1. Mashg’ulotlar



Download 51,02 Kb.
bet1/7
Sana20.02.2022
Hajmi51,02 Kb.
#460434
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Oygul


Kirish
Asosiy qism



1.Mashg’ulotlar sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalarda huquqiy tushunchalarni shakllantirishning mazmuni…......................…………………...............................


2.Maktabgacha yoshdagi bolalarda huquqiy tushunchalarni shakllantirishda tarbiyaviy tadbirlarning o’rni..........................................………..............................




3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda huquqiy tushunchalarni shakllantirishga oid o’tkazilgan tajriba-sinov ishlarining tahlil va samaradorligi .........………………..


XULOSA…………………………………………………………………….................




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………..………………………….............






KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasida bugungi kunda bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik jamiyat qurilmoqda. Respublikamizda davlat mustaqilligi o’z taqdirini o’zi belgilashdek buyuk baxt bugungi yosh avlodga nasib etdi. Bunday davlatni barpo etish uchun jamiyat, xalq shu jumladan yoshlar yuksak darajada huquqiy bilimli hamda madaniyatli bo’lishlari kerak.
Mamlakatimizda mustaqillikni mustahkamlash, shu jumladan ta’lim sohasini rivojlantirish bo’yicha muayyan ishlar qilinmoqda. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “Uchinchi ming yillikning bolasi” tayanch dasturi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29-avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan “Jamiyat huquqiy madaniyatini yuksaltirish milliy dasturi” va boshqa bir qator huquqiy hujjatlar misol bo’la oladi.
Mamlakatimizning rivojlanishi dunyo hamjamiyatida hurmat-e’tiborga sazovor bo’lishi kelajak avlodni har tomonlama kuchli va bilimdon qilib tarbiyalashni taqozo qiladi. Har bir davlat o’z fuqarosini har tomonlama o’qimishli, ongli, tarbiyali ko’rishni istaydi, shunday bo’lishi uchun sharoit yaratadi, imkoniyat beradi.
Huquqiy davlat sari qadam qo’yayotgan O’zbekistondagi har bir shaxs o’z huquqlarini, erkinliklarini, burchlarini bilibgina qolmasdan, balki qonun qabul qilish jarayonida, davlat va jamiyat ishlarida faol ishtirok etishi kerak. Jamiyat va davlatning yetakchi kuchi uning qonunlaridir. Qonun nimani o’z ichiga olgan, kimni qanday himoya qiladi, insonga qanday yondashadi? Bu masalalar yillar davomida xalqni qiziqtirib kelgan. Bir davrlarda podsholar, shohlar, imeratorlar, qirollar qabul qilgan qarorlarini, qonunlarini hammaga jarchilar orqali yetkazgan. Hozirgi kunda O’zbekiston aholisi yoppasiga o’qimishli, bilimli, har bir yangilikni, matbuot, televideniye, radio orqali eshitadi, o’qiydi. Ammo hammani ham, jumladan, yoshlarni siyosiy, huquqiy, iqtisodiy jihatdan ongli, yuksak darajada bilimli qilish qiyin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1997 yil 20-may Respublikamiz huquq targ’ibot idora rahbarlari, huquqshunos olimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvida xalqimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi lozimligini, mustaqillik so’zining zaminida katta, ulug’ huquqqa ega bo’lish degan tushuncha yotganini aytgan edi.
Davlatimiz rahbari aytganidek, qonunchilik tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda, qonunlarni hayotga izchil joriy qilish, barcha xo’jalik subyektlarining yuridik normalar va qoidalarga qat’iy amal qilishlarini ta’minlash madaniy-ma’rifiy bozorni shakllantirishning majburiy shartidir. Shu sababli qonunga bo’ysunish bozor munosabatlariga o’tishning barcha amal qilishi kerak bo’lgan yetakchi prinsiplardan biridir. Har qanday huquqiy davlatning o’ziga xos xususiyati shundan iboratdir. Qonunchilik va huquq-targ’ibot tantana qilmas ekan, huquqiy davlatni qurishni tasavvur qilib bo’lmaydi.
Qonunning ustuvorligi – huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qat’iyan hukmronligini nazarda tutadi. Hyech bir davlat organi, hyech bir xo’jalik yurituvchi va ijtimoiy-siyosiy tashkilot, hyech bir mansabdor shaxs, hyech bir kishi qonunga bo’ysunish majburiyatidan xolis bo’lishi mumkin emas. Qonun oldida hamma barobar. Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy, eng avvalo, itisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari hyech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo’ladi.
Huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo’lishi huquqiy davlatning o’ziga xos xususiyatidir. Bozor munosabatlari sharoitida huquqiy madaniyatni oshirish muhim ish hisoblanadi. Shu bilan birga huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilangan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda odamlarda qonunlarga va normativ huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir. Zero, huquqiy normalar odamlar ongiga singan va ular orqali amal qilgan taqdirdagina yashaydi va ro’yobga chiqadi.
Maktabning tarixan taraqqiy etish davrida ta’limni tashkil qilish shakllari turlicha bo’lgan. Ta’limni tashkil etish shakllari ma’lum ijtimoiy tuzum va shu tuzumning manfaatlariga mos holda shakllangan.
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk chex pedagogi Ya.A.Komenskiy (1592-1670) tarixda birinchi bo’lib maktab ta’limida sinf-dars tizimini yaratdi.
Ya.A.Komenskiyning ta’limni tashkil qilish haqidagi qarashlari bir qator jiddiy qarashlarga uchragan bo’lsa ham g’arb mamlakatlariga juda tez tarqaldi va ta’limni tashkil qilishning birdan-bir shakli deb e’tirof etildi.
Sinf-dars tizimini sharq mamlakatlariga, jumladan Markaziy Osiyodagi eski musulmon maktablariga tadbiq etib bo’lmaydi.
Bir o’qish xonasida 6 yoshdan 15-16 yoshgacha bo’lgan bolalar guruhi bilan bir vaqtda mashg’ulot olib borilardi. Shuningdek, bir o’qish xonasidagi (20-30) o’quvchining darajasi ham turlicha bo’lar edi.
Sinf – yoshi va bilim jihatdan bir xil bo’lgan ma’lum miqdordagi o’quvchilar guruhidir.
Dars deb bevosita o’qituvchining rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim mashg’ulotiga aytiladi.
Dars – o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir. Dars – o’quv ishlarining markaziy qismidir.
Maktablarimiz bosib o’tgan tarixiy davr ichida ta’limni tashkil qilish shakllari o’zgardi, rivojlandi. Hozir maktablarimizda qo’llanilayotgan sinf-dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib boriladi:

  1. Har qaysi sinf va bilimiga ko’ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega bo’ladi.

  2. Dars mashg’uloti asosan 45 minutga mo’ljallangan bo’lib, qat’iy jadval orqali olib boriladi.

  3. Dars bevosita o’qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi.

  4. Dars o’tilayotgan materialning mazmuniga qarab xilma-xil usul bilan olib boriladi, ta’lim tizimining bir qismi sifatida, albatta tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o’zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib uyushtiriladi.

Ayni paytda, maktablarimizda ta’limni tashkil qilish shakllari ikki turda olib borilmoqda:

  1. Sinf – dars shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar.

  2. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar.

Sinf – dars shaklida olib boriladigan mashg’ulot o’quvchining kundalik o’quv materialining tizimli bayon qilib berishni xilma-xil usullardan foydalanishini, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni, o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatishni o’z ichiga oladi.
Sinf – dars tizimining o’quvchilarning bilim saviyalarining oshishida ham, axloqiy xulqlarining yaxshilanishida ham ahamiyati juda katta.
O’quvchilarning huquqiy madaniyatini shakllantirishda ham sinf-dars tizimidan unumli foydalanish mumkin.
Biz o’quvchilarda huquqiy tushunchalarni shakllantirish imkoniyatlari bugungi kunda nechog’li ekanini aniqlash maqsadida darsliklar bilan tanishdik. Jumladan, 3- sinf o’quvchilarida huquqiy ong va tushunchalarni shakllantirishda qaysi darslarning ahamiyati katta ekanligini aniqlash maqsadida kuzatish ishlarini olib bordik.
3-sinfda bir o’quv yilida fanlarning imkoniyatlaridan quyidagicha foydalanilmoqda:




Download 51,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish