1 mavzu. Kasbiy psixologiya faniga kirish


Kasbiy psixologiyaning tabiiy ilmiy asoslari



Download 3,24 Mb.
bet3/114
Sana28.01.2022
Hajmi3,24 Mb.
#414627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
КАСБИЙ ПСИХ МАЪРУЗАЛАР

1.3. Kasbiy psixologiyaning tabiiy ilmiy asoslari.
Psixologiya fani bundan 2500 yilcha ilgari Qadimgi Gretsiyada vujudga kelgan. Aristotelo’zining “Jon” haqidagi kitobida “Insonning ruhi uning tanasini boshqarib turadi, ya’ni tana bizning ruhimizga bo’sunadi” degan g’oyalari bilan psixologiya faning mavjudligini va fan sifatida falsafadan ajratib o’rganish kerakligini asoslab bergan.
Ibn Sino o’zining “Tib qonunlari” asarida kishilarning mijoziga qarab muomala qilishda, bemorga nisbatan ham uning individual tipologik xususiyatlarini bilgan holda kasalini qaysi ko’rinishda ekanligini aytishda psixologik bilimlarning ahamiyati haqida gapirilgan.
Kasbiy psixologiyaning asosiy vazifasi mutaxassisning psixik faoliyati qonuniyatlarini o’rganishdir.
Kasbiy psixologiya psixik hodisalarning odam hayoti va faoliyatining ob’ektiv shart-sharoitlariga bog’liq ekanligini: masalan, hayot va tarbiya sharoitlarining ta’siri bilan o’smir xarakterining qanday vujudga kelishini, unda mehnatsevarlik , o’qishga vijdonan yondoshish va shu kabilarning qanday tarkib topishini o’rganib boradi.
Hozirgi zamon psixologiyasi etishib kelayotgan yosh avlodda keng dunyoqarashni va milliy qadriyatlarimizni tashkil topishini va ularni psixologik bilimlar bilan mustahkamlashni ta’minlaydi.
Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrida inson psixikasi o’zgarib, takomillashib boradi, buning natijasida uning bilan bog’liq qonun va qonuniyatlar ham zamon talabi, taqozosi tufayli o’ziga xos ma’no, mohiyat kasb etadi. Ijtimoiy munosabatlar ko’lamining kengayishi, shaxslararo muomala maromining yangi muloqot shakllari paydo bo’lishi, tabiatga, jamiyatga nisbatan insoniyatning yaqinlashuvi darajasi kuchayishi yangicha qarashlarini vujudga keltiradi. Ijtimoiy ong darajasining yuksalishi, mukammallashuvi narsa va hodisalarga bo’lgan kishi munosabatining yangilanishiga olib keladi, qolaversa mezonlar, munosabatlar, ularningbaholanishi asta-sekin sifat jihatdan, o’zgarib boradi. Bu ijtimoiy va ijtimoiy- psixologik jarayonga mafkura o’z ta’sirini o’tkazadi, buning oqibatida ichki (sub’ektiv) vatashqi (ob’ektiv) omillarning ijobiy yoki salbiy ta’siri ortadi. SHuning uchun muayyan davr o’tishi bilan psixikaning oldingi qonun va qonuniyatlari o’z ahamiyatini yo’qota boradi. Ijtimoiy taraqqiyot bu asnoda etakchi vazifani bajaradi, yangilanishlarning ustuvor negizini tashkil kiladi. XXI asrga kelib, psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarining kompleks masalalarini yaxlit holda tadqiq etishni taqozo etadi va quyidagilarni talab qiladi: a) ularning metodologik, nazariy, eksperimental jihatdan o’rganish; b) ularga oid nazariy-tadbiqiy jabhalarini amaliyotda sinab ko’rish; v) natijalarning ishonchliligi, validliligi va reprezentativligini tekshirish. SHuning uchun psixologiya fanining markaziy masalasi psixikaning ob’ektiv qonunlari mohiyatini chuqur va atroflicha ochishdan, tavsiflashdan iborat. Ushbu muammo bilan shug’ullangan B.F.Lomovning fikricha, qonun moddiy hodisalar, sifatlar, munosabatlar o’rtasida barqaror aloqani (bog’liqlikni) o’zida gavdalantiradi. Qonunni bunday tushunish inson psixikasidagi, jamiyatdagi, tabiatdagi barcha ob’ektiv qonunlarga bevosita daxldordir. B.F.Lomovning ta’biricha, qonunni bilish hodisalar mohiyatini yaxshiroq tushunishga imkon yaratadi, uning mohiyatini tadqiq qilish esa qonun harakatini bilishga, uni to’g’riroq ochishga, tavsiflashga imkoniyat beradi. B.F.Lomovning bayon qilishicha, sistemali yondashduv qonun tabiatini ochishga, to’laroq tushunishga sharoit tug’diradi, undan foydalanish esa uning mohiyatini tushunishga imkonni vujudga keltiradi. Uning ta’biricha, qonun har qanday sistemaning ob’ektiv tavsifi sifatida mujassamlashadi. Qonunda boshqa sistemalar boshqariluvining o’zaro ta’siri va o’zini o’zi boshqariluvining imkoniyatlari aks ettiriladi. Qonun o’z ehtiyojlariga muvofiq tarzda o’zaro munosabat va o’zaro ta’sirning boshqacha shakllarida namoyon bo’ladi hamda o’zaro harakatni amalga oshiradi. Agar ehtiyojlar qondirilmasa, unda qonun o’z funksiyasini va nimaga yo’naltirilganini bajarmagan bo’ladi. SHuni ta’kidlab o’tish joizki, odatda psixika o’zida o’ziga xos sistemani mujassamlashtiradi. SHuning uchun psixika tadqiq etishning o’ta qiyin, murakkab, dinamik xususiyatga ega bo’lgan sistemasi hisoblanadi. Psixikaning mustaqil hukm surishi boshqa sistemalarni mutlaqo alohida yashashini bildirmaydi, chunki u sistemalararo munosabatlar ichida mavjuddir. Psixologiya fanida metodolog psixologlarining aksariyati "qonun" va "qonuniyat" tushunchalarini farqlashga harakat qiladilar, bizningcha, bunday tabaqalanish ma’lum ma’noda shartli hisoblanadi. Umumlashma ta’kid va tavsiflarga ko’ra, "qonun" sistemaning barqarorligi daqiqalarini aks ettiradi, "qonuniyat" atamasi esa sistemaning dinamikligini, uni rivojlanish davrini, uning qaytatan yangilanishi hamda o’zgarishini o’zida aks ettiradi. Holbuki shunday ekan, qonuniyatning vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi, barqarorlashuvi, takomillashuvi to’g’risida mulohaza yuritish mumkin.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish