1-mavzu: pedagogika tarixi fan sifatida reja



Download 27,16 Kb.
bet1/6
Sana02.07.2022
Hajmi27,16 Kb.
#730322
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu (6)


1-mavzu:PEDAGOGIKA TARIXI FAN SIFATIDA


REJA

  1. Pedagogika tarixi fanining maqsad va vazifalari. Pedagogika tarixi fani g‘oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o‘zaro aloqadorligi.

  2. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’lim-tarbiya jarayonida milliy meros , pedagogik qadriyatlaridan samarali foydalanishning ijtimoiy ahamiyati haqida.

  3. Ta’lim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolari. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti.

  4. Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi.



Tayanch iboralar: xalq og‘zaki ijodi, epos, yozma manba, “Devonu lug‘atit turk”, “Avesto”.

Hozirgi o‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo‘lib, ular yuksak va o‘ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanishda ancha takomillashgan mehnat qurollari yasashgacha, undan urug‘chilik, qabilachilik davrlariga kelib, xo‘jalik va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlargacha bo‘lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi.


Ma’lumki, kishilar va kishilik jamiyati vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jixatdan, ham inson sifatida takomillashib borgan. Dastlabki diniy e’tiqodlar, oddiy ixtirolarning takomillashib borishi, inson ongining shakllanib borishiga turtki bo‘ldi. Bu jarayon ming-ming yillar davom etib, inson ongi shakllanishining asosi bo‘lgan xulq-odob qoidalari tarkib topadi.
Eng qadimgi kishilarning dastlabki oddiy istaklari, orzu-umidlari, xislatlari qadimgi eposlarda, ulardagi afsonaviy obrazlar qiyofasida o‘z ifodasini topgan. Ruxga sig‘inish - onimizm, ajdodlar ruxiga sig‘inish totemizm, sexrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar aks ettan afsonalar, rivoyatlarda eng qadimgi avlodlarimizning tafagasur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyatlar, afsonalar massagetlar, saklar, xorazmiylar, sug‘dlar, parfiyaliklar yashagan davrlarga borib taqaladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, eng qadimgi tarbiya xaqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita etib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning «hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo‘lish namunasi» ifodalangan ma’naviy madaniyat yodgorliklari: Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi marosimlari, urf-odatlari, ijtimoiy-falsafiy, madaniy, adabiy-tarixiy voqealarini ifoda etuvchi komusiy yodgorlik namunasi bo‘lmish «Avesto»; afsonaviy qaxramonlar tasvirlangan dostonlar ya’ni, «Alpomish», «Manas», «SHiroq», «To‘maris», «Go‘ro‘g‘li», «Murodxon», «Ravshan», Shuningdek qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix», Strabonning «Geografiya» asarlari, Maxmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk», Urxun-Enisey bitiklari va boshqa Shu kabi adabiy-tarixiy manbalarda saklangan va Shular orqali bizgacha etib kelgan. Bu yodgorliklar insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta rol o‘ynaganligidan dalolat beradi. Xususan, tarbiya insonning aqliy va axloqiy jixatdan tarkib topa borishiga ta’sir etgan bo‘lsa, insonning shakllana borishi xam, o‘z navbatida, insoniyat jamiyatining tarkib topa borishiga yordam bergan. Xullas, insonning o‘z-o‘zini anglashi va jamiyat taraqqiyoti bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan. Bu tarixiy jarayonni bilish, inson tafakkurining qadimgi davrlardan boshlab bosqichma-bosqich rivojlanishi va Shu bilan birga insonning xam tobora shakllana borganligi xaqida to‘la tasavvur xosil qilishga imkon beradi.
Biz yuqorida keltirgan tarixiy, falsafiy, pedagogik adabiyotlarda tadqiqotchilar, umuman, eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o‘rganishda uch asosiy manbaga taYanganligini ko‘ramiz:

  1. Xalq og‘zaki ijodi materiallari.

  2. Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.

  3. Arxelogik qazilmalar natijasida topilgan ashyolar.

Ma’lumki, o‘tmishda kishilar mehnat faoliyati jarayonida o‘z extiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodga mehnat ko‘nikma va malakalarini xosil qilishga yordam bergan.
Tarixchilar va tarixchi-pedagoglarning ko‘rsatishicha, kishilarning mehnat faoliyati yosh jixatidan uch guruxga bo‘lingan:

  1. bolalar va o‘smirlar;

  2. hayot va mehnatda to‘la ishtirok etuvchilar;

  3. keksalar.

Ibtidoiy jamiyat davrida bola o‘zi uddalay oladigan faoliyatga bevosita qo‘shilib, u hayot kechirish va mehnat qilishga o‘rgangan. O‘g‘il bolalar erkaklar bilan bajariladigan ov qilish, qurol yasash kabi ishlarni bajarsa, qizlar ayollar mehnati bilan tanishar edi. Bola ma’lum tayyorgarlikdan so‘ng sinovlardan o‘tib, keyin amaliy faoliyatda ishtirok eta boshlaydi. Urug‘chilik jamoasi bosqichida bolalar mehnati, kasb-hunargaintilish faollashib bordi. Tajribali kishilar bolalarnitarbiyalash bilan birga ularni yozishga ham o‘rgata boshlaydilar. Asta-sekin tarbiya tizimiga xarbiy vatanparvarlik tarbiyasining boshlang‘ich turlari kirib kela boshlaydi. Jamiyat taraqqiyoti bilan birga bolalarga dalalarni o‘lchash, suv toshqinlarining oldini olish, odamlarni davolash usullariga oid bilimlar berish ishlari avj oldi. Natijada maktablarga va yozuvga extiyoj sezila boshlaydi. Dastlab suratkashlik rivojlanib, piktografik xat paydo bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik qo‘shni mamlakatlardan kirib kelgan xarf bilan yozish usuli paydo bo‘ladi va tez tarqala boshlaydi.
Tadqiqotchilar eramizdan oldingi birinchi ming yillik o‘rtalarida oromiy yozuvi, Aleksandr Makedonskiy istilosidan so‘ng esa yunon yozuvi va Shu bilan birga forsiy mixxat xam ma’lum vaqtlarda ko‘llanib kelinganini ta’kidlaydilar.
Demak, o‘sha davrdayok Xorazm, So‘g‘d, Kushan, Run (Urxun-Enisey), uyg‘ur va boshqa yozuvlar paydo bo‘lgan va bu yuksalish ta’lim-tarbiYaning rivojlanishida muxim axamiyat kasb etib kelgan. Chunki inson ibtidoiy jamoa bo‘lib yashash tarzini asta-sekin rivojlantirib borib, jaxon madaniyatida katta kashfiyotlar yaratdi.CHunonchi, Xitoyda kog‘ozning ixtiro etilishi, Xindistonda xisoblash o‘nlik sistemasining paydo bo‘lishi, Mesopotamiyada Er kurrasini graduslarga, sutkani soat, daqiqa va soniyalarga bo‘lishning joriy etilishi, Markaziy Osiyoda o‘rta dengiz bilan Hindistonni bog‘lovchi arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san’at namoyoYandalarining ijodiy merosi, san’at va adabiyot namunalari buning dalilidir.
Ma’lumki, o‘tmishda kishilar mehnat faoliyati jarayonida o‘z extiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodga mehnat ko‘nikma va malakalarini xosil qilishga yordam bergan. Eng kadimgi davrlarda ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni biz xalq og‘zaki ijodi namunalari afsonalar, qaxramonlik eposlari, ko‘shiqlar, maqol va iboralarda xam ko‘ramiz.
Chunki xalq donishmandligining ko‘zgusi bo‘lgan xalq og‘zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo‘lgan tarbiya tajribalari umumlashgandir. Ayniqsa, Polienning «xarbiy xiylalar» asarida keltarilgan SHiroq afsonasi, Gerodotning «Tarix» kitobidagi jasur To‘maris xaqidagi afsonalar Shular jumlasidandir. M.Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida esa ilm olishning qadri, bilimli, donishmand kishilarni xurmat kilish, mexmondo‘stlik xushhulqlik mardlik va jasurlikni targ‘ib etuvchi, o‘z manfaatini ko‘zlagan molparast, baxil, ochko‘z, do‘stiga va xalqiga xiyonat kabi salbiy tomonlarni koralaydigan she’rlar ko‘p uchraydi. Bunday she’rlar turkiy xalklar kadim-qadimlardan boshlab, inson shaxsini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor berganligini ko‘rsatadi.
Ayniqsa, pand-nasixatlarda asosiy o‘rinni ilm olishga undash, uning foydalari, ilm ahlini xurmat etish to‘g‘risidagi fikrlar egallaydi. YOshlarga ilmli kishilarga yaqinlashish, ulardan o‘gitlar olish maslaxat beriladi:

Download 27,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish