1-mavzu. Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Milliy  g’oyaning  shakllanish  tarixi,  rivojlanish  qonuniyatlari,  amal



Download 333,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana24.09.2021
Hajmi333,49 Kb.
#184126
1   2   3   4
Bog'liq
1-мавзу маъруза

Milliy  g’oyaning  shakllanish  tarixi,  rivojlanish  qonuniyatlari,  amal 

qilish printsiplarini urganish fanning predmeti sifatida

 “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmetini 

milliy  go‘yaning  shakllanish  tarixi,  rivojlanish  qonuniyatlari  va  amal  qilish 

prinsiplari, “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy tushuncha va tamoyillari haqidagi 

bilimlar tashkil etadi. 

Milliy  g‘oya  bilan  yoshlarimizni  qurollantirish,  ertangi  baxtli  kelajakka 

ishonch  va  umid  ruhini  qaror  toptirish  milliy  mafkuramizning  o‘zagini  tashkil 

etmog'i  lozim.  Yoshlarda  sog'lom  tafakkur  va  ilmiy  dunyoqarashni  shakllantirish, 

ularda  el-yurt  oldidagi  ma'naviy  burchini  to‘g'ri  anglashni,  milliy  g‘oya  orqali 

milliy  urf-odat  va  an'analarimizga  mehr-muhabbatni  uyg'otishni,  ularni  mustaqil 

fikrlaydigan kishilar qilib tarbiyalashni taqozo etadi. 

“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fani yoshlarda milliy 

g'urur, mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, daxldorlik, fidoyilik, vatanparvarlik, xalq 

ishiga  kamarbastalik  ruhini  shakllantirishda  samarali  vosita  hisoblanadi.  Mazkur 

fanning qonun qoidalari, tushunchalarini o‘rganishdan oldin quyidagilarga alohida 



e'tibor berishimiz kerak: 

- yoshlarimiz ongi va qalbida ezgu g‘oyalarlarga sadoqat tuyg'usini uyg'otish 

asosida mafkuraviy immunitetini kuchaytirish; 

“Harakatlar strategiyasi”ning asosiy tushuncha va tamoyillarini anglatish



yoshlarni  ongli  yashashga,  o‘z  aqli,  fikriga,  ezgu  insoniy  mafkuraga,  aniq 

milliy g‘oyaga suyanib yashashga o‘rgatish; 

globallashuv  avj  olayotgan  davrda  mafkuraviy  xurujlarning  mohiyatini 



ochib berish; 

axborot  xurujlariga  qarshi  tura  oladigan  barkamol  inson  tarbiyasini 



kuchaytirish; 

mafkuraviy profilaktika orqali sog'lom e'tiqodni shakllantirish; 



yoshlarda Vatan kelajagi, xalq farovonligiga daxldorlik hissini uyg'otish; 

mafkuraviy tahdidlar va ularga qarshi kurashning samarali yo‘llari, usullari 



haqida ilmiy asoslangan tavsiyalarga e'tibor qaratishimiz zarur. 

“Milliy  g‘oya:  O  ‘zbekistonni  rivojlantirish  strategiyasi”  fanining  asosiy 

maqsadi  yoshlarga  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  O‘zbekistonning 

rivojlanish  strategiyasining  g‘oyaviy  asoslari,  maqsad  va  vazifalari,  amalga 

oshirish  shart-sharoitlari  hamda  omillarini  o‘rgatish  va  ularda  goyaviy 

kurashchanlik, mustaqil dunyoqarashlarini yanada mustahkamlashdan iborat. 

Fanning vazifalari-talabalarga: 

-milliy g‘oya va mafkura rivojlanishining tarixiy bosqichlari va uning nazariy 

konseptual asoslari; 

-milliy  mafkurada  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  uyg'unligi,  g‘oyalar 

xilma-xilligi va mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy taraqqiyotga ta'siri; 

-O‘zbekistonni 

rivojlantirishning 

Harakatlar 

strategiyasi-milliy 

taraqqiyotning g‘oyaviy asosi ekanligi; 

-globallashuv davrida axborot makoni va g‘oyaviy mafkuraviy kurashlar; 

milliy g‘oyaga daxldorlik hissi - barqaror taraqqiyot omili ekanligi; 



-milliy  g‘oya  targ'ibotida  innovasion  texnologiyalardan  foydalanish  haqida 

ilmiy nazariy bilim berishdan iborat. 

Strategiya  -  rejalashtirilgan,  uzoq  muddatga  mo‘ljallangan  yo‘l  hisoblanadi. 

Mamlakatimizda  Prezidentimiz  Shavkat  Mirziyoyevning  bevosita  tashabbusi  va 

rahbarligida  qabul  qilingan  hamda  izchil  amalga  oshirilayotgan  O‘zbekiston 

Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalish  bo‘yicha  Harakatlar 

strategiyasi

1

  taraqqiyotning  yangi  bosqichini  boshlab  berdi.  Harakatlar 



strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 

I. 


Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish. (Osmon ko‘k rang - osmon 

va toza suv ramzi, buyuk Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi). 

II. 

Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish. 




(Binafsha rang - qoida va taqvo ramzi, adolat elementlar). 

III. 


Iqtisodiyotni  yanada  rivojlantirish  va  liberallashtirish.  (oltin  rang  -  kuch 

va boylik ramzi, iqtisodiy rivojlanish elementlar). 

IV. 

Ijtimoiy  sohani  rivojlantirish.  (Qizil  -  hayot  ramzi,  munosib  hayot 



standartlari). 

V. 


Xavfsizlik,  millatlararo  totuvlik  va  diniy  bag‘rikenglikni  ta’minlash, 

chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. (Oq - 

tinchlik va poklik ramzi, tinchliksevar siyosati elementlari). 

Mamlakatimiz  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  davlat  rahbari  sifatidagi 

dastlabki  nutq  va  ma’ruzalaridayoq  “Xalq  davlat  idoralariga  emas,  balki  davlat 

idoralari  xalqimizga  xizmat  qilishi  kerak”,  “Xalq  boy  bo‘lsa,  davlat  ham  boy  va 

qudratli bo‘ladi” degan g‘oyalarni o‘rtaga tashladi. 

1. 

Milliy  go‘yaning  mustaqil  demokratik  taraqqiyotni  ta’minlashning 

muhim sharti ekanligi. 

“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fani mamlakatimizda 

amalga  oshirilayotgan  O‘zbekistonning  rivojlanish  strategiyasining  g‘oyaviy 

asoslari,  maqsad  va  vazifalari,  amalga  oshirish  shart-sharoitlari  hamda  omillari 

haqida tasavvurga ega bo‘lishni; 

Milliy g‘oya va mafkura rivojlanishining tarixiy bosqichlari va uning nazariy 

konseptual  asoslari  haqida,  milliy  mafkurada  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar 

uyg'unligi,  g‘oyalar  xilma-  xilligi  va  mafkuraviy  jarayonlarning  ijtimoiy 

taraqqiyotga ta'sirini milliy g‘oya - O‘zbekiston 

'O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O’zbekiston  Respublikasini  yanada 

rivojlantirish  bo’yicha  Harakatlar  strategiyasi  to’g’risida”gi  2017-yil  7-fevraldagi 

PF-4947-sonli Farmoni. 

demokratik  taraqqiyotining  muhim  omili  ekanligini  singdirishni,  O‘zbekistonni 

rivojlantirishning  Harakatlar  strategiyasi  -  milliy  taraqqiyotning  g‘oyaviy  asosi 

ekanligi haqida ilmiy va nazariy masalalarni bilishi va ulardan foydalana olishni; 

Bugungi  globallashuv  davrida  axborot  makoni  va  g‘oyaviy  mafkuraviy 

kurashlar,  Milliy  g‘oyaga  daxldorlik  hissi  -  barqaror  taraqqiyot  omili  ekanligi, 

milliy  g‘oyani  targ'ibot qilishda innovasion  texnologiyalardan foydalanish  haqida 

nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab qiladi. 

Milliy g‘oya qanday g‘oya ekanligiga to‘xtalishdan oldin, g‘oya tushunchasi, 

belgilari, turlari haqida tasavvurga ega bo‘lishimiz kerak. 

“G‘oya”  aslida  arabcha  so‘z  bo‘lib,  o‘zbek  tilida  -  maqsad,  intilish,  niyat, 

qasd degan ma’nolarni anglatadi

1

 



G‘oya  voqelik  va  hayot  ta’sirida  uni  aks  ettirish  asosida  inson  tafakkurida 

vujudga  keladigan,  ijtimoiy  xarakterga  ega  bo‘lgan,  ruhiyatga  kuchli  ta’sir 

                                                 

1

O’zbek tilining izohli lug’ati. J.5.-T.: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. 455-bet. 




o‘tkazib,  jamiyat  va  insonlarni  harakatga  chorlaydigan,  maqsad-muddao  sari 

yetaklaydigan kuchli, teran fikr, dunyoni bilishning o‘ziga xos shakllaridan biridir. 

U  shaxs,  jamiyat,  ijtimoiy  guruh  ,  partiya  va  boshqalarning  muayyan 

maqsadlarini  ifodalaydi,  ularni  bu  yo‘lda  birlashtiradi,  uyushtiradi,  faoliyatga 

undaydi,  safarbar  qiladi.  G‘oyaning  namoyon  bo‘lish  xususiyatlari,  o‘ziga  xos 

belgilariga quyidagilar kiradi: 

1. 

G‘oya  eng  avvalo,  muayyan  maqsadni  ifodalaydi,  insonlarni  ana  shu 



maqsadga erishish uchun chorlaydi, safarbar etadi. 

2. 


G‘oya  hayotiy  va  ilmiy  dalillarga  asoslangan  holda  ish  ko‘radi,  faoliyat 

olib boradi. 

3. 

G‘oya biron-bir ijtimoiy voqelikning in’ikosi bo‘lib obyekt va subyektning 



o‘zaro dialektik birligiga asoslanadi. 

4. 


G‘oya muayyan mafkura uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 

5. 


G‘oya nazariy va amaliy bilimlar birligiga tayanadi. 

6. 


G‘oya biron-bir farazni ifodalaydi. 

G‘oyalar namoyon bo‘lish xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarga: bunyodkor 

va  vayronkor;  ilmiy  va  xayoliy;  falsafiy;  dunyoviy  va  diniy;  badiiy;  ijtimoiy-

siyosiy; sinfiy, milliy, umumxalq va umuminsoniy; ma’naviy va ma’rifiy; axloqiy 

va estetik; tarbiyaviy va 

hokazolarga bo‘lamiz. 

G‘oyaning jamiyat taraqqiyoti uchun muhim turlaridan biri milliy g‘oyadir. 

Milliy  g‘oya-1)  millatning  o‘tmishi,  buguni  va  istiqbolini  o‘zida 

mujassamlashtirgan, uning  tub  manfaatlari  va  maqsadlarini  ifodalab,  taraqqiyotga 

xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oya shakli. 2) Mustaqillik yillarida shakllangan, o‘ziga 

xos  falsafiy  asosi,  ilmiy-nazariy  va  tarixiy  ildizlarga  ega  yaxlit  ta'limot.  Buyuk 

davlat  va  jamoat  arbobi  I.A.Karimov  tomonidan  yaratilgan  ushbu  ta'limot 

mamlakat taraqqiyotining ob’ektiv zarurati, milliy rivojlanishning qonuniy hosilasi 

sifatida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etayotgan xalqimizning 

maqsad-muddaolari va orzu- intilishlarini ifodalaydi. 

Mustaqillikning  ilk  kunlaridanoq  birinchi  Prezidentimiz  tomonidan  milliy 

g‘oyaning asosiy tushuncha va tamoyillari, mezon va xususiyatlari belgilab olindi. 

Birinchi Prezident Islom Karimovning 1998 yil “Tafakkur” jurnali bosh muharriri 

bilan suhbatidan “Jamiyat mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat 

etsin”, 2000 yil “Fidokor” gazetasi muhbiri bilan savol-javoblarida “Milliy istiqlol 

mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir” nomli ma’ruzalarida shu 

yili  chop  etilgan  “Milliy  istiqlol  g‘oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar” 

risolasida,  “Yuksak  ma’naviyat-yengilmas  kuch”  va  boshqa  bir  qator  asar  va 

ma’ruzalarida milliy g‘oya asoslab berildi. 

Xususan,  milliy  g‘oyaga  Prezidentimiz  quyidagicha  ta'rif  beradi:  “Milliy 




Download 333,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish