1-masala. Aniq fanlar kafedrasining oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy hamkorligi va uning samaradorligi haqida



Download 17,27 Kb.
Sana29.06.2022
Hajmi17,27 Kb.
#717847
Bog'liq
Fakultet kengashi uchun(1- va 3-masalalar, aniq fanlar)


1-masala. Aniq fanlar kafedrasining oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy hamkorligi va uning samaradorligi haqida
Aniq fanlar kafedrasi 2022- yil aprel oyida Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti bilan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi. Bugungi kunga qadar ChDPI Matematika va informatika fakulteti Matematika o‘qitish metodikasi va geometriya kafedrasi mudiri D.M.Maxmudova bilan kafedralar professor-o‘qituvchilarining ilmiy ish yuzasidan ilmiy rahbar, maslahatchilar tanlashda hamkorlik qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, ChDPI katta o‘qituvchisi B.Z.Usmanovga ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda kafedramiz professori A.X.Begmatov ilmiy maslahatchi sifatida tegishli tavsiyalarni berib kelmoqda. Bundan tashqari darslik, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ishlarida, ilmiy maqolalar chop etish masalalarida ham hamkorlikda ishlash borasida tegishli ishlar qilinmoqda.


Qaror qabul qilindi:

  1. Aniq fanlar kafedrasi mudiri N.N.Raximovning OTM bilan hamkorlik masalalari to‘g‘risida bergan hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Kafedraning Chirchiq davlat pedagogika institutidan tashqari respublikamizdagi boshqa OTMlari bilan ham hamkorligi yo‘lga qo‘yilsin.

Aniq fanlar kafedra mudiri: N.N.Raximov

3-masala. Yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim muassasalari hamda korxonalar bilan hamkorlik shartnomalari tuzish.


Bugungi kunda Aniq fanlar kafedrasiga tegishli matematika va informatika, fizika va astronomiya ta’im yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, ushbu yo‘nalishlarda tahsil oladigan bakalavriyat va magistratura talabalarining o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishi maqsadida 2 ta akademik litsey hamda 2 ta aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Jumladan, Samarqand davlat universitetining akademik litseyi, Samarqand davlat chet tillar institutining akademik litseyi, Samarqand davlat universitetining aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabi, Samarqand viloyat XTB tasarrufidagi 52-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati bilan hamkorlik shartnomasi imzolangan. Bugungu kunga talabalarimiz ushbu ta’lim muassasalarining ilg‘or o‘qituvchilarini ish tajribasini o‘rganib kelmoqdalar. Magistrantlarimiz esa ilmiy tadqiqotlarini olib borish sohasida va ish tajribasi bo‘yicha axborotlar almashib kelmoqdalar.


Samarqand viloyatida ta’lim sifatini oshirishga erishiladigan maqsadli ko‘rsatgichlar bo‘yicha oxirgi o‘rinlarni egallagan maktablarda ta’lim sifatini yaxshilash to‘g‘risida Samarqand viloyati hokimining 2022- yil 11- yanvardagi
10-7-0-Q/22 Qarorini bajarish maqsadida Samarqand tumani 55- umumta’lim maktabi hamda Samarqand shahridagi 23- maktabi Aniq fanlar kafedrasiga biriktirilgan. Kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan ushbu maktablarda ta’lim sifatini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Maktab o‘qituvchilariga kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘plab mahorat darslari o‘tib berildi va tajribalar almashildi. O‘qitishning interfaol usullari va axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikmalaridagi bo‘shliqlarini to‘ldirish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar berib kelinmoqda. Maktabda fan to‘garaklari tashkil qilish va hujjatlarini meyoriy hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish borasida tegishli maslahatlar, tavsiyalar berildi. Elekton darsliklar, virtual laboratoriyalar va amaliy topshiriqlarni bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarning elektron variantlari maktab ARM fondiga topshirildi.
Aniq fanlar kafedrasida bugungi kunda ishlab chiqarish, korxonalar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilmagan.
Qaror qabul qilindi:

  1. Aniq fanlar kafedrasi mudiri N.N.Raximovning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Kafedraga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim muassasalari bilan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar borasida hamkorlik aloqalarini yanada jonlantirish choralari ko‘rilsin.

  3. Aniq fanlar kafedrasi bilan hamkorlik qilishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish hamda korxonalar aniqlanib, hamkorlik aloqalari o‘rnatilsin va xo‘jalik shartnomalari tuzilsin.



Aniq fanlar kafedra mudiri: N.N.Raximov
Download 17,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish