1-Mavzu: Ta’lim tizimini boshqarish


III Davr (Tartibga solish



Download 229 Kb.
bet4/8
Sana09.07.2022
Hajmi229 Kb.
#766890
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 Maruza

III Davr
(Tartibga solish
davri)

Bugungi menejment XIX asrda sodir bulgan sanoat inqilobi natijasi bo‘lib, ishlab chiqarishning boshlang‘ich tipi bo‘lgan fabrikalarning paydo bulishi va katta guruxdagi kishilarni ish bilan ta’minlash zaruriyati,ularning individual egalarining barcha xodimlar faoliyatini nazorat qilish va boshqarishni murakkabligi natijasida eng yaxshi xodimlarni tanlab olib, ularni o‘qitishlari birinchi menejerlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi, chunki ular joylarda korxona egalari manfaatlarini ifodalashi mumkin edi.

IV Davr
(Axborot davri)

So‘nggi boshqarish nazariyalari asosan boshqarishga oid “miqdoriy maktab” vakillari tomonidan ishlab chiqilgan. Bu maktabning paydo bo‘lishi boshqarishda matematika va kompyuterlarni kullash bilan bog‘likdir.
60-yillarda matematik tahlil va menejerning subyektiv qarorlarining integratsiyasiga erishadigan matematik apparat yordamida foydalanishga asoslangan boshqarish konsepsiyasini ishlab chiqish boshlandi. Bir qator boshqarish funksiyalarining formalashuvi. inson va EXM mexnatining birga qo‘shilishi, tashkil qilish elementa tarkibini kayta ko‘rib chiqishni talab qila boshladi. Hozir matematik usullar amalda boshqarish fanining barcha yunalishlarida foydalanilmoqda

F.Teylor (1856-1915) menejmentni o‘rganishga kirishgan birinchi mutaxassislardan, uni inson samaradorligi emas,tashkil qilish faoliyati samaradorligi qiziqtirgan bo‘lib, ilmiy boshqarish maktabining rivojlanishiga asos soldi va “Ilmiy boshqarish” maktabi asoschisi sifatida mehnatni meyorlash asoslarining metodologiyasini ishlab chiqdi, amaliyotga ishchilarni tanlab olish, joylashtirish va mexnatni rag‘batlantirish ilmiy yondashuvini tatbiq qildi.Boshqarish fanining rivojlanishi F.T. Shilbertlar nomi bilan ham bog‘liq, ular mehnat harakatlari sohasida tadqiqotlar o‘tkazib, ish joyini tashkil qilishning ilmiy tamoyillarini ishlab chiqdilar.Boshqaruv nazariyalari asoschilaridan biri A. Fayol boshqarish jarayonining 5ta asosiy funksiyalari: rejalashtirish, tashkil qilish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, rahbarlik (motivlash) va nazoratni ajratib ko‘rsatadi.
A.Fayol tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillarning mohiyati quyidagicha: mehnat taqsimoti; avtoritet va hokimiyat mas’uliyati; intizom; rahbarlik birligi; farmoyish birligi; shaxsiy manfaatning umumiy manfaatga bo‘ysunishi; mehnatni rag‘batlantirishning markazlashgan va markazlashmagan boshqaruv muvozanati; bir turdagi menejerlarning ishini muvofiqlashtirish; tartib; odillik; samimiylik; xodimlar qat’iyligi; tashabbus.R.Ouen birinchi bo‘lib kishilarga e’tiborni qaratish zarur degan fikrni olga suradi, uning g‘oyasi buyicha firmalar stanok va mashinalarga qarashga ko‘p vakt sarflab odamlar haqida oz g‘amxo‘rlik qiladi. Uning g‘oyasining asosiy mazmuni insonlarga ham e’tibor qaratish, ular uchun ham vaqt sarflash, ularga g‘amxo‘rlik qilish, dam olishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratishdan iborat.
E.Meyo “inson munosabatlari” maktabining asoschisi hisoblanadi. U ishchilar guruhi o‘z nazorat tizimiga ega bo‘lgan ijtimoiy tizim ekanligini asoslagan holda, mazkur tizimga ma’lum tarzda ta’sir etib, mehnat natijalarini yaxshilash mumkin, deb xisoblagan edi. “Inson munosabatlari” harakatida asosiy e’tibor insonlarga qaratilsa, ilmiy boshqarish harakatida esa ishlab chiqarishga qaratilishi sababli “inson munosabatlari” harakati butun ilmiy harakatga qarama-qarshi turib qoldi. Asosiy g‘oya shundan iboratki, kishilarga oddiy e’tiborni qaratish mehnat unumdorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tashkilot samaradorligini oshirish, undagi inson resurslari samaradorligini oshirish orqali amalga oshiriladi. D.Mak-Gregor (1906-1964) ta’limoti “inson munosabatlari” maktabida alohida o‘rin tutadi. U “X” va “U” nazariyasi asosida xodimlarga quyidagicha ta’rif beradi. “X” nazariyasi - bu toifaga mansub insonlarni mehnatga majburlash, jazolash va jarima solish bilan qo‘rkitib turish zarur bo‘lib, ular mehnatdan bo‘yin tovlashga intiladi. Ularni nazorat qilib turish, qistash va muntazam ravishda mehnatga yo‘naltirib turish lozim. Bu toifadagi insonlar rahbar nazoratida faoliyat ko‘rsatishni afzal ko‘radi, mas’uliyatdan bosh tortishga intiladi, faqat o‘z xavfsizligi uchun tashvishlanadi. “U” nazariyasi - mazkur toifaga mansub kishilar tabiatan passiv bo‘lib yaratilmagan. Ular faol, tashabbuskor, g‘ayratli va uddaburon bo‘lib, tashkilotdagi ishlar yaxshi tashkil etilmagani tufayli lokayd bo‘lib qolgan bo‘lishi mumkin. Bu toifadagi xodimlarda jismoniy va aqliy mehnatga intilish, mas’uliyatni his etish xislatlari shakllangan bo‘ladi. Bunday kishi nafakat o‘ziga mas’uliyat oladi, balki unga intiladi, ularda o‘zini-o‘zi nazorat qilishga moyillik bo‘lgani uchun tashqaridan nazoratga va alohida e’tiborga muhtoj emas.
XX asrning 60-80-yillarida G’arbda zamonaviy menejment rivojlana boshladi. Fan nazariyotchilari boshqaruvning ijtimoiy tizimlar maktabini tashkil qilish maqsadida: tizimli yondashuv asoslarini ishlab chiqishgan; yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini ko‘rib chiqishgan; bir qancha o‘zgaruvchi omillarning boshqaruvga ta’sirini o‘rganishgan. Bu maktab namoyandalari (amerikalik Ch.Barnard, G.Saymon) zamonaviy menejmentda quyidagi to‘rtta: tizimli, vaziyatli, funksional va miqdorli yondashuvlarni asoslab berishgan. P.M.Kerjensev (1881-1940) boshqaruv yo‘nalishida juda katga ahamiyat kasb etuvchi ishlarni amalga oshirgan bo‘lib, uning boshqarish bo‘yicha “Mehnatni ilmiy tashkil etish”, “Boshqarishni tashkil qilish tamoyillari”, “Vaqt uchun kurash” kabi asarlari boshqarish yo‘nalishida darsliklarni yozishda asos qilib olingan.
1950-yillarning oxiridan boshlab boshqarish nazariyasining rivojlanishi yanada kuchayadi va shu yillarda mehnatni ilmiy tekshirish instituti, boshqarish va normativ buyicha markaziy ilmiy tadqiqot institutlari tashkil etiladi. Mazkur oliy o‘quv yurtlarining “Mehnatni ilmiy tashkil qilish”,“Boshqarish” kafedralari va fakultetlari tashkil etilib, ular bo‘yicha maxsus fanlar o‘qita boshlangan Menejment nazariyalarining rivojlanish tarixi rejalashtirish, tashkil qilish, kadrlar tanlash, boshqarish va nazorat qilish kabi boshqaruv faoliyatlarining rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Yuqorida keltirilgan ilmiy-nazariy ma’lumotlar asosida bugungi kun menejmenti shakllanib, rivojlanib bormoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar jarayonida rahbarlar faoliyatini takomillashtirish, boshqaruv tizimini isloh qilish va rivojlantirishga ham juda katta e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur sohani isloh qilish, boshqaruv faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirishning ilmiy asoslangan yo‘nalishlari, nazariy va amaliy asoslari Prezident I.A. Karimovning asarlari va ko‘plab ma’ruzalarida yoritib berilgan bo‘lib, boshqaruv samaradorligini ta’minlash, boshqarish tizimini demokratlashtirishda adolat mezonlarini o‘rnatishning muhimligi va boshqa qator g‘oyalari bugungi kunda ko‘plab rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarda o‘rganilmokda. Mamlakatimizda menejment nazariyasi va amaliyotining rivojlanishiga hissa qo‘shgan akademiklar M.Sharifxujayev, S.S.G‘ulomov, qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining a’zosi S.S.G‘ulomov, professorlar Sh.M.Zaynuddinov, YOA.Abdullayev, K.A.Abduraxmonov, ta’lim menejmentining rivojlantirish yo‘nalishida professorlar Sh.Qurbonov, J.G.Yuldoshev, R.ShAxlidinov, E.Seytxalilov, M.Quronov, L.V.Peregudov, M.X.Saidov, U.L.Inoyatov, X.F.Rashidov va boshqa qator olimlarning mazkur sohadagi tadqiqotlari va ilmiy ishlarini o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim menejmentida boshqaruv metodlari muhim ahamiyat kasb etib, ular boshqaruv jarayonida xodimlar faoliyatini tashkil etish va ularni muvofiqlashtirishda qo‘llaniladigan ta’sir etish yo‘llari va usullarining yig‘indisi hisoblanadi. Boshqaruv metodlari asosini mazkur ta’sir ko‘rsatish usullari majmui, ya’ni ta’sir ko‘rsatish mexanizmi tashkil etadi. Boshqarish metodi boshqarish faoliyatini amalga oshirish usullari va yo‘llari majmuidan, boshqarish tizimiga samarali, maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatishdan, ya’ni boshqarish funksiyalarini amalga oshirish mexanizmidan iboratdir.
Lekin shuni e’tiborga olish lozimki, metod - bu tamomila obyektiv, rahbarga bog‘liq bo‘lmagan va mustaqil tushunchadir. Uslub, garchi u ham ta’sir o‘tkazish usullari majmuidan iborat bo‘lsada, metoddan farq qiladi, u yoki bu rahbarning subyektiv, individual xususiyatlari bilan belgilanadi. Qiyoslash uchun shuni aytish mumkinki, nusxa notasi hamma uchun bir xil bo‘lsa-da, lekin musiqachilarning ijro etish uslub(manera)lari har xildir .Oldingi vaqtlarda boshqaruv metodlarini tavsiflashda asosiy e’tibor faqat ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy metodlarga qaratilar edi.


Download 229 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish