1-ma’ruza. Grammatik shakl, grammatik ma’no va grammatik kategoriya. Reja. Grammatika va milliylik



Download 387,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana11.11.2022
Hajmi387,93 Kb.
#863792
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ma\'ruza-1 (3)

GM turlari. UGM, OGM, XGM haqida. 
Grammatik shaklning fahmiy his qilinadigan alohida ma’nosi 
xususiy grammatik ma’no 
(qisq. XGM) deyiladi. Masalan, egalik qo‘shimchalari umuman «keyingi so‘zni oldingi 
so‘zga bog‘lash» mohiyatiga ega. Bu 
umumiy grammatik ma’no 
(qisq.UGM) bo‘lib, u nutqiy birlik bo‘lgan 
Halimning kitobi 
birikuvida 
«(kitob) 
so‘zini 
(Halim) 
so‘ziga bog‘lash», 
daftarning varag‘i 
birikuvida esa 
«(varaq) 
so‘zini 
(daftar) 
so‘ziga bog‘lash» tarzida xususiylashgan. Bu – XGM.
 
UGM lisoniy tabiatli bo‘lib, lisoniy birliklarga xos barcha belgiga, XGM esa nutqiy ma’no bo‘lganligi 
uchun nutqiy birliklarga xos belgiga ega. UGM umumiy, mavhum, zaruriy, barqaror, invariant, uzual, ijtimoiy 
bo‘lsa, XGM bu belgilarning aksi bo‘lgan xususiylik, aniq, tasodifiy, beqaror, okkazional, individual kabi belgiga 
ega. 
Grammatik ma’no so‘zning grammatik shakli bilan va undan xoli holdagi holatidan, ya’ni o‘zak-
negizidan anglashilganligi kabi UGM va XGMlar ham ikki xil tabiatli. Masalan, «predmetlik» ot turkumining
«jarayonlilik» fe’l turkumining, «belgi» sifat turkumining grammatik shaklsiz ifodalanadigan UGMsi. 
Bu 
Halimning kitobidir 
gapidagi 
(kitob) 
so‘zining «Halimga tegishli o‘qish uchun mo‘ljallangan predmetni 
ifodalovchi turdosh ot» ma’nosi bu so‘zning grammatik shaklsiz ifodalanadigan XGMsi. 
UGM va XGM grammatik shaklda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Har bir grammatik kategoriyaning 
ma’nosi - uning shakllarining ma’nosiga nisbatan UGM. Masalan, barcha kelishik shakllari uchun umumiy 
bo‘lgan «oldingi mustaqil so‘zni keyingi mustaqil so‘zga bog‘lash» ma’nosi – kelishik kategoriyasining UGMsi. 
Bu kategorial umumiylik alohida shakllarning ma’nosiga nisbatan belgilanadi. Boshqacha aytganda, kelishik 
kategoriyasining yuqorida aytilgan UGMsi uning tarkibiga kiruvchi 6 ta kelishik shaklining ma’nosidan 
sintezlanadi, ya’ni keltirib chiqariladi. 
Tilshunoslikda grammatik ma’noga nisbatan bu 
umumiy grammatik ma’no-oraliq grammatik ma’no 
(qisq.OGM) – 
xususiy grammatik ma’no 
tarzida tatbiq etilgan. Misol sifatida tushum kelishigi shakli ma’nosini 
olaylik. Kelishik kategoriyasining «oldingi mustaqil so‘zni keyingi mustaqil so‘zga bog‘lash», tushum 
kelishigining «oldingi ismni keyingi fe’lga vositasiz to‘ldiruvchi sifatida bog‘lash» va tushum kelishigining 
muayyan nutq parchasi bo‘lmish 
kitobni o‘qimoq 
birikuvida voqelangan «(
kitob
)
 
so‘zini 
(o‘qimoq) 
so‘ziga 
vositasiz to‘ldiruvchi sifatida bog‘lash» nutqiy ma’nosi yaxlitlikda olinganda, UGM-OGM-XGM munosabatida. 
Kelishik kategoriyasining «oldingi mustaqil so‘zni keyingi mustaqil so‘zga bog‘lash» ma’nosi tushum 
kelishigining «oldingi ismni keyingi fe’lga vositasiz to‘ldiruvchi sifatida bog‘lash» ma’nosiga nisbatan UGM 
maqomida, tushum kelishigining muayyan nutq parchasi bo‘lgan 
kitobni o‘qimoq 
birikuvida voqelangan 
«
(
kitob

so‘zini (
o‘qimoq
)
 
so‘ziga vositasiz to‘ldiruvchi sifatida bog‘lash» nutqiy ma’nosi XGM. Tushum kelishigining 



«oldingi ismni keyingi fe’lga vositasiz to‘ldiruvchi sifatida bog‘lash» ma’nosi esa UGM va XGM orasida 
turganligi hamda ularni bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lganligi uchun OGM maqomida.
Demak, borliq hodisalari umumiylik – maxsuslik – xususiylik (alohidalik) munosabatida bo‘lganligi kabi 
grammatik ma’no ham «umumiy grammatik ma’no – oraliq grammatik ma’no – xususiy grammatik ma’no» 
ko‘rinishiga ega. 

Download 387,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish