1-mavzu: Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining asosiy tushunchalari, fanning maqsadi, vazifalari



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/40
Sana10.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#768242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
huquqiy tarbiya

to’rt
davrga 
bo’lib o’rgandik.
Birinchi davr
– 
huquqiy ta’limning qadimgi davri – davlat va huquq paydo 
bo’lishidan to islom huquqi o’rnatilguniga qadar (mil.av. VI-V asrdan milodning 
VII asrigacha) bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Ushbu davrda zardushtiylikning muqaddas kitobi – “Avesto”, shuningdek, odat 
huquqi, So’g’d huquqi kabi manbalarda bayon etilgan ta’lim-tarbiyada qo’llanilgan 
usul va vositalar natijasida bolalar ona zamin va uning tabiati, tabiat hodisalari, 
odamlarning kundalik hayot tarzi, hayvonot va jonsiz olam haqida tasavvurga ega 
bo’lgan. Ularning nazarida tashqi dunyo kengayib borayotgandek bo’lib, fikrlash 
qobiliyati va tafakkurlari rivojlanib bordi. Masalan, zardushtiylik ta’limotining 
“Avesto” kitobida inson hayoti va odamlarning ijtimoiy-huquqiy munosabatlari 
ma’lum qonun-qoidalarga asoslangani haqida ma’lumotlar mavjud
4
. Unda yer, suv, 
havo muqaddas deb e’lon qilinib, ularni asrash barcha narsadan ustun bo’lgan. Atrof 
muhitni iflos qilgan va uni asrash qoidalarini buzganlar jazolanib, huquqiy ta’lim-
tarbiyaga asos solingan. Oila va jamoada berilgan so’zdan yoki qasamdan voz 
kechish, odamlar o’rtasida tuzilgan ahdnomani buzish katta gunoh hisoblangan. 
“Avesto”da ko’p bolali oilalarga davlat hisobidan nafaqa tayinlash lozimligi qayd 
etilgan
5
. SHuningdek, “Avesto”da “yaxshilik ta’limini va sadoqatni amalga 
oshirib..., yaxshi hokimlar hukm yuritaversinlar. Odamlarga va ularning avlodlariga 
baxt-saodat keltiradigan ta’limni amalga oshirsinlar”, deb ta’kidlangan. Zardushtlik 
ta’limotida 15 yosh balog’at yoshi sanalgan. 15 yoshga yetganlarga Zardusht 
qonunlari, axloqiy va ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal yo’riqlari o’rgatilib, ular 
adolatlilik, halollik ruhida tarbiyalanganlar. 
Ikkinchi davr
– islom huquqi o’rnatilganidan to Markaziy Osiyoning Rossiya 
imperiyasi tomonidan bosib olinguniga qadar (milodning VII asridan XIX 
oxirlarigacha ) bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Markaziy Osiyoga islom kirib kelishi bilan bu an’anaviy sifatlar 
mustahkamlanib, boyitilgan. Islomning asosiy manbai bo’lmish “Qur’oni Karim” da 
axloq-odob, kishilarning tengligi, birodarligi, jamiyatga xizmat qilish, ota-onaga 
hurmat kabi masalalar ravshan aks ettirilgan. Islomning ikkinchi muqaddas manbai-
“Sunna” (payg’ambarning so’zlari, amallari va tasdiqlari)da insonning ma’naviy 
kamolot mezoni, dunyoqarashining kengligi, bilimlarni qay darajada egallanganligi 

Қаранг: Бобоев H.Б. Амир Темур ва темурийлар даврида қонунchилик // -Тоshкент, Мулоқот. 1996.- № 3. –Б. 
26-30.; Жузжоний А.SH. Марғиноний ва унинг издоshлари. - Т.: Тоshкент ислом университети, 2000. - 54 б.; 
Зуннунов А. Ўзбек педагогикаси тарихи. -Т.: Ўқитувchи,1997.-271 б.; Hоshимов К., Ниshонова С. Педагогика 
тарихи. – Т.: Алиshер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси наshриёти, 2005. – 304 б.; Иномова 
М. Оилада болаларни маънавий – ахлоқий тарбиyaлаshда миллий қадриyaтлар. –Т.: Фан, 1995. – 158 б.; 
Муқимов З. Аждодлар даврида hуқуқ таълими. // Hаёт ва қонун. –Тоshкент, 1996. - № 8. – Б. 44 - 45.Рафиқов 
А., Каримова О., Эshонова SH. Ўқувchи ёshларни hуқуқий тарбиyaлаsh. - Т.: Ўқитувchи, 1988. – 119 б.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish