1-Mavzu O’zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish” qonunini o’rganish


-modda. Ekologik nazorat vazifalari



Download 48,88 Kb.
bet11/22
Sana03.04.2022
Hajmi48,88 Kb.
#526892
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
29-modda. Ekologik nazorat vazifalari
Ekologik nazorat oldiga:
atrof tabiiy muhit holatini hamda xo‘jalik yuritish va boshqa faoliyat ta’siri ostida unda bo‘ladigan o‘zgarishlarni kuzatib borish;
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof tabiiy muhitni sog‘lomlashtirish, tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlar talablari va atrof tabiiy muhit sifatining normativlariga rioya etish borasidagi dasturlar hamda ayrim tadbirlar bajarilishini tekshirish vazifasi qo‘yilgan.
Ekologik nazorat tizimi davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat, idoraviy, ishlab chiqarish va jamoat nazoratidan iborat.
Keyingi tahrirga qarang.
30-modda. Davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati
Davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati tabiiy muhitda sodir bo‘layotgan fizik, kimyoviy, biologik jarayonlarni, atmosfera havosi, tuproq, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanish darajasini, ifloslanishning o‘simlik va hayvonot dunyosiga ta’siri oqibatlarini kuzatib borish, manfaatdor tashkilotlar va aholini atrof tabiiy muhitda bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida joriy va shoshilinch axborotlar hamda bu muhit holatiga doir taxminlar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
Atrof tabiiy muhit holati to‘g‘risidagi axborot ochiq-oshkora yo‘sinda bo‘lib, uning asosiy ko‘rsatkichlari davlat tabiatni muhofaza etish idoralari tomonidan e’lon qilish uchun muntazam berib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat tabiatni muhofaza qilish idoralari falokatlar va boshqa hodisalar natijasida atrof tabiiy muhit normativda belgilanganidan ham ortiqroq darajada ifloslangan taqdirda bunday falokat va hodisalar to‘g‘risida jamoatchilikni darhol xabardor etishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Tabiiy resurslarning miqdor, sifat va boshqa xil ko‘rsatkichlarini, ulardan foydalanishning hajmi, tartib tamoyilini hisobga olib borish uchun davlat tabiiy resurslar kadastrlari yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Atrof tabiiy muhit holatiga zararli ta’sir qiladigan yoki nomaqbul tarzda ta’sir etishi mumkin bo‘lgan obyektlar, atrof tabiiy muhitga tushadigan zararli moddalarning turlari va miqdori, chiqindilarning hajmlari va tarkibi ham nazorat etib boriladi va davlat hisobiga olinadi.
(30-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Davlat atrof tabiiy muhit holatini nazorat etish xizmatining tarkibi, uni tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishi tartibi, davlat tabiiy resurslar kadastrlarini, atrof muhitga zararli ta’sir etuvchi obyektlarning davlat hisobini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-yanvardagi 11-sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi, 1998-yil 10-martdagi 104-sonli “O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi, 1998-yil 31-dekabrdagi 543-sonli “O‘zbekiston Respublikasida davlat yer kadastrini yuritish to‘g‘risida”gi, 2018-yil 7-noyabrdagi 914-sonli “Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida”gi qarorlari.

Download 48,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish