1-mavzu: sotsial geografiyaning ob’ekti va predmeti reja



Download 0,65 Mb.
bet1/82
Sana09.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#646139
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
Социал география


1-MAVZU: SOTSIAL GEOGRAFIYANING OB’EKTI VA PREDMETI
Reja:

  1. Sotsial geografiyaning tadqiqot ob’ekti va predmeti.

  2. Sotsial geografiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni va roli. Ijtimoiy geografiya va iqtisodiy geografiya, ijtimoiy geografiyaning shakllanishi va rivojlanishi.

  3. G’arbda ijtimoiy geografiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi. Ijtimoiy geografiyaning rivojlanishiga katta xissa qo’shgan olimlar va ularning ishlari.

  4. Ijtimoiy geografik tadqiqotlarning mohiyati, xususiyatlari va ilmiy-amaliy jihatlari.

  5. Ijtimoiy geografiyaning vazifalari.



Jamiyat rivojlanishining qonuniyatlarini ko’pchilik fanlar o’rganadi. Uning xududiy tashkil etilishi masalalarini tadqiq etishda zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning ahamiyati katta. Avvalambor, bevosita moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari yoki xo’jaliklar geografiyalarining rivojlanishi bilan tarkib topgan iqtisodiy geografiya, o’tgan asrning 80 yillariga kelib, hozirdagi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga aylandi, ya’ni uning ijtimoiy (sotsial) qanoti tezroq rivojlandi. Mazkur fan rivojlanishining ichki mantiqidagi bunday qonuniy jarayonlarning markazida, inson va uning ijtimoiy hayoti bilan bog’liq barcha murakkabllklarning xududiy qirralarini o’rganish masalalari yotadi.
Ijtimoiy geografiya, geografiya fanlari tizimidagi aholi va u bilan aloqador barcha ijtimoiy hodisa va jarayonlarning hududiy qonuniyatlarini tadqiq etuvchi, yangi va tez rivojlanayotgan tarmog’idir. Uning shakllanishi va rivojlanishi bir tomondan geografiya fanlarining o’z ichki rivojlanishi mantiqi va, ikkinchi tomondan esa unga bo’lgan «ijtimoiy buyurtma» bilan chambarchas bog’langan.
Hozirgi davrda ijtimoiy geografiyani, mustaqil fan tarmog’i sifatida to’la shakllangan deb bo’lmaydi. Uning shakllanishi jarayonlari davom etmoqda, Ayniqsa, ijtimoiy geografiyaning tadqiqot ob’ekti, tuzilishi, fanlar tizimida tutgan o’rni masalalariga yanada oydinlik kiritish zarur.
Ijtimoiy geografik tadqiqotlarning diqqat markazida (ya’ni maxrajida) doimo inson omili yotadi. SHuning uchun ham ijtimoiy geografiyani shakllanishining ilk asosi bevosita aholi geografiyasi bilan bog’langan. Aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi, rekreatsiya, tibbiyot, madaniyat, ta’lim va fan geografiyalarining rivojlanishi bilan ijtimoiy geografiya yanada keng quloch yozdi. SHuning bilan birga uning jinoyatchilik, xulq —atvor va turmush tarzi geografiyalari kabi bo’limlari o’z tadqiqotchilarini kutmoqda.
Hozirgi zamon fanlari tizimida bevosita aholi va u bilan bog’liq masalalarni o’rganishda zamonaviy iqtisodiy va sotsial geografiya alohida o’rin tutadi. Ayniqsa, uning sotsial geografiya qanoti jamiyat yoki aholi ijtimoiy rivojlanishining xududiy qirralari, qonuniyatlarini o’rganishi bilan muhim ahamiyatga ega.
So’nggi o’n yilliklar tajribasi shuni ko’rsatadiki, an’anaviy iqtisodiy va sotsial geografiya fanining tadqiqot ob’ekti va predmeti doirasi ancha kengaydi, mukammallashdi. Avvallari ilmiy tadqiqotlarning negizida ko’prok, ishlab chiqarish kuchlari va ularni rivojlantirish masalalari yotgan bo’lsa, bugungi kunga kelib, aholining o’zini yoki insonning ijtimoiy extiyojlari bilan bog’lik, masalalarni har tomonlama o’rganishga, ayniqsa, aholining ijtimoiy, madaniy — ma’naviy turmush tarzini xududiy tashkil etish qonuniyatlarini tadqiq etishga e’tibor kuchaydi va shu asnoda ijtimoiy geografiyaning fan tarmog’i sifatida shakllanishi jarayonlari tezlashdi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish