’lim olish natijalarining Universitetdagi mavjud fan dasturlaridan
birining talablariga javob berishini tasdiqlash;
sinov birliklarini toʻplash — ta’lim elementlarini oʻzlashtirish va boshqa
yutuqlarga erishish natijasida taqdim etiladigan birliklarni toʻplash;
ta’lim elementlari — ta’lim olish natijalariga erishish va ta’lim dasturida
koʻrsatilgan bilimlarni oʻzlashtirishga koʻmaklashuvchi oʻqitish turi;
ta’lim olish natijalari — talaba tomonidan oʻzlashtirilgan va baho bilan
tasdiqlangan malaka darajasini aks ettiradigan, ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli
tugallagach, oʻzlashtirgan koʻnikmalari, topshiriqlarni tushuntirishi va ularni
bajarish qobiliyatining tavsifi;
ta’lim toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma — oʻzlashtirilgan fanlar, toʻplangan
sinov birliklari miqdori, olingan baholar aks ettiriladigan talabaning akademik
oʻzlashtirishi boʻyicha guvohnoma;
transcript — ta’lim olishning tegishli davrida oʻzlashtirilgan sinov birliklari
va baholarning harf va raqamlardagi ifodasi koʻrsatib oʻtilgan fanlar roʻyxatini oʻz
ichiga olgan belgilangan shakldagi hujjat;
tyutor — ma’ruzachi tomonidan oʻqitilayotgan fanni oʻzlashtirishda ta’lim
oluvchilarga yordam beruvchi shaxs;
edvayzer — tegishli mutaxassislik boʻyicha ta’lim oluvchiga akademik
murabbiy funksiyasini bajaruvchi, ta’lim trayektoriyasini (shaxsiy oʻquv rejasini)
shakllantirishda va oʻqish davrida ta’lim dasturini oʻzlashtirishda koʻmaklashuvchi
oʻqituvchi.
2. Kredit-modul tizimida baholash, baholarni konvertatsiya qilish qanday
amalga oshiriladi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarning barcha OTMda ta’lim yoʻnalishi va
mutaxassisliklar toʻg‘risidagi hamma ma’lumotlar, xususan, oʻquv rejasida aks


etgan fanlarning qisqacha sillabusi (fanning identifikatsiyasi, professor-oʻqituvchi
haqida ma’lumot, dars tavsifi, fanning maqsadi, oʻrganish natijalari, oʻqitish
metodikasi, fanning rejalari, adabiyotlar, baholash metodikasi), fanlar kesimida
dars mashg‘ulotlarini olib boradigan professor-oʻqituvchilar hamda ularning
erishgan yutuqlari, mehnat bozorida mutaxassisga qoʻyilgan qisqacha talablar,
ya’ni qanday nazariy, amaliy bilim, koʻnikma va kasbiy malakaga ega boʻlishi
bilan bog‘liq ma’lumotlar universitetlarning rasmiy veb-saytida ochiq-oydin e’lon
qilingan boʻladi. Ayni paytda, ming afsuski, abituriyentlar universitetlarimiz
saytlarida ushbu ma’lumotlarni topishga qiynalishadi. Bu boʻyicha ham
madaniyatni shakllantirish vaqti esa allaqachon kelgan.
ECTS talablari: dastlabki qadamlar
Yuqorida ta’kidlanganidek, an’anaviy oʻqitish tizimining salbiy jihatlaridan
voz kechish va xalqaro standartlar talablari doirasida ishlarni tashkil etish boʻyicha
dastlabki qadamlar qoʻyilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizning 33 ta oliy ta’lim muassasasida kredit-modul
tizimiga oʻtish boʻyicha ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Barcha kuchlar
ushbu tizimni yaratishga safarbar etilyapti.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan muntazam ravishda xorijiy oliy ta’lim
muassasalarida ilmiy tadqiqot ishi va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan,
aynan kredit-modul tizimini yaqindan biladigan vatandoshlar tomonidan
seminarlar tashkil etilib kelinayotgani bunga bir misoldir. qolaversa, oʻzini oʻzi
moliyalashtirishga oʻtgan 10 ta oliy ta’lim dargohiga “El-yurt umidi” jamg‘armasi
huzuridagi Xalqaro ekspertlar kengashi a’zolaridan bir nafardan ekspert
maslahatchi sifatida biriktirib qoʻyilgan.
Mazkur jarayonlarni toʻlaqonli amalga oshirish uchun oliy ta’lim muassasasida
tegishli boʻlinmalar ham tashkil etilyapti.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Ta’limning kredit tizimini
boshqarish boʻlimi faoliyat yuritmoqda. Ushbu boʻlim tomonidan 2020/2021-
oʻquv yilidan universitetda oʻqitiladigan barcha ta’lim yoʻnalishlari va


mutaxassisliklarning ECTS kredit-modul tizimiga toʻliq transformatsiyasini
amalga oshirish boʻyicha ishlar boshlab yuborilgan.
1. Talaba nazorat uchun qo‘yilgan talablarning kamida 60 % ni bajarsa
ijobiy baholanadi. Masalan ma’ruza mashg’uloti nazorati savollariga kamida 60 %
to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa, lekin KI, KL, HGI larini 100 % bajarishi shart.
2. KI, KL, HGI larini bajarmagan talaba Yakuniy nazorat topshirishga
kiritilmaydi va qarzdor hisoblanadi.
3. Dastlabki baholashda fandan talabaning olgan baholarini rasmiylashtirish
uchun fakultet dekanatlarida dastlabki baholash qaydnomasi tashkil etiladi. Unda
barcha nazoratlar bo‘yicha baholar qo‘yiladi va o‘rtachasi aniqlanadi, o‘rtacha
baho ijobiy bo‘lsa Yakuniy nazoratga ruxsat beriladi. Birta nazoratdan qoniqarsiz
baho olganda ham o’rtacha baho hisoblanmaydi va talaba Yakuniy nazoratga
kiritilmaydi.
2. Asosiy baholash. Talaba fandan yakuniy nazorat topshiradi, bunda ham kamida
60 % to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa ijobiy baholanadi.
Masalan 30 ta test savoliga javob berganda:
18 tadan 21 tagacha to‘g‘ri javob (60 dan 72 % gacha) – 3 baho;
22 tadan 25 tagacha to‘g‘ri javob (73 dan 85 % gacha) – 4 baho;
26 tadan 30 tagacha to‘g‘ri javob (86 dan 100 % gacha) –5 baho.
11.05.2022

Download 118,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish