1-ma’ruza: Geografik informatsion tizimlar xaqida umumiy ma’lumotlar


Atributiv ma’lumotlar – bu fazoviy ob’ektlarning ko’pincha alfavit – raqamli ko’rinishda ifodalangan sifat yoki miqdor xarakteristikalaridir



Download 395 Kb.
bet8/16
Sana08.04.2022
Hajmi395 Kb.
#536592
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
ГАТ-Лотин1-8мавзулар

Atributiv ma’lumotlar – bu fazoviy ob’ektlarning ko’pincha alfavit – raqamli ko’rinishda ifodalangan sifat yoki miqdor xarakteristikalaridir.

Bunday ma’lumotlarga misollar: geografik nomlar, o’simliklar tarkibining tasviri, tuproq xarakteristikalari va boshqalar.
Fazoviy va atributiv ma’lumotlarning tabiati farqlanadi. Mos ravishda geoinformatsion tizimni bu ikki tashkil etuvchilarining manipulyatsiya qilish (saqlash, kiritish, taxrirlash, qidirish va taxlil qilish) usullari ham turlichadir. An’anviy tarzda amalga oshirilgan GICning asosiy g’oyalaridan biri – bu fazoviy va atributiv ma’lumotlar o’rtasidagi aloqani ularning aloxida saqlanishi va qisman aloxida qayta ishlash vaqtida saqlab qolishdan iborat.
Fazoviy ob’ektning umumiy raqamli tasviri quyidagilarni o’z ichiga oladi: nomi; joylashgan joyining ko’rsatmasi; xususiyatlar to’plami; boshqa ob’ektlar bilan munosabati. Ob’ektning nomi bo’lib uning geografik nomlanishi (agar bor bo’lsa), uning shartli kodi, foydalanuvchi yoki tizim tomonidan o’zlashtirilgan identifikatori xizmat qiladi.
Bir tipli ob’ektlar fazoviy va mavzuviy belgilariga ko’ra birlashib, raqamli xaritaning aloxida axborot birliklari sifatida ko’riladigan qatlamlariga aylanadilar. Bunda olingan barcha axborotlarni birlashtirish imkoniyati tug’iladi.

Fazoviy ma’lumotlar modeli – bu raqamli tasviri shakllantirilgan fazoviy ob’ektlar uchun mantiqiy qoidalardir.

Ma’lumotlarning vektorli modeli. Ma’lumotlarning vektorli strukturalarini vektorli modellarga birlashtirishning bir qancha usullari mavjud. Bu bir yoki bir nechta qatlamlar ob’ektlarining o’zaro aloqasini tadqiq qilish imkonini beradi.
Topologik axborot tugunlar va dugalar to’plami bilan tavsiflanadi. Tugun – bu ikki yoki undan ortiq dugalarning kesishmasi xisoblanadi. Uning raqami o’zi tegishli bo’lgan istalgan dugaga yuborish uchun qo’llaniladi. Xar bir duganing boshlanishi va oxiri boshqa bir duga bilan kesishgan joyda yoki boshqa dugalarga tegishli bo’lmagan tugunda bo’lishi mumkin. Dugalar nuqtalar orasini birlashtirib ketma-ket bo’lgan bo’laklarni xosil qiladi. Bunda xar bir chiziq ikki nuqtalar to’plamiga ega bo’ladi: oraliq nuqtalar va tugunlar raqamining juft koordinatalari. Bundan tashqari, xar bir duga o’zining identifikatsion raqamiga ega bo’ladi, ya’ni qaysi tugunlar uning boshi va oxirini ifodalayotganini ko’rsatib turishi uchun qo’llaniladi.
Vektorli modellarni ko’plab boshqa modellari ham ishlab chiqilgan, xususan, yuza qism modellarini ko’rsatish uchun maxsus ixtisoslashtirilgan vektorli modellar mavjud.
Rastrli modellar ikki xolatda qo’llaniladi. Birinchi xolat – joylarning boshlang’ich tasvirini saqlash uchun. Ikkinchi xolatda esa mavzuviy qatlamlarni saqlash uchun qo’llaniladi. Bu foydalanuvchilarni nafaqat aloxida fazoviy ob’ektlar, balki operativ taxlil va vizualizatsiya qilish uchun turlicha xarakterga ega bo’lgan fazoviy nuqtalar to’plami (balandlik yoki chuqurlik belgilari, tuproq namligi va x.k.)ham qiziqtirishi mumkin.
Rastr va uning atibutlari, qatlamlar nomini aloxida yacheykalarga saqlash va manzillashning bir nechta usullari mavjud.
Rastrli modellarni qo’llashda rastrli ma’lumotlarni siqish masalasi muximdir. Buning uchun guruxli kodlash, blokli kodlash, zanjirli kodlash va kvadrodaraxt ko’rinishida ifodalash kabi metodlar ishlab chiqilgan.

Download 395 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish