1-Mavzu. Jahon xo’jaligining shakllanishi va rivojining asosiy bosqichlari



Download 24,18 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi24,18 Kb.
#908304
Bog'liq
1 Ma\'ruza


1-Mavzu. Jahon xo’jaligining shakllanishi va rivojining asosiy bosqichlari

1.1.Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning predmeti.


1.2.Jahon xo’jaligi rivojlanishining bosqichlari va tendensiyalari.
1.3.Ochiq iqtisodiyotning mohiyati.
1.4.XIM rivojlanishining xarakteri va o’ziga xos tomonlari.


Tayanch iboralar: Jahon xo‘jaligi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirish mexanizmi, “ochiq iqtisodiyot”, avtarkiya, tashqi savdo kvotasi, baynalminallashuv, globallashuv, mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi, kooperatsiya, ilmiy-texnika inqilobining ta’siri.

Jahon xo’jaligini XX asr ikkinchi yarmidagi faoliyatining o’ziga xos tomonlaridan biri xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv ravishda rivojlanishidir. Davlatlar, davlat gurushlari, iqtisodiy gurushlar, alohida firma va tashkilotlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar kengaymoqda va chuqurlashmoqda. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishida, xo’jalik hayotining baynalmilallashuvida, ularning bir-biriga bog’liqligida va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tizimlarning rivojlanishi va mustaxkamlanishida namoyon bo’lmoqda.


Shunisi xarakterliki ushbu o’zaro hamkorlik, yaqinlashish jarayonlari qarama-qarshi, dialektik xarakterga ega. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning dialektikasi shundaki, ayrim mamlakatlarning iqtisodiy mustaqillikka, milliy xo’jaliklarni mustaxkamlashga intilishi oqibat natijada Jahon xo’jaligi ning yanada ko’proq baynalmilalashuviga, milliy iqtisodiyotlarning ochiqligiga, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar nazariyasi nimani o’rganadi, uning predmeti nima?
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar predmeti ikki asosiy qismdan iborat: xalqaro iqtisodiy munosabatlarning o’zi va uni amalga oshirish mexanizmi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar o’z ichiga alohida mamlakatlar, ularning mintaqaviy birlashmalari, shuningdek, alohida korxonalarning (transmilliy, ko’pmillatli korporatsiyalar) Jahon xo’jaligi tizimidagi bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan iqtisodiy munosabatlarining majmuini oladi. Xorijiy davlatlar iqtisodiyotini emas balki, ular o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning o’ziga xos tomonlari tadqiq qilinadi. Har qanday fan singari xalqaro iqtisodiy munosabatlar ham, har qanday iqtisodiy munosabatlarni emas, balki eng ko’p qaytariladigan, tipik, xarakterli, aniqlovchi munosabatlarni o’rganadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmi o’z ichiga huquqiy normalarni va ularni amalga oshirish vositalarini (xalqaro iqtisodiy shartnomalar, kelishuvlar, “kodekslar”, har tiyalar va x.k.), xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirishga yo’naltirilgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyatini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimiga quyidagilar kiradi:

  1. Xalqaro mehnat taqsimoti.

  2. Xalqaro tovar va xizmatlar savdosi.

  3. Xalqaro kapital va xorijiy investitsiyalar harakati.

  4. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi

  5. Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning nazariya va amaliyotini o’rganish paytida biz Jahon xo’jaligi degan tushunchaga duch kelamiz. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ob’ektiv asosi bo’lgan Jahon xo’jaligi XIM nazariya va amaliyoti tadqiqotining maxsus o’rganish ob’ekti emas. Ammo u, XIM muammolarini ko’rib chiqishda muhim komponent hisoblanadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (asosan savdo) Jahon xo’jaligi vujudga kelmasdan oldin ham mavjud edi. Masalan: Yevropa davlatlari o’rtasidagi XIM, mintaqalar (Yevropa-Shimoliy Afrika, Yevropa-Yaqin Sharq va x.k.) o’rtasidagi xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Bu munosabatlar mintaqaviy xarakterga ega edi. Jahon xo’jaligining vujudga kelishi va rivojlanishi bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlar kengaydi va chuqurlashib, global xarakterga ega bo’ldi. Alohida davlatlar iqtisodiyotiga yoki Jahon xo’jaligiga asoslangan xalqaro iqtisodiy munosabatlar ko’proq ularga qaramdir. Ammo xalqaro iqtisodiy munosabatlar amalga oshish jarayonida o’z qonuniyatlariga buyosinuvchi holatga, Jahon iqtisodiyotining mavjudlik va rivojlanish shakliga, uning ichki mexanizmiga aylanib boradi.
Jahon xo’jaligi nima? Zamonaviy Jahon xo’jaligi bu - bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonunlariga bo’ysinuvchi, o’zaro bog’liq bo’lgan milliy iqtisodiyotlar birlashmasi, global iqtisodiy organizmdir.
Jahon xo’jaligi rivojlanishinig bosqichlari. Vujudga kelish va rivojlanishda JX uzoq va qiyin yo’l bosib o’tdi. Ayrim tadqiqotchilar uning vujudga kelishini Rim imperiyasi davriga bog’lashadi. Bunda ular Rim imperiyasini o’sha vaqtdagi butun Jahon xo’jalik tizimi deb baholaydilar. Boshqa olimlar Jahon xo’jaligi faoliyat ko’rsata boshlagan vaqtni XV-XVI asrlar, ya’ni buyuk jugrofiy kashfiyotlar davri bilan bog’laydilar. Aynan shu kashfiyotlar qimmatbaxo toshlar, metallar, shirinliklar va kullar bilan xalqaro savdoning tez rivojlanishiga sabab bo’ldi. Ammo bu davrdagi Jahon xo’jaligi cheklangan bo’lib, faqat savdogarlar sarmoyalari ishlaydigan soha edi.
Zamonaviy Jahon xo’jaligi sanoat inkilobidan keyin, kapital monopol bosqichiga o’tishi davomida vujudga keldi. XIX asr oxiri-XX asr boshidagi JX XXasrning 60-90-yillaridagi JXdan sezilarli farq qiladi.
XX asrdagi Jahon xo’jaligi “kapital kuchiga” nisbatan ko’p jihatdan oddiy kuchga, iqtisodiyotga yot bo’lgan majburiyatlarga asoslangan edi. Bu davrdagi JXda o’tkir qarama-qarshiliklar mavjud edi. Bu esa uni nobarqaror qilardi. Bu imperialistik mamlakatlar o’rtasidagi qarama-qarshiliklar (ikkita Jahon urushiga olib kelgan), shuningdek, sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o’rtasidagi qarama-qarshiliklardir. XX asr o’rtalariga kelib Jahon xo’jaligi ikki qismga: Jahon kapitalistik va Jahon sotsialistik xo’jaliklarga bo’lingan edi. Jahon iqtisodiy aloqalari tizimida Jahon kapitalistik xo’jaligi ustunlik qilar edi. 90-yillar boshida xalqaro savdo tovar aylanmasining 10dan 9 qismi Jahon kapitalistik xo’jaligi doirasida ro’y berardi; 80-yillar oxirida xalqaro iqtisodiy ayirboshlash kanallari orqali kapitalistik dunyo umumiy yalpi mahsulotining bor-yugi 5dan 1 qismi sotilardi xolos.
Sobiq sotsialistik mamlakatlarda Jahon milliy daromadining 3dan 1 qismi, shu jumladan UIYoK davlatlarida-4dan 1 qismi ishlab chiqarilardi.
60-yillardan boshlab Jahon xo’jaligi tizimiga rivojlanayotgan davlatlar qo’shildi. 70-yillarning o’rtalarida ular orasida YaID-“yangi industrial davlatlar”, ya’ni Janubi-Sharqiy Osiyo (1-oqim- 4 kichik “ajdaxo”- Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong, Singapur) va Lotin Amerikasi davlatlari: Braziliya, Argentina, Meksika sezilarli darajada ajralishdi.
SSSR tarqalib ketganidan keyin va Sharqiy Yevropada inkilobiy o’zgarishlardan keyin Jahon xo’jaligi yaxlit, butun organizm ko’rinishni oldi. Shakllanayotgan global Jahon xo’jaligi bir tekis bo’lmagan holda, o’z ichiga sanoati rivojlangan davlatlar, rivojlanayotgan davlatlar va o’tish shaklidagi iqtisodiy tizimli davlatlarning milliy iqtisodiyotlarini o’z ichiga oladi.
Ko’plab qarama-qarshiliklar va turlicha tendensiyalarni saqlab qolgan holda XXI asr bo’sag’asidagi JX XX asr o’rtasidagi JXdan solishtirib bo’lmaydigan darajada ko’proq ajralmas, integratsiyalashgan va dinamikdir.
Zamonaviy Jahon xo’jaligining xarakteri qanaqa, uning o’ziga xosligi nimada, ko’rsatkichlari va rivojlanish omillari qanaqa?
XXI asr bo’sag’asidagi Jahon xo’jaligi - o’z miqyosiga ko’ra globaldir; u to’liq ravishda bozor iqtisodiyotining tamoyillari, xalqaro mehnat taqsimotining ob’ektiv qonuniyatlariga, ishlab chiqarishning baynalminallashuviga asoslanadi.
Urushdan keyingi o’n yillikda Jahon xo’jaligi rivojining yetakchi tendensiyalaridan biri, bu ko’plab davlatlarning birin-ketin yopiq milliy xo’jalikdan tashqi bozorga yo’z tutgan iqtisodiy ochiq tipdagi xo’jalikga o’tish hisoblanadi. Urushdan keyingi iqtisodiy tiklash davrida va keyingi yillardagi boshlab, Garb davlatlari hukumatlari yanada faol ravishda oldingi avtokratik qoldiqlardan kutilyaptilar.
Aynan AKSh “Ochiq savdo”, “Ochiq iqtisodiyot” degan tezislari bilan chiqdilar. Bu avvalo Jahon bozorida o’z xohishlarini o’tkazish uchun edi. Ikkinchi Jahon urushidan g’olib va yanada boyib chiqqan jahonning eng ilg’or savdo mamlakati sifatida yangi iqtisodiy tartib qo’llanmalari taklif etildi. Bunday “erkin savdo” va “ochiq iqtisodiyot” hukmron iqtisodiyotning kamroq rivojlangan davlatlarga qarshi quroli, amerika korporatsiyalarining tutib bo’lmas ekspansiyaga intilishlari edi. Bunday “ochiq” iqtisodiyot haqida Fransiyalik iqtisodchi Mishel Pebro ochiq-oydin shunday degan: “Ochiq, erkin savdo- ilg’or iqtisodiyot uchun eng qulay o’yin qoidalaridir”.
Ammo urushdan keyingi dunyoda ijtimoiy-iqtisodiy holatning o’zgara borishi bilan ochiq iqtisodiyot haqida tezis bir tomonlamalik, amerika ekspansionizmining manfaatlariga yo’naltirilganlikni yo’qotdi va ob’ektiv, chuqur omillar faoliyatiga asoslangan, Jahon xo’jalik aloqalarining baynalmilallashuvi ma’nosini ola boshladi.
Jahon iqtisodiyoti (JX) baynalminallashuvi miqyosi va xarakteriga, uning ochiqligi darajasini oshishiga katta ta’sir ko’rsatgan va ko’rsatayotgan asosiy omillar qaysilar?
Ochiq iqtisodiyotni shakllantirishda davlat katta rol o’ynadi. Davlat tovar va xizmatlar olib chiqishni rag’batlantirib, xorijiy firmalar bidan kooperatsiyalarga, tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga yordamlashib o’ziga eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarishlarni rag’batlantirish funksiyasini oldi. Chet eldan investitsiyalar, texnologiyalar, ishchi kuchi va axborot oqib kelishini yengillashtirgan mustaxkam huquqiy asos yaratildi.
Mamlakatlarning ochiqrok iqtisodiyotga o’tishlari transmilliy korporatsiyalar (TMK) faoliyati bilan tezlashdi. Yangi bozorlarni o’zlashtirishga intilib, turli mamlakatlarda ko’plab filiallar, shu’ba korxonalari tashkil etib, TMK chet davlatlarning proteksionistik to’siqlarni aylanib o’tardilar va xalqaro iqtisodiy ayirboshlashni banalmilallashtirdilar.
XX asrning ikkinchi yarmida transport, axborot-aloqa vositalarining sezilarli rivojlanishi ham milliy iqtisodiyotlar ochiqligi rivojlanishida, aholi harakatchanligining oshishida katta rag’batlantiruvchi rol o’ynadi.
Asta-sekin, uzoq vaqt mobaynida davlatlarning bir-biridan ajratib turgan savdo-iqtisodiy, valyuta-moliyaviy to’siqlar olib tashlandi. Xalqaro ayirboshlashning erkinlashtirilishi milliy xo’jaliklarning tashqi sharoit va ta’sirlarga moslashishini yengillashtirdi, ularning xalqaro mehnat taqsimotiga yanada faol qo’shilishiga imkon yaratdi.
60-yillardan boshlab ochiqlik jarayonlari qator rivojlanayotgan mamlakatlarga tarqala boshladi. 80-yillar boshidan Xitoy ham ochiqlik siyosatiga tarafdorligini e’lon qildi. “Ochiqlik termini” dunyoning ko’plab mamlakatlari lug’atiga kirdi. Masalan: arabcha- “infitax”, xitoycha- “kayfan”.
Shunday qilib “ochiq iqtisodiyot” tushunchasiga nimalar kiradi?
“Erkin savdo” va “ochiq iqtisodiyot” tushunchalarini farqlash lozim. “Erkin savdo” haqidagi tezis A.Smit siyosiy iqtisodiyotidan boshlanadi va zamonaviy amerika iqtisodchilarining kashfiyoti emas. “Ochiq iqtisodiyot” tushunchasi ishlab chiqarish omillari, axborot, milliy valyutalarning o’zaro almashuvining erkin harakatini o’z ichiga olgan tovarlar savdosi sifatida “erkin savdo” tezisidan kengroq tushunchadir.
Ochiq iqtisodiyotni avtarkiya, o’z-o’zini ta’minlash iqtisodiyoti, xaddan tashqari o’z kuchiga suyanishning antipodi sifatida tushunish lozim. Ochiq iqtisodiyotning vujudga kelishi - bu Jahon rivojlanishining ob’ektiv tendensiyasidir. Ochiq iqtisodiyot tamoyillariga mos ravishda harakat qilish bu-Jahon bozori standatlarini tan olish, uning qonunlari asosida harakat qilishdir.
Ochiq iqtisodiyot iqtisodiyotning yaxlitligini, Jahon xo’jaligiga, Jahon bozoriga integratsiyalashgan yagona iqtisodiy majmuani nazarda tutadi. Ochiq iqtisodiyot bu turli hamkorlikdagi tadbirkorlik shakllaridan faol foydalanish, erkin tadbirkorlik zonalar tashkil qilish, tashqi savdoda davlat yakka hokimligini yo’qotish (ko’p sohalar bo’yicha), xalqaro mehnat taqsimotida davlatning nisbiy ustunliklaridan samarali foydalanishdir.
Iqtisodiyotning eng muhim o’lchovlaridan biri ma’lum iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va xalqaro raqobatbardoshlilik doirasida (soha va makroiqtisodiy darajada) kapital quyilmalar, texnologiyalar, axborot oqimini rag’batlantiruvchi qulay investitsion muhitdir. Ochiq iqtisodiyot ichki bozorning chet el kapitali, tovarlari, texnologiyalari, axborotlari, ishchi kuchining oqimi uchun aklga tugri keladigan darajada ochiqligini nazarda tutadi.
Ochiq iqtisodiyotning afzalliklari quyidagilardir:
-ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va koperatsiyalashuvining chuqurlashishi;
-resurslarni muloxhazakorlik bilan samaradorlik darajasiga qarab taqsimlash;
-xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimi orqali Jahon tajribasining tarqalishi;
-Jahon bozoridagi raqobat tomonidan rag’batlantiriladigan milliy ishlab chiqaruvchilar orasida raqobatning kuchayishi.
Shakllanib bo’lgan ochiq iqtisodiyot va ochiq iqtisodiyotga o’tish bir xil narsa emas. Ochiq iqtisodiyot davlatning tashqi iqtisodiy aloqalarida nazoratsizlik va ham ma narsa mumkin, chegaralar ochiq degani emas. Ochiq iqtisodiyot uning aqlga sig’adigan darajada amalga oshirish mexanizmini shakllantirishda davlatning sezilarli aralashuvini talab qiladi. Hech bir mamlakatda iqtisodiyotning absolyut ochiqligi yo’q.
Stixiyali ochiqlik nafaqat iqtisodiy rivojlanish yordam bermaydi, balki iqtisodiy xavfsizlikka xavf tugdiradi. Samaradorlik, raqobatbardoshlik, milliy xavfsizlik tamoyillari asosida kurilgan ochiqlik eksport strukturasi va kapital harakati, shuningdek ular tashqi dunyo bilan o’zaro ta’sirining faqat shakliga emas, balki valyuta, solik, kredit va investitsiya siyosatini hisobga olmasdan turib tushunib bo’lmaydi.
Ochiqlik mikdorining 1-darajali indiqatoriga eksport va importning ichki yalpi mahsulotdagi ulushini kiritish mumkin. Ularning kombinatsiyasi alohida milliy iqtisodiyotlarning Jahon bozori bilan aloqalarining miqyosi haqida tushuncha beradi. Shunday qilib, eksporning YaIMga munosabati eksport kvotasi sifatida aniqlanadi:
Ek = E/YaIM x 100%,
bu yerda Ek - eksport kvotasi, E - eksport xajmi.
Agar Ek 10% bo’lsa, iqtisodiyotning ochiqligi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Iqtisodiyot ochiqligining Boshqa ko’rsatkichi import bilan YaIM munosabatidan kelib chikuvchi import kvotasi ko’rsatkichidir:
Ik = I/YaIM x 100%,
bu yerda Ik - import kvotasi, I - import xajmi.
Ochiqlikning kompleks ko’rsatkichlaridan biri deb odatda tashqi savdo kvotasi ko’rsatiladi:
TSk =TS/YaIM x 100%,
bu yerda TSk -tashqi savdo kvotasi, TS - tashqi savdo oborotining xajmi.
Bu ko’rsatkichning kamchiligi unda kapital eksporti kattaligining hisobga olinmaganligidir.
Quyida “katta yettilik” davlatlari uchun tashqi savdo kvotasi ko’rsatkichlari keltirilgan:
Angliya -41,8%
Germaniya -50,8%
AKSh -17,0%
Yaponiya -17,8%
Mamlakat ichki bozorining xajmi, uning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, shuningdek mamlakatning xalqaro ishlab chiqarishda katnashuvining roli iqtisodiyot ochiqligi darajasi va xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi darajasiga ta’sir qiluvchi omillardir.
Ayrim iqtisodchilar quyidagi qonuniyatni alohida ta’kidlaydilar: iqtisodiyot strukturasida asos sohalari (energetika, metallurgiya, tog-kon va b.) ulushi kancha ko’p bo’lsa, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida ishtiroki, iqtisodiyotning ochiqligi shuncha kam bo’ladi. Amerika iqtisodchilari J. Saks va E. Uornerlarning fikricha milliy iqtisodiyotning ochiqlik darajasi mamlakatda “xaddan tashqari katta” eksport va import bojlarining yo’qligi, milliy valyutaning “yetarli darajadagi” konvertatsiyasi mavjudligi bilan aniqlanadi, shuningdek “davlat sotsialistik bo’lmasligi kerak”.
Shuni ta’kidlash lozimki, ko’rsatib berilgan koeffitsient va ko’rsatkichlar har doim ham iqtisodiyot ochiqligining holatini to’liq ko’rsata olmaydi. Masalan tashqi savdo kvotasi ma’lum ma’noda iqtisodiyot ochiqligini namoyish qilsa ham , uning sintetik ko’rsatkichi bo’la olmaydi. Tashqi savdo kvotasi asosan davlatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokini ko’rsatadi. Bu esa ochiq iqtisodiyot tushunchasining bir qismi xolos. Iqtisodiyot ochiqligi ko’rsatkichi esa murakkabrok, kompleks ko’rsatkichdir.
1995 yilda Rossiyada tashqi savdo kvotasi 35%ga yaqin edi. YaIMning taxminan 25%i eksportga tugri kelardi. Bu Rossiya iqtisodiyoti yuqori darajada ochiq degan ma’noni beradimi? Na bojlarning o’rtacha darajasi bo’yicha, na eksport strukturasi bo’yicha, na investitsion iklim parametrlari bo’yicha, na Boshqa qator ko’rsatkichlar bo’yicha bu savolga koniqarli javob berish mumkin emas.
Rossiyaning stixiyali tarzda shakllanayotgan ochiq iqtisodiyoti tartibsizlik va anarxiyaga yaqindir. Uni ko’proq kvaziochiqlik deb ta’riflasa bo’ladi. Bunday “ochiqlik” yalpi demokratizatsiyalashning va tashqi savdoni tartibsiz erkinlashtirish bo’lganligi uchun iqtisodiyot samaradorligini va uning raqobatbardoshligini oshirishda yordam bermayapti. Aksincha, unga sezilarli zarar yetkazib davlatning iqtisodiy xavfsizligiga taxdid solayapti.
“MDX mamlakatlarining Jahon bozoriga kirib borishi savdo imtiyozlari, proteksionistik choralar va keng miqyosdagi texnik yordamsiz mumkin emas”, deb ta’kidlaydi Germaniyalik iqtisodchi X.Shreder.
O’z navbatida M.Pebro eslatib utadiki, savdoning erkinligi “extiyotkorliksiz bo’lishi kerak emas, chunki bu qoidalardan kur-kurona foydalanish tezda kuchsizlarning kuchlilarga buysunishiga, iqtisodiy qolonializm kelib chiqishiga olib kelgan bo’lardi.”
Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining xarakteri va tendensiyalari qanaqa?
Intensiv davlatlararo iqtisodiy aloqalarning hozirgi darajasi quyidagilarni ko’rsatadi:

  1. Jahon xo’jaligi da xalqaro mehnat taqsimoti darajasining chukuligini,

  1. an’anaviy xalqaro tayyor mahsulotlar savdosi miqyoslarining kengayishi va xarakterining o’zgarganligini (u ko’p jihatdan milliy ishlab chiqarish jarayonlariga tu\ridan-tu\ri xizmat qila boshladi),

  1. kapital migratsiyasi intensivlashganligini,

  2. ilmiy-texnik bilimlar almashuvining tezlashganligi, xizmatlar sohasining rivojlanganligini,

  3. ishchi kuchi migratsiyasining sezilarli darajada usganligini. (Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro xo’jalik hayotini baynalmilallashuvining muhim qismi bo’lib qolmoqda);

  4. davlatlar va mintaqalar iqtisodi integratsiyalashuvi jarayonining tezlashishi va kengayishini. Sanoati rivojlangan davlatlarning savdo, ishlab chiqarish va kredit-moliya sohasida erishilgan birlik darajasi Jahon xo’jalik majmui shakllanishining ko’rinishi bo’lib xizmat qiladi. Uning ishtirokchilari davlat chegaralarining mavjudligiga qaramay umumiy xo’jalik tizimining tarkibiy qismi sifatida faoliyat ko’rsatadilar. Xo’jalik hayotining baynalmilallashuvi tushunchasi ortida alohida davlatlarni global Jahon majmuiga birlashtiruvchi ko’p darajali Jahon xo’jalik aloqalari tizimining samarali ishlashi turadi.

Baynalmilallashuv alohida milliy iqtisodiy tizimlarning oshib borayotgan o’zaro aloqa va o’zaro bog’liqligini xarakterlaydi. XX asrda ayirboshlashning baynalmilallashuvi kapital va ishlab chiqarishning baynalmilallashuviga aylanadi, ITI ta’sirida rivojlanishda sezilarli turtki oladi (XX asr 50-yillarining o’rtalari). Xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasi keskin oshadi. Yirik miqyosdagi ixtisoslashgan ishlab chiqarish uchun ichki bozorlar doirasi torlik qila boshlaydi. U ob’ektiv ravishda milliy chegaralardan chika boshlaydi.
ITI ta’sirida ishlab chiqarish baynalmilallashuvi shunday holatni yo’zaga keltiradiki, har qanday mamlakat uchun “shaxsiy ishlab chiqarishga” ega bo’lish foydasiz bo’lib qoladi. Alohida milliy iqtisodiyotlar yanada ko’proq Jahon xo’jaligi ga integratsiyalashadilar. Ishchi kuchi harakati, kadrlar tayyorlash, mutaxassislar bilan almashish yanada baynalmilal xarakterga ega bo’la boshlaydi.
Ushbu aloqalar va ular rivojining istiqboli shakllanishi qonuniyatlarini tekshirish shuni ko’rsatadiki, Jahon xo’jaligi rivojlanishining asosiy tendensiyasi bo’lib kapital, tovar va xizmatlarning yagona planetar bozorini tashkil qilish va alohida davlatlarni yagona Jahon xo’jaligi majmuiga birlashtirishga bo’lgan harakat hisoblanadi. Bu esa global iqtisodiyot masalalarini xalqaro iqtisodiyot munosabatlar tizimi majmui sifatida o’rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning Boshqacha, yuqorirok darajasidir.
Globalizatsiya fenomenini ikki tomonlama ko’rib chiqish mumkin. Makroiqtisodiy darajada globalizatsiya davlatlar va alohida mintaqalarning chegaralaridan tashqarida iqtisodiy faoliyat ko’rsatishga bo’lgan umumiy intilishlari tushuniladi. Bunday intilishlarning ko’rinishlari quyidagilar: liberalizatsiya, savdo va investitsion to’siqlarning olib tashlanishi, erkin tadbirkorlik zonalari tashkil etish va x.k.
Mikroiqtisodiy darajada globalizatsiya deganda korxona faoliyatining ichki bozor chegaralaridan tashqarida kengayishi tushuniladi. Tadbirkorlik faoliyatining millatlararo yoki ko’pmilliy yunalganligidan farqli ravishda globalizatsiya Jahon bozori yoki “Jahon uchligi” (Shim. Amerika, Garbiy Yevropa, Yaponiya) bozorlarini o’zlashtirishda yagona yondashishni tushuniladi.
qanday omillar zamonaviy XIMga sezilarli ba’zida xal qiluvchi aham iyat kasb etadi?
Hozirgi davrning qarama-qarshiliklariga qaramay, uning asosiy tomoni ko’proq rakiblik emas, balki hamkorlik va o’zaro kelishuv tendensiyasi bo’lmoqda. Turli davlatlar iqtisodiy rivojlanish darajasining yaqinlashuvi ro’y bermoqda. Albatta bu juda murakkab harakatdir.
Bu harakatga:

  1. Industrial jamiyatning postindustrial (informatsion) jamiyatga o’tishi;

  2. Texnologik inkiloblar (1-sxema);

  3. Energiya xom-ashyo va ozik-ovkat muammolarining keskinlashuvi

  4. Eqologik muammolar ta’sir ko’rsatadi.

1-sxema
Ilmiy-texnik inkilob rivojlanishining bosqichlari va ushbu bosqichlarga mos keluvchi jamiyat turlari

1945 y.




Avtomatika bilan bog’liq inkilob

Avtomatlashtirish jamiyati

1974 y.




Kibernetika bilan bog’liq inkilob

Kibernetika jamiyati

2004 y.




Bionika bilan bog’liq inkilob

Optimizatsiya jamiyati

2025 y.




Psixonetika bilan bog’liq inkilob

Avtonom jamiyat

2033 y.




Metapsixonetika bilan bog’liq inkilob

Tabiiy jamiyat

Irkiy, diniy asosdagi iqtisodiy millatchilik alohida xavf tugdiradi. Ya’ni, erkin raqobat asosidagi iqtisodiy ustunlik emas, bir irkning Boshqasidan ustunligini elon qilish bilan iqtisodiy ustunlikka erishishga intilish.


XX asrning oxiri-XXI asrning boshi xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro kapital, resurslar bozorida milliy iqtisodiyotlar ierarxiyasiga asoslangan yangi Jahon xo’jaligi tizimining shakllanish davri hisoblanadi.
Download 24,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish