1-Mavzu: Romantizm Reja



Download 43,46 Kb.
bet3/10
Sana21.02.2022
Hajmi43,46 Kb.
#41241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Romantizm

F.Mendelson
F.Mendelson XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod qilgan buyuk kompozitor, dirijyor, pedagog, marifatparvar, musiqa sanatining targ’ibotchisidir. Uning ijodi nemis musiqa madaniyatidagi yorqin hodisalardan biri bo’lib, o’zida o’sha davrdagi badiiy yuksalishni aks ettirdi.
Mendelsonning kompozitor, dirijyor, fortepiano ijrochisi, pedagog, tashkilotchi sifatidagi serqirra faoliyati marifatparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan. Qisqa hayoti davomida tinimsiz ijod qilgan kompozitor juda katta badiiy meros qoldirdi. Bo’lajak kompozitorning istedodi juda tez rivojlandi. Olti yoshida onasidan fortepiano chalishni o’rgangan bola o’n uch yoshga kelib ajoyib asarlar yaratgani uchun uni «musiqiy mo’jiza» deb atadilir. Ustozlari: kompozitor K.Celter va fortepiano ijrochisi P.Bergerning samarali mehnati, o’sha davrning buyuk allomalari Gyote, Gegel, Geyne va Veber bilan bo’lgan doimiy muloqot Mendelson istedodining rivojlanishida va dunyoqarashining shakllanishida muhim rol o’ynadi.
Musiqa sanatining jonkuyar targ’ibotchisi sifatidagi faoliyatini Mendelson yigirma yoshida boshladi. 1829-yilning 11 martida Berlinda uning tashabbusi va rahbarligida I.S.Baxning buyuk asari «Strasti po Matfeyu» ijro etildi. Bu tadbir vafotidan keyin xech kim eslamagan, deyarli unutib yuborilgan I.S.Bax ijodiga katta qiziqish uyg’otdi. Keyinchalik Bax asarlarining doim ijro etilishi va to’la nashr etilishida Mendelsonning ulkan hissasi bor. Keyingi yillarda u Germaniyaning boshqa shaharlari - Dyusseldorf va Leypcigda ham katta kontsert jamoalari rahbari bo’lib ishladi. Koncertlar dasturiga o’tmishdagi buyuk kompozitorlarning unitilgan va kam ijro etiladigan asarlarini kiritdi, shu bilan birga zamondosh kompozitorlarning ijodini ham targ’ib qildi. Musiqiy talim tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Mendelson 1843-yilda Leypcig shahrida Germaniyadagi birinchi konservatoriyani ochdi.Bu rejani amalga oshirish yo’lida turli qiyinchiliklar va to’siqlarni engdi. O’sha davrdagi ilg’or qarashlarga ega bo’lgan taniqli kompozitorlar va ijrochilarni konservatoriyada ishlashga jalb qildi. Bu o’quv dargohi ko’plab musiqa sanatining targ’ibotchilarini etishtirdi va bu ham Mendelsonning targ’ibotchi va pedagog sifatidagi ulkan hizmatidir. Uning bu tashabusidan keyin Germaniyaning boshqa shaharlari Berlin, Kyoln va Shtutgartda ham koservatoriyalar ochildi.
Mendelson qizg’in kontsert va pedagogik faoliyatini olib borar ekan, ijodiy ishini ham to’xtatmadi. Turli janrlarda ajoyib asarlar yaratdi va kompozitor sifatida ham katta shuhrat qozondi. Uning ilg’or, pragressiv intilishlari ijodda ham o’z aksini topdi.
Mendelsonning musiqasining asosiy fazilatlaridan biri uning keng ommaga tushinarliligidir. Uning sanati barcha demokratik kayfiyatda bo’lgan musiqa ixlosmandlarining badiiy didiga mos edi. Asarlaridagi mavzular va obrazlar o’sha davr nemis madanyati bilan uzviy bog’liq bo’ldi. Ayniqsa milliy sheriy folklor, zamonaviy sheriyat va adabiyotdagi obrazlar Mendelson asarlarida o’z aksini topdi. Kompozitor xalq qo’shiqlariga ayniqsa katta qiziqish bilan qaragan. Uning ko’plab asarlarida, ayniqsa romanslarida nemis xalq qo’shiqlariga xos bo’lgan xususiyatlarni uchratish mumkin.
Mendelson o’z ijodida klassik kompozitorlarning ilg’or ananalarini davom ettirgan. Ammo romantizm davrining ijodkori bo’lgani uchun asosan lirik kayfiyatdagi romantik obrazlarni yaratdi. U nozik did bilan insonning ichki dunyosini ifodalash, tabiatning ulug’vor manzaralari va xalq hayotini tasvirlashning katta ustasi edi. Xalq qo’shiqchilik uslubi bilan bog’liq bo’lgan yorqin kuychanlik, raqs elementlarini doim qo’llash, shaklning aniqligi Mendelson uslubiga xos xususiyatlardir.
Mendelson yaratgan asosiy asarlar quyidagilar: Simfonik orkestr uchun 5 ta simfoniya va 6 ta uvertyura, fortepiano va orkestr uchun 2 ta kontsert, skripka va orkestr uchun kontsert, fortepiano uchun 48 ta «So’zsiz qo’shiqlar», uchta oratoriya, ikkita trio va 7 ta kvartet, 80 dan ortiq qo’shiqlar va hokazo.

Download 43,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish