1-mavzu: Qo‘shma gap. Qo‘shma gap haqida umumiy ma’lumot. Komponent (qism)larning birikish usuliga ko‘ra qo‘shma gap turlari: bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan (ergash gapli) qo‘shma gap, bog‘lovchisiz qo‘shma gap


Bog‘langan qo‘shma gapda tinish belgilarining ishlatilishi



Download 106,64 Kb.
bet4/21
Sana26.01.2023
Hajmi106,64 Kb.
#902905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
ona tili shippi

Bog‘langan qo‘shma gapda tinish belgilarining ishlatilishi
1.Bog‘langan qo‘shma gap qismlari o‘zaro biriktiruv bog‘lovchilari yordamida biriksa, shuningdek yakka qo‘llanuvchi yo, yoki, yohud ayiruv bog‘lovchilari yordamida biriksa ular orasiga vergul qo‘yilmaydi. Masalan: SHamol tag‘in shu tomonga burildi va ingichka, qo‘ng‘iroqday ovoz jaranglab eshitildi. (O‘.Hoshimov.)
2. Bog‘langan qo‘shma gap qismlari zidlov bog‘lovchilari yordamida biriksa, bunday bog‘lovchidan oldin vergul qo‘yiladi. Masalan: Qorong‘ida buloq suvining o‘zi ko‘rinmas edi, ammo shildirashi aniq eshitilar edi. (P.Qodirov.)
3.Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi qismlar bo‘lsa, esa so‘zlari vositasida biriksa ham, ular orasiga vergul qo‘yiladi. Masalan: Harakatchan kishilar odatda omadli bo‘ladilar; aksincha qiladigan ishlarini hadeb o‘ylayveradigan va sustkashlik qiladiganlarga esa omad kamdan-kam nasib etadi. (Gerodot.)
4.Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi qismlar takrorlanuvchi ayiruv bog‘lovchilari yoki inkor yuklamasi yordamida biriksa, takrorlanib kelgan yordamchidan oldin vergul qo‘yiladi. Masalan: Goh supa chetiga ekilgan rayhon hidi dimog‘iga urilardi, goh tom orqasidagi yo‘ng‘ichqazorda hasharotlarning bir qiyomda chirillashi e’tiborini tortardi... (P.Qodirov.)


3-MAVZU: Ergashgan qo‘shma gap. Ergashgan qo‘shma gap - bosh va ergash gaplarning tobelik munosabati asosida vujudga keladigan sintaktik birlik sifatida. Bosh va ergash gap, ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Ergashtruvchi bog‘lovchilar, shu vazifadagi ayrim yuklamalar, ko‘makchilar, nisbiy so‘zlar, turli fe’l shakllari (fe’lning shart, buyruq-istak shakllari. shuningdek, ravishdosh, sifatdosh va to‘liqsiz fe’l ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar ekanligi.
Birdan ortiq predikativ birliklarning intonatsion hamda grammatik jihatdan o‘zaro tobelanishi va biri ikkinchisining mazmunini izohlashi natijasida hosil bo‘luvchi qo‘shma gap turi ergash gapli qo‘shma gaplar deb yuritiladi. Ergash gapli qo‘shma gap ikki qismdan tashkil topadi: hokim-komponent va tobe komponent. Hokim komponent odatda bosh gapdan iborat bo‘ladi. Ergash gapli qo‘shma gap komponentlari o‘zaro ergashtiruvchi bog‘lovchilar nisbiy so‘zlar, so‘z shakllari, tobelanish intonatsiyasi kabi sintaksis vositalar yordamida bog‘lanadi. Bog‘lovchi vositalarning ko‘pchiligi, asosan, ergash gap tarkibida kelib, uning tobe ekanligining ko‘rsatib turadi. Ergash gap bosh gapga nisbatan ma’lum bir sintaktik vazifani bajaradi. Bosh gapdagi biror bo‘lakning ma’nosini ochadi yoki bosh gapning umumiy mazmunini ma’lum bir tomondan izohlaydi, konkretlashtiraldi. Shuning uchun ham ergan gaplar vazifasi jihatidan bir-biriga yaqin bo‘lib, ularning ayrimlari yoyiq gap bo‘laklariga va oborotlarga sinonim hisoblanadi.
Ergash gaplarning turlarini belgilashda faqat bog‘lovchi vositalarnigina emas, ergash gapning bosh gapga nisbatan qanday vazifani bajarishini (u bosh gapga nisbatan qanday bog‘lovchi yordamida bog‘langan bo‘lishidan qat’iy nazar) hisobga olamiz.
Ergash gapli qo‘shma gaplarda tobe komponent hokim komponent – bosh gapga quyidagi sintaktik vositalar yordamida birikadi:
A) Ergashtiruv bog‘lovchilar:

  1. -ki bog‘lovchisi – bu bog‘lovchi ergash gapli qo‘shma gap tarkibida ancha keng faol qo‘llanib, hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida mavjud bo‘lgan, deyarli, hamma ergash gap turini bosh gapga bog‘lash uchun xizmat qiladi:

Shuni unitmaginki, kitob kishining do‘stidir.
Ya`na aytki, bu xalq sira o‘lmaydi. (H.Olimjon)
-ki bog‘lovchisida sodda gaplarda ham ishlatiladi. Uning sodda gapdagi vazifasi uni ko‘proq yuklamaga yaqinlashtiradi.
-ki bog‘lovchisi ikki o‘rinda:
a) ergash gap kesimi tarkibida: Onang borki, baxting barqaror.
b) bosh gap kesimi tarkibida qo‘llanadi: Shunday odamlar bo‘ladiki, ular faqat o‘zlarini o‘ylaylaydilar. (P.Tursun)


  1. Download 106,64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish