1-mashg’ulot tog’ jinslari xaqida tushuncha: magmatik, cho’kindi va metomorfik (O’zgargan) jinslar, minerallar (birlamchi, ikkilamchi) xaqida tushunchalar va ularni tabiatda uchrash shakllari mashg’ulotning maqsadi



Download 36,19 Kb.
bet1/8
Sana29.06.2022
Hajmi36,19 Kb.
#717556
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-MASHG’ULOT. TOG’ JINSLARI XAQIDA


1-MASHG’ULOT
TOG’ JINSLARI XAQIDA TUSHUNCHA: MAGMATIK, CHO’KINDI VA METOMORFIK (O’ZGARGAN) JINSLAR, MINERALLAR (BIRLAMCHI, IKKILAMCHI) XAQIDA TUSHUNCHALAR VA ULARNI TABIATDA UCHRASH SHAKLLARI


Mashg’ulotning maqsadi: tog’ jinslarini o’rganish, ya’ni ularning turini, turli geologik jarayonlar natijasida hosil bo’lishini o’rganish va ular bilan tanishish.
Kerakli asbob uskunalar: tog’ jinslari namunalari, ko’rgazmali materiallar, tarqatma uslubiy qo’llanmalar.
Ish mazmuni:
Yer va uning atrofidagi sayyoralar har xil tog’ jinslaridan tashkil topgan. Tog’ jinslari esa, o’z navbatida minerallarning tabiiy agregatlaridan tuzilgan. Biz tog’ jinslari deganimizda ma’lum tarkib va tuzilishga ega bo’lgan tabiiy mineral agregatlar yig’indisini tushunamiz. Tog’ jinslari geologik jarayonlar natijasida hosil bo’lib, yer po’stida mustaqil jins holida yotadi.

Tog’ jinslarining tasnifi hosil bo’lish sharoitlariga asoslangan. Ushbu tasnifga muvofiq tog’ jinslarining quyidagi turlari ajratiladi:


- magmaning sovishida hosil bo’luvchi - magmatik;
- magmatik va metamorfik jinslarning mexanik nurashi va eritmalardan moddalarning cho’kishi natijasida hosil bo’luvchi - cho’kindi;
- cho’kindi va magmatik jinslarning uzoq vaqt davomida yuqori bosim, harorat va minerallashgan suv ta’sirida kechgan tabiiy-kimyoviy jarayonlar tufayli hosil bo’luvchi – metamorfik.
Magmatik jinslar. Magmatik jinslar magmaning sovishi natijasida hosil bo’ladi. Magmaning sovishida qattiq mineral komponentlar ketma-ket kristallanadi. Bunda bosim, harorat va undagi mineralizatorlar - suv bug’lari, karbonat angidrit va bjshqalar juda katta ahamiyatga ega.
Magmatik jinslarning tasnifi va tarkibi
Magmatik jinslarning tasnifi. Magmatik jinslar hosil bo’lish sharoitlariga bog’liq holda chuqur (intruziv), otqindi (effuziv) va yarimuchuqur (gipabissal) turlarga bo’linadi. Intruziv jinslar katta chuqurliklarda magmaning yuqori harorat va bosim sharoitlarida sekin sovishi va bir tekis qotishidan hosil bo’ladi. Bu jarayonlar tog’ jinslarida to’liq kristalli struktura, massiv tekstura shakllanishi va unda mineral komponentlarning bir tekis tarqalishi bilan yakunlanadi.
Otqindi jinslar yer yuzasida past harorat va atmosfera ta’siri sharoitlarida lavadan issiqlik va gazsimon moddalarning tez ajralib chiqishi tufayli vujudga keladi hamda qotganidan so’ng ularda ko’plab g’ovakliklar saqlanib qoladi. Shuning uchun ular amorf shisha ko’p bo’lgan chala kristalli struktura, har xil teksturalarning almashinib turishi bilan farq qiladi.
Subvulqon jinslari yer yuzasiga yaqin chuqurlikda harorat pasayib borish rejimida hosil bo’ladi. Shu tufayli magmadan muayyan bir mineralning turli o’lchamdagi kristallari vujudga keladi. Bunday jinslar aralash donali strukturasi bilan xarakterlanadi va porfirsimon jinslar deb ataladi.
Magmatik jinslarning tafsilfy tasnifi moddiy tarkibini o’rganishga asoslangan. Magmatik tog’ jinslarining moddiy tarkibi ulardagi kimyoviy elementlarning (oksidlarining) va jins hosil qiluvchi minerallarning foyiz miqdorini hisoblash orqali aniqlanadi.
Tog’ jinslarining kimyoviy va mineral tarkiblari o’zaro bog’liq, ammo bu bog’liqlik murakkab, shuning uchun ham tog’ jinslarining kimyoviy tarkibini qayta hisoblash orqali uning mineral tarkibini, mineral tarkibi orqali esa kimyoviy tarkibini aniqlab bo’lmaydi. Vulqon shishasidan iborat bo’lgan jinslarning moddiy tarkibini faqat kimyoviy yo’l bilan aniqlash mumkin.

Download 36,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish