1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fan sifatida. Bolaning sotsiumda (yaqin muhitda) rivojlanishi reja


Ijtimoiy muhitning bola rivojlanishiga ta'siri



Download 74,72 Kb.
bet9/10
Sana29.05.2022
Hajmi74,72 Kb.
#617521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu

Ijtimoiy muhitning bola rivojlanishiga ta'siri. Sotsiologiya fanida ijtimoiy status tushunchasi mavjud. Inson jamiyatda turli xil pozitsiyalarda bo`lishi mumkin. Ma'lum haq-huquqlar va majburiyatlar bilan tavsiflanuvchi insonning jamiyatdagi shunday pozitsiyasini egallashi ijtimoiy status deb ataladi. Bunday ijtimoiy statuslar tug`ma va egallangan bo`lishi mumkin. Tug`ma ijtimoiy statuslarga jinsi, millati, tug`ilgan joyi, familiyasi va boshqa faktorlar kiradi. Lekin shunday statuslar bo`lishi mumkinki, ular insonning o`z kuchi va xarakterlari bilan egallanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog statusi insonning maxsus o`quv yurtlaridagi kasbiy tayyorgarligi, shu yo`nalishi bo`yicha olgan diplomi asosida egallanadi. Ya'ni bu egallangan status hisoblanadi. Lekin hayotda shunday vaziyatlar bo`lishi ham mumkinki, inson o`zining xoxish irodasiga qarshi ma'lum hatti-harakatda bo`lishi mumkin. Bu uning jamiyatda tutgan statusi asosida yoki boshqa insonlar undan ma'lum xarakatlarni namoyon etishi mumkin. Bu xolat insonning jamiyatdagi roli deb ataladi. Lekin ijtimoiylashuv hamda rivojlanish jarayonida bola pozitiv va negativ ijtimoiy rollarni ham o`zlashtirishi mumkin. Pozitiv ijtimoiy rolga oila a'zolari, jamoa, mutaxassislar, iste'molchilar kirishi mumkin.Negativ ijtimoiy rolga esa daydilar, tilamchi-gadoylar, narkomanlar singari kategoriyadagi insonlar kiradi. Individ yuqoridagi kabi ijtimoiy rollarni o`zlashtirish mexanizmi natijasida ijtimoiy munosabatlarga kirishib o`sha ijtimoiy muhitga moslashib boradi. Individning o`sha ijtimoiy sharoitlarga moslashib borish jarayoni ijtimoiy adaptatsiya deb ataladi. Bunda muloqat, faoliyat va anglash jaryoni amalga oshiriladi. Ijtimoiy adaptatsiyalanish jarayonida bolada “hammaga o`xshash”ehtiyoj vujudga keladi. Shu bilan bir qatorda unda “o`zini ko`rsatish”, “o`zini namoyon etish” ehtiyoji tug`iladi va u o`zini ko`rsatish usullari va vositalarini qidira boshlaydi hamda bu jarayon individualizatsiyalanish deb ataladi.
Demak, bolaning rivojlanishi ikki yo`nalish asosida amalga oshiriladi: ijtimoiylashuv va indivilualizatsiyalanish.
Agar sotsium tomonidan qabul qilingan xulq-atvor me'yorlarini qabul qilishi bilan bir qatorda o`z navbatida bola o`zining ham individual xususiyatlarini sotsiumga qo`shib borishi mumkin va bu jarayon bolaning jamiyatga integratsiyalanishi deb ataladi.
Bu jarayonlar spontan, stixiyali va tartibsiz holda amalga oshirilishi va aksincha boshqarilib, ma'lum maqsadga yo`naltirilib ham borilishi mumkin. Bu jarayon esa tarbiyalash deb ataladi. Bolaning ongli, faol va mustaqil faoliyati esa o`z-o`zini tarbiyalash jarayoni deb ataladi. Jamiyatdagi barcha mutaxassislarning va tarbiyachilarning harakatlari bolaning ijtimoiy adaptatsiyalanishiga qaratilgan.
Bolaning ijtimoiy muhitga moslashuviga to`sqinlik qiluvchi ijtimoiy-ma'naviy fazilatlarning yo`qligi hamda ularning shakllanmay qolishi ijtimoiy dezadaptsiya deb ataladi. Bunday holatlarda ularning oldini olish hamda ma'lum chora-tadbirlar ishlab chiqish kerak bo`ladi. Demak, bolaning jamiyatda ijtimoiy adaptatsiyalanishiga, uning ijtimoiy statusini qayta tiklashga, yo`qotilgan ijtimoiy munosabatlarni qayta tiklashga qaratilgan faoliyat turini ijtimoiy reabilitatsiya qilish deb ataladi.
Shaxs indivudal taraqiyotining muhim omillaridan yana biri uning yoshiga bog’liq bo’lgan xususiyatlaridir. Chunki taraqqiyotining har bir yosh bosqichi o’zining rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga, yangiliklariga, o’zgarishlariga ega bo’lib, ular shaxsning xaraktari, temperamenti, iqdidori, bilish jarayonlariga evosita ta’sirini o’tkazadi.
Yosh taraqqiyoti davrlarining xam sifat, xam miqdor o’zgarishlariga ega bo’lgan ko’rsatgichlari borki, amaliy psixologiya xar bir yosh xususiyatlarni ana shu ikkala ko’rsatgich nuqtai nazaridan o’rganishi va shaxs xulqini boshqarish va tasir ko’rsatishda ularga tayanmog’i lozim.Umuman Psixologiyada isbot qilingan faktlardan biri shuki, turli davrlardagi inson taraqqiyoti o’ta murakkab jarayon bo’lib, xar bir davrning o’z qonuniyatlari mavjud. Xar bir bosqichda shaxsning biror bir xususiyatlari o’zining yetuklik vazifasiga erishadi.
Masalan, olamni sensor jixatdan bilishning yetuklik vazifasi 18- 25 yoshlarda,intelektual,ijodiy yetuklik-35 yoshlarda, shaxsning etukligi 50-60 yoshlarga kelib eng yuqori nuqtasiga erishadi. SHunga o’xshash xususiyatlar insonning butun umri davomida muttasil kamolga yetib, rivojlanib borishini ta’minlaydi.
2. O’smirlik va o’spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o’ziga xosligi. O’smirlik va o’spirinlik davrlari yetakchi faoliyat o’quv faoliyati bo’lib unda bola bilim olish bilan bog’liq, malaka va ko’nikmalarni ortirishdan tashqari, shaxs sifatida xam muhim o’zgarishlarga yuz tutadi.
O’smirlik davri eng murakkab va shu bilan birga muxim taraqqiyot bosqichidirki o’smirlik 11-14 yoshni, katta o’smirlik 14-15 yoshlarni o’z ichiga oladi. Bu davrning eng muxim xislatlari shundan iboratki, u bolalikdan o’spirinlik, kattalikka, yoshlikdan yetuklikka o’tish davridir. O’smirlik- organizm taraqqiyotidagi shiddat va notekistlik bilan xarakterlanib, bu davrda tananing intensif tarzda rivojlanishi va suyaklarning qotishi ro’y beradi. Yurak va qon tomirlar faoliyatida xam notekistlik bo’lib, bu xam bola felining o’zgaruvchan, dinamik va ba’zan nomoqulliklar va noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Bular albatta asab tizimiga xam o’z ta’sirini ko’rsatib bola tezda achiqlanadigan yoki to’rmizlanish yuz berganda depressiya xolatidan chiqa olmaydigan tushkinlikda qolishi ham mumkin. O’smir jismoniy taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil jinsiy balog’at bo’lib, u nafaqat psixik, balki ichki organlar faoliyatini xam belgilaydi. SHu bilan bog’liq xolda ongni jinsiy mayinlar shu bilan bog’liq noxush xis kechinmalar , fikrlar paydo bo’ladiki bola ularning asl sababini tushinib yeta olmaydi.Psixik taraqqiyotning o’ziga xosligi shundaki u muttasil rivojlanib boradi lekin bu rivojlanish ko’plab qarama-qarshiliklarni o’z ichiga oladi.Bu taraqqiyot o’quv jarayonida kechgani uchun xam to’g’ri tashkil etilgan o’quv faoliyati bola psixikaning muvozanati va uning turli fikr o’ylardan chalinishiga zamin yaratadi.Ayniqsa - diqqat, xotira, tafakkur jarayonlari rivojlanadi. Ayni shu davrda o’smir mustaqil ravishda fikrlashga intila boradi. Chunki bu davrda u ko’proq o’z fikr-o’ylari dunyosida mushoxada qilish, olam va uning sirlarini bilishga, nazariy bilimlarni ko’paytirishga intiladi.
O’smirlik va o’spirinlik davrlari nafaqat professional tanlov va kasb egallash uchun maqbul davr bo’lmay,bu davr yoshlarning o’zligini anglash uchun maqbul davr bo’lmay, bu davr yoshlarning o’zligini anglash, o’z qadr-qimmatini bilish va boshqalarga nisbatan munosabatda bo’lish tajribasini egallash davri xamdir. O’smir xam o’spirin xam qancha ichki ruxiy iztirob, qarama-qarshilik, ma’suliyat onlarini boshidan kechirmasin, uning emotsional olami, atrof-muxitda ro’y berayotgan xodisalarini ongida aks ettirishi katta o’rin tutadi. Aynan o’smirlik payti bola qalbida kim bilandir sirlashish, kimnidir o’ziga eng yaqin kishi sifatida tan olish,uni ruxiyatida kechayotgan barcha o’zgarishlardan vofiq etish istagi va extiyojini uyg’otadi.
Birinchi marta do’stlik, muhabbat, sevgi tushunchalari xam aynan shu davrda paydo bo’ladi. SHuning uchun xam yetuklik va keksalik davridagi kishilar xam o’smirlik va o’spirinlik yillarini eng beg’ubor jozibali va yoqimli sifatida xotiralaydilar.

Download 74,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish