1-Mavzu: Joylashtirish tizimi va vositalari. Reja


Nazorat va mulohaza savollari



Download 462,5 Kb.
bet10/63
Sana31.12.2021
Hajmi462,5 Kb.
#275202
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63
Bog'liq
Ma'ruzalar matni

Nazorat va mulohaza savollari:

1. Zamonaviy mehmonxona haqida so’zlab bering.

2. Fransiya milliy tasniflash tizimi haqida nimalarni bilasiz?
4- Mavzu: Mehmonxonalarni toifalash

Reja:

1. Mehmonxonalarning besh yulduzli toifasiga ballar qo’yish.

2. Gretsiyaning “harflar tizimi” toifasining tasnifi.

3. Germaniya tasniflash tizimi 22 ta majburiy hamda korxonalar toifasiga bog’liq bo’lmagan mezonlar.



1. Mehmonxonalarning besh yulduzli toifasiga ballar qo’yish.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda mehmonxonalarni tasniflashning hind tizimi ayniqsa keng tarqalgan. Bu tizim ham mehmonxonalarni besh toifaga: «bir yulduzli», «ikki yulduzli», «uch yulduzli», «to’rt yulduzli», «besh yulduzli» toifalarga ajratishni nazarda tutadi. Bu toifalarni maxsus komissiya ballar bo‘yicha baholash asosida belgilaydi. Ma’lum toifa mehmonxonalariga tizim tomonidan qhyilgan talablar ballarda baholanadi. Bunda har bir band bo‘yicha mumkin bo‘lgan maksimal baho belgilanadi. Komissiya hz ixtiyoriga khra tasniflash talablarida nazarda tutilmagan har qanday qo‘shimcha xizmatlar uchun 15 ballgacha baho qo‘yishi mumkin. Muayyan toifani olish uchun mehmonxona ayni toifa uchun belgilangan ballarning minimal miqdorini to‘plashi lozim. Bunda har bir band bo‘yicha to‘plangan ballar miqdori maksimal bahoning 50% dan kam bo‘lmasligi kerak. Ammo oxirgi shart alohida hollarda komissiya tomonidan bir yoki ikki band uchun majburiy emas deb topilishi mumkin, basharti mehmonxona bungacha ballarning zarur minimal miqdorini to‘plagan bo‘lsa. Mehmonxonalarni tasniflashning hind tizimi umumiy ovqatlanish korxonasini «restoran» toifasiga kiritish uchun zarur talablarning alohida ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Bu toifaga mansub deb topishlari uchun umumiy ovqatlanish korxonasi ham ballarning minimal miqdorini hamda har bir band bo‘yicha ballar maksimal miqdorining kamida 50% ni to‘plashi lozim.

Misol. «1 yulduz» toifasi: bu toifaga mansub mehmonxona yaxshi hududda, mehmonxona uchun yaroqli binoda joylashgan bo‘lishi kerak (maksimal baho 15 ball); mijozlar bilan aloqa qiluvchi xodimlar ingliz tilini ish uchun zarur hajmda bilishi kerak (maksimal baho 5 ball) va h.k. «2 yulduz» toifasini olish uchun 150 ball, «3 yulduz» uchun – 210 ball, «4 yulduz» uchun – 250 ball, «5 yulduz» uchun – 290 ball to‘plash kerak. Har bir davlatda mehmonxonalarni tasniflash mezoni – shinamlik darajasi har xil tushuniladi. Mana shu holat, shuningdek davlatlarning madaniy-tarixiy va milliy an’analari bilan belgilangan bir qancha omillar jahonda mehmonxonalarning yagona tasnifini joriy etishga monelik qiladi. Jahon turistik tashkiloti (JTT), Yevropa hamjamiyati Mehmonxona va restoran sanoati qo‘mitasi, Xalqaro mehmonxonalar uyushmasining bu yo‘nalishdagi faoliyati hozircha samara bermayapti. JTT faqat joylashtirish vositalarining standart tasnifini taklif etgan. Bu tasnifda mehmonxonalar va shunga hxshash korxonalar to‘rt katta guruhdan biriga kiritiladi. Yevropa mehmonxonalar bozorida Yevropa hamjamiyati Vazirlar Kengashi tomonidan 1986 yil 23 dekabrda qabul qilingan standartlashtirilgan axborot yagona tizimi amal qiladi. Bu tizim ko‘p sonli piktogrammalar – shartli rasmlardan iborat. Standartlashtirilgan axborot tizimining maqsadi turistlar Yevropa bo‘ylab sayohat qilishlarini, joylashtirish korxonalari bilan bog‘liq yo‘lko‘rsatgichlar, kataloglar, prospektlarni o‘qishlari va tushunishlarini yengillashtirishdan iborat. Bu tizim juda qulay bo‘lib, bir qancha ustunliklarga ega. U ob’ektiv, informativ, uni boshqarish oson, adashtiradigan talqinlar qo‘llanishiga yo‘l qo‘ymaydigan iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlari yordamida nazorat qilinadi.


Download 462,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish