1-mavzu. Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Download 333,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana24.09.2021
Hajmi333,49 Kb.
#184126
1   2   3   4
Bog'liq
1-мавзу маъруза

g‘oya  deganda,  ajdodlardan  avlodlarga  o‘tib,  asrlar  davomida  e'zozlab 

kelinayotgan,  shu  yurtda  yashayotgan  har  bir  inson  va  butun  xalqning  qalbida 

chuqur ildiz otib, uning ma'naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta'bir 

joiz  bo‘lsa,  har  qaysi  millatningeng  ezgu  orzu-intilish  va  umid-maqsadlarini 

o‘zimizga  tasavvur  qiladigan  bo‘lsak,  o‘ylaymanki,  bunday  keng  ma'noli 

tushunchaning mazmun- mohiyatini ifoda qilgan bo‘lamiz”. 

2001-yil  18-yanvarda  O‘zbekiston  Prezidentining  «Milliy  istiqlol  g‘oyasi: 

asosiy  tushuncha  va  tamoyillar»  fani  bo‘yicha  ta’lim  dasturlarini  yaratish  va 

Respublika  ta’lim  tizimiga  joriy  etish  to‘g’risida»gi  Farmoyishi  qabul  qilindi

5



Shuningdek,  2006-yil  25-avgustda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 



«Milliy  g‘oya  targ’iboti  va  ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  samaradorligini  oshirish 

to‘g’risida»  Qarori,  2017-yil  28-iyulda  “Ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  samaradorligini 

oshirish  va  sohani  rivojlantirishni  yangi  bosqichga  ko‘tarish  to‘g’risida”  gi  PQ-

3160-son Qarori

7

 qabul qilindi. 



Insoniyat taraqqiyoti biron-bir jamiyatning ezgu g‘oyalar va mafkurasiz 

rivojlana  olmasligini  tasdiqlab  kelmoqda.  Milliy  g‘oya  har  bir  jamiyat  ijtimoiy  -

siyosiy  taraqqiyotini  ta'minlovchi  milliy  omil  sifatida  namoyon  bo‘ladi. 

Ajdodlarimiz  jamiyatning  barcha  bosqichlarida  jamiyat  a'zolari  tafakkuriga 

ezgulikka  va  bunyodkorlikka  chorlovchi  g‘oyalarni  singdirib  kelganlar.  Masalan, 

zardushtiylik dinining “Avesto” kitobidagi g‘oyaviy konsepsiya - “Ezgu fikr, ezgu 

so‘z va ezgu amal” tamoyili buning yorqin dalilidir. Milliy g‘oya o‘z mohiyatiga 

ko‘ra, xalq, millat taqdiriga daxldor, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak 

bo‘lgan vazifalar va mo‘ljallarni ham aks ettiradi. O‘z davrida (1941-1945 yillarda) 

fashistlar  bosib  olgan  Fransiyada  “qarshilik  ko‘rsatish”  g‘oyasining  milliy  g‘oya 

darajasiga  ko‘tarilgani  va  bu  mamlakat  ozod  etilishi  bilan  o‘z  ahamiyatini 

yo‘qotgani  fikrimizga  dalil  bo‘la  oladi.  Muayyan  g‘oyaning  milliy  g‘oya  sifatida 

maydonga chiqishi millatning mavjud holati bilan bevosita bog'liqdir. Chunki, ana 

shu  negizga  tayangan  holdagina  u  millatning  qisqa  yoki  uzoq  vaqtda  erishishi 

lozim bo‘lgan maqsad-muddaolari va mo‘ljallarini to‘g'ri ifodalay olishi mumkin. 

Har bir xalq o‘z tarixining burilish nuqtalarida, avvalo mafkura masalasini, uning 

o‘zagini  tashkil  etadigan,  o‘ziga  xos  birlashtiruvchi  yadro  vazifasini  o‘taydigan 

ijtimoiy g‘oyani shakllantirish muammosini hal qiladi. 

Mamlakatimiz  uchun  milliy  g‘oya  haqidagi  masalaning  bugungi  amaliy 

ahamiyati  shundaki,  biz  yangi  jamiyat  qurish,  mustaqil  demokratik  taraqqiyot 

davrini boshdan kechirmoqdamiz. Aynan shunday paytda aholining turli qatlamlari 

manfaatlarini  himoya  qiluvchi  xilma-xil  qarashlar  shakllanishi  mumkin.  Bunday 

sharoitda  millat  va  jamiyatning  parokanda  bo‘lib  ketishiga  aslo  yo‘l  qo‘yib 

bo‘lmaydi.  Aks  holda  siyosiy,  huquqiy,  iqtisodiy  islohotlar  o‘z  ahamiyatini 

yo‘qotadi, mustaqillik yo‘lida g'ovlar paydo bo‘ladi. 



Milliy g‘oya mamlakatimizda erkin, huquqiy-demokratik, fuqarolik jamiyati 

asoslarini  mustahkamlash,  milliy  g‘oyani  jamiyatimiz  a'zolari  ongiga  singdirish, 

milliy  g‘oya  va  “Harakatlar  strategiyasi”da  ustuvor  yo‘nalishlari  sifatida  belgilab 

berilgan  qadriyatlar  targ'ibotiga  e'tibor  qaratish,  xalqimizning  milliy  o‘zligini 

anglab,  mustaqillikni  mustahkamlash  ishiga  kamarbasta  bo‘lishini  ta'minlashda 

muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ma'lumki,  g‘oya,  ya'ni  maqsad  ko‘p  hollarda 

amaliyotdan  ilgari  yuradi.  Avval  muayyan  g‘oya  jamiyat  a'zolarining  umumiy 

maqsadi  sifatida  ilgari  surilib,  so‘ng  ushbu  maqsadni  bajarish  uchun  amaliy 

faoliyat  boshlanadi.  Shu  jihatdan  ham  milliy  g‘oya  o‘zligimizni  anglab  ijtimoiy 

taraqqiyot  va  barqarorlikni  ta'minlashimiz  yo‘lida  muhim  omil  bo‘lib  xizmat 

qiladi.  “Yuksak  ma'naviyat  -  yengilmas  kuch”  asarida  ta'kidlangan  quyidagi  fikr 

mazkur yo‘nalishdagi faoliyat uchun asosiy mezondir: “Endilikda oldimizda turgan 

eng muhim vazifa — ana shu yuksak tushunchalar bilan birga milliy g‘oyamizning 

uzviy  tarkibiy  qismlarini  tashkil  qiladigan  komil  inson,  ijtimoiy  hamkorlik, 

millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik kabi tamoyillarning  ma'no-mohiyatini 

bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy, ta'lim-tarbiya 

ishlarining markaziga qo‘yish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish, yosh avlodimizni 

har  tomonlama  mustaqil  fikrlaydigan  yetuk  dunyoqarash  egalari  qilib 

tarbiyalashdan iborat”. 

Shunday qilib, milliy g‘oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o‘z 

oldiga qo‘ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g‘oyadir. 

Milliy  g‘oya  -  u  yoki  bu  millat,  xalq,  elatning  milliy  an’analarini,  turmush 

tarzini  va  tanlab  olgan  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  ma’naviy  tizimni  va  umuman 

milliy 


manfaatlarni 

himoya 


qiladigan, 

qo‘llab-quvvatlaydigan, 

ularni 

mustahkamlash uchun ko‘maklashadigan qarashlar majmuidan iborat. O‘z tarixi va 

taraqqiyotining  tub  burilish  davrlarida  har  qanday  millat  va  xalq  kelajagini 

belgilaydi,  unga  etishning  o‘ziga  mos  yo‘llarini  tanlaydi.  Ana  shu  jarayonga  xos 

ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy  yo‘nalishlar  bilan  barcha  g‘oyaviy  tamoyillarini  ham 

belgilab oladi. Bunda butun millat uchun umumiy bo‘lgan g‘oyalar nihoyatda katta 

ahamiyat  kasb  etadi.  «Milliy  g‘oya:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar»  risolasida 

O‘zbekiston  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov  tomonidan  nazariy  jihatdan 

asoslab  berilgan  «Vatan  ravnaqi»,  «Yurt  tinchligi»,  «Xalq  farovonligi»,  «Komil 

inson»,  «Ijtimoiy  hamkorlik»,  «Millatlararo  hamjihatlik»,  «Diniy  bag’rikenglik» 

kabi g‘oyalar ana shunday umummilliy g‘oyalar qatoriga kiradi. 

Milliy g‘oya orqali yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, 

vatanparvarlik  fazilatlarini  mustahkamlash  va  unga  yo‘naltirish  muhim  ahamiyat 

kasb etadi. 

Milliy  g‘oyaning  umuminsoniy  qadriyat  tamoyillari  insonparvarlik,  inson 

qadr-qimmati  sha’ni  va  or-nomusi,  haq-huquqlari  hamda  manfaatlarining 




ustuvorligi  printsipiga  tayanadi.  Unda  insonning  hayoti  oliy  qadriyatdir.  Bu 

tamoyil  o‘tkinchi  xarakterga  ega  bo‘lmay,  balki  O‘zbekistonning  demokratik 

rivojlanish  istiqbolini  o‘zida  mujassam  etadi.  Bunda  milliy  g‘oyaning 

insonparvarlik  va  demokratik  tamoyillari  inson  hamda  jamiyat  manfaatlari 

uyg’unligini  belgilab  beruvchi  tayanch  nuqta  va  jipslashtiruvchi  omil  vazifasini 

o‘taydi.  Demak,  milliy  g‘oya  ikki  muhim,  bir-biri  bilan  bog’liq  bo‘lgan  negizga 

tayanadi.  Bu  bir  tomondan,  O‘zbekiston  xalqining  tarixi,  turmush  tarzi,  urf-odat, 

an’analari, madaniyati bilan bog’liq milliy-madaniy meros bo‘lib, bu uning asosi, 

bosh  negizi,  tayanchi  hisoblanadi.  Ikkinchisi,  dunyo  xalqlari  e’tirof  etib,  faqat 

ezgulikka,  bunyodkorlik  ishlariga,  o‘zaro  totuvlik  va  hamjihatlikka  xizmat  qilib 

kelayotgan umuminsoniy  tamoyillardir.  Shu  ma’noda  milliy  g‘oya  umumbashariy 

qadriyatlarni e’tirof etadi. 

Milliy qadriyatlarga sodiqlik - milliy g‘oyaning tayanch negizlaridan biridir. 

Bu  tamoyil  yoshlarda  o‘z  milliy  qadriyatlarini  asrab-avaylash, kelajak  avlodlarga 

yetkazishi  uchun  to‘la  imkoniyatlar  yaratilishini  ifodalaydi.  O‘tmishdan  qolgan 

buyuk  madaniy  boyliklarimiz,  mumtoz  qadriyatlarni  hurmat  qilish,  ularni  ijodiy 

jihatdan o‘rganish - bu prinsipning asosiy jihatidir. Milliy g‘oyaning umuminsoniy 

va  milliy  qadriyatlarga  sodiqlik  tamoyillari  bir-birini  boyitadi,  ayni  paytda  o‘zaro 

mushtaraklikda rivojlanadi. 

Yoshlarda  vatanparvarlik  fazilatlarini  mustahkamlash  va  unga  yo‘naltirish 

milliy  g‘oyamizning  asosiy  yo‘nalishlaridandir.  Vatanparvarlik-Vatanining 

ozodligi  va  obodligi,  uning  sarhadlari  daxlsizligi,  mustaqilligining  himoyasi 

yo‘lida  fidoyilik  ko‘rsatib  yashash,  ona  xalqining  or-nomusi,  shon-sharafi,  baxtu 

saodati  uchun  kuch-g'ayrati,  bilim  va  tajribasi,  butun  hayotini  baxsh  etishdek 

dunyodagi eng muqaddas va olijanob faoliyatni anglatadigan insoniy his-tuyg'udir. 

Vatanparvarlik  -  ona-yurtning,  xalqning  tarixi  va  taqdiriga  chuqur  hurmat 

bilan  karaydigan,  Vatan  manfaatlari  yo‘lida  fidoiylik  namunalarini  ko‘rsatishga 

qodir bo‘lgan shaxslarga xos fazilat. 

Vatanparvarlik  bu-yurtimizda  mavjud  bo‘lgan  salohiyat  va  boyliklarni  ishga 

solish, ulardan oqilona foydalanish, o‘z kuch imkoniyatimizga, ota-onalarimizdan 

kolgan  bebaxo  meros,  milliy  urf-odat  va  an'analariga  suyanish,  qadriyatlarni 

tiklash,  bir-birimizga  yelkadosh  bo‘lish  ehtiyojini  har  tomonlama  tushunib  yetish 

demakdir. 

Vatanparvarlik,  bu  -  O‘zbekistonda  hukm  surayotgan  tinchlik  va 

osoyishtalikni,  jamiyatimizdagi  bunyodkorlik  muxitini,  biz  barpo  etayotgan 

farovon va osuda xayotni tuzish, tabora kuchga kirayotgan davlatimizni ag'darish, 

tanlagan  yo‘limizdan  qaytarish,  odamlarning  yuragiga  vahima  va  qo‘rquv  solish 

hisobidan  ularning  ertangi  kuniga  bo‘lgan  ishonchini  yo‘qotish,  bir-biriga  qarshi 

qo‘yish, yurtimizda, mintakamizda o‘z manfaati, o‘z siyosatini o‘tkazishga harakat 



qilayotgan g'animlarga qarshi kurash demakdir. 

Hozirgi  paytda  yoshlarimizda  vatanparvarlik  tuyg'usini  kamol  toptirish, 

ularni  Vatanga  muxabbat  va  sadoqat  ruhida  tarbiyalash  muhim  ahamiyatga  ega. 

Inson  o‘z  yurtini  qanday  bo‘lsa  shundayligicha  sevishi,  uning  rivoji  uchun  bor 

imkoniyatlarini  ishga  solishi  lozim.  Vatanparvarlik  kishilarda  asosan  uch 

bosqichda namoyon bo‘ladi: 

1) 

bilish - Vatan tushunchasiga xos kadriyatlarni egallash; 



2) 

e'tiqod  -  mazkur  qadriyatlar  to‘g'risida  olgan  bilimlarini  e'tiqodga 

aylantirish; 

3) 


harakat - bu e'tiqodni amaliy ishlar orqali namoyon etish. 

Birinchi  Prezidentimiz  ta'kidlaganidek,  “Barchamizga  ma'lumki,  inson 

o‘zligini  anglagani,  nasl-nasabini  chuqurroq  bilgani  sari  yuragida  Vatanga 

muhabbat  tuyg'usi  ildiz  otib, ulg'aya  boradi.  Bu  ildiz  qancha  teran  bo‘lsa, tug'ilib 

o‘sgan  yurtga  muxabbat  ham  shu  qadar  yuksak  bo‘ladi.  Albatta,  jahon  -  keng, 

dunyoda mamlakat ko‘p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O‘zbekistonimiz 

yakkayu yagona. Bu go‘zal yurt, bu muqaddas zamin faqat bizga atalgan”. 

2. 


“Milliy  g’oya:  O’zbekistonni  rivojlantirish  strategiyasi”  fanining 

konuniyatlari, asosiy tushunchalari, g’oyaning jamiyat rivoji bilan uzviy boglikligi 

va unga ta’siri.. 

 “Milliy 

g‘oya,  O‘zbekistonni  rivojlantirish  strategiyasi”  fanining 


Download 333,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish