1-ma’ruza. Grammatik shakl, grammatik ma’no va grammatik kategoriya. Reja. Grammatika va milliylik


Muayyan ma’no umumiyligi ostida birlashgan va o‘zaro bu



Download 387,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana11.11.2022
Hajmi387,93 Kb.
#863792
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ma\'ruza-1 (3)

Muayyan ma’no umumiyligi ostida birlashgan va o‘zaro bu 
ma’noning parchalanishi, xususiylashuvi asosida zidlanadigan shakllar sistemasi GK hisoblanadi
. Shunday 
qilib, grammatik kategoriyaga quyidagicha ta’rif berish mumkin. 
Bir umumiy grammatik ma’no ostida 
birlashuvchi, shu asosda bir-birini taqozo va bu umumiy ma’noning parchalanishi asosida inkor qiluvchi 
shakllar tizimi 
grammatik kategoriya 
deyiladi. O‘zbek tilshunosligida tilimizdagi 9 ta GK mavjudligi tan olinadi: 
1) nisbat kategoriyasi; 2) o‘zgalovchi kategoriyasi; 3) harakat tarzi kategoriyasi; 4) bo‘lishli-bo‘lishsizlik 
kategoriyasi; 5) son kategoriyasi; 6) daraja kategoriyasi; 7) kelishik kategoriyasi; 8) egalik kategoriyasi; 9) 
kesimlik kategoriyasi: 9.1) shaxs-son; 9.2) zamon; 9.3) tasdiq-inkor; 9.4) mayl (modallik). 
Grammatik ma’no haqida umumiy tushuncha.
Ma’lumki, grammatik ma’no ifodalashning turli 
vositasi mavjud. Masalan, fonetik, leksik, morfologik va sintaktik vosita shular jumlasidan. Demak, grammatik 
ma’noni faqat so‘z yoki so‘zshaklga nisbat berish ma’qul emas. Nutqni shakllantiruvchi barcha lisoniy birlik 
grammatik ahamiyat kasb etishi mumkin. 
Grammatik ma’no deganda 
til (fonetik, leksik, morfologik va sintaktik) birliklarning nutqni 
shakllantiruvchi umumlashma abstrakt ma’nolari tushuniladi.
Ta’rifni qisqacha sharhlaymiz. Ko‘rinadiki, 
ta’rifda uch muhim unsur mavjud. Ular quyidagilar: 
a)
grammatik ma’noning barcha til birliklariga xosligi; 
b)
bevosita (!) nutqni shakllantirishi; 
d) umumlashma va abstraktligi. 
Grammatik ma’noning bevosita nutqni shakllantirishi deganda shuni tushunish lozimki, lisoniy birlik 
grammatik ma’nodan xoli qilinsa, u nutq uchun tayyor bo‘lmay qoladi. Masalan, [
bola
] leksemasining lug‘aviy 
ma’nosi nutqqa grammatik ma’no vositasida kiradi. Uning kelishik, son, subyektiv baho, hokim yoki tobe uzvlik, 
qaysi gap bo‘lagi ekanligi kabi grammatik ma’nolari lisoniy sathda yo‘q. Demak, leksema lug‘aviy ma’nosi 
ustiga ana shu grammatik ma’no qavatlansa, u nutq tarkibiga kira oladi. 
Grammatik ma’no umumlashma tabiatga ega deganda uning juda ko‘p lisoniy birliklarga birday tegishli, 
umumiy ekanligi nazarda tutiladi. Masalan, «ot», «sifat», «son» grammatik ma’nosi juda katta miqdordagi so‘zlar 
uchun umumiy. Lug‘aviy ma’no (semema) har bir leksemada o‘ziga xos va yakka, xususiy bo‘lsa, grammatik 
ma’no bir turdagi juda ko‘p leksema uchun umumiy. Grammatik ma’noning abstraktligi deganda uning bevosita 
kuzatishda berilmaganligi nazarda tutiladi.
Grammatik ma’no morfologik sathda so‘zlarning umumiy ma’nosi bo‘lgan so‘z turkumlari (masalan, 
otlarda umumiy predmetlik, fe’llardagi jarayonlilik), shuningdek har bir so‘zshaklning ma’lum bir morfologik 
kategoriya doirasida qarama-qarshi qo‘yiluvchi ma’nosi (masalan, zamon, shaxs-son egalik, kelishik) sifatida 
yuzaga chiqsa, sintaksis doirasida predikativlik, so‘z birikmasidagi hokim va tobe uzvlarning, gap bo‘laklarning 
bir-biriga o‘zaro munosabati sifatida namoyon bo‘ladi. Keng ma’noda so‘z yasalish hodisasi ham grammatik 
ma’noga daxldor Chunki yasalish natijasida so‘zning turkumlardagi o‘rni o‘zgarib ketadi. Bu esa ularning yangi 
grammatik tabiat kasb etganligini ko‘rsatadi. Masalan, [
aql
]
 
so‘zi «ot, mavhum ot, grammatik ma’nolariga ega. 
Undan [
-li
]
 
so‘z yasovchi shakli vositasida sifat yasalishi bilan albatta, grammatik ma’noda ham katta o‘zgarish 
yuz berdi Ko‘rinadiki, birorta lisoniy birlik (bir planli bo‘lgan fonetik birliklardan tashqari) grammatik ma’nodan 
xoli bo‘lolmaydi. Faqat mustaqil leksemadagina lug‘aviy va grammatik ma’no dialektik bog‘liqlikda bo‘ladi. 
Sintaktik qolip, yordamchi leksema va grammatik shaklda faqat grammatik ma’no mavjud. 
Grammatik ma’no grammatik shakllanmagan leksemaning lisoniy mohiyatida mavjud bo‘lishi ham, 
grammatik shakl yoki grammatik qolip yordamida ifodalanishi ham mumkin. Masalan, 
(kitoblar) 
so‘zshaklining 
«turdosh ot» grammatik ma’nosi boshqa barcha turdosh otda bo‘lgani kabi uning mohiyatida mavjud, «ko‘plik» 
ma’nosi esa ma’lum bir shakl 
(-lar) 
yordamida ifodalangan. 
Kitobni o‘qimoq 
birikuvidagi 
(kitob) 
so‘zining «tobe 
uzv» grammatik ma’nosi unga lisoniy sintaktik qolip asosida «yopishtirilgan». 

Download 387,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish