1-Mavzu. Harbiy xizmatchilarni ahloqiy-psixologik tayyorlash


Kompyuter vositasida ta’sir etish usuli



Download 38,16 Kb.
bet4/4
Sana12.01.2022
Hajmi38,16 Kb.
#338256
1   2   3   4
Bog'liq
1-мавзу

Kompyuter vositasida ta’sir etish usuli. Kompyuterlarda jangning psixologik omillari modellashtiriladi va harbiy xizmatchilarga ko‘rsatiladi;

4. Trenajer usuli. Jangning psixologik omillari sport snaryadlari, texnik vositalar va inshootlarni qo‘llash bilan modellashtirish orqali harbiy xizmatchilar ongiga ta’sir etiladi;

5. Imitatsiya usuli. Imitatsiya vositalari yordamida jangning psixologik omillari modellashtiriladi;

6. Jangovar usul. Jangning psixologik omillari jangovar texnika va qurolllarni qo‘llash orqali modellashtiriladi.

Psixologik tayyorgarlik metodi deganda dars va dala o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida psixologik tayyorgarlik usullarining o‘quv-jangovar faoliyat bilan uyg‘unlashuvi tushuniladi.

Faoliyatga harbiy xizmatchining qo‘shilish darajasiga qarab psixologik tayyorgarlik usullari uchta katta guruhga bo‘linadi:

«Ko‘rgazmali usullar (qurollarning harakatlarini ko‘rsatish, jangovar yoki himoya harakatlarini ko‘rsatib berish. Ushbu usullarni qo‘llash vaqtida harbiy xizmatchi jangovar faoliyatdan boshqa faoliyatlar bilan shug‘ullanadi (masalan, kuzatish).

Shartli vaziyatlar usullari (har xil muammolarni echish, ish o‘yinlari, taktik o‘quv mashg‘ulotlari, qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari). Ushbu usullarni qo‘llagandagi faoliyat shartli xarakterga ega (o‘ziga xos «urush-urush o‘yini»). Shartli vaziyatlar usullari jangovar faoliyatning ichki tuzulishini va mantiqini bilib olishga yo‘naltirilgan.

«Real» vaziyatlar usullari. Ushbu usullar yaratilgan shart-sharoitlarning harbiy xizmatchilar tomonidan real jangovar sharoit sifatida qabul qilinishini hamda ularning haqiqiy jangovar xatti-harakatlarni amalga oshirilishlarini taqozo qiladi.

Harbiy xizmatchi va harbiy jamoalarda jangovar vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘ladigan psixologik sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimiga psixologik tayyorgarlik deyiladi.

Psixologik tayyorgarlik bo‘yicha tadbirlar komandirlar tomonidan ularga bo‘ysunuvchilarning xizmat davri davomida amalga oshiriladi. Ko‘pincha, psixologik tayyorgarlik anglanmagan holda, shakllangan an’ana va tasavvurlardan kelib chiqib, «shunday qilish kerak» degan tamoyil asosida olib boriladi.

Psixologik sifatlarning faqat faoliyatdagina shakllanishi psixologiya fanida isbotlangan. Qanday psixologik sifatlar (qat’iylik, tashabbuskorlik)ni emas, balki, ushbu sifatlarni qanday shakllantirish psixologik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Har xil odamlar bir xil vazifani o‘zlarining psixologik imkoniyatlaridan kelib chiqib har xil usullar bilan bajaradilar. Kam rivojlangan bir xil sifatlarning o‘rni yaxshi rivojlangan boshqa bir sifat bilan to‘ldirilishi mumkin.

Ushbu qoidadan kelib chiqadigan bo‘lsak, amaliyot uchun insonning u yoki bu psixologik sifatga egaligi yoki ega emasligi emas, balki, uning psixologik sifatlari jangovar sharoitda ko‘zda tutilgan faoliyatlarni amalga oshirishga imkon berish yoki bermasligi katta ahamiyatga ega.

Psixologik tayyorgarlikni tashkil etishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:

1. Faoliyatni qiyinlashtiruvchi elementlarni harbiy xizmatchi normal sharoitda harakat qilishni to‘liq o‘zlashtirib olgandan keyingina kiritish kerak;

2. Psixologik omillarni modellashtirish usullari o‘zlashtirilayotgan xatti-harakatlar mazmuniga mos bo‘lishi zarur;

3. Jangovar vaziyatni harbiy xizmatchilar uchun kutilmaganda tartibsiz ravishda modellashtirish lozim, toki ular modellashtirishdagi ma’lum bir davomiylikka o‘rganib qolishmasin;

4. Muayyan mutaxassislik uchun ta’sir etish ehtimolligi yuqori bo‘lgan omillarni ko‘proq modellashtirish maqsadga muvofiq;

5. Jang omillarini modellashtirishda psixologik yuklama shunday bo‘lishi kerakki, toki ko‘pchilik harbiy xizmatchilar uni engib o‘tib, muvafaqqiyatga erishish imkoniga ega
bo‘lishsin. Yuklamaning mana shunday miqdori harbiy xizmatchilardagi o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarini mustahkamlaydi, shuningdek, ularda murakkabroq masalalarni echish istagini uyg‘otadi;

6. Agar harbiy xizmatchi hosil qilingan jangovar vaziyatda qiynalib qolsa, unga engilroq vazifalarni hal etish taklif etiladi.

Harbiy xizmatchi ruhiyatiga ta’sir etuvchi jang omillari (xavf-xatar, favqulotdalik, noaniqlik, yangiligi, harakat me’yorining oshishi, vaqt taqchilligi...) ikki guruhga bo‘linadi: birlamchi va ikkilamchi omillar.

Birlamchi omil sifatida xavf-xatar e’tirof etiladi.

Ikkilamchi omillarga esa favqulotdalik, noaniqlik, yangiligi va hokazolar kiritiladi.

Psixologik tayyorgarlik ma’lum tartibda amalga oshishi uchun jangni psixologik modellashtirish quyidagi komponentlarga ajratiladi: motivatsiya komponenti, bilish xarakteridagi komponentlar va motor komponenti.

Bunday ajratish shartli bo‘lib, u psixologik modellarni ongli rejalashtirish va tahlil qilish uchun zarur.

Motivatsiya komponenti: motivlar insonni faoliyatga undaydi. O‘quv mashg‘ulotlarida motivlarni faollashtirish bilan motivatsiya komponentini modellashtiramiz. Uch turdagi motivlar mavjud:

1. Keng ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan motivlar – Vatanga muhabbat, burchga, xalqqa sadoqat, dushmanlarga nafrat;

2. Jamoatchilik motivlari – jamoatchilik hissi, o‘z bo‘linmasi uchun faxrlanish;

3. Shaxsiy motivlar – boshqalarning e’tiboriga tushishga intilish, o‘z mavqeini mustahkamlash yoki o‘zgartirish, komandirning maqtovi.

Faoliyat samaradorligiga ko‘rsatadigan ta’siriga qarab motivlar bir-biridan farq qiladi. Birinchi guruh motivlar faoliyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ikkinchi va uchinchi guruh motivlari esa ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bundan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, harbiy xizmatchilarda eng avvalo birinchi guruh motivlarini faollashtirish lozim. Bunda ikkinchi va uchinchi guruh motivlaridan samarali foydalanish zarur bo‘ladi.

Jamoada motivlar o‘rtasidagi kurash vaziyatini yaratish tarbiyaviy jihatdan katta samara beradi. Masalan, shaxsiy manfaatlarni jamoa manfaatlariga bo‘ysundirishki xavfli vaziyatlar yaratish bilan kattaroq yutuqlarga erishish mumkin. Bu ishlar irodani tarbiyalash uchun ham zarur. Chunki motivlar kurashi irodani shakllantirishning shartlaridan biri. Faoliyatning samaradorligi va yo‘nalishi uning motivini tanlashga bog‘liq. Motivatsiya komponentini modellashtirish psixologik tayyorgarlikda eng qiyin jarayonlardan biri hisoblanadi.

Bilish xarakteridagi komponent. Harbiy xizmatchilarning vaziyatni to‘g‘ri baholashlari ulardagi bilish jarayolari asosida kechadigan idrokka bog‘liq bo‘ladi.

Biz ruhiyatimizga kursatilayotgan ta’sirotlarning hammasini ham ongimizda aks ettirmaymiz. Tashqi qo‘zgatuvchining ongimizda aks etish darajasi uning hayot faoliyatimiz uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga bog‘liq. Sezgi o‘zining quyi va yuqori chegaralari oralig‘ida voqe (sodir) bo‘ladi. Agar qo‘zgatuvchi sezishiing quyi va yuqori chegaralari atrofida ta’sir etsa, ta’sirni to‘g‘ri idrok qilish qiyinlashadi. Jang sharoitida aynan shunday sezish chegaralari atrofida qo‘zg‘alishlar hosil qiluvchi qo‘zgatuvchilar ko‘p bo‘ladi. O‘quv-jangovar faoliyat jarayonida shunday qo‘zgalishlarni to‘g‘ri idrok qilishga o‘rgatish maqsadga muvofiq.

Bilish xarakteridagi komponentlar modelini yaratish orqali harbiy xizmatchilarda haqiqiy jang haqidagi tasavvurlar boyitiladi. Bu esa psixologik tayyorgarlikning muhim muammolaridan biri hal etilganligini bildiradi.

Harakat komponenti. Qandaydir bir faoliyatni yoki uning alohida harakatlarini amalga oshirishda askar alohida operatsiyalar majmuasini ijro etadi. Bunday operatsiyalar majmuasi turli harbiy mutaxassisliklar uchun turli xil.



Motor komponentini yaratish real jangovar faoliyat sharoitida zarur bo‘ladigan operatsiyalarning hammasini yoki ular ko‘pchiligining askar tomonidan bajarilishini taqozo qiladi.
Download 38,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish