1 mavzu. Kasbiy psixologiya faniga kirish


Kasbiy psixologiyaning muhim va xarakterli muammolari



Download 3,24 Mb.
bet2/114
Sana28.01.2022
Hajmi3,24 Mb.
#414627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
КАСБИЙ ПСИХ МАЪРУЗАЛАР

1.2. Kasbiy psixologiyaning muhim va xarakterli muammolari.
Kasbiy psixologiyada psixikani o’rganishning muayyan ilmiy vazifalariga, o’zining aniq tadqiqot mavzuiga egadir. Psixologiya ta’sir ko’rsatuvchi ob’ektlari bo’lgan sub’ektning ichki, psixik holatiga tashqi ta’sirlar natijasida ro’y beradigan o’zgarishlar jarayoni qanday kechishini o’rganadi. Psixika faolligi bilan ajralib turadi. Uning zarur jihati mayllar, eng maqbul echimni faol izlash, ehtimoli tutilgan xatti-harakatlar variantlarini xayoldan o’tkazishdan iboratdir. Psixik in’ikos aynan o’zini aks ettiradigan, sust narsa emas, balki u harakatlarning turli variantlarini izlash, tanlash, solishtirish bilan bog’liq bo’lgan shaxs faoliyatining zarur jihati hisoblanadi. Psixikaning mavjudligi izchil harakat dasturini tuzish, oldiniga ichki rejada ish bajarish (masalan, xulq-atvorning ehtimoliy variantlarini tanlash) va shundan keyingina harakat qilish imkonini beradi.
Biologik evolyusiya jarayonida kishi psixikasi xulq-atvorni boshqarishning alohida apparati sifatida paydo bo’lib, sifat jihatdan o’zgarib ketadi. Odamlar ijtimoiy hayot qonunlarining ta’siri ostida shaxslar bo’lib etishadi, ularning har birida ularni voyaga etkazgan tarixiy sharoitningizlari saqlanib qolgan bo’ladi. Aslini olganda, kishining xulq-atvori, xatti-harakatlari ham shaxsiy xususiyat kasb etadi.
Ta’kidlanganlarning hammasi endilikda kabiy psixologiya fanida yuqorida berilgan ta’rifni bir qadar aniqlashtirish imkonini beradi: psixologiya voqelikning miyadagi obrazi sifatida sodir bo’luvchi psixik faktlar, qonuniyatlar va faoliyat mexanizmlari to’g’risidagi fandir. Psixikaning odamga xos bo’lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning oliy darajasi, uni yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo’lib, kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida) doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi.
Ongning tuzilishi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday? Ongning tuzilishiga berilgan birinchi ta’rif uning nomidan kelib chiqqan, ya’ni ong anglash deganidir. Ikkinchi ta’rif – «Men» va «Men emas» degan tushunchalarni anglash. Uchinchi ta’rifi: odamning maqsadni ko’zlovchi faoliyatini ta’minlash- dir. To’rtinchi ta’rifi: uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. Ongning yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha o’ziga xos jihatlari shakllanishi va namoyon bo’lishining muqarrar sharti til hisoblanadi.
Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik kishiningo’zini tuta olmaydigan qilib qo’yadigan ta’sirlar bilan bog’liq psixik jarayonlar, harakatlar va holatlar yig’indisidir. Ongsizlikda anglanishdan farqli o’laroq, kishi o’zi bajarayotgan harakatlarni maqsadga muvofiq tarzda nazorat qila olmaydi, ularning natijasini baholay olishi ham amrima hol. Ongsizlikka quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush ko’rish); sezilmaydigan, lekin haqiqatan ham ta’sir ko’rsatadigan qo’zg’atuvchilarga «subsensor» va «subretseptiv» javob reaksiyalari; oldinlari ongli harakat bo’lib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga ko’ra endilikda anglanilmaydigan bo’lib qolgan harakatlar; faoliyatga undovchi, ammo maqsad hissidan anglanilmaydigan ayrim mayllar va hokazo. Ongsizlik hodisalariga bemor kishining psixikasida ro’y beradigan ba’zi bir patologik hodisalarni – alahlash, yo’q narsalarning ko’zga ko’rinishi va shu kabilarni ham kiritish mumkin. SHularga asoslanib, ongsizlikni ancha qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixiksiga tenglashtirish noto’g’ri bo’lar edi. Ongsizlik – kishining xuddi ong kabi o’ziga xos psixik ko’rinishi. U kishi miyasida borliqning yetarli darajada bir xil bo’lmagan, qisman aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart- sharoitlari bilan bog’liq holda paydo bo’lgan.
Xulosa qilib aytganda, psixik aks ettirish qanday paydo bo’lgani, rivojlangani, evolyusiya pilla poyasining turli bosqichlarida qanday o’zgarib borgani, kishi ongi qanday paydo bo’lgani va shakllanganini tushunib olgandan keyingina psixikaning eng muhim qonuniyatlarini ochib berish va jiddiy psixik faktlarni aniqlash mumkin bo’ladi. SHunday qilib, kasbiy psixologiya fani psixikaning paydo bo’lishi, psixik jarayonlarning taraqqiyot qonuniyatlari va inson bilan tashqi muhit o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni o’rganadi. Odamning psixik hayoti murakkab va ko’p qirralidir. U faqat tashqi muhitning ta’sirlarigagina bog’liq bo’lib qolmay, balki yuksak nerv faoliyatidagi miya ishining murakkab nerv-fiziologik qonuniyatlariga ham bo’ysunadi. Psixik jarayonlar va shaxsning xususiyatlari o’zaro chambarchas bog’langan bo’lib, hamisha bir-biri bilan turlicha bog’langan va bir-biriga bog’liq holda namoyon bo’ladi. Muayyan bir vaqtda hech qachon faqat bittagina psixik jarayon ro’ybermaydi yoki shaxsning faqat bittagina xususiyati namoyon bo’lib qolmaydi. Masalan: idrok etish jarayoni sezgi jarayoni bilan ham, xayol jarayoni bilan ham, tafakkur va xotira jarayoni bilan ham chambarchas bog’langan bo’ladi(O’qishi qiyin bo’lgan xat).

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish