1-Mavzu: O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi asoslari Reja


Xavf yuz berishi mumkin bo‘lgan quyidagi tok qiymatlarini ajratish mumkin. (1-jadval)



Download 351,81 Kb.
bet14/29
Sana10.03.2022
Hajmi351,81 Kb.
#488430
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
maruza mehnat

Xavf yuz berishi mumkin bo‘lgan quyidagi tok qiymatlarini ajratish mumkin. (1-jadval)





Tok

Ta’sir xolati

Inson tanasidan o‘tayotgan




ta’sirining




tokning kuchi (A)




xillari




o‘zgaruvan

o‘zgarmas

1

Sezadigan

qo‘l panjalari engil titraydi













va issiqlik seziladi.

0,5-1,5

5-7

2

qo‘yib

qo‘llarda qattiq og‘riq










yuboradigan

bilinadi, qiziydi

8-10

20-25

3

Ushlab

qo‘llarni ushlab qoladi, shok










qoladigan

xolati kuzatiladi, nafas olish

20-25

50-80







qiyinlashadi, yurak













faoliyatida o‘zgarish bo‘ladi







4

O‘limga olib

YUrakning to‘xtashi










keladigan

kuzatiladi, falaj, o‘lim holati

90-100

500







namoyon bo‘ladi







Odam kuchlanish ostida turgan narsadan mustaqil ravishda qo‘lini tortib olishga qodir holdagi eng katta tok qo‘yib yuboradigan maksimal tok deb ataladi. Erkaklar uchun qo‘yib yuboradigan maksimal toklar 9 dan 23 mA gacha chegaralarda, ayollar uchun esa 6 dan 16 mA gacha chegaralarda bo‘ladi. Elektr toki urishi natijasida yuz bergan o‘lim hodisalarniV.E. Manoylov tomonidan tekshirilishi shu narsani ko‘rsatdiki, 18 % o‘lim 5 mA gacha bo‘lgan tokda, 24 %i esa 5-10 mA tokda yuz bergan. Statistika bo‘yicha o‘lim yuz bergan eng kichik tok 0,8 mA tashkil qilgan.


Odamlarning kichik toklar ta’sirida ham halok bo‘lishi ehtimoli borligiga sabab shuki, elektr toki urishining natijasi tokning yurakka yoki nafas olish organlariga bevosita ta’sir etishiga bog‘liq bo‘lmasdan, balki tokning turli tuman individual xususiyatlariga ega bo‘lgan asab sistemasiga ta’sir etishiga ham bog‘liqdir. Elektr tokidan jarohatlanishda odam tanasining qarshiligi katta ahamiyatga ega. Odam tanasining tok ta’siriga qarshiligi 400 dan 100 000 Om chegarasida o‘zgarib turadi va texnik hisoblashlar uchun inson organizmi qarshiligi 1000 Om qabul qilingan. Odam tanasining elektr toki ta’siriga qarshilik ko‘rsatishi asab sistemasining holatiga va kishining sog‘ligiga bog‘liq. CHarchaganda, kasallanganda, terlaganda, elektr qurilmalardan ishlayotganda diqqat e’tibor boshqa narsaga chalg‘iganda organizmning elektr toki ta’siriga qarshiligi keskin pasayadi. YUragi kasal, terisida qichima kasalligi bor, oshqozoni yara, epilepsiya bilan og‘rigan, jigari hamda buyragi kasal kishilar elektr qurilmalari bilan ishlashga qo‘yilmaydi. Terining qarshiligi ta’sir etayotgan kuchlanishga ham bog‘liq, chunki 10. . . 38 V kuchlanishdayoq terining yuqorigi, shoh qatlami teshila boshlaydi. Kuchlanish 127-220 V va undan yuqori bo‘lganda teri tananing qarshiligiga deyarli ta’sir qilmaydi.


Elektr qurilmalarida qo‘llaniladigan kuchlanishlar odamlarni shikastlash xavfi darajasiga ko‘ra uch (3) turga bo‘linadi.


Past voltli-12 va 42 V.
O‘rta voltli-42 dan 1000 V gacha.

YUqori voltli-1000 V dan ortiq.


Past voltli kuchlanish shartli ravishda xavfsiz hisoblanadi, ammo muhitga bog‘liq ravishda bunday kuchlanish ham xavf tug‘dirishi mumkin.


Elektr toki bilan jarohatlanish xavfi darajasiga ko‘ra xonalar uch sinfga bo‘linadi:




1 – Xavfliligi oshmagan xonalar, bu xonalarda quyidagi ikki sinfga oid xonalarning belgilari bo‘lmaydi.
2 –Xavfliligi oshgan xonalar bu xonalarda quyidagi belgilardan biri bo‘ladi:



    1. zax, ya’ni havosining nisbiy namligi uzoq vakt mobaynida 75% dan ortiq bo‘ladigan xonalar;




    1. ishlab chiqarish sharoitiga ko‘ra simlarga o‘tiradigan, mashina va apparatlarning ichiga kiradigan miqdorda ajralib chiqadigan o‘tkazuvchi changli xonalar;




    1. tok o‘tkazadigan polli xonalar (tuproqli, ho‘l yog‘och pollar).




    1. issiq xonalar (t *300 S dan ortiq xonalar).



3 – O‘ta xavfli xonalar, ularda quyidagi belgilardan biri bo‘ladi:



  1. o‘ta zax xonalar (havoning nisbiy namligi 100% ga yaqin, bunda ship. devor va qamma narsalar nam bo‘ladi).




  1. izolyasiyani emiradigan ximiyaviy aktiv bug‘i, gazi bo‘lgan xonalar.

Bu sinflardagi xonalarning birinchisiga, masalan, er bilan tutashmagan elektr asboblari bo‘lgan o‘quv laboratoriyalari kiradi. Ikkinchi sinfga, masalan, poli er bo‘lgan omborlarni, uchinchi sinfga esa teplitsa, hammom, sigirxonalarni kiritish mumkin.


3).Odamlarni elektr tokidan shikastlanishining asosiy sabablari.


Mehnat ta’limi dasrlaridan, odatda, o‘zgaruvchan elektr tokidan foydalaniladi. Ko‘pgina jihozlar 380 V kuchlanish bilan ishlaydi, yoritish uchun esa 220 va 127 V kuchlanishlardan foydalaniladi. Odamlarni elektr tokidan shikastlanishiga quyidagilar sabab bo‘ladi:



  1. Elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining buzilishi;

2.Elektr jihozlarining kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazadigan metal qismlarga tegib ketishi;





  1. Xavfsiz mehnat usullarini bilmaslik:




  1. Odam turgan er qadam kuchlanishining paydo bo‘lishi.

Elektr toki urishiga kishining elektr zanjiriga ulanib qolishi (tegib ketishi) sabab bo‘ladi. Elektr tokiga ulanib qolishning ikki xil shakli bor: ikkita sim orasida ulanib qolish va sim bilan er orasida ulanib qolish. Ikkala holda ham shikastlanish darajasi kuchlanish kattaligiga, pol va poyafzal himoyalanishining holatiga, ishlab chiqarish xonasidagi muhit sharoitiga, simlarga tekkan paytda kishining holatiga bog‘liq. Tana, qo‘llar orqali tok o‘tishi eng xavfli hisoblanadi, chunki tok o‘tadigan yo‘lda yurak, o‘pka, miya joylashgan.


Elektr tokidan shikastlanish ko‘proq odamning elektr simlari va qurilmalariga qanday bog‘langanligi bilan baholanadi. Insonning ikkita sim orasida ulanib qolishi (1-rasm), eng xavfli hisoblanadi, chunki bunda odam tanasiga ushbu tarmoqdagi eng katta kuchlanish-liniya kuchlanishi ta’sir qiladi va shu sababli odam orqali eng katta qiymatli tok o‘tadi:





bu erda: I 0 -odam tanasi orqali o‘tayotgan tok, A;





Download 351,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish