1-Ma’ruza “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanining predmeti va vazifalari. Raqamli iqtisodiyot. Reja



Download 1,63 Mb.
bet21/103
Sana01.01.2022
Hajmi1,63 Mb.
#301024
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103
Bog'liq
Марузалар(а)

Tayanch iboralar:

Cad


MathCad

AutoCad

Interfeys

Resource Center


Ixtisoslashtirilgan MathCad tizimlari.
Matematik va ilmiy-texnik hisob-kitoblar shahsiy kompyuterlarni qollashning muhim sohasi hisoblanadi. Hisob-kitoblar texnik ma’lumotlarni asosi hisoblanadi. Kompyuterning hisoblash quvvati uni ilmiy ishlarni avtomatlashtirish vositasi sifatida ishlatish imkonini beradi. Murakkab hisoblash msalalarini yechishda maxsus yozilgan dasturlar ishlatiladi. Shu bilan birga ilmiy ishlarda cheklangan murakkablikdagi keng spektrli masalar uchraydi. Ularni yechish uchun universal vositalarni ishlatish mumkin. Bunday masalalarga quyidagilar kiradi:

  • mutaxassislar uchun odatiy bo’lgan formada yozilgan matn va formuladan iborat ilmiy-texnik hujjatlarni yaratish;

  • sonli o’zgarmaslar, o’zgaruvchilar va o’lchanadigan fizik kattaliklar ishlatiladigan matematik amallar natijasini hisoblash;

  • vector va matrisalar ustida amallar;

  • tenglama va tenglamalar tizimini yechish;

  • statistic hisoblar va ma’lumotlar tahlili;

  • ikki o’lchamli va uch o’lchamli grafik chizish;

  • tenglama va tizimlarni analitik hisoblash;

  • differensiallash va integrallash;

  • diffrensial tenglamalarni yechish;

  • boshlang’ich shartlarni turli qiymatda hisoblash.

Yechilayotgan masalalar murakkablik darajasining ob’yektiv sabablarga ko’ra o’sishi algoritmlarning murakkablashishiga va ularni C, Pascal, Fortran kabi algoritmik tillarda amalga oshirilishiga olib keladi. Yanada ko’proq vaqt dastur kodini ishga tushirishga ketadi. Bu sabablar algoritmlar biriktirilgan avtomatlashtirishni boshqarish tizimini(ALT) yaratilishiga olib keldi. Bunday tizimlar paydo bo’lganiga ancha vaqt bo’lgan va ular tor miqyosda ixtisoslashgan bo’lgan. Matematik ALTlar orasida eng ko’p tarqalgani -MathCAD (MathSoft Inc.), Mathematica (Wolfram Research, Inc.), MATLAB (MathWorks Inc.), Maple V (Waterloo Maple Inc.). MathCad, MatLab dasturlari sonli va formula ko’rinishidagi ma’lumotlarni dinamik qayta ishlash imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizimlar hisoblanadi.

MathCAD elementar arifmetikadan boshlab, murakkab sonli usullarni qo’llash bilan tugallaydigan turli ilmiy va muhandislik hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beradigan matematik muharrirdir. MathCAD foydalanuvchilari-bu talabalar, olimlar, muhandislar, turli texnik mutaxassislardir. Qo’llanilishdagi oddiylik, matematik harakatlarning yaqqolligi, sonli usullar va tizim funksiyalari kutubxonasining kattaligi, belgili hisoblashlar imkoniyati hamda natijalarni taqdim etishning a’lo darajadagi apparaturalari(har xil turdagi grafika, chop etiladigan hujjatlar tayyorlash kuchli vositalri va Web sahifalar) mavjudligi tufayli MathCAD ommabop matematik ilovaga aylandi. MathCAD 2001 boshqa zamonaviy matematik ilovalardan farqli ravishda WYSIWYG ("What You See Is What You Get" - "Siz nimani ko’rsangiz, shuni olasiz") prinsipi asosida qurilgan. Shuning uchun uni ishlatish jarayoni juda sodda, xususan, unda matematik hisob-kitobni amalga oshirish uchun dastur yozishga xojat bo’lmaydi. Buning o’rniga formula muharriri yordamida matematik ifodalarni shunchaki kiritish kifoya. Shuni ta’kidlash lozimki, natija shu zaxotiyoq olinadi. Bundan tashqari printerda hujjatning bosma nushasini ishlab chiqish yoki MathCadda ishlash vaqtida hujjat kompyuter ekranida qanday ko’rinishda bo’lsa, shu ko’rinishda Internetda sahifasini yaratish mumkin. MathCAD yaratuvchilari shunday ishlarni amalga oshirdilarki, natijada dasturlash bo’yicha maxsus bilimga ega bo’lmagan foydalanuvchilar ham zamonaviy hisoblash fanlari va kompyuter texnologiyalari yutuqlaridan bemalol foydalana oldilar. MathCad muharririda samarali ishlash uchun foydalanuvchining baza ko’nikmalari yetarli. Boshqa tomondan, professional dasturchilar MathCaddan turli dasturiy hisoblar yaratish, MathCad imkoniyatlarini kengaytirish orqali ko’proq ma’lumot oladilar. Real hayot muammolariga mos ravishda matematiklarga quyidagi masalalarni yechishga to’g’ri keladi:

- kompyuterga turli matematik ifodalarni kiritish(hujjatlarni yaratish yoki keying hisoblash uchun, prezentasiya, Web-sahifa yaratish);

- matematik hisob-kitoblarni amalga oshirish;

- hisob-kitob natijalarini grafik ko’rinish tayyorlash;

- berilgan kattaliklarni kiritish va natijalarni matnli yoki boshqa formatdagi ma’lumotlar bazasi fayliga chiqarish;

- ish hisobotini bosma hujjat ko’rinishida tayyorlash;

- Web-sahifa tayyorlash va natijani Internetda chop etish;

- matematika sohasi bo’yicha turrli ma’lumotlar olish.

MathCad bu barcha masalalar bilan bemalol ishlay oladi:

-matematik ifoda va matn MathCad formulalar muharriri yordamida kiritiladi. U imkoniyatlari ishlatishdagi soddaligi bilan Microsoft Word formulalar muharriridan qolishmaydi;

- matematik hisob-kitoblar kiritilgan formulalar yordamida zudlik bilan bajariladi;

- juda boy formatlash imkoniyatiga ega bo’lgan turli grafiklar bevisita hujjatlarga qo’yiladi;

- fayllarga turli formatlardagi ma’lumotlarni kiritish va chiqarish mumkin;

-hujjatlar bevosita MathCaddan foydalanuvchi kompyuter ekranida qanday ko’rsa shunday ko’rinishda bosmaga chiqarilishi yoki keyinchalik tahrirlash uchun RTF formatda saqlanishi mumkin. Bu hujjatlar kuchli matn muharrirlarida tahrirlanishi (masalan, MS Wordda) hamda Web-sahifa formatlarda saqlanishi mumkin;

-belgili hisoblashlar turli yordamchi matematik ma’lumotlarni bir zumda olish, yordamchi tizim, Resurslar Markazi va elektron kitoblar esa kerakli ma’lumot va turli ma’lumotlarni tez topish imkonini beradi.

Shunday qilib MathCad tarkibiga bir-biri bilan o’zaro integrallashgan komponentalar kiradi Bu komponentalar matn va formulalarni kiritish va tahrirlash imkonini beradigan quvvatli matn muharrirlari, kiritilgan formulalar asosida hisob-kitobni amalga oshiradigan hisoblash prosessori, sun’iy intellect tizimi hisoblangan belgili protsessorlardir. Bu komponentalar birlashmasi ish natijasini hujjatlashtirish bilan birga, turli matematik hisob-kitoblar uchun qulay hisoblash muhitini yaratadi.

5. Dasturning interfeysi va uskunalar paneli.

MathCAD dasturi kompyuterga o’rnatilib bajarilish uchun ishga tushgandan so’ng, ilovaning asosiy oynasi ishga tushadi. U ham Windows ilovalari kabi tuzilishga ega. Yuqoridan pastka qarab oyna sarlavhasi, menyu qatori, asboblar paneli va ishchi varag’i yoki hujjatning (worksheet) ishchi sohasi joylashgan. MathCAD dasturini ishga tushirish bilan avtomat ravishda yangi hujjat yaratiladi. Oynaning eng past qismida holatlar satri joylashgan. MathCAD dasturining oddiy matn tahrirlovchisi bilan o’hshashligini inobatga olinsa, siz asboblar panelidagi ko’pgina tugmalarning vazifasini tushunib olasiz.

Dasturni ishga tushurish bilan old planda Tip of theDay (Kun maslahati) muloqot oynasi ham, paydo bo’ladi. Uni, Close (Yopish) tugmasini bosish bilan o’chirishimiz mumkin (2-rasm). MathCADning kun maslahati deb ataluvchi opsiyasini o’chirish ushun, uning muloqot oynasidan Show tips on startup (Maslahatni ko’rsatish) bayroqcha ko’rinishini olib tashlash kerak. Next Tip (Keyingi maslahat)ni bosib, keyingi maslahatni ko’rish mumkin. MathCADda shuningdek, Resource Center (Resurslar markazi) nomli yana bir oynani ko’rish mumkin. Bunda turli matematik, fizik, muhandislik masalalarini bajarish mumkin. O’z ishingizda siz, bunga e’tibor berishingiz yoki bermasligingiz va undan yordamchi ma’lumot sifatida foydalanishingiz lozim.




Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish