1-mavzu. Buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, buxgalter va auditor kasblarining haqida tushuncha Reja


“Buxgalter”, “Auditor” kasblarining etimologik mazmuni, mohiyati va ahamiyati



Download 75,76 Kb.
bet3/5
Sana23.08.2021
Hajmi75,76 Kb.
#154272
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-мавзу 1-қисм

2. “Buxgalter”, “Auditor” kasblarining etimologik mazmuni, mohiyati va ahamiyati.

Ixtiyoriy tashkilotda – buxgalteriya hisob-kitoblarini yuritish, to‘lov hujjatlarini tayyorlash, soliq va yig‘imlarni hisob-kitob qilish, soliq organlariga hisobot tayyorlash, ish haqini hisob-kitob qilish, sotuvga chiqarilayotgan tovarning qoplamalarini, pul olganlik to‘g‘risida kafolatnomalarni yozish, tashkilotning kirim-chiqimlarini hisob-kitob qilish, moliyaviy resurslar harakatini nazorat qilish, balansni tayyorlash.

Afzalliklar ofisda, asosan kompyuter oldida hujjatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ish, insonlar bilan chegaralangan suhbat, turg‘un ish haqi, hamkasblar va rahbariyat tomonidan hurmat; karera zinasidan tez ko‘tarilish va katta ish haqi to‘lanadigan bosh buxgalter ish o‘rniga ega bo‘lish imkoniyati.

Kasbiy qiyinchiliklar ish beruvchilar ish tajribasiga ega bo‘lgan buxgalterni ishga olishni xohlashgani uchun zamonaviy mehnat bozorida buxgalterga bo‘lgan talab va taklif yosh mutaxassislar foydasiga emas; o‘tkazib yuborilgan dokumentatsiyali firmaga ishga kirib qolish ehtimoli; bunday tashkilotlarda buxgalterni asabiy ish kutib turadi; bosh buxgalter zimmasiga qilgan xatolari uchun rahbariyat oldida yuqori mas’uliyat yuklangan; raqamlar bilan uzluksiz tarzda ishlash asab tizimiga ziyon etkazadi.

Batafsil ma`lumot Buxgalterlik kasbi mehnat faoliyatining har bir sohasiga kirib borgan. Buxgalteriya ixtiyoriy tashkilotda mavjud va hamma joyda buxgalterning o‘z xususiyatlari bor. Biroq, buxgalteriya hisob-kitobi formalari va ish tamoyillari, mohiyatiga ko‘ra, ixtiyoriy soha uchun bir xil. Bir so‘z bilan aytganda, buxgalter kasbidan ko‘ra universalroq kasb yo‘q.

Muvaffaqiyatli buxgalter, kerakli jihatdan, aniqlik va ishchanlikdir. Bugungi kunda butun firmaning muvaffaqiyati buxgalterning operativligiga bog‘liqdir.

Buxgalter vazifalariga nimalar kiradi?

U pul bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hujjatlar bilan ishlaydi. Firma, misol uchun, kompyuter sotib oldi – buxgalter shu erning o‘zida uning ma’lumotlar bazasini tayyorlaydi va unga sarflangan mablag‘ni maxsus hisobga yozib qo‘yadi. Bundan tashqari, u firma tomonidan u yoki bu narsani sotib olingani uchun sarflangan moliyaviy vositalarni, xizmat safarlari sarf-xarajatlari to‘langanligi, ish haqi berilganligi va hokazolar haqidagi faktlarni tasdiqlaydigan barcha kirim va to‘lov hujjatlarini saqlashi va tartibga solishi kerak.

Buxgaltersiz hech qaysi bitim, hech qanday moliyaviy operatsiya amalga oshmaydi. Buxgalter bu operatsiyalarni faqatgina rasmiylashtirmaydi, ba’zida uning o‘zi bu operatsiyalarni amalga oshiradi. Aytaylik, savdo-sotiq agenti tovar partiyasini iste’molchiga etkazdi – buxgalter agent tomonidan belgilangan hisobni va tovar qoplamasini qayd etadi, ushbu hisob bo‘yicha pul kelib tushishinini nazorat qiladi yoki bo‘lmasa, agarda firma ma’lum miqdorda pul to‘lashi kerak bo‘lsa, hisob topshirig‘ini yozadi va imzolaydi.

Firma to‘lashi kerak bo‘lgan turli xildagi soliq va to‘lovlar summasini aniqlash, ushbu to‘lovlarni amalga oshirish, kerakli hisobotni tayyorlab, uni soliq inspeksiyasiga etkazish, ish haqinii hisoblash va taqsimlash, ular hisobidan turli xildagi tadbirlarga pul ajratish, bank hisobidan naqd pullarni olish uchun hujjatlarni tayyorlash – bularning barchasini buxgalter qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, tashkilot buxgaltersiz “yashay olmaydi”.

SHuning uchun ham, ishga joylashtirish bo‘yicha tashkilotlar buxgalter ishiga takliflar bilan to‘lib-toshib ketishgan. Lekin… xursand bo‘lishga shoshilmang: barcha ish beruvchilar ish tajribasiga ega bo‘lgan buxgalterni ishga olishni xohlaydi. Mehnat resurslarining o‘ziga xos paradoksi kelib chiqadi – o‘quv yurti bitiruvchisi ish tajribasiga ega bo‘lish uchun mutaxassislik bo‘yicha ishlashi kerak, lekin ish beruvchi unga ish berishni xohlamaydi, chunki u ish tajribasiga ega emas. Umuman olganda, bu kadrlar malakasini oshirishga kuch sarflashni xohlamaydigan firmalarga bog‘liq. Va nihoyat, o‘quv yurti bitiruvchilari tajriba orttirish uchun katta firma buxgalteriyasining qandaydir bir kichik qismiga buxgalter bo‘lib ishga kirishlari ham mumkin. Ular odatda ishni etkazib beruvchilar yoki bank bilan hisob-kitob olib borishdan boshlaydilar. So‘ngra boshqa qismlar ham qo‘shiladi – asosiy vositalarni, moliyaviy xarajatlarni, pul yoki maoshni hisob-kitob qilish. Soliq ishlarini esa, faqatgina mahoratingiz va mas’uliyatingizga ishonch hosil qilishganidan keyingina, sizga ishonib topshirishadi va faqatgina buxgalteriyaning barcha qismlarida tajribaga ega bo‘lganigizdan keyingina bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari lavozimiga da’vogarlik qilishingiz mumkin.

Umuman olganda, hali o‘quv yillaridayoq, kichgina maosh taklif qilsa-da, haqiqiy buxgalterlik uchun sizni ishga qabul qilishga rozi bo‘lgan birorta firmani topish kerak. Ko‘rib turibsizki, diplom olganingizdan keyin ushbu firmada qolasiz, faqat endi ishni almashtirish haqida o‘ylashga majbur qilmaydigan maoshga ega bo‘lgan shtat ishchisi sifatida.

Buxgalterda karera qanday bo‘lishi mumkin?

Bu uning bilimiga, doimiy tarzda malakasini oshirib borishiga bog‘liq. Mahoratli va ishchan buxgalter bir necha yilgi ish faoliyatidan so‘ng bosh buxgalter darajasiga ko‘tarilishi mumkin, bu ham faxrli va “daromadli”. SHu bilan birga, bosh buxgalter zimmasiga yuklanadigan mas’uliyat oddiy maoshni taqsimlovchi ishchinikiga qaraganda bir necha barobar ortiqrok.

Buxgalter – zerikarli kasb deb o‘ylaganlar yanglishishadi. Lekin, agar, bu kasbni faqatgina uni egallashga yo‘l ochiqligi va bu kadrlarga talab yuqoriligi uchun tanlasangiz, sizdan yomon buxgalter chiqishi, oxir oqibat ish joningizga tegib ketishi turgan gap. Ixtiyoriy kasbni ko‘ngilga qarab tanlashingiz lozim va buxgalteriya ham bundan mustasno emas. Agarda debet va kreditlar bilan bog‘liq bo‘lgan ish sizni o‘z-o‘zidan o‘ziga jalb qilmasa, bu ishni tanlaganingizdan so‘ng, siz yuqori maosh to‘lanadigan ishga ega bo‘lish haqida orzu qilmasangiz ham bo‘ladi. Bundan tashqari, ish sizda na turg‘un, na yuqori bo‘ladi. CHunki har bir rahbar buxgalterdan ijodiy tashabbuskorlikni kutadi. Bu tashabbuskorlik, birinchi navbatda, soliqka to‘lanadigan pullarni tejab qolish yoki hujjatlarda yo‘l qo‘yilgan xatolar uchun jarima to‘lamaslik mahoratiga borib taqaladi. Buxgalter – mohiyati jihatidan, korxona, tashkilot, firmaning mulklari va mablag‘lari qo‘riqchisi. Aynan shuning uchun ham u qadrlanadi.

Malakali buxgalter auditorlik firmasiga auditor bo‘lib joylashishi mumkin. Auditor – o‘sha buxgalter, faqatgina yuqori darajali. Agar buxgalter, asosan, mehnat daftarchasi “yotgan” tashkilotning moliyaviy hujjatlari bilan shug‘ullansa, auditor uning mijoziga aylanishni xohlagan yoki shunga majbur bo‘lgan tashkilotlarning moliyaviy, qo‘pol qilib aytganda, “”uyumlarini yoyadi”. Oddiyroq qilib aytganda, auditorlar firmaning moliyaviy hujjatlarini yaxshi tushunishlari, moliyaviy zanjirning yo‘qotilgan qismlarini topa olishlari, soliq inspeksiyasiga taqdim etiladigan hisobotlardagi xatolarni to‘g‘rilab bilishlari, va umuman, firma soliqlarini minimumlashtirishlari uchun qadrlanishadi. Ba’zida firma tajribasizroq buxgalterga ega bo‘lgani uchun davlatga ortiqcha haq to‘lash holatlari ham kuzatiladi.



Buxgalter bo‘lishni xohlaysizmi? Unda, olg‘a. Har qanday holatda buxgalterlik hisobi asoslari bilimlari ortiqcha bo‘lib qolmaydi.
3. Buxgalteriya hisobi bo‘yicha birinchi bosma nashr, Luka Pacholining “Schyotlar va yozuvlar haqida traktat”ning qisqacha tavsifi, uning buxgalteriya hisobi rivojlanishidagi ahamiyati.

Luka Pacholining hisobning ikkiyoqlama tizimining rivojlanishiga qo’shgan ulushi:

a) ikkiyoqlama yozuv zarurligining asoslanishi

Uyg’onish davri insoniyatga juda buyuk ijodkorlarni sovg’a qildi. Leonardo Da Vinchi, Benvenutto CHillini, Rafael Sani, Mikelandjelo, Vilyam SHekspir va boshqalar. Bular guruhiga Luka Pacholi, Benedetto Kontr Ulilarni qo’shishi mumkin. Bu ismlar muhrli buxgalteriya (pechatnaya buxgalteriya) ning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Benedetto Kontr Uli asli Raguzilik savdogar bo’lib, “Savdo va mukammal savdogar haqida” gi kitobining muallifidir. Bu kitob o’zida ikki tomonlama buxgalteriya hisobi haqida yozilgan uncha katta bo’lmagan bob mavjud bo’lgan birinchi kitob edi. Kitob 1458 yilda yozilgan bo’lib, u oradan 115 yil vaqt o’tgandan keyin 1573 yilda bosmadan chiqarilgan. Bu kitobdan shuni hulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobi dastlab savdo ishiga mo’ljalangan ekan.

Luka Pacholi - dunyoga mashhur matematik, har tomonlama bilimlarga ega bo’lgan odam, “Arifmetika, geometriya, proporsiya va munosabatlar haqidagi ta’limotlar summasi” kitobining muallifi. Kitob ikki qismdan iborat bo’lib, ulardan birinchisi arifmetik va algebraga, ikkinchisi geometriyaga bag’ishlangan. O’z navbatida ular ham bo’limlarga bo’linadi, ya’ni traktatlardan iborat bo’ladi. Kitob so’ngida Luka Pacholi, IX bo’limning bir qismini (12 traktatini) matematikani tijorat ishlariga qo’llashni yoritishga bag’ishladi. 11 traktat “ Hisoblar va yozuvlar haqida” nomlanib, birinchi buxgalteriya hisobi haqidagi asari bo’lgan. Muallif asarda umumlashtirishni yuqori pog’onasiga yetib borgan. Asarda shuning bilan birga hamma uchun o’ziga hos bo’lgan o’sha davrda savdo faoliyati usullarini aks ettirgan muhim hislatlarini umumlashtirilgan. Bu nazariya hamma sohalar uchun tatbiq etila boshlandi. SHuningdek, bu traktatda baholash va mulk bahosini aniqlashga doir tavsiyalar muhokama qilinadi. Ungacha Italiyada baholashni turli variantlari qo’llanilardi. Masalan: “Bene” kompaniyasida tovarlar faqat bozordagi joriy baholar bilan baholanardi. “ Datini” kompaniyasi shaxsiy tovarlarni xarid bahosi bo’yicha ko’rsatardi. Komission (vositachi) tovarlar va saqlashga qabul qilingan tovarlar faqat moddiy holda hisobga olinardi. yer uchastkalari sotib olingan bahoda aks etarilardi. Tovarlarning “kirim-chiqim” xisobi ihtiro etilgandan so’ng, ular 2 xil bahoda aks etirila boshlandi: sotib olish va sotish baholari. Luka Pacholida ikkita qarama-qarshi tavsiyalarni ko’ramiz: 1) Sotish baholari, maksimal yuqori baho bo’yicha baholash; 2) Tannarx bo’yicha baholash

Birinchi usulni ko’llanishi kapital miqdorini juda ham o’sib borishiga va ko’rsatayotgan kirim summasini pasayishiga olib keldi. Joriy hisobda Pacholi bahoni tannarx bo’yicha qo’llashni tavsiya qildi. Bu asarda hamma yerda qo’llanishi uchun samarali va bir me’yorga solingan usullarning negizlari yaratilgan edi. Kitobda savdo yoki boshqa faoliyatlar hisobini aks ettirilishi, ya’ni bilim darajasi va moxiyatini aniqlashni yangi pog’onasiga erishilgan edi.

SHunga qaramay Luka Pacholining ta’kidlashicha, traktatda yozilgan usullarni bilimli odam hamma soxaga qo’llashi mumkin. Uzoq vaqt Luka Pacholigacha savdogarlarda buxgalteriya hisobini yuritishning turli usullari qo’llanilardi, ularning ayrimlari Pacholi asaridagi usullar darajasidan yuqori edi. SHunga qaramay umumlashtirishni shunday yuqori darajaga ko’tarish, butunni to’la tushinish uchun, bu tushunchani nazariya ko’rinishida rasmiy shakllantirish, aniq holatlar bilan boshqarishni Luka Pacholigacha hech kim ro’yobga chiqarolmagandi. SHuningdek, ko’rsatilgan usul ishlab chiqarishni yuritish munosabatiga qo’llanma mantig’ini mumkin qadar ko’rsatdi. Savdo faoliyatini yuritishda kapital klassifikasiya schyotini kerakli shartlari ajratiladi. SHuningdek hisob maqsadi uchun barcha ma’lumotlarni olish ham, qarzlar miqdorini aniqlash ham ajratilgan edi. Boshqacha qilib aytganda xarajatlarni taqsimlash paytida mulkdorlarni foydalanayotgan yaxlit kapitali bor ekanligini unutmaslik, uni aloqadorligi bo’yicha bo’lish kerak va kirimlarni aniqlash kerak. Hisobning oldiga qo’yilgan maqsadlarga yetishish uchun kitob yuritish zarur. SHu sababli bir qancha yuz yilliklar avval buxgalteriya hisobi kitob yuritish mahorati ekanligini aniqlab berdi. Ba’zan buxgalteriya hisobi haqida xo’jalik hayotini faktlarini qayd etish mahorati deb gapiradilar. SHuning bilan birga hisob o’z mulkiga ega bo’lib o’z ishlarini olib borish uchun o’ziga bo’ysunadi-xo’jalik jarayonini amalga oshirishga (ongli va samarali boshqarishga) bo’ysunadi. Bunday maqsadli qurilma ozmuncha ahamiyatli emasdi. Madomiki shunday ekan yo’nalishni bilmaslik hech qachon maqsadga yetishish uchun imkon bermaydi.

b) xo’jalik hayoti faktlari tushunchasi, schyotlarning tizimlashtirilishi

Buxgalteriya hisobining Italiya uchun o’ziga xosligi hisobni umumiy masalalarni izohlash emas, balki muqobillik protsedurasini puxta yozilishi edi. Xatto traktatda esga olingan savdogarning familiyasi haqiqiyli buning yaqqol dalilidir.

Boblar tartibi hisobni qayd etilishi ketma-ketligini to’liq tiklaydi. Birinchi savdogar o’zining mulk ro’yxatini tuzishi kerak: registrlar sifatida toza qog’ozlar ham, kitoblar ham qo’llanilar edi. Moddalar joylashuvining ketma - ketligi mulkni ro’yxatga olish uchun xarajatdan himoya darajasi mumkin bo’lgan shartlari edi.

Ro’yxatni tuzishni shunday predmetlar bilan boshlash kerakki, ular ancha qimmat, ammo tezrok yuqoladigan bo’lsin. Bular naqd pullar, qimmat baho toshlar, kumush buyumlar va boshqalar. Barcha mulklar ta’kidlaganidek, bir vaqtda ruyxatga olinishi kerak. YUqlama (inventarizasiya) haqidagi ta’limot o’zini to’larok rivojini A.Di. Piyetro asarlarida oladi. U birinchi bo’lib inventarizasiyani turkumlarga bo’ldi. Kuchuvchi, ko’chmas va qimmatli narsalarni qayta hisobga oldi.

A.Di. Piyetroga sotuv baholariga qarab konyuktura (talabga qarab savdodagi o’zgarish) bahosi haqidagi ma’lumot tegishli edi. qoldiqlarni bahosini shunday hisoblasinki, ularni sotishga umidvor bo’lgan bao’oda sotsin. Ammo bu natijalarning xato chiqishiga ham olib keladi. SHundan italyan ilmiy tadqiqodchilari baholash haqidagi masalada ikkilanishardi, nemeslar uchun baho konyukturasi uzoq vaqt yagona, ishonchli bo’lib tuyuldi. Bunday munosabat nemes matematigi G.V. Leybnis shaxsi bilan mustaxkamlangan edi.

Uyg’onish davrida dastlabki schyotlarni klassifikasiya qilishga urinishlar bo’ldi.

DAROMAD. Manchini (italyan yuristi va davlat arbobi) ham schyotlarni tirik (jismoniy va yuridik shaxslar) va o’lik (moddiy va pul mablag’lariga) guruhlarga bo’ldi. Ikki tomonlama buxgalteriya nomini Djiovane Antonio Talenete 1525 yilda kiritgan. U shunday degandi, agar hisobda ikkitomonlama yozuv yo’q bo’lsa, unda buxgalteriya uchun ham asos yo’q.

Luka Pacholi ikki yoqlama yozuvni ishlatish haqida 2 xil boshlang’ich holatni kiritdi:

1. Tizimdagi schyotlarning debet aylanish summasi kredit aylanish summasi bilan bir-biriga aynan o’hshashdir.

2. Bir tizimdagi schyotlarning debet saldo summasi kredit saldo summasi bilan bir-biri bilan aynan o’hshashligi tamoyiliga ko’ra ikkala postulat faktni bir natijasini yakunini, umumiy va alohida tushuntirishdir. Natijada shuni aytish mumkinki, xarajatlar bir debetlangan schyotga boshqa schyotning kreditlanishi mos keladi. Debet va kredit haqidagi masalasi bo’yicha juda ko’p baxslar bo’lgan.

D.A.Talenete tasdiqlashicha, berayotgan shaxs - kreditor, boshqalarni tasdiqlashicha kirish (debet) schyoti xarajatlar, doimo kredit (berayotgan) schyotdan avvalroq bo’ladi. Schyotlarda debet va kredit joylashishiga daxldorligi shuki, Dj. Kardano 1-bo’lib kreditni chapga, debitni o’nga joylashtirdi. O’sha davr buxgalterlari bu holatdan juda xayratlangan edilar. Zamonaviy tarixchilar bu qarorni sababini tirishqoqlik bilan izlashardilar. Ayrimlari faraz qiladilar, hisobni yaxshi bilmagan matematik, saxifalarni oddiygina yanglishtirib qo’ygan. SHuni qayd etish muhimki, buxgalteriya hisobi natijasida yangi termin - balans paydo bo’ldi. Bu terminni paydo bo’lishi haqiqagi masala buxgalterlar orasida qayta qiziqish uyg’otdi. A. CHichirinning ta’kidlashicha, balans so’zini u birinchi 1495 yildan avval Medichi bankini hisobotida uchratdi. R.D.Ruverning yozishicha, balans so’zi birinchi marataba 1427 yilda moliyaviy hisobotda ishlatilgan bo’lib, bu termin xozirgi davrning hisobotlarini haqiqiy balansmi yoki yo’qligidanq nazar ishlatilgan. Medichi kampaniyasida har bir bo’lim har yilning 24 martiga balans tuzgan. Bunda tushuntirish xati bilan birga boshqaruvchini Florensiyadagi bosh idoraga jo’natilgan. U yerda kechiktirilgan debitorlik qarzlarini aniqlaganlar va bo’limlarga rasmiy so’roq qilishgan. O’sha davrda amalda balans tuzishni qiziqarli vaqti shundan iborat bo’lganki, bunda badans moddalarini ortib ketishi hisobni sintetik va analitik hisobga bo’linishi yo’q bo’lgan. SHunday qilib muqaddas Georgiya bank balansi aktivida 95 ta modda va passivida 310 ta’minoti modda bo’lgan. YAkunlarni arifmetik xatolari natijasida paydo bo’lgan debet va kredit oborotlar orasidagi farq tekshirilmas edi, lekin foyda va zararga yozilar edi. Datini bankining barselona bo’limida 31 yanvar 1399 yilga balansida 17 funt 18 shilling 6 pens balans yakuniga 0,1% xato mavjud bo’lgan va bu kompaniyaning foyda va zarariga kiritilgan. Medichi banki balansida 30 iyun1433 yiliga xato 52 florina 3 salda 1 dinor balans yakuniga 0,03% tashkil qiladi va shunday qilib bu summa zararga hisoblangan edi.

1600 yilga kelib buxgalterlik hisobini foydalarini ajrativchi deb qaray boshladilar. Muhimi shu bo’ldiki, foyda miqdorini moliyaviy bo’limi hisoblariga tug’rilab yuborishadi. Datini kompaniyasida butun bir yakunlar hisobi to’plamini o’rganib chiqdilar, hisoblar saldosini yil oxiriga foyda va zararlar hisobiga o’tkazdilar. O’ziga xos bo’lgan xo’jalik yakunlarini aniqlash metodikasi xosil bo’ldi. Bens kompaniyasida foydaga yil hisobotini faqat ko’rsatilgan summasi qo’shiladi, agar u haqiqatdan ham ko’proq olingan bo’lsa, keragidan ortiqchasini kelgusi davrlar yakunlariga surib qo’yiladi. Ikkiyoqlama hisob tizimini paydo bo’lishidagi yana bir natija mulkdor hisobini kiritilishi bo’ldi, hisob yakunlari bilan birga foyda yoki ziyonni aniqlash uchun sharoitlar yaratishga imkon berdi. Vaqt o’tishi bilan kirish va chiqish hisoblari uchun alohida schyot ochildi. Bu haqida bilmagan B. Kotruli xo’jalik faoliyati yakunlarini kapital hisobida aks ettirdi. L.Pacholi kapital hisobi orqali amaldagi barcha hisob yozuvlarini ochishni tavsiya qildi, lekin uni mashhur traktatida zarar va foyda hisoblari ajratilgan bo’lsa ham, uning mustaqil ahamiyati haqidagi fikri yana tan olinmadi. Faqat D.A. Mosketti bu hisob kapital hisobining filiali (bo’limi) ekanligini ko’rsatdi. Nihoyat L.Flori ko’p mamlakatlarda umumiy qilib qabul qilingan zamonaviy nomni berishni taklif etdi. Xo’jalik hayoti faktlariga xarakterisika berishda L. Pacholi 4 ta holatni ajratdi va ular hisobda aks etishi shart:

1.Sub’ekt.

2.Ob’ekt.

3.O’rin.

4.Vaqt.

Bu holatlar 4 ta savolga javob bo’ladi: kim? nima? qaerda? qachon?

L. Flori quydagilarni ajratdi:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish