1-mavzu. Kirish. Qoraqalpog’iston hududidagi qadimgi sivilizatsiya markazlaridan biri. Reja


-mavzu.1946-1990 yillarda Qoraqalpog‘istonning siyosiy, iqtisodiy va madaniy xayoti



Download 181,33 Kb.
bet14/16
Sana04.07.2022
Hajmi181,33 Kb.
#739181
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2 5436024589106810883

13-mavzu.1946-1990 yillarda Qoraqalpog‘istonning siyosiy, iqtisodiy va madaniy xayoti


Reja:
1. 1946-1985 yillarda Qoraqalpog‘istonning siyosiy hayoti.
2. 1946-1985 yillarda Qoraqalpog‘istonnning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ahvoli.
3. Qoraqalpog‘istonda 1985-1990 yillardagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti.


Аdabiyotlar:
1.Айтмуратов Ж. Развитие культуры Каракалпакстана в 70-90 годы XX века. Н. 1997
2.Елмуратов Ы., Гришанович А. Қарақалпақстанда ҳаўа транспортының пайда болыўы ҳәм раўажланыўы тарийхынан Н.1998.
3.Камалов Қ. Ел хызметинде. Н. 2018
4.Карвасарный В.И. Қарақалпақстан энергетикасы кеше ҳәм бүгин. Н. 1998.
5.Қарақалпақстанның жаңа тарийхы Н. 2003
6.Қудияров А., Раматуллаев М. Қарақалпақстанда китапханалар тарийхы. Н. 2013.
7.Муратова П. Қарақалпақстанда интелегенция кадрларын таярлаў Н. 1992.
8.Уразбаева Р. Из истории высшего и среднего специального образования в Каракалпакстане Н. 1994.
9.Сарыбаев М. К. Политика хлопковой монокультур советской власти в Каракалпакстане и её последствия (1917-1996 гг.) Т. 2008.
10.Сейтимбетов М. Қарақалпақстанда темир жол қурылысының тарийхынан. Н. 1993.
11. Shamambetov B. Qaraqalpaqstanniń awil-xojaliǵi (1965-1985). N. 1992
12. Yusupov O. Nókis mámleketlik pedagogikaliq instituti (1934-2004 jj.). N. 2004.

Urushdan keyingi davrda sovetlar davlatida boshqaruvning buyruqbozlik-ma’muriyatchilik tizimi yanada mustahkamlandi: davlat mulkchiligi asosida iqtisodiyotni markazlashtirish yanada kuchaytirildi. Qoraqalpog‘iston butun O‘zbekistondagi kabi, asosan paxta monokulturasiga yo‘naltirildi.


1946 y. paxtachilikni tiklash haqida bir qator qarorlar qabo’l qilindi va ular «1946-1950 yy. Qoraqalpoq ASSR da xalq xo‘jaligining tiklash va rivojlantirishning besh yillik rejasi»da o‘z aksini topdi. QQASSR dagi paxta tozalash zavodlari mahsulotlari asosan eksportga yo‘naltirilardi. Ular Krasnodar, Xerson va shuningdek, Fransiya, Bolgariya, Polsha va boshqa mamlakatlarga jo‘natilardi. Ishlab chiqarilgan paxtaning katta qismini Rossiya, Ukraina, Boltiq bo‘yida joylashgan to‘qimachilik fabrikalari olishardi va undan tayyor mahsulot ishlab chiqarilardi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, QQASSR jahon paxtachiligida paxta ekuvchi dunyoning eng shimoliy chegarasida joylashgan, shubhasiz, sug‘oriladigan yangi yerlar o‘zlashtirilishi natijasida paxta tozalash sanoati xom ashyo bazasi yanada kengayib bordi va oqibatda Orol dengizi talofatiga olib keldi. Oradan yillar o‘tib, 1970 yilga kelib Orol dengizi muammosi global miqyosidagi ekologik inqiroz sifatida keskin ravishda kuchayishi natijasida yerlarning pestitsidlar, defoliantlar bilan zararlanishi vujudga keldi.
1956 yil Taxiatosh GRES ning qurilish ishlari boshlandi va 1961 yil uning birinchi kotloagregati va turbogeneratori ishga tushirilib, Xo‘jayli, Nukus va Chimboy shaharlaridagi sanoat karxonalari elektr energiyasi bilan ta’minlandi. Taxiatosh GRESi oradan o‘ch yil o‘tib, stansiya to‘liq loyihaviy quvvati bilan ishlay boshladi.
Bu davr mobaynida Qoraqalpog‘istonda xomashyo zahiralarini tadqiq qilish ishlari ham olib borildi. 1962 yili Ustyurt platosida «Shaxpaxti» tabiiy gaz konlari maskani ochildi. Natijada kimyo sanoati rivojlana boshladi. Qoraumbat konida osh to‘zi, kaliy, magniy, ohak qatlamlari, mineral tuz zahiralari ochildi. Biroq ushbu imkoniyatlarning ko‘pchiligi iqtisodiy rivojlanishga umid bilan qarayotgan mahalliy aholining ushalmas orzulari bo‘lib qoldi.
1970 yillardan boshlab sholi ekish ishlariga alohida e’tibor berila boshladi. Boshqa hududlar bilan bir qatorda: QQASSR da ham sholi tizimini qo‘rish ishlari davom ettirilishi lozimligi haqida partiya hujjatlari qabo’l qilindi. Misol tariqasida 1974 yil Qoraqalpog‘iston davlatga 120 ming tonna sholi xom ashyosini topshirdi, bu esa 1966 yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan yetti barobardan oshiq ko‘pdir. Bu o‘z navbatida tabiyatga salbiy ta’sirini ham ko‘rsatmay qolmadi.
Ta’lim tizimida ham o‘zgarishlar yuz berdi. Yangi Sovet hokimiyati o‘rnatilishi natijasida Qoraqalpog‘istonda xalq ta’limi yangicha yo‘nalishda rivojlandi. Maktab-madrasalar yo‘q qilindi, ta’lim masjiddan ajratib olindi, ta’lim dasturiga faqat dunyoviy fanlar kiritildi. 1918 yildan boshlab ta’lim sohasi ishlari bilan Amudaryo xalq ta’limi bo‘limi shug‘ullana boshladi.
1950 yil ko‘zidan boshlab boshqa hududlaridagi kabi Qoraqalpog‘istonda ham umumiy yetti yillik ta’lim joriy etildi. So‘ngi yillarda maktablar sakkiz yillik, keyinchalik 10 yillik o‘rta ta’lim tizimiga o‘tkazildi.
Umuman olganda, 1990-1991 o‘quv yilida Qoraqalpog‘istonda 487 o‘rta, 134 to‘liqsiz o‘rta, 68 boshlang‘ich maktab faoliyat yuritgan va unda o‘quvchilar soni 311.102 nafarni tashkil qilgan b ulsa, shulardan faqat 272 maktabi qo‘layliklarga ega bo‘lgan binolar bilan ta’minlangan edi. Qolgan maktablar zamon talablariga javob bermasdi. Hukumat tomonidan shoshilinch, o‘ylanmagan ravishda qo‘yilgan qadamlar maktablarda bir necha smenada o‘qitish muammosini hal qilib bera olmadi. 1990-1991 o‘quv yilida bolalarning 38,2 % i ikkinchi va uchinchi smenalarda o‘qishgan.
Sovet hukumati siyosati san’at va madaniyat sohasida ham o‘z aksini topdi. Misol tariqasida, teatrning shakllanishi davrida jiddiy kamchiliklar ko‘zga tashlanardi. Faqat 1950 yillarning ikkinchi yarmiga kelibgina Stanislavskiy nomidagi qorakalpoq teatri repertuari qoraqalpoq mualliflarining yangi ijod namunalari bilan to‘ldirildi. Usha paytda sahnada J. Aymurzaevning «Aygul-Abat», A.Shamuratova va J.Aymurzaevning «Orol qizi», A.Begimovning «G‘arib oshiq» pesalari qo‘yilgan edi. Qoraqalpoq san’ati va adabiyotining Toshkent shahrida o‘tkazilgan birinchi dekadasida (1952 yil) ushbu spektakllardan ba’zilari sahnalashtirilib, o‘zbek tomoshabinlari tomonidan iliq ko‘tib olindi.
1960 yillarda teatr mahalliy mualliflar tamonidan yaratilgan zamonaviy hayotiy komediya «Mening obro‘yim» (M.Qalimbetov) va S.Xojaniyazovaning «Talvas» musiqali komediyasi bilan boyitildi. 1963 yili Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Qorakalpoq adabiyoti va san’atining yangi haftaligiga tayyorgarlik doirasida teatr o‘z repertuariga A.Shamuratov va I.Yusupov tomonidan qorakalpoq xalq dostoni motiviga asoslangan «Qiriq qiz» musiqali dramasini, J.Aymurzaevning «Aygul-Abat» musiqali dramasi, shuningdek, zamonaviy mavzularga bag‘ishlangan yana uchta drama ijod namunalari - N.Eshmatov va R.Eshimbetovlaring «Yaylovdagi to‘y» musiqali komediyasi, o‘zbek dramaturgi Uyg‘unning «Shubha» dramasi va taniqli belorus dramaturgi A.Makarenkonning «Orbitadagi levanixa» komediyasi kiritildi. 1970 yilning birinchi yarmida teatr sahnasida O‘zbekiston va Qorakalpog‘iston xalq shoiri T.Jumamuratovning «Qayiqdagi bayroq» sahna asari mashhur bo‘lib ketdi. Shuningdek, O‘zbekiston va Qorakalpog‘iston xalq shoiri I.Yusupovning tarixiy mavzuga bag‘ishlangan «O‘mirbek vorislari» komediyasi ham muvaffaqiyatli ravishda ko‘yib borildi.
Shuningdek, taniqli qoraqalpoq dramaturgi Sapar Xo‘janiyazovning, yozuvchi T.Qayipbergenovning shu nomdagi romani motiviga asosan yaratilgan «Maman biy» asari xam muvaffaqiyat qozondi. Usha yillarda butun dunyoga mashhur bo‘lgan sharq olimi, faylasuf va mutafakkiri Abu Rayxon Beruniyning ijodiy merosi juda qatta ahamiyat kasb etgandi. 1973 yili olimning to‘g‘ilgan kunining 1000 yilligi sharafiga T.Seyitjanov tomonidan «Beruniy» tarixiy dramasi yaratildi va u teatr sahnasida qo‘yilib, qatta muvaffaqiyatga erishdi. 1969-1974 yillar mobaynida teatr jamoasi tomoshabinlarga jami 2500 dan ko‘proq spektakl namoyish qilindi va 1 millionga yaqin tomoshabinlarga xizmat ko‘rsatildi.
60-yillarda madaniyat sohasida yangi iqtidor egalari - qo‘shiqchi, kompozitor va artistlar paydo bo‘la boshladi. 1968 yil Stanislavskiy nomidagi Qoraqalpoq Davlat teatri aktrisasi A.Shamuratova SSSR xalq artisti degan fahrli unvonga ega bo‘ldi.
1977 yil Qoraqalpog‘iston telerodiokompaniyasi huzuridagi Genjebay Tleumuratov rahbarligida «Muxalles» dutorchilar ansambli o‘z ijodiy faoliyatini boshladi. Ansambl dutorchilari qoraqalpoq folklor musiqasini ijro etish mahoratlarini Boshqirdiston, Tatariston, Dog‘iston, Qozog‘iston, Xorazm, Toshkent, Moskva va boshqa shaharlarda namoyish qilishdi.
Qoraqalpoq teatr hayotida 1978 yil S.Xojaniyazov nomidagi yosh tomoshabinlar teatrining ochilishi muhim voqea bo‘ldi. Yosh tomoshabinlar teatri Yu.Mahmudovning «Yalong‘och qirol», I.Yuzeevning «Faloqat keltirgan hazil», K.Rahmanovning «Kechikkan bahor», T.Seytjanovning «Nukus afsonasi», M.Yaxyoevning «Afsuslanish» sahna asarlarini yuqori saviyada qo‘yishga erishdi.
1991 yil Davlat Musiqali teatriga buyuk qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Berdaq nomi berildi hamda uning sahnasiga tarixiy asarlar (K.Matmuratov «Sharyar») va axloqiy mavzuda (P.Kaypov «Tiri jetimler» (Tirik yetimlar), «Ikki dunyo ovorasi» M.Nizanov) asarlari qo‘yib borildi. Teatr Olma-ota shahriga ham gastrollar uyishtirib, Abay nomidagi qozoq opera va balet teatri sahnasida N.Muhammedinovning «Ajiniyoz» operasi, A.Begimov va T.Allanazarovning «G‘arib oshiq» musiqali dramasi S.Xojaniyazovning «Suymaganga suykanma» va boshqa spektakllari namoyish qilindi. S.Xojaniyazov nomidagi yosh tomoshabinlar teatri S.Jumag‘ulovning «Odamlar qanday buzilgan», B.Jakievning «Aka taqdiri» spektakllarini qo‘yib berdi, shuningdek, qo‘g‘irchoq teatri ham o‘zining davstlabki qadamlarini tashladi.
1970-80- yillarda iqtidorli qal’am ustalaring butun boshli pleyadasi: I.V.Saviskiy, K.Saipov, K.Berdimuratov, J.Izentaev, A.Yerimbetov, B.Kamenev, F.Madgazin va boshqal’ar o‘sib chiqdi. O‘sha davrda o‘zining rang-barang boyoqlari va turfa xil janrlari bilan ayniqsa rassom K.Saipov ijodi alohida ajralib turardi. Qoraqalpog‘iston tasviriy san’at xazinasiga Ajiniyoz poemasi motivi asosida chizilgan «Bo‘zatov», «Kechki Amudaryo» deb nomlangan panoramali peyzaji va «Orol dengizi» kartinasi munosib hissa bo‘ldi.
Shuningdek, Qoraqalpoq milliy tasviriy sana’atini boyitishga yana bir qal’am ustasi Qauender Berdimuratov ham o‘z hissasini qo‘shgan. Bir qator Qoraqalpoq shoirlari, mehnat faxriylarining ta’sirchan portretlari, qoraqalpoq dastonlari va qoraqalpoq milliy ornamentlariga ishlangan rang-barang illustrasiyalar uning qal’amiga mansubdir.
1970-yillardagi Qoraqalpoq tasviriy san’atida kartina janridagi mavzu bo‘yicha J.Quttimuratov, A.Shpade, D.Tureniyazov, A.Qurbanbaev, J.Lepesov, J.Bekanov, B.Serekeev, P.Yesengaliev, B.Tog‘izbaevlarning ham hissalari katta.
1980-yilning ikkinchi yarmida (Qayta qurish yillarida) qator iqtisodiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlana boshladi. Ma’muriy – boshqaruv shaklidan boshqaruvning ustivor iqtisodiy usullariga o‘tish, boshqaruvni keng turda demokratiyalashtirish va inson omilini barcha javhalarda faollashtirish ushbu islohotlarning asosiy g‘oyasini tashkil etgan edi. Shu bilan birga, ushbu davrda Sovet imperiyasining iqtisodiy faoliyatida ko‘zatilgan tubdan o‘zgarishlar markazning O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda o‘z imperial siyosatini o‘zgartirmadi va xalq xo‘jaligida ishlab chiqarishda olib ketiladigan xomashyo xarakteri shundayligicha qolib ketdi. Iqtisodiy islohotlar sekin asta va izchil bo‘lmagan holda olib borilishiga hukumat idoralari tomonidan shakliy o‘zgarishlar mohiyatini tushinib yetmagani sabab bo‘ldi. Turmush darajasi bo‘yicha avtonom respublika aholisi boshqa respublikalardan ortda qolib ketgan edi. Uning asosiy sabablaridan biri, bu mehnat jamoalarining o‘z mehnat samarasi natijalaridan foydananish huquqiga ega emasligi, hamda respublika boyliqlarining faqat kam miqdordagina ulushidan foydalanishidadir.
Sovetlar obro‘sining tushishi Qonunga hurmatining susayishiga, bu esa faqat gina ko‘p sonli qonun osti aktlar bilan almashtirib borishiga olib keldi. 1970-yillar oxiri va 1980-yillar boshlarida faqatgina xalq xo‘jaligi boshqaruvining o‘zida ikki yuz mingga yaqin bo‘yruq yo‘riqnoma va boshqa qonun osti hujjatlar mavjud bo‘lib xo‘jalik yurituvchilarning oyog‘idan tortar va ularning tashabbuslarini bug‘ib kelmoqda edi.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov ushbu holatni o‘z chiqishlarida shunday ta’riflagan: «Vaholanki, ularning fuqarolik burchi, vijdonli bo‘lishga qaratilgan chaqiriqlari aytgan bo‘lardimki, byurokatlashib ketgan sovet-partiya amaldorlari tomonidan sovuq, befarqlik bilan qarshi olindi. Va bu xayratlanarli emas. Talon-taroj qilish, tabiiy va mineral xomashyo zaxiralaridan foydalanadigan juda katta sarfxarajat va yo‘qotishlar bilan bog‘liq bo‘lgan ekstensiv munosabatlarga asoslangan xo‘jalik yuritilishidan iborat bo‘lgan butun boshli sotsialistlik tuzumining mohiyati davlatimizda mavjud bo‘lgan behisob boyliklarga nisbatan tejamkorona munosabatda bo‘lish g‘oyasiga butunlay yot edi».



Download 181,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish