1-mavzu: Fanning nazariy mashg`ulotlari mazmuni Ma’ruza mashgulоtining ta`lim tехnоlоgiyasining mоdеli


Nazariy poetika va poetikaga oid boshqa fanlar



Download 96 Kb.
bet4/5
Sana09.07.2022
Hajmi96 Kb.
#760700
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu

Nazariy poetika va poetikaga oid boshqa fanlar.

Jahon adabiyotshunosligida poetikaning vujudga kelishida Arastu hakimning benazir xizmatlarini unutmagan holda XX asr adabiyotshunosligida poetika qonuniyatlarining ustivor boʻlishida V.M.Jirmunskiyning xizmatlari ham sezilarlidir. Chunki yangi yoʻnalishdagi adabiyot nazariyasi shakllantirilish arafasida uning asosiga qoʻyilishi mumkin boʻlgan nazariy konsepsiyalarga ehtiyoj tugʻildi. Bir tomondan, Friche, Plexanov nomi bilan bogʻliq holda badiiy asar zamiriga ijtimoiy mazmunni yuklagan sotsial tanqid, ikkinchi tomondan, san’atga badiiy usullar yigʻindisi sifatida qarashni asoslayotgan formal maktab vakillarining ishlari. Sir emaski, XX asrning boshlarida Rossiyada sotsial tanqidning sotsrealizm asosiga qoʻyishi munosabati bilan 20-yillarning oʻzidayoq formal maktab vakillarining qarashlari keskin tanqidga uchradi. Bir paytlar bu qarashlarga yaqinlashgan V.M.Jirmunskiy ham formal maktabning asosiga qoʻyilgan “san’at badiiy usul sifatida” ekanini “ichdan tanqid etib”, uning asosiga poetika va uslub masalasini qoʻydi. Bu bilan formal maktab vakillari qarashlaridan keskin uzoqlashib ketmagan boʻlsa-da, “formalizm”ni ilmiy tizim sifatida qabul qila olmadi. San’atning mohiyatini aniqlashda “usul” (“приём”) istilohi V.Jirmunskiy nazarida aniq va toʻliq emas, shuning uchun ham oʻz qarashlari asosiga “usullar majmui” sifatida ijodkor yoki badiiy matn uslubini qoʻydiki, tadqiqotchi fikricha, ayni uslub turli xil usullarni bir qonuniyat asosida birlashtiradi va kitobxon koʻz oʻngida badiiy asarning yaxlitligini ta’minlaydi. Uslub, V.Jirmunskiyning belgilashicha, muallifning dunyoqarashi va borliqni idrok etish xususiyatlarini badiiy asarga koʻchiradi. Badiiy asar esa ijtimoiy talablar asosida emas, balki estetik qonuniyatlar nuqtai nazaridan tadqiq etiladi. Demak, tadqiqotchining asosiy vazifasi badiiy matnning poetik jihatlarini oʻrganishdan iborat. Shunday ekan, matnning badiiy jihatlari esa poetika ilmida tahlilga tortiladi.
Shu jihatdan “Poetika nima”, “u ilmmi yoki san’at”, “agar ilm boʻlsa, qaysi tamoyillar asosida ish koʻradi degan savollarga javob izlaymiz.
“Poetika” istilohi Arastu hakim davrida ilmiy muomalada boʻlib, quyidagi ma’nolarda qoʻllanilgan: badiiy borliq hosil qiluvchi, badiiy makon va zamonda mavjud boʻlib, dunyo va shaxs haqidagi muayyan konsepsiyalar tashuvchi vositalar yigʻindisidir (1); adabiyotshunoslik va ritorikaga yaqin boʻlgan, badiiy borliqni hosil qiluvchi vositalar va uning strukturasini oʻrganuvchi ilmiy predmet (2)1. Qadimgi sanskrit poetikasi sifatida visheshana (badiiy soʻzning alohida xusuiyatlarini qayd qiluvchi, uni ogʻzaki va yozma odatiy ifodadan farqlovchi), alankara-shastra – bezak nazariyasi; arab-fors-turk poetikasida balogʻat ilmi (hozirgi istilohda – badiiy san’atlar) istilohlari qoʻllanilgan.
Shuningdek, poetikaga “badiiy asar qurilishi va va unda qoʻllanilgan estetik vositalarining tizimi haqidagi fandir” (KLE) degan ta’rif bilan tavsifiy (opisatelnaya) va tarixiy poetika navlari tavsiya etiladi. Ingliz olimi S.Baldik (C.Baldick) yuqoridagi xususiyatlar qatoriga “poeziyaning til, shakl, janr, kompozitsiya vositalari kabi aspektlari bilan aloqadorlikda” tushunadi. Boshqa bir xorijiy olim H.Shav [H. Shaw] Arastu “Poetika”si XX asrdan beri munaqqid va adiblarning “Bibliya”si boʻlganini ta’kidlaydi.
R.Yakobson poetikaning vazifadorligiga koʻra “u (poetika – H.B.) tufayli nutqiy ma’lumot san’at asariga aylanadi... Xabar berishning soʻz strukturasi, birinchi navbatda, ustuvor vazifa sanaladi. Diqqat-e’tiborni bunday xabarga yoʻnaltirish – bu tilning poetik vazifasidir” deb yozgan.
B.V. Tomashevskiy: “poetika oʻz vazifasini adabiy asarning qurilish xususiyatlarini oʻrganishda koʻradi. Poetikaning oʻrganilish obyekti – badiiy adabiyot. Oʻrganish usuli esa – hodisa va talqinlarni tasniflash va tavsiflashdan iborat” deb yozadi.
Poetika V.Jirmunskiy soʻzlari bilan aytganda, uslubni yaratish vositasi va badiiy dunyonining qurilmasini oʻrganishni oʻz zimmasiga oladi. Shunday ekan, poetika adabiyotni san’at sifatida oʻrganuvchi fan, poeziya haqidagi ilmdir” deb xulosalaydi.
Ayrim ulugʻ ijodkorlarga nisbatan: Navoiy poetikasi (Y.Is’hoqov), Pushkin poetikasi (S.G.Bocharov), Dostoyevskiy poetikasi (M.Baxtin) singari ham qoʻllaniladi.
Poetika turlari: tarixiy poetika (A.N.Veselovskiy), nazariy poetika (A.A.Potebnya), antik poetika (S.S.Averinsev), dinamik poetika (Z.S.Paperniy), struktural poetika (R.Bart, Y.Lotman) kabi.
Bundan tashqari ayrim badiiy komponentlarga nisbatan: syujet poetikasi (A.N.Veselovskiy), mif poetikasi (E.M.Meletinskiy), bayon (povestvovanie) poetikasi (N.K.Gey), kompozitsiya poetikasi (B.A.Uspenskiy) kabi.
Oʻzbek olimlari bunday atamalararo sarson kezinishda davom etishi bilan birga oʻtgan asrning 90-yillarida yaratgan bir necha tadqiqotlarini birvarakayiga “poetika” sifatlashi bilan qoʻshib ilmiy muomalaga kiritdi: Fitrat dramalari poetikasi, Choʻlpon nasri poetikasi, Jadid she’riyati poetikasi kabi. Poetika soʻzi tez orada adabiy turlardan janrlarga qarab oʻz sayohatini davom ettirdi: Romanlar poetikasi, qissalar, hikoyalar poetikasi hatto mumtoz she’riyatda bir vaqtlar qoʻllanilgan va shoʻro tizimida ogʻzi yopib qoʻyilgan munojotlarga nisbatan ham (Navoiy munojotlari poetikasi) dadil qoʻllanildi. Nihoyat biz kecha modernizm deb atagan hodisani bugun postmodernizm deb atash urf boʻldi, kecha chala eshitganimiz va hali qabul qilib ulgurmaganimiz struktural poetikadan tezlikda poststrukturalizmga qarab jadalladik. Biz jadallik bilan biridan ikkinchisiga sakrab ketayotganimiz “...izm”lar badiiy adabiyotga nima berdi, biz yangi tahlil tamoyillari deb urf qilishga uringanimiz adabiy qarashlar milliy adabiyotimizga bagʻriga kira oldimi, kirganda ham uning eng goʻzal, nozik va nafis namunalarini hech boʻlmasa shu millat vakillariga koʻz koʻz qila oladigan darajada gʻavvoslik vazifasini oʻtadimi kabi savollar barobarida milliy adabiyotshunoslikdagi nazariy tamoyillarni ham bir tahlildan oʻtkazish vaqti kelmadimi degan andishaga duch kelamiz.

  1. Nazariy poetikafanining obyekti va predmeti.

“Nazariy poetika” fan sifatida “Tarixiy poetika”dan oʻz obyekti va predmetiga munosabat jihatidan avval kelishi N.D.Tamarchenko tomonidan asoslangan. Chunki dastlab estetik talablar asosida san’atning umumiy mohiyati tizimli suratda anglatilishi, semiotika va kulturologiya va adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan “Badiiy diskurs nazariyasi” deb nomlanishi mumkin2. V.E.Xalizev yozganidek, “adabiyot nazariyasi turli aspekt va boʻlimlardan iborat. Uning asosiy a’zosi – umumiy poetika, shuningdek, u nazariy poetika deb ham qoʻllaniladi. Bu badiiy asar, uning tarkibi, struktura va funksiyasi, shuningdek, adabiy tur va janrlar haqidagi ta’limotdir. Nazariy adabiyotshunoslik umumiy poetika bilan birga oʻz tarkibiga adabiyotning soʻz san’ati sifatidagi mohiyati, shu bilan birga, uning tarixdagi mavjudligi va harakati qonuniyatlari (adabiy jarayon qonsniyatlari) haqidadir”3.
Koʻrinadiki, yuqorida umumiy poetika masalalari nazariy poetika kabi sharhlanganidek, uning tarkibiga V.E.Xalizev tarixiy poetikani emas, “adabiy jarayon nazariyasi”ni qoʻshmoqda. Ayrim manbalarda “She’r tuzilishi asoslari” ham nazariy poetika obyekti sifatida koʻrsatiladi. Biroq biz adabiyotshunoslikning bu boʻlimini “Adabiyotshunoslik nazariyasi”: “Adabiyotshunoslikka kirish” fanida, uning mumtoz she’r tuzilishiga tegishli qismlarini “Mumtoz poetikaga kirish” doriasida oʻrganganimiz uchun magistratura bosqichida bevosita “Nazariy poetika”ning asosiy obyektlari va predmetlarini tadqiq qilishga kirishamiz.
Demak, “Nazariy poetika” fanining obyekti sifatida adabiyotga ijodiy faoliyat turi sifatida qarash bilan, dastlab uning badiiy diskurs nazariyasini aniqlaymiz. Bu jihatdan adabiyotning semiotik, estetik va kommunikativ tabiati hamda badiiy matn strukturasi uning predmeti sifatida yuzaga chiqadi. Soʻngra nazariy poetikaning mohiyatini tashkil qiladigan “aadbiyotga badiiy faoliyat mahsuli” sifatida qaraymiz.
Shundan kelib chiqib, badiiy adabiyotga soʻz san’ati sifatidagi yondashuv, badiiy asar tarkibi, adabiy asar turlari (N.Tamarchenkoga koʻra “tiplari”), adabiy janrlar, uslub masalalari kabi masalalarni oʻrganish mazkur fanning maqsadini tashkil qiladi. Ushbu muumnazariy maqsaddan kelib chiqqan holdi, quyidagi vazifalarni oʻz oldimizga qoʻyamiz:

  • san’atning estetik, semiotik va kommunikativ tabiati;

  • badiiy adabiyot san’atning turi sifatida soʻz (nutq) uning materiali va ifoda quroli ekani;

  • badiiy asar strukturasi;

  • shakl va mazmun, vaqt va makon kategoriyalarining oʻzaro aloqadorligi;

  • badiiy matn tarkibida qahramon-muallif-kitobxon munosabati;

  • “bayon hodisasi” (ifoda tarzi) va roviylik masalalari;

  • badiiy olam chegaralari;

  • adabiy tur va janrlar nazariyasiga munosabat;

  • uslub nazariy poetika obyekti sifatida.

Ushbu masalalarning oʻzaro ichki aloqadorlikda oʻrganilishi natijasida adabiy jarayon masalalariga faqat yozuvchi va kitobxon munosabatidan kelib chiqibgina emas, balki muallif – matn – adresat ijodiy mehatining natijasi sifatida qarash shakllanishi mumkin.

Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish