1-mavzu: pedagogik aksiologiya haqida tushuncha reja



Download 15,41 Kb.
bet1/2
Sana01.02.2022
Hajmi15,41 Kb.
#422727
  1   2
Bog'liq
1-MAVZU PEDAGOGIK AKSIOLOGIYA HAQIDA TUSHUNCHA


1-MAVZU: PEDAGOGIK AKSIOLOGIYA HAQIDA TUSHUNCHA


Reja:



  1. Pedagogik aksiologiya haqida tushuncha.

  2. Pedagogik aksiologiyaning predmeti, maqsad va vazifalari.

  3. Pedagogik aksiologiyaning mazmuni



Tayanch tushunchalar: aksiologiya, qadriyat, konsepsiya, nazariya, g‘oya, falsafa.


1.Aksiologiya va qadriyat tushunchasi. Aksiologiya falsafaning mustaqil sohalaridan biridir. Mazkur tushuncha adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Aksiologiya yunoncha so‘z bo‘lib, axio — qadriyat, logos — ta’limot, so‘z, ya’ni qadriyatlar haqidagi ta’limot ma’nosini bildiradi.
I.T.Frolova tahriri ostidagi falsafiy lug‘at(1986)da aksiologiyaga qadriyatlar tabiatini falsafiy jihatdan tadqiq etish, deb ta’rif beriladi. Aksiologiya G‘arb falsafasida XIX asr oxiri — XX asrning boshlarida umumiy «qadriyatlar muammosi»ning ba’zi murakkab masalalarini hal etishga urinish sifatida yuzaga keldi.
Qiyomiddin Nazarov umumiy tahriri ostidagi «Falsafa: qomusiy lug‘at»(2004)da «aksiologiya»ga aksiologik ong, qadrlash tuyg‘usi, aksiologik bilish, qadriyatli yondashuv va boshqalar asosida to‘plangan qadriyatlar to‘g‘risidagi bilimlar sistemasi sifatida ta’rif berilgan.
V.E.Kemerov umumiy tahriri ostidagi zamonaviy falsa­fiy lug‘at(1998)da «aksiologiya» tushunchasi insonda kelajakka bo‘lgan o‘zining hayotiy intilishlari, mavjud hayot uchun mo‘ljalni ola bilish, o‘tmish, umumahamiyatlilikni oqlash yoki ayblashni qadriyatli loyihalash shakl va usullari haqidagi ta’limot sifatida ta’rif beriladi.
Aksiologiya tushunchasi qadriyat va qadriyatlar haqidagi ta’limotga qaraganda, keyinroq paydo bo‘lgan. Mazkur tu­shuncha XIX asrning 2-yarmida nemis qadriyatshunosi Eduard Gartman va fransuz olimi P.Lapilar tomonidan fanga kiritilgan.
Qadriyat tushunchasi maxsus falsafiy lug‘atda XIX asrning 60-yillarida paydo bo‘lganligi ta’kidlab o‘tilgan. Falsa­fiy lug‘atning 5-jildida qadriyatga quyidagicha ta’rif be­rilgan: «Qadriyat falsafiy va sotsiologik tushuncha. U birinchidan, bir ob’ektning ijobiy va salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ belgilovchi-baholovchi jihati (subyektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi».
«Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot» nomli ilmiy ishlar tuplamida «Qadriyat deyilganda, inson va insoniyat uchui ahamiyatli bo‘lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomoiidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari, hodisalari majmuini tushunmogimiz lozim», deb ta’kidlab o‘tilgan.
«Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug‘ati»da, «Qadriyatlar - jamiyatda kishilar o‘rtasida obro‘ga, e’tiborga, hurmatga, nufo‘zga, ahamiyatga ega kishilar, munosabatlar, holatlar, moddiy narsalar va ma’naviy boyliklar majmuasi» degan ta’rif berilgan.
Qiyomiddin Nazarov umumiy tahriri ostidagi «Falsafa: qomusiy lug‘at» (2004)da «Qadriyat - voqelikdagi muayyan hodisalarning, umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan falsafiy-sotsiologik va aksiologik tushuncha», deb ta’rif berilgam.
Qadriyat tushunchasiing kelib chiqishi shuni ko‘rsatadiki, unda uch asosiy belgi birlashadi: narsa va hodisalarni baholashga doir insoning amaliy va emotsional munosabatini ta’riflash; insonning psixologik tavsifii aniqlovchi axloqiy kategoriyalarni tavsif etish; odamlar orasidagi munosabatlarni harakterlovchi ijtimoiy hodisalarni ta’riflash.
1.«Qadriyat» tushunchasining rivoji shartli ravishda qadriyatlarning turli ko‘rinishi (iqtisodiy, psixo­logik, axloqiy, estetik, bilishga oid, ijtimoiy)larini ajratib ko‘rsatish, inson tabiati, uning bilishga intilish mexanizmlarini anglab etish, bilish faoliyatining hara-katlantiruvchi kuchlarini aniqpashga imkon beradi.
2. Aksiologik konsepsiyalar. Hozirgi vaqtda qadriyatni-tabiatini xilma-xil talqin etuvchi turli aksiologik yo‘nalishlar ko‘payib bormoqda. SHartli ravishda aksiologik konsepsiyalarning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: ob’ektiv-idealistik, sub’skgiv-idealistik, qadriyat ning naturalistik nazariyasi, transsendental, ijtimoiy, dialektik-material istik.

Download 15,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish