1 ma’ruza mavzu: Kirish reja



Download 182,44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi182,44 Kb.
#895800
  1   2   3


1 - MA’RUZA 
 
Mavzu: Kirish 
REJA

1.1. «Materiallar qarshiligi» fani, haqida asosiy tushunchalar. 
1.2. Muhandislik tuzilmalari qismlarining hisob shakllari. 
1.3. Fanda qabul qilingan asosiy faraz va cheklanishlar. 
Tayanch so’z va iboralar: Fanning vazifalari, mustahkamlik, bikrlik, ustvorlik. Qisqacha 
tarix. «Nazariy mexanika» bilan ziddiyatlar. Tuzilmalar elementlari: brus, plastinka, qobiq, 
massiv, sterjen, val, balka, ferma, rama. Farazlar: tuzilishning uzluksizligi, bir jinslilik, izotroplik, 
zo’riqmaganlik, ta’sir-larning mustaqilligi, Sen-Venan qoidasi.
1.1. «Materiallar qarshiligi» fani haqida asosiy tushunchalar 
«Materiallar qarshiligi» fani umummuhandislik fani hisoblanib, konstruktsiyalar 
(tuzilmalar), inshootlar, mashina va mexanizmlar qismlarini mustahkamlikka, bikrlikka va 
ustvorlikka hisoblash usullarini o’rgatadi. 
Mustahkamlik - yuqoridagilarning tashqi kuchlar ta’sirida yemirilishiga qarshilik 
ko’rsatish qobiliyatidir. 
Ma’lumki, tabiatda absolyut qattiq, ya’ni deformatsiyalanmaydigan va yemirilmaydigan 
jismlar mavjud emas. Masalan, og’irligi 75 kg bo’lgan kishi oddiy qurilish g’ishtini bossa, uning 
balandligi 1/20.000 sm ga kamayadi. Bunda g’ishtning ikki qo’shni atomi bir - biriga taxminan 
1/500000 Å (angstrem) ga yaqinlashadi (2

10
-14
sm). Ma’lumki, 1 A=1/10000 mikron=1

10
-8
sm. 
SHotlandiyadagi Fort ko’rfazidagi uzunligi 3 km bo’lgan osma ko’prikni tutib turuvchi 
po’lat arqonlarning doimiy deformatsiyasi taxminan 0,1 protsentni, ya’ni 3 m ni tashkil qiladi. 
Yuklanmagan holda po’lat atomlari orasidagi masofa deyarli 2Å ni tashkil qilsa, bunda ular 
taxminan 2/1000 Å ga uzoqlashadilar. 
Muhandislik tuzilmalarining mehyoriy ishlashlarini tahminlash uchun ularning 
qismlarining deformatsiyasini, ya’ni tashqi kuchlar ta’sirida shakl va o’lchamlarining o’zgarishini, 
chegaralash zarur bo’ladi.
Bikrlik 

muhandislik 
tuzilmalari 
qismlarining 
tashqi 
kuchlar 
ta’sirida 
deformatsiyalanishga qarshilik ko’rsatish qobiliyatidir. 
Muhandislik tuzilmalari qismlarining tashqi kuchlar ta’sirida o’zlarining dastlabki 
muvozanat holatlarini saqlash qobiliyatlari ustivorlik deyiladi. Tuzilma qismining tashqi kuchlar 
ta’sirida o’zining dastlabki muvozanat shaklini va deformatsiyalanish tarzini sifatan 
o’zgartirmasligi uning mehyoriy ishlashida nihoyatda muhimdir. 
Muhandislik tuzilmalariga qo’yiladigan mustahkamlik, bikrlik va ustvorlik talablari 
iqtisodiy talablar bilan ziddiyatli yechimlarga ega. CHunki, birinchi uchta talablarni qondirish 
uchun materialni ko’proq sarflash talab qilinsa, iqtisodiy talablar xarajatlarni kamaytirish uchun 
material sarfini kamaytirishni nazarda tutadi. «Materiallar qarshiligi» hisob usullari yordamida bu 
ziddiyatli talablar kesishuvli yechimlarga keltiriladi. 
«Materiallar qarshiligi» faniga oid dastlabki ishlarni tarixda 1638 yildagi G. Galiley 
(Italiyaning Padue shahridagi o’quv yurtining matematika professori) ishlari bilan bog’lashadi. 
Bahzi manbalarda italyan olimi Leonardo Da Vinchi (1452-1519) ham bahzi hisoblarni 
bajarganligi ko’rsatiladi. Fanning vujudga kelishi va rivojlanishiga R. Guk, E. Mariott, 
Dyugamel’, SH. Kulon, Ya. Bernulli, T. Yung, O. Koshi, A. Sen-Venan, O. Mor, L. Eyler, 
D.Juravskiy, F. Yasinskiy, S. Timoshenko, A. Belyaev, S. Ponomarev, V. Feodos’ev, o’zbek 
olimlaridan M. O’razboev, X. Raxmatullin, K. Mansurov, T. Rashidov, Q. Abdurashidov va 
boshqalarning tadqiqotlari va yaratgan adabiyotlari katta ahamiyatli bo’ldi. 
Materiallar qarshiligidan dastlabki kitob Frantsiyada 1826 yilda nashr qilindi. 
Ayni paytda ham ushbu fanning hal qilishi zarur bo’lgan masalalarining yetarliligini 
tahkidlash lozim. 


Bu fan o’z masalalarini boshqa fanlarga asoslanib, ular bilan uzviy aloqada hal qiladi. 
Materiallar qarshiligi fani, ayniqsa, nazariy mexanika fani bilan bog’liq. SHu bilan birga ular 
orasida bahzi masalalarga turlicha yondoshish ham mavjud. Masalan, nazariy mexanika jismlarni 
absolyut qattiq deb hisoblasa, materiallar qarshiligi fanida ularning deformatsiyalanishlari ham 
nazarda tutiladi. Ushbu asosiy ziddiyat oqibatida nazariy mexanikaning to’plangan kuchni ta’sir 
chizig’i bo’yicha, juft kuchni o’z ta’sir tekisligida ko’chirish qoidalarini deformatsiyalanuvchi 
jismlar mexanikasida qo’llab bo’lmaydi. 

Download 182,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish