1-ma'ruza. Kirish. Oziq-ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi о‘tmishda, hozir va kelajakda



Download 13,3 Kb.
bet2/5
Sana20.04.2022
Hajmi13,3 Kb.
#566926
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 ma\'ruza Kirish Oziq ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi

Mikrobiologiya tarmoqlari. Mikrobiologiyada pivo pishirish, vinochilik, nonvoychilik, qishloq va boshqa sut mahsulotlarini ishlab chiqarish. Shuningdek, sut kislota, moy kislota, sirka kislotasi, spirt, oziqabop oqsil, vitaminlar, fermentlar, antibiotik dori-darmonlar va hakazolarni olishda ham mikroorganizmlardan foydalanish usullari о‘rganiladi.
Suv mikrobiologiyasida – okean, dengiz, daryo, kо‘l, suv xavzalari, ariqlar suvi, botqoq yerlardagi mikroorganizmlar tarqalishi va xillarini о‘rganadi. Sanoatda ishlatiladigan suv (oqova suv) tarkibidagi zaharli chiqindilarni tozalash yо‘llarini, suv hayvonlariga ozuqa zaxirasini tayyorlashda mikroorganizmlardan foydalanish usullarini va boshqa kо‘p muammolarni о‘rganadi. Ichimlik suvlarini tozalash ham shu soha bilan uzviy bog‘liqdir.
Geologik mikrobiologiyada – tog‘ jinslari yemirilishlarida mikroorganizmlar faoliyati, turli xil ma’danlarning hosil bо‘lishida, madanlardan

metallarni ajratib olishda, foydali qazilmalar hosil bо‘lishidagi mikroorganizmlarning faoliyatlarini о‘rganiladi.
Tibbiyot mikrobiologiyasida – turli xildagi yuqumli kasalliklarni keltirib chiqazuvchi mikroorganizmlar hayot faoliyati va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqarish muammolarini о‘rganiladi.
Chorvachilik mikrobiologiyasi – bunda qishloq xо‘jaligi hayvonlarida kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlar bilan kurashish chora-tadbirlari ustida, teri, mо‘yna mikroorganizmlari, hayvonlarning ovqat xazm qilish va turli organizmlaridagi mikroorganizmlar faoliyatini о‘rganish maqsad qilib qо‘yilgandir.
Sanitariya va epidemiologiya mikrobiologiyasi – bu soxa atrof muhitda insonlarga, hayvonlarga, foydali hasharotlarga zarar keltiruvchi turli xildagi mikroorganizmlarning tarqalishining oldini olish choralari bilan shug‘ullanadi. Har xil usullar bilan shu kasallik tarqatuvchilarga va ularni keltirib chiqaruvchi manbalarga qarshi kurashadi.
Qishloq xо‘jalik mikrobiologiyasi - qamrovi juda katta bо‘lgan fan soxalaridan biridir. Bunda faqatgina tuproqda mavjud bо‘lgan mikroorganizmlar xillari va biologiyasi bilan shugullanib qolmasdan, shu mikroorganizmlar bilan о‘simlik о‘rtasidagi, tabiatda atmosfera va tuproq о‘rtasidagi boglanishda mikroorganizmlar roli haqidagi ma’lumotlar bilan ham tanishib chiqiladi. Tuproq mikroorganizmlarning turli-tumanligi, tuproq unumdorligini oshirishdagi roli, о‘simliklarning suvda erimaydigan moddalarni о‘zlashtirishdagi mikroorganizmlar ahamiyati ham shu sohaga taaluqlidir. Tuproqdagi mikroorganizmlarning azot almashinuvidagi, fosfor va oltingugurt birikmalarning, kaliy, temir va xokazo elementlari birikmalarning aylanishi va о‘simliklarga о‘zlashtiriladigan holatga о‘tishligini ham bilib olamiz. qishloq xо‘jaligi mikrobiologiyasida senaj, silos tayyorlashda, biologik faol moddalar hosil bо‘lishida, mikrobiologik ya’ni bakterial о‘g‘itlar tayyorlashda ham ishtirok etuvchi mikroorganizmlar turlari va faoliyati bilan tanishiladi. Shunga asosan tuproqni unumdorligini oshirish va yuqori hosil olish maqsadida sanoatda bakteriologik о‘g‘itlar ishlab chiqarilishi masalalari ham о‘rganiladi.

Download 13,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish