1-mavzu. O‘zbekiston tarixi fani predmeti, nazariy metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati. (2 soat) Reja


Barkamol avlodni shakllantirishda O’zbekiston tarixining ahamiyati



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana20.07.2021
Hajmi0,52 Mb.
#124497
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-maruza

Barkamol avlodni shakllantirishda O’zbekiston tarixining ahamiyati 


Taraqqiy  etgan  millatlarning  o‘z  tarixini yaxshi  bilishi va  qadrlashi,  tarixiy  yodgorlik  va 

obidalarini e’zozlashi ko‘z qorachig‘idek asrashining ko‘pgina sabablari bor. Bu eng avvalo, tarix 

insoniyat paydo bo‘lganidan to hozirgacha davom etib kelayotgan ijtimoiy jarayon oynasi ekanligi 

bilan  bog‘liqdir.  Ikkinchidan  esa,  butun  insoniyat  shu  tarixga  qarab,  o‘z  o‘tmishi  va  borligini 

anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi. 

Farg‘ona harbiy gubernatori M.A.Skobelovning «Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart 

emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsangiz bas, tez orada o‘zi adoyi tamom bo‘ladi», 

- degan shovinistik shiorga amal qilganligini aytib o‘tish joiz. 

Kommunistik partiya tomonidan mahalliy millatlar tarixiga nisbatan olib borilgan siyosat, 

uning Siyosiy byurosi topshirig‘i asosida SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB)sining 1947-

yilda mutlaqo maxfiylikda ishlab chiqqan ko‘rsatmasida o‘z aksini quyidagicha topgan edi: «Tarix 

darslarida o‘tmishdagi siyosatdonlardan kimlar vatan ravnaqi uchun xizmat qilishgani yoki xizmat 

qilishga  urunishgani  xaqida  gapirish  mumkin  emas,  e’tiborni  faqat  podsholar  zulmi  va  ularga 

qarshi qaratilgan xalq kurashiga burmoq lozim». 

Shuning  uchun  ham  o‘tgan  chorakam  bir  asrlik  kommunistik  mustamlaka  davrida 

O‘zbekiston tarixi tahqirlandi, soxtalashtirildi, xalq ta’limi sohasida o‘qitiladigan fanlar tizimiga 

fan  sifatida  kiritilmadi.  Faqat,  maktabning  5-sinflaridagina  «O‘zbekiston  tarixidan  hikoyalar» 

degan «hikoyalar» predmeti o‘qitildi. Bundan asosiy maqsad xalqimizda o‘z o‘tmishiga nisbatan 

nafrat ruhini tarbiyalash va teskari tarixiy xotirani shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Bu mash’um 

siyosatning  «samarasi»  o‘laroq  muborak  istiqlolning  dastlabki  yillarida  ayrim  kommunistik 

mafkuraga berilgan katta tarixchi olimlar O‘zbekiston tarixini oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilishiga 

har xil bahonalar bilan qarshilik ko‘rsatdilar. Bu antiqa «qarshilik» to 1993-yilning sentyabrigacha 

davom  etdi.  Mana  shu  o‘quv  yilidan  boshlab  Vatanimiz  tarixi  tarixda  birinchi  bor  oliy  o‘quv 

yurtlarida o‘qitiladigan fanlarning orasida o‘zining qonuniy o‘rni va nufuziga ega bo‘ldi. 

O‘zbekiston  hukumati  mustaqillikdan  so‘ng  Vatan  tarixi  haqida  odilona  siyosat  yuritdi. 

Uning millat ma’naviyati va mafkurasi, xalq ta’limida tutgan o‘rniga yuksak baho berib, uni davlat 

siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardi. 

O‘zbekiston  tarixi  –  hozirgi  buyuk  va  muqaddas  istiqlolimiz  ila  bir  yarim  asrlik 

mustamlakachilik  g‘aflat  uyqusidan  ko‘z  ochib  uyg‘ongan  xalqimiz  istiqbolimizni  belgilashda, 

zamonaviy mutaxassis kadrlarni tayyorlashda eng zaruriy dasturilamaldir. 

Umuman, Ona tarixni o‘qitish va o‘rganish hozirda avj olib rivojlanayotgan islohotchilik va 

yangilanish  harakati  davrida  ijtimoiy  zaruriyatgina  emas,  balki  hayotiy  ehtiyojga  aylangan.  Bu 

ehtiyoj  milliy  ma’naviy-mafkuraviy  uyg‘onish,  madaniy  va  iqtisodiy  yuksalishlarga  bo‘lgan 

ehtiyojlarning  bosh  mezoni  hisoblanadi.  Tarixga  bo‘lgan  millat  ehtiyojining  qondirilishi 

taraqqiyot va milliy uyg‘onishning asosidir. 



Haqqoniy yozilgan Vatan tarixini o‘rganish va o‘qitish shuning uchun ham kerakki, u soxta 

tarixiy  tushuncha  va  tarixiy  xotirasizlikka  barham  beradi,  milliy  g‘oya  va  mafkura 

takomillashuvini  tezlashtiradi.  Vatan  tarixini  o‘qitish  va  o‘rganish  yana  shuning  uchun  ham 

zarurki,  xalqimiz  undan  ruhiy  quvvat  olib,  dushmanga  bosh  egmaslik,  qayta  mustamlaka 

qopqoniga tushmaslik, boshqalarga bo‘ysinmaslik, begona  g‘oya va mafkura hamda zug‘umlar 

ta’siriga  berilmaslik  ma’naviyatiga  ega  bo‘ladi.  Tarixni  mukammal  bilish,  uning  mazmun  va 

mohiyati, falsafasini teran anglash millat uchun yuksak fazilat. 

O‘zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir:  birinchidan

yoshlarga  va  bo‘lajak  mutaxassis  kadrlarga  chuqur  milliy  va  umuminsoniy  tarixiy,  g‘oyaviy-

siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish. Ikkinchidan, yoshlarda milliy tafakkur, g‘urur 

va  o‘zlikni,  milliy  vijdon  va  umuminsoniy  barkomollikni  tarbiyalash.  Uchinchidan,  yoshlarda 

otashin  vatanparvarlik  va  harbiy  jasoratni,  millat  va  Vatanga  sadoqatlikni  tarbiyalash. 




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish