1– laboratoriya ishi rezi stor, induktiv g‘altak va kondensator ketma–ket ulangan sinusoidal tok zanjirlarini o‘rganish



Download 0,89 Mb.
bet13/13
Sana07.01.2022
Hajmi0,89 Mb.
#329419
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 5217873295948387346 (1)

III. Ishni bajarish tartibi

  • Uch fazali qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatelning tuzilishi va qismlarga ajratilgan namunasi bilan tanishish.

  • Stend bilan tanishib, dvigatel sxemasiga kiradigan barcha qismlari bilan tanishish. Mashinaning pasportida berilganlar bilan tanishib, yozib quyish, stendning sxemasi ko’rsatilgan.

  • Ajratgich P2 ni ulab o’lchov asboblarini dvigatelni yurgizish tokidan vaqtincha muxofaza qilamiz.

  • Generatorning yuklamasi ulanmagan holda (ajratgich P3 uzilgan), dvigatelni ajratgich P1 yordamida manbaga ulab yurgizish. Ampermetr yurgizish tokining tasiridan muxofaza qilingan bo’lsa ham baribir dvigatelni yurgizish paytida ampermetr strelkasining og’ishiga etibor bering. Dvigatel yurgizib yuborilgandan (5÷6) sekund o’tgandan so’ng, ajratgich P2 ni uzib, o‘lchashlarni bajarish mumkin. Ajratgich P3 ni ulab generatorning shu bilan birgalikda dvigatelning

  • yuklamasini bir tekis ortirib boriladi. 6...7 ta ixtiyoriy nuqtalar uchun

  • o‘lchashlarni bajarish lozim. O‘lchashdan olingan malumotlar jadvalga yoziladi.

8.1-jadval

O‘lchashlar

Hisoblashlar

Generator

Dvigatel

Pgen

P1dv

P2dv

M

hdv

S

cosj

I

Iuy

Ug

UF

IF

PF

n






















A

A

B

B

A

W

ayl/m

W

W

W

Nm

%

%

---









































































































































































  • O‘lchash va hisoblash natijalari bo’yicha bitta kordinatada dvigatelning ish xaraktaristikalari quriladi. Dvigatelning aylanishlar soni taxogenerator yordamida o’lchanadi 9.1-rasm.

8.1-rasm.Uch fazali asinxron dvigatelni prinsipial sxemasi.


Pgen=Ug(I+Iu), W; P1dv=3×Pf dv, W;

P2dv=P2=Pgen/hgen, [W]; hdv=P2dv/P1dv ×100%.


8.2-rasm. Asinxron dvigatelni ishga tushirish sxemasi.



8.3-rasm. Asinxron dvigatelni reverslash sxemasi.



  • Dvigatelga uch fazali avtotransformator yoki reostat yordamida pasaytirilgan kuchlanish berib, yani ajratkich P1 ni boshqa holatga o’tkazib 4-punktdagi o‘lchashlarni takrorlab, olingan malumotlar jadvalga yoziladi.

  • ikkinchi jadvaldagi malumotlar bo’yicha dvigatelga pasaytirilgan kuchlanish tasir ettirilgandagi mexanik xarakteristikasi n=¦(M) quriladi. Ana shu grafikda dvigatelga nominal kuchlanish berilgandagi (8.1- jadvaldagi malumotlar bo’yicha) mexanik xarakteristikasi ham quriladi.

  • Ish bo’yicha xulosa beriladi: a)dvigatel tezligini o’zgarishi haqida; b)manba kuchlanishining tasiri haqida; v) quvvat koeffitsienti cosj ning dvigatelning yuklanishiga bog’liqligi haqida; g)qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatelning afzalligi va kamchiliklari haqida.

P1 dv = 3Pf dv [W] hdv = P2 dv/P1 dv × 100% :
; ; Dvigatel o’qidagi foydali quvvat ;

Dvigatel o’qidagi aylantiruvchi moment . Bu erda P2 k[W] da.



Nazorat savollari

1. Uch fazali qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatelning tuzilishi va ishlash pritsipini bayon eting.

2. Asinxron dvigatel deb qanday dvigatelga aytiladi? Rotorning sirpanishi nima?

3. Asinxron dvigatellarning aylantiruvchi momenti qanday kattaliklarga bog’liq?

4. Yurgizish tokining katta bo’lib, yurgizish momentining kichik bo’lishini tushintirib bering.

5. Asinxron dvigatellarning tezliklarini boshqarishning qanday usullari bor?

6. Nima uchun qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatelning tezligini boshqarish qiyin.

7. Dvigatelni reverslash qanday bajariladi?

8. Nima uchun dvigatelning quvvat koeffitsienti cosj uning o’qidagi mexanik yuklamaga bogliq?

9. Stator chulg’amlarini yulduz yoki uchburchak sxemada ulash qanday tanlanadi?



8-LABORATORIYA ISHI.

YARIM O‘TKAZGICH DIOD TAVSIFLARI.

I.Ishning maqsadi: Diod tuzilishi, parametrlari va tavsiflarini o‘rganish.

II.Qisqacha nazariy ma’lumot: p va n tip o‘tkazuvchanliklarning kontaktidan yarim o‘tkazgichli diod hosil bo‘ladi 12.1-a rasm. p sohada asosiy zaryad tashuvchilar, musbat zaryadli kovaklar bo‘lgani uchun diodning p-tip o‘tkazuvchanlikka ega qismi anodga to‘g‘ri keladi. n tip o‘tkazuvchanlikka ega soha esa katodga to‘g‘ri keladi. Diodning shartli belgisi uchburchakli strelka ko‘rinishida bo‘lib, strelkaning uchi elektronlar harakatining yo‘nalishini ko‘rsatadi, 12.1-b rasm. Amaliyotda keng tarqalgan D226B markali diodning tashqi ko‘rinishi 12.1-v rasmda ko‘rsatilgan. Aksariyat hollarda diodning ingichka tomoni anod bo‘ladi, ayrim diodlarda tokning musbat yo‘nalishi strelka bilan ko‘rsatilgan bo‘ladi 12.1-v rasm. Diodning asosiy xarakteristikalari p-n o‘tishning xususiyatlari bilan belgilanadi. Vakuumli dioddagi singari, yarim o‘tkazgichli diodlarda ham volt-amper xarakteristika (VAX) asosiy rol o‘ynaydi. Umumiy holda yarim o‘tkazgichli diodlar uchun VAX 12.2-a rasmda ko‘rsatilgan. Vakuumli dioddan farqli o‘laroq bu yerda kuchlanishning ortishi bilan tok kuchining ortishi jadallashib boradi va to‘yinish toki kuzatilmaydi. Germaniy yarim o‘tkazgichlari asosida yasalgan diodlarda p-n o‘tish (0,1÷0,2)V kuchlanishdan boshlab ochiladi va to‘g‘ri yo‘nalishda dioddan tok o‘ta boshlaydi. Kuchlanishning (0,5÷1,0)V oralig‘ida kuchlanishning ortishi bilan tok kuchi chiziqli ortib boradi.

(12.2–a rasmdagi ab oraliq). Bu soha diodlar voltamper xarakteristikaning chiziqli qismi deb ataladi. VAX chiziqli qismining qiyaligi p-n strukturaning xususiyatlari bilan aniqlanadi. Kuchlanish 1V dan oshgandan so‘ng tok keskin orta boshlaydi. Tok kuchining ortib ketishi kristall panjarada molekulaning energiyasi ortib ketishiga va kristall strukturaning buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun yarim o‘tkazgichli diodlarda kuchlanish bo‘yicha chegara mavjud. Kremniy asosidagi yarim o‘tkazgichli diodlarda esa VAX ning chiziqli qismi (0,5÷0,6)V kuchlanishdan boshlanib, 1,5 V dan keyin tokning keskin ortishi boshlanadi. VAX ning chiziqli qismi (0,5÷1,5) V oralig‘ida kuzatiladi. Diodning ventil xususiyatini VAX dan ham ko‘rish mumkin. p-n o‘tishga teskari kuchlanish qo‘yilganda, teskari yo‘nalishdagi tok kuchi kuchlanshning ortishi bilan deyarli o‘zgarmaydi. Agar to‘g‘ri yo‘nalishda tokning keskin ortishi 1V kuchlanishdan keyin boshlansa, teskari yo‘nalishda 100 V kuchlanishda ham tok kuchi deyarli o‘zgarmaydi

(12.2-a rasmdagi v nuqta). VAX orqali, diodning to‘g‘ri va teskari yo‘nalishdagi qarshiliklarini (xarakteristikaning a va v nutalari) aniqlasak: Rdiod(to‘g‘ri)=0,5V/50 mA=10 Om; Rdiod(teskari) =100V/0,3 mA=330 kΩ ko‘rinib turibdiki diodning to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlardagi o‘tkazuvchanlik qobiliyatlari o‘n minglab martagacha farq qiladi. Buni oddiy tajriba orqali kuzatib amalda ham isbotlash mumkin. Buning uchun tok manbaiga oddiy yoritish lampasini diod orqali ulaymiz. Bunda diodni ikki xil usulda (qutblarning joylarini almashtirib) ulaymiz 12.2-b rasm. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, diodni birinchi holatida lampa yonadi, demak diod ochiq (diodning anodi manbaning musbat qutbiga, katodi manfiyga qutbiga ulangan) va lampa yonadi. Diodni teskarisiga ulasak, lampa yonmaydi, chunki teskari yo‘nalishda diodning qarshiligi juda ham katta.

12.1- rasm. (a) yarim o‘tkazgichli diodning strukturasi, (b) shartli belgisi, D226B

(v) diodining umumiy ko‘rinishi va diodlarda qutblarning belgilanishi.

12.2-rasm. (a) Yarim o‘tkazgichli diodning voltamper xarakteristikasi, (b) diodning ventil xususiyatini tekshirish.


III.Ishni bajarish tartibi:

1.Diod tuzilishi va parametrlari bilan tanishib, tegishli o‘lchash asboblarini tanlang.

2. 12.3 – rasmda ko‘rsatilgan sxemani plata asosida yig‘ing.

3. Agar sxema to‘g‘ri yig‘ilgan bo‘lsa, uni ~ (0÷6,3)V kuchlanishli manbaga ulang.

4.Diodning elektr tarmog‘iga to‘g‘ri sxema asosida ulab, unga beriladigan kuchlanishdan noldan bir voltgacha oshirib, 5÷6 o‘lchash nuqtalarida asboblar ko‘rsatganini jadvalga yozing.
Elektr zanjiri sxemasi

12.3-rasm.Yarim o‘tkazgichli diodning volt-amper tavsifini olish sxemasi.


12.1 – jadval.

Uto‘g‘ri

Ito‘g‘ri

V

А














IV. Hisoblash va tasvirlar

Tajribadan olingan kattaliklar asosida diodning volt–amper tavsifi ni chizing.




V. Laboratoriya ishi bo‘yicha xulosa

Laboratoriya ishini bajarib bo‘lganingizdan keyin yarim o‘tkazgichli diod, unda ro‘y beradigan fizik jarayonlar, uning ventil xususiyatlari haqida fikrlang va xulosa qiling.


Nazorat savollari.

1. Yarim o‘tkazgich deb nimaga aytiladi?

2. Yarim o‘tkazgichli diod nima va u qanday olinadi?

3. To‘siq p-n qatlam deb nimaga aytiladi?

4. Diodni elektr tarmog‘iga to‘g‘ri va teskari ulanishi qanday bajariladi?

5. Diodning volt–amper tavsifi qanday olinadi?

6. Diod nima maqsadlarda ishlatiladi?

9– LABORATORIYA ISHI
YARIM O‘TKAZGICHLI TO‘G‘RILAGICHNI TEKSHIRISH.
I.Ishning maqsadi: Boshqarilmaydigan va boshqariladigan yarim o‘tkazgich to‘g‘rilagich tavsifini o‘rganish.
II.Ishni bajarish tartibi:


  • To‘g‘rilagich parametrlari bilan tanishib, tegishli o‘lchash asbolarini tanlang.

  • 13.1 – rasmda ko‘rsatilgan sxemani plata asosida yig‘ing.

  • Agar sxema to‘g‘ri yig‘ilgan bo‘lsa, ko‘prik sxemali bir fazali to‘g‘rilagich kirishiga LATR vositasida U=(0÷220) V gacha kuchlanish bering.

  • To‘g‘rilagichni elektr lampalari bilan yuklab, to‘g‘rilangan tok va kuchlanish qiymatlarini jadvalga yozing (bunda ossillografdagi tok tasvirini kalkaga tushiring).

  • 13.2 – rasmda ko‘rsatilgan ko‘prik sxemali uch fazali to‘g‘rilagich sxemasini plata asosida yig‘ing.

  • Agar sxema to‘g‘ri yig‘ilgan bo‘lsa to‘g‘rilagich kirishiga 3 ~220 V kuchlanish bering.

  • Yuklanish tokini elektr lampalari bilan o‘zgartirib, to‘g‘rilangan tok va kuchlanish qiymatlarini jadvalga yozing (bunda to‘g‘rilangan tok ossillogrammasini kalkaga tushiring).

  • 13.3 – rasmda ko‘rsatilgan bir fazali boshqariladigan to‘g‘rilagich sxemasini plata asosida yig‘ing.

  • Agar sxema to‘g‘ri yig‘ilgan bo‘lsa, tiristorning anod zanjiriga LATR orqali U=(0÷220) V boshqaruvchi elektrod zanjiriga esa boshqarish blokidan olingan tegishli signal Ub ni bering.

  • Elektr lampalari bilan to‘g‘rilagichni yuklab, undan olingan tok va kuchlanish qiymatlarini jadvalga yozing. (Bunda turli kechikish burchaklari α va Ub = const da tegishli tok va kuchlanishlar olinadi).


III.Elektr zanjiri sxemalari

13.1-rasm. Ko‘prik sxemali diodlardan iborat to‘g‘rilagich sxemasi.




13.2-rasm.Uch fazali ko‘prik sxemali to‘g‘rilagich sxemasi.

13.3-rasm.Tiristorli to‘g‘rilagich sxemasi.


IV. Tajriba natijalarini qayd etish jadvallari

13.1 – jadval






bitta lampa

ikkita lampa

uchta lampa

U1

V










I1

A










13.2 – jadval




bitta lampa

ikkita lampa

uchta lampa

UТ

V










IТ

A











V.Hisoblash va tasvirlar

Olingan natijalar asosida yarim o‘tkazgichli to‘g‘ilagichning tashqi xarakteristikasi ni chizing.


VI. Laboratoriya ishi bo‘yicha xulosa

Laboratoriya ishini bajarib bo‘lganingizdan keyin yarim o‘tkazgichli to‘g‘rilagichda ro‘y beradigan fizik jarayonlar, uning ulanish sxemalari va ish rejimlari, qo‘llanilish sohalari haqida fikrlang va xulosa qiling.


Nazorat savollari.

  1. To‘g‘rilagich deb nimaga aytiladi va ular qanday bo‘ladi?

  2. To‘g‘rilagich qanday ulanish sxemalariga ega va bu sxemalarning kamchilik hamda afzalliklari nimadan iborat?

  3. To‘g‘rilagichlarning volt – amper tavsiflari qanday olinadi?

  4. To‘g‘irlangan tok, kuchlanish va quvvatlar turli sxemalarda qanday hisoblanadi?

  5. Boshqarilmaydigan va boshqariladigan to‘g‘rilagichlar qanday maqsadlar uchun qo‘llaniladi?


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

  1. Karimov A.S. va boshq. “Elektrotexnika va elektronika asoslari”. Darslik. Toshkent,“O‘qituvchi”,nashriyoti, 1995. 448 b.

  2. И.И.Алиев. Виртуальная электротехника. Компьютерные технологии в электротехнике и электронике. 2003 г. – 86 с.

  3. Abdullayev va boshqalar. «Elektrotexnika va elektronika asoslari» fanidan laboratoriya ishlarini bajarishga o’quv – uslubiy qo’llanma. Toshkent, ToshDTU, 2011. – 136 b.

  4. Бегматов Ш.Э., Абдуллаев Б. «Электротехника и основы электроники». Методические электронное пособие к выполнению виртуальных лабораторных работ. Ташкент – 2005. – 102 с.

  5. S.F.Amirov, M.S.Yoqubov, N.G.Jabborov. Elektrotexnikaning nazariy asoslari. OO’Yu talabalari uchun o’quv qo’llanma, T.: ToshTYMI, 2007. – 128 b.

  6. Электротехника ва электроника. Учебник для ВУЗов. В 3-х ки. Кн.2. Под

ред. проф. В.Г.Герасимова. 2-е издание – М.: ООО «Торгово-Издательский дом Арис», 2010. 272 с.

  1. Арипов Х.К. ва бошқалар. Электроника ва схемотехника. Ўқув қулланма. –

Тошкент, ТАТУ, 2008. -312 б.

  1. Кардашев Г.А. Цифровая электроника на персональном компьютере.

Electronies Work benh and Micro-Cap. С-пр.: Питер 2002 г. – 368 с.

  1. Бегматов Ш.Э. Абидов К.Г. «Электротехниканинг назарий асослари»

фанидан виртуал лаборатория ишларини бажариш бўйича услубий кўрсатмалар. ТошДТУ 2013 й. – 70

  1. www.bankrefaratov.ru/db/.../1028AICA908298E543257A08006FE...

Виртуальная электротехника. Компьютерные технологии в электротехнике

и электроника: учебное пособие книжный каталог.



  1. www.kgau.ru/ Электротехника и электроника. Ч1 выполнение виртуальных лабораторных работ по электрическим цепям: Анализ работы электрических машин.


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish