1-Mavzu: Ma’lumotlarni arxivlash



Download 4,77 Mb.
bet14/55
Sana07.01.2022
Hajmi4,77 Mb.
#327863
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
Bog'liq
Axborot texnologiyalari 2013-2014

Nazorat savollari:


  1. Axborot xavfsizligi deganda nimani tushunasiz?

  2. Axborot xavfsizligi predmetning asosiy tushunchalari nimalardan iborat?

  3. Axborot xavfsizligi predmetning asosiy maqsadi nimalardan iborat?

  4. Axborotlarga nisbatan xavf-xatarlar tasnifini aytib bering.



Mavzu: Kriptografiya tushunchasi va axborotlarni kriptografiyali himoyalash.
Reja:


  1. Asosiy tushunchalar.

  2. Kriptologiyaning fan sifatida shakllanishi.

  3. Kriptotizmlarga qo`yiladigan talablar.

  4. Kriptografik tizimlarning nazariy va amaliy bardoshliligi.

  5. Mutlaqo maxfiylik.

Tayanch iboralar: kriptologiya, kriptografiya, shifrlash, deshifrlash, kalit, tizim, elektron raqamli imzo.
Axborot muhofazasining kriptografik uslublari ochiq ma`lumotlarni o`zgartirib, faqat kalit ma`lum bo`lgandagina uni asl holatiga qaytarish imkoniyatini beradi.Shifrlash va deshifrlash masalalariga tegishli bo`lgan, ma`lum bir alifboda tuzilgan ma`lumotlar matnlarni tashkil etadi. Alifbo - axborotni kodlash uchun foydalaniladigan chekli sondagi belgilar to`plami. Misol sifatida:

- o`ttiz oltita belgidan (harfdan) iborat o`zbek tili alifbosi;

- o`ttiz ikkita belgidan (harfdan) iborat rus tili alifbosii;

- yigirma sakkizta belgidan (harfdan) iborat lotin alifbosi;

- ikki yuz ellik oltita belgidan iborat ASSII va KOI–8 standart kompyuter kodlarining alifbosi;

- binar alifbo, ya`ni 0 va 1 belgilardan iborat alifbo;

- sakkizlik va o`n oltilik sanoq tizimlari belgilaridan iborat alifbolarni keltirish mumkin.

Matn - alifboning elementlaridan (belgilaridan) tashkil topgan tartiblangan tuzilma.

Shifrlash - ochiq matn deb ataluvchi dastlabki ma`lumotni shifrlangan ma`lumot (kriptogramma) holatiga o`tkazish jarayoni.

Deshifrlash - shifrlashga teskari bo`lgan jarayon, ya`ni kalit yordamida shifrlangan ma`lumotni dastlabki holatga o`tkazish.

Kalit - dastlabki ma`lumotni bevosita shifrlash va deshifrlash uchun zarur manba.

Kriptografik tizim - ochiq ma`lumotni shifrlash va deshifrlash jarayonini tashkil etuvchi amallar majmui bo`lib, alifbo belgilarini almashtirish ketma-ketligidan iborat.

Kriptotizimlar ikki qismga bo`linadi: simmetrik va asimmetrik - ochiq kalitli.



Simmetrik kriptotizimlarda shifrlash uchun ham va deshifrlash uchun ham bir xil kalitdan foydalaniladi.

Ochiq kalitli kriptotizimlarda ikkita kalitdan foydalaniladi -– o`zaro matematik jihatdan bog`liq bo`lgan ochiq va yopiq kalitlardan. Bunda ma`lumotlar ma`lumot yuborilayotgan shaxsning hammaga ma`lum bo`lgan ochiq kaliti bilan shifrlanadi va faqat ma`lumot yuborilayotgan shaxsning o`zigagina ma`lum bo`lgan yopiq kalit bilan deshifrlanadi.

Kalitlarni taqsimlash va boshqarish – kriptobardoshli kalitlarni ishlab chiqish (yoki yaratish), ularni saqlash, hamda kalitlarni foydalanuvchilar orasida muhofazalangan holda taqsimlash jarayonlarini o`z ichiga oladi.

Elektron raqamli imzo - elektron matnga ilova qilinadigan kriptografik almashtirishdan iborat bo`lib, shu matn jo`natilgan shaxsga qabul qilingan elektron matnning va matnni raqamli imzolovchining haqiqiy yoki nohaqiqiyligini aniqlash imkonini beradi.

Kriptobardoshlilik - shifrlash kaliti noma`lum bo`lgan holda shifrlangan ma`lumotni deshifrlashning qiyinlik darajasini belgilaydi. Kriptobardoshlilikni belgilovchi bir nechta ko`rsatkichlar mavjud, bulardan:

- deshifrlash uchun qidirilayotgan kalitlarning mumkin bo`lgan barcha imkoniyatlari soni;

- deshifrlash uchun zarur bo`lgan o`rtacha vaqt.

Axborotni muhofaza qilish maqsadida shifrlash sifati kalitning maxfiy saqlanishi va shifrlashning kriptobardoshlilik darajasiga bog`liq. Qadimgi shifrlash uslublari har-xil jadvallarga asoslangan bo`lib, bu jadvallar ma`lumotlar matnidagi alifbo belgilarining ma`lum tartibdagi o`rin almashtirishlarini ifodalovchi oddiy amallardan iborat bo`lgan. Bunda kalit vazifasini jadvalning o`lchami, alifbo belgilarining almashtirilishini taminlovchi biror aniq jumla yoki jadvalning o`rin almashtirishlarini tartiblovchi alohidalik xususiyati o`tagan. Ma`lumotlarni shifrlab muhofaza qilishning turli maqsadlarda qo`llab rivojlanib borishi, shifrlash uslublarining foydalanuvchilar tomonidan aloqa tarmoqlarida qo`llash uchun qulay bo`lishiga olib keldi.



XIX asrda aloqa kommunikatsiyalarining rivojlanib borishi, tabiiy ravishda, shifrlash jarayonlarini avtomatlashtirilishini talab eta boshladi. Telegraf aloqa tizimlari vujudga keldi va ular ham, o`z navbatida, ma`lumotlarni shifrlashni talab eta boshladi. Maxsus g`ildirak ko`rinishidagi, sonli shifrlash qurilmasi 1790 yilda AQSHlarining davlat kotibi, keyinchalik esa AQSHning uchinchi Prezidenti Tomas Jefferson tomonidan yaratilgan va shunga o`xshash sonli shifrlash qurilmalari ikkinchi jahon urushi yillaridan keyin ham AQSH qurolli kuchlarida qo`llanilib kelingan. Bunday qurilmalarning ishlashi, yetarli darajada uzun berilgan kalit bo`yicha ma`lumotlar matnini ko`p alifboli almashtirishga asoslangan bo`lib, arifmometrning ishlash asoslariga o`xshashdir. Kalitning (davriy) uzunligi shifrlash qurilmasining maxsus g`ildiraklarini bir marta to`la aylanishining umumiy davri bilan aniqlanadi. Masalan, mos holda 13, 15, 17, va 19 davriy aylanishlarga ega bo`lgan maxsus to`rtta g`ildirakli qurilma 62985 (davriy) uzunlikka ega bo`lgan kalitni beradi. Qurilma g`ildiraklari biror aniq holatda turgan bo`lsa, mana shu holatga qaytadan ketma-ket 1-g`ildirakni 13 marta, 2-g`ildirakni 15 marta, 3-g`ildirakni 17 marta, 4-g`ildirakni 19 marta aylantirish bilan erishiladi. Hozirgi zamon kriptografik mashinalari asosini, 1917 yilda Edvard Xebern tomonidan yaratilgan, «Enigma - Enigma» («Jumboq» ma’nosini anglatuvchi) deb ataluvchi rotorli kriptografik mashinaning ishlash tamoyillari tashkil etadi [2]. «Enigma» mashinalarining sanoat nahmunalari Siemens firmasi tomonidan ishlab chiqilib, dastlab bitta o`qqa o`rnatilgan to`rtta aylanuvchi g`ildirakdan iborat bo`lib, biror aniq holatning, oddiy almashtirishlar yordamida, milliondan ortiq shifrlangan holatini olish imkonini bergan. Har bir g`ildirakning ikkala tomonida 25 tadan (lotin alifbosining belgilari (harflari) sonicha) elektr bog`lanish tugunlari joylashgan bo`lib, g`ildiraklar aylanganda elektr bog`lanish impulg’slari ro`y berib, harflarning almashuv jarayoni yuzaga keladi. SHifrlash jarayoni boshlanishi oldidan g`ildiraklar kalitni belgilovchi so`zni aniqlash holatiga o`rnatiladi. Alifbo harflarini belgilarini boshqa belgilar bilan almashtirib shifrlash jarayoni, shifrlanishi kerak bo`lgan belgining tugmachalarini bosish natijasida amalga oshirilgan. Bunda shifrlanishi kerak bo`lgan belgining tugmachalarini bosish natijasida, avval 1-g`ildirak, so`ngra 2-g`ildirak bir qadamga burilgan va hokazo. Natijada, kalitning uzunligi ochiq matn uzunligiga nisbatan uzun bo`lgan. Masalan, chap va o`ng tomondagi g`ildiraklarning U belgisiga mos keluvchi elektr bog`lanish tugunlari g`ildiraklarning boshqa tomonidagi F belgiga mos keluvchi elektr bog`lanish tugunlari bilan bog`langan. Agar g`ildirak bir qadamga burilsa, bu holat U belgidan keyingi V belgini F belgidan keyingi G belgiga almashtirish jarayonini ifodalaydi. To`rt g`ildirakli kriptografik mashinalarda alifbo belgilarini shifrlash jarayonida hamma belgi har bir g`ildirakda o`zgarish jarayonidan o`tib, to`rt karra shifrlanadi. Deshifrlash jarayonini murakkablashtirish maqsadida g`ildiraklarning o`rni vaqti-vaqti bilan almashtirilib turilgan. Keyinchalik esa g`ildiraklarning soni 5 va 6 taga ko`paytirilib, ularning harakatining ma`lum mahnoda tartibsiz bo`lishi tahminlangan. Bu qurilmaning hajmi katta bo`lmaganligi hamda undan foydalanish murakkab emasligi sababli, oddiy aloqa xizmatchilari ham ishlata olganlar. SHu davrga kelib, ma`lumotlarni ishonchli shifrlash masalasi to`la hal qilingandek edi. Lekin, Angliya kriptografik xizmatining xizmatchilari Londondan 80 km shimolda joylashgan «Bletchli Bog`» qarorgohida ikkinchi jahon urushi yillari davomida nemislar shifrma`lumotlarini o`qib borishga muvaffaq bo`lganlar. Bunga Polg’sha razvedka xizmati tomonidan 1939 yilda qo`lga kiritilgan «Enigma» kriptografik mashinasining chizmalari asos bo`ldi. Gitlerchilarning Polshaga xujumidan so`ng mashina chizmalari Angliyaning tegishli xizmat tashkilotlariga berildi. Tez orada, Angliya kriptotahlil xizmati xodimlari, «Enigma» mashinasining shifrlash kalitini bilish uchun, mashina maxsus g`ildiraklaridagi elektr bog`lanish tugunlarining sxemasini bilish kerakligini aniqladilar.

Shundan so`ng, «Enigma» mashinasining qurilma nahmunasini qo`lga kiritish uchun harakatlar boshlandi. Birinchi namunani Germaniyaning janubiy-sharqiy qismida joylashgan zavoddan olinishiga erishildi, ikkinchisi Norvegiya havo hududlarida urib tushirilgan nemis hujumchi samolyotlaridan, uchinchisi esa Frantsiya uchun bo`lgan janglarda asr tushgan nemis harbiy aloqachi askaridan olingan. Keyingi namunalar esa g`ovvoslar maxsus qismlari tomonidan nemis suv osti kemalaridan olingan. 1942 yilda Alan Tg’yuring tomonidan maxsus elektron hisoblash mashinasi yaratilgunga qadar, «Enigma» shifrlarini deshifrlash ancha murakkab bo`ldi. Alan Tg’yuringning deshifrlash uchun maxsus yaratgan va «Koloss» deb nomlangan ushbu mashinasi insoniyat dunyosida birinchi tez ishlovchi elektron hisoblash mashinasi (EHM) edi. Shundan so`ng Angliya kriptotahlilchilari, namunalari olingan «Enigma» mashinalarining g`ildiraklaridan foydalanib, qisqa vaqt ichida mumkin bo`lgan barcha kalitlarni tanlab chiqib, deshifrlash masalasini hal eta boshladilar. Nemislar esa deshifrlashda EHMning qo`llanilishini hisobga olmagan edilar. Shuni ham aytib o`tish kerakki, 1930 yilda nemis kriptotahlilchisi Georg Shrederning «Enigma» kriptografik mashinasining shifrlash uslubiga ishonchsizlik bildirib keltirgan dalillari ko`pchilik mashul mutaxassislar nazaridan chetda qolgan. 1926 yilda Amerika telefon va telegraf kompaniyalaridan birining mahandisi G.S. Vernam o`zining ikkilik sanoq tizimsi asosida yaratgan shifrlash algoritmini ehlon qildi. Ma`lumotlarni muhofaza qilish muhim masalalari bilan bevosita munosabatda bo`lmagan kishilar, axborot-kommunikatsiya tizimida ma`lumotlarni muhofaza qilish qoidalarini buzishi mumkin bo`lgan sabablar son va sifat jihatdan serqirraligini, tabiiyki, ma`lum bir qolipda tasavvur qila olmaydi. Quyida ko`p uchraydigan va nisbatan yaqqolroq xis qilish mumkin bo`lgan muhofaza qilish qoidalarining bahzi buzilish sabablari keltirilgan.

Ma`lumotlarni muhofaza qilish qoidalarini buzuvchining maqsadi va uni amalga oshirish uslublari:


  1. Ruxsat etilmagan ma`lumotlarni beruhsat olish va unga ega bo`lish, ya`ni ma`lumotlarning maxfiy saqlanish qoidalarini buzish.

  2. Maxfiy axborotlar tizimida foydalanuvchilarning biror ma`lumot yuzasidan o`zini javobgarlikdan (mahsullikdan) xalos etish uchun o`zini boshqa foydalanuvchi sifatida ifodalash yoki boshqa foydalanuvchining vakolatidan foydalanish maqsadida:

a) yolg`on ma`lumotlarni tashkillashtirish;

b) haqiqiy (qonuniy) ma`lumotlarni o`zgartirish;

v) ruxsat etilmagan ma`lumotni olish uchun o`zini shu ma`lumotni olishga vakolati bo`lgan shaxs sifatida ifodalash;

g) yolg`on ma`lumotlarni axborot-kommunikatsiya tizimiga tushishiga yo`l quyib berish yoki yolg`on ma`lumotlarni tasdiqlash.



  1. Mavjud bo`lgan ma`lumotlarni tashkillashtirishni rad etish.

  2. Qoidabuzar tomonidan yolg`on ma`lumotlar tashkillashtirilib, uni axborot-kommunikatsiya tizimining boshqa bir foydalanuvchisi tomonidan tashkillashtirilgan, deb ifodalash.

  3. Biror aniq ko`rsatilgan vaqtda ma`lumot oluvchiga yuborilmagan ma`lumotni yuborilgan, deb ifodalash yoki ma`lumotni yuborilgan vaqtni yolg`on ko`rsatish.

  4. Haqiqatan ham olingan ma`lumotlarni olinganligini rad etish yoki ma`lumotlarning haqiqiy olingan vaqtini soxtalashtirish.

  5. Axborotlar tizimidan foydalanuvchilarning o`zlariga berilgan vakolatlangan ma`lumotlarni tashkillashtirish, uzatish, tarqatish va boshqa yo`nalishlarda ruxsat etilmagan holda kengaytirish.

  6. Foydalanuvchilarning vakolatlarini ruxsat etilmagan tarzda o`zgartirish.

  7. Maxfiy ma`lumotni maxfiy bo`lmagan ma`lumotlar kabi ifodalash.

  8. Aloqa tizimi foydalanuvchilarining o`zaro aloqa shahobchalariga ruhsat etilmagan holda bog`lanib,

undan olingan ma`lumotlarni boshqa aloqa tizimlariga muntazam ravishda tarqatib turish.

  1. Aloqa kanalidagi ma`lumotlar oqimini tahlil qilib, ma`lumotlar jamg`armasining tuzilish tartibiga qarab, dasturiy tahminot va boshqa xosliklarga ko`ra, foydalanuvchilar tomonidan qanday ma`lumotlar qachon olinishini g`arazli maqsadlarda o`rganish.

  2. Protokol (ma`lum tartib hamda qoida) bo`yicha har qanday hollarda ham maxfiy qolishi kerak bo`lgan ma`lumotni maxfiyligiga putur yetkazgan holda, ushbu protokol ma`lumotlari sofligiga shubha bilan qarash.

  3. Biror yaqqol sezilmaydigan muolaja (protsedura) bilan ma`lumotlarni muhofaza qilish algoritmi dasturiga o`zgartirishlar kiritish.

  4. Boshqa foydalanuvchilarni yolg`on ma`lumotlar asosida muhofaza protokolini buzishga undash.

  5. Protokolni buzish bilan ushbu muhofaza protokoliga ishonchni yo`qotishga olib keladigan ochiqdan-ochiq hatti-harakatlar.

  6. Axborot tizimining boshqa foydalanuvchilariga ma`lumotlarni sifatli uzatilishiga, xususan uzatilayotgan ma`lumotga yaqqol sezilmaydigan texnik, dasturiy va boshqa uslublar bilan halaqit bergan holda, uzatilgan ma`lumotning haqiqiyligini (autentifikatsiyasini) rad etishga olib keladigan hatti-harakatlar.

Kriptografik algoritmning bardoshlilik darajasi qanchalik mustahkam bo`lishidan qathiy nazar, axborotlar tizimining faoliyat jarayonlarini buzish usullari mavjud bo`lib, bu usullar kriptografik algoritmning bardoshlilik darajasiga bog`liq emas. Masalan, kalitlarni taqsimlash jarayoni protokolining kamchiligi bilan, bir nechta foydalanuvchilar o`z kalitlarini bir-birlariga oshkor qilgan hollarda, kriptografik algoritimning maxfiyligiga zarar yetkazilishi mumkin. Umuman olganda axborot-kommunikatsiya tizimi foydalanuvchilarining protokol bo`yicha ishlash jarayoni kamchiligi kriptoalgoritm bardoshlilik darajasining sunhiy ravishda pasayishiga olib keladi. Bunday kamchiliklarni oldini olishda protokolning bir qismi ikkinchi qolgan qismi to`g`risidagi ma`lumotni muhofazalangan holda axborotlar tizimi bo`yicha ochiq (maxfiy bo`lmagan) aloqa tarmog`i orqali uzatilishini tahminlash imkonini berishi kerak.

Shennon kriptografik tizimlarning (tizimlarning) bardoshliligi masalasiga ikki xil nuqtai nazar bilan qaradi. Birinchidan, nazariy bardoshlilik masalasini ko`rdi: «Raqib kriptotahlilchisi kriptografik tizimning kriptotahlili uchun yetali darajadagi texnik va boshqa kerakli vositalarga ega bo`lsa hamda kriptotahlil muddati chegaralanmagan bo`lsa, ushbu kriptografik tizimning bardoshliligi qanday?». Kriptografik tizimning nazariy bardoshliligi tushunchasi kriptografik tizimlarni baholashga aniqlik kiritadi, lekin bardoshliligi yuqori bo`lgan kriptotizimlarning yaratilishi nuqtai nazardan tushkunlikka olib keladi. Amalda ko`plab hollarda nazariy bardoshli kriptotizimlarning yaratilishi maxfiy kalit hajmining cheksiz katta bo`lib ketishi masalasi bilan bog`liq. Shuning uchun Shennon kriptotizimlarning amaliy bardoshliligi masalasini ham ko`rdi, agar raqib kriptotahlilchisi kriptotahlil uchun yetarli darajadagi vositalar bilan tahminlanmagan bo`lsa va analiz muddati cheklangan bo`lsa kriptotizimning bardoshliligi qanday? Shu yerda alohida tahkidlab o`tamizki, ochiq kalitli kriptotizimlar amaliy bardoshli bo`lib, nazariy bardoshli bo`lishlari shart emas.



Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish