1-Mavzu: O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi asoslari Reja



Download 351,81 Kb.
bet8/29
Sana10.03.2022
Hajmi351,81 Kb.
#488430
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
maruza mehnat

6-mavzu: Kompyuter xonalarida ishlab chiqarish muhitining metrologik sharoitlari

Reja
1.Inson organizmining tashqi muhitga moslashuvi


2.Mikroiqlim va ishlab chiqarish binolari ishchi hududining havo muhiti
3.Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik normalari va o’lchash usullari
4.Mo’tadil ob-havo sharoitini yaratish chora-tadbirlari
5.Isitish sistemalarining turlari va ularga kuyilgan asosiy talablar.

Tayanch so‘zlar:
Inson yashash muxitlari, tashqi muhitga moslashuv (termoregulyatsiya), konveksiya,mikroiqlim, havoning yuqori namligi,


Inson organizmining tashqi muhitga moslashuvi

Xayot faoliyati davomida «Inson-muxit» tizimida doimo xavf tug’ilishi mumkin bo’lgan sharoitlar bo’ladi. Inson yashash muxitlari: tashqi atrof muxit, ishlab chiqarish, maishiy, uy va x.k. tabiiy va atropogen, yashash muxiti xavfli va zararli omillari, xayot faoliyati davomida turli favqulodda vaziyatlar bo’lishi mumkin.


Inson doim atrof muxit bilan issiqlik almashinuvi jarayonida bo’ladi. Tashqi muhitga moslashuv (termoregulyatsiya)— bu inson organizmining fiziologik va kimyoviy jarayonlar asosida tana haroratining bir xil chegarada (36—37°C) saqlab turish qobiliyati demakdir. Organizmning tashqi muhitga issiqlik chiqarishi uch yo’l bilan o’tishi mumkin:





  1. Odam tanasining umumiy yuzasida infraqizil nurlanish orqali (radiatsiya orqali havo almashinuvi).




  1. Tanani o’rab turgan havo muhitini isitish (konveksiya).

  2. Terining terlab, bugglanishi va nafas olish yo’llari orqali suyuqliklarning bug’lanishi natijasida.

Xar qaysi usul bo’yicha organizm tomonidan beriladigan issiqlik miqdori ish joyidagi mikroiqlim parametrlariga bog’liq.


Ishlab chikarish binolari va ish joylarining mikroiklimi ishchining sog’ligiga va ish unumdorligiga ta‘sir etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.


Ishlab chiqarish xonalari (binolari) mikroiqlimi–bu binolar ichki muhitining meteo (iqlim) sharoitlaridir. Ular havo harorati, bosimi, namligi va harakat tezligi bilan birikma holda, shuningdek tuso‗vchi moslamalar, texnologik uskunalar va issiqlik nurlanish yuzalari haroratining inson organizmiga ta‘siri bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish mikroiqlimi normalari mehnat xavfsizligi standartlari tizimi "Ish muhiti mikroiqlimi" ga asosan belgilangan. Ular gigienik va texnik iqtisodiy negizlarga asoslangan.

Havo harorati. Past harorat organizmning sovub ketishga hamda shamollash kasalliklari chiqishiga sabab bo’ladi.


Yuqori haroratda – organizm qizib ketadi, terlaydi, mehnatga layoqat sustlashadi. Ishchi e‘tibori sustlashib, baxtsiz hodisaga olib kelishi mumkin.


Havoning yuqori namligi teri va o’pkaning ustki qismidan namlikning bug‗lanishini qiyinlashtiradi va og’ir–oqibatda organizmning termoregulyasiyasi buzilishiga, inson ahvolining yomonlashuvi, mehnatga layoqatlilikning sustlashuviga olib keladi.


Past namlikda (< 20%) – yuqori nafas yo’llarining shilliq pardalari qurib qolishi kuzatiladi. Havo harakati tezligi. Inson v=0,15 m/sek.da havo harakatini seza boshlaydi. Havo o qimining harakati uning haroratiga bog‗liq. 360 S > t da oqim insonga salqinlatuvchi ta‘sir, 400 S < t da noqulay, yomon, salbiy ta‘sir ko’rsatadi. Agar havoning tezligi 0,1 m/s dan kam bo’lsa xavo dim bo’ladi, 0,25 m/s dan ortik bo’lsa elvizak bo’ladi. Ma‘lumki, ikkala xolatda xam inson sog’ligi va ish qobiliyati yomonlashadi. Atrof muxit bilan insonning normal issiqlik almashinuvi bo’lishi uchun mikroiqlim ko’rsatkichlarining ma‘lum ko’rsatkichlarga ega bo’lishi muxim xisoblanadi. Ularning xammasi me‘yorlashtirilishi zarur. Bunda quyidagi omillar xisobga olinadi:


-yil fasllari (yilning issiq davrida havoning o’rtacha sutkalik harorati + 100 C dan yuqori, yilning eng sovuq davrida + 100 C va undan past);


-energiya sarfi darajasi bo’yicha ish kategoriyalari (I – engil, II – o’rtacha og’irlikdagi, III – og’ir ishlar);


Ilmiy tadqiqotlar natijasida mikroiqlim xolatini xarakterlovchi ushbu ko’rsatkichlarning optimal miqdorlari o’rnatilgan bo’lib, bu sharoitda ishchi o’zining barcha imkoniyatlarini ishga solish imkoniyatiga ega bo’ladi. Eng qulay sharoitlar–termoregulyasiya mexanizmlari kuchlanishisiz organizmning normal issiqlik ahvolini ta‘minlovchi hamda uzoq va muntazam insonga ta‘sir qiluvchi mikroiqlim o’lchamlarining yig’indisidir. Yuqoridagilarni xisobga olgan xolda ishlab chiqarish xonalarining mikroiklim xolatini me‘yoriy miqdorlari GOST 12.1.005-76; 12.1.088-88; «Ish joyining xavosi. Umumiy sanitar-gigienik talablar» bo’yicha SN 245-71; SNiPP 04-05-asosida o’rnatilishi talab etiladi.


Sanoat korxonalari xonalarining xarakteri, yil fasllari va ish kategoriyasiga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan normalari belgilangan.


Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan miqdorlar ko’rinishida normalanadi.


Risoladagi miqdorlar deganda odamda uzoq muddat va muntazam ta‘sir qilganda tashqi muxitga moslashuv reaksiyalarini kuchaytirmasdan organizmning me‘yoriy faoliyatini va issiqlik xolatini saqlashini ta‘minlaydigan mikroiqlim ko’rsatgichlarining yig’indisi tushinilib, ular issiqlik sezish mu‘tadilligini vujudga keltiradi va ish qobiliyatini yuksaltirish uchun shart-sharoit xisoblanadi. Insonga uzoq muntazam ta‘sir etishda termoregulyasiya mexanizmlari- kuchlanishi bilan davom etadigan organizmning issiqlik holatida darhol normallashuvchi o’zgarishlar chaqiradigan mikroiqlim o’lchamlari yig’indisi yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan iqlim sharoitlari deb qaraladi. Bunday holda organizmga shikast etmaydi yoki salomatlikning ahvoliga zarar bo’lmaydi, biroq diskomfort issiqlikni sezish, inson o’zini yomon his qilishi va mehnatga layoqati pasayishi (sustlashishi) mumkinligi kuzatiladi.





Download 351,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish