1-mavzu: Temir yo’l transporti xodimlarining umumiy vazifalari. Reja: Xarakat xafsizligi


-Mavzu: Xarakat tarkibiga umumiy ta’lablar



Download 133,63 Kb.
bet8/21
Sana21.05.2022
Hajmi133,63 Kb.
#605518
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
1-mavzu

6-Mavzu: Xarakat tarkibiga umumiy ta’lablar.
Reja:

  1. Harakat tarkibini nosoz bo’lishni oldini olish.

  2. Harakat tarkibini tamirlashni rejaviy ishlari.

Harakat tarkibi o’z vaqtida ta’mirlashning rejaviy-ogohlantirish turlaridan, texnik xizmatlardan o’tishi va uning to’xtovsiz ishlashini, harakat xavfsizligi, mehnat muhofazasi talablarini bajarishni ta’minlovchi foydalanishdagi soz holatda saqlanishi kerak.
Harakat tarkibida nosozliklar paydo bo’lishining oldini olish va uning xizmat qilish muddatlarini ta’minlash, harakat tarkibiga xizmat ko’rsatuvchi va ta’mirlovchi shaxslar ishida asosiy vazifa bo’lishi kerak. SMV aravachalaridagi yo’lovchi vagonlar peozdlarda ko’pi bilan 120 km/soat tezlikda harakat qilishi mumkin.
Yo’lovchi poezdlarda 140 km/soat dan ortiq tezlik bilan harakatlanuvchi harakat tarkibiga bo’lgan qo’shimcha talablar AJ ning tegishli yo’riqnomasi bilan o‘rnatiladi.
Yangi qurilayotgan harakat tarkibining turlari va asosiy tavsiflari AJ tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Yangi qurilayotgan harakat tarkibi uchun texnik vazifa ijrochi tomonidan AJ bilan, uzel va detallarning chizmalari hamda texnik shartlari – AJ tegishli soha xo’jaliklari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Mustahkamlik, barqarorlik va texnik holati bo’yicha barcha elementlar AJ tomonidan belgilangan eng katta tezliklarda poezdlarning silliq va xavfsiz harakatini ta’minlashi kerak.
Yangi qurilayotgan vagonlar, tegishli toifadagi poezdlarga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan eng katta konstruksion tezlikka ega istiqbolli lokomotivlarning ko’zda tutilgan silliq va xavfsiz harakatlanishini ta’minlashi kerak.
O’tish maydonchalari bo’lmagan vagonlar maxsus zinacha va tutqichlarga ega bo’lishi kerak.
Foydalanishga tushirilgan harakat tarkibining asosiy uzellari konstruksiyasiga o’zgartirishlar kiritish AJ tegishli Markaz, boshqarma va korxonalari ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Harakat tarkibi O’zbekiston Respublikasi Davlat standarti belgilagan va Davlatlararo texnik qo’mita bilan belgilangan tartibda kelishilgan harakat tarkibi gabaritlari talablariga javob berishi kerak.
Yangi qurilgan, shuningdek, tub ta’mirdan o’tgan harakat tarkibi, temir yo’lga topshirilishdan avval, AJ belgilagan tartibda sinovdan o’tishi va etkazib beruvchi zavoddan qabul qilinib olinishi kerak.
Harakat tarkibining har bir birligi quyidagi aniq farqlash belgi va yozuvlarga ega bo’lishi kerak: Davlat gerbi (lokomotiv va yo’lovchi vagonlarda, yuk vagonlarida «AJ» belgisi), kompaniya inisiallari (vagonlardan tashqari), nomer (yo’lovchi vagonlar uchun vagon biriktirilgan yo’lning kodini o’z ichiga oladi), qurilgan vaqti va joyi ko’rsatilgan ishlab chiqaruvchi zavod yozuvi, belgilangan ta’mir turlari amalga oshirilgan joy va sana, tara og’irligi (lokomotivlardan tashqari). Bundan tashqari, quyidagi yozuvlar bo’lishi kerak: lokomotiv va motorvagon harakat tarkiblarida – konstruksion tezligi, seriyasi, u biriktirilgan depo nomi, rezervuar, nazorat moslamalari va qozonlarning tekshirib ko’rilgani xaqida yozuvlar: yo’lovchi vagonlar va motorvagon harakat tarkibida – joylar soni; yuk vagonlarida – yuk ko’tarish qobiliyati.
Harakat tarkibida boshqa yozuvlar va belgilar AJ tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Har bir lokomotiv, vagon va motorvagon hamda o’ziyurar harakat tarkibi birligi uchun muhim texnik va foydalanish tavsiflarini o’z ichiga olgan texnik pasportlar yuritilishi kerak.
Lokomotiv va motorvagon harakat tarkibi radiostansiya, AJ tomonidan belgilangan ko’rsatmalarni qayd qiluvchi tezlik o’lchagich, avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi, shuningdek AJ tomonidan belgilangan tartib va ro’yxatga binoan boshqa xavfsizlik qurilmalari bilan jihozlanishi kerak.
Yo’lovchi lokomotivlar elektr pnevmatik tormozni boshqarish qurilmalari bilan, yuk poezdlari lokomotivlari esa tormoz magistrali butligi nazorati qurilmasi bilan jihozlanishi kerak.
Bir mashinist bilan boshqarilganda poezd lokomotivlari AJ tomonidan tasdiqlangan quyidagi vosita va qurilmalar bilan jihozlanishi kerak:
poezd tormozlanishini avtomatik boshqaruv tizimi yoki xavfsizlik lokomotiv kompleks qurilmasi bilan, shuningdek, mashinist hushyorligini nazorati tizimi bilan jihozlanishi kerak;
orqa ko’rinish oynaklari bilan;
teplovozlar – o’t o’chirish tizimi bilan;
tormoz blokirovkasi bilan.
Motorvagon poezdlari o’tish svetoforlari, pereezd va stansiyalarga yaqinlashganda nutq axboroti tizimi va harakat tezligini nazorat qilishni ta’minlovchi avtomatik yurish tizimi bilan, «yo’lovchi-mashinist» aloqasi, eshiklar berkilishi nazorati signalizatsiyasi, o’t o’chirish avtomatik signalizatsiyasi bilan jihozlanadi.
Manyovr lokomotivlari mashinist kabinasidan vagonlarni ajratuvchi qurilmalar bilan, bir mashinist xizmat ko’rsatadigan lokomotivlar esa, bundan tashqari ikkinchi boshqaruv pulti, orqa ko’rinish oynaklari va mashinistning lokomotivni boshqarish qobiliyatini to’satdan yo’qotgan vaqtida avtomatik to’xtash qurilmalari bilan jihozlanishi kerak.
Maxsus harakat tarkibi va olib qo’yiladigan qo’zg’aluvchan birliklarga bo’lgan texnik talablar, shuningdek, ularga texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash va foydalanish tartiblari AJ tomonidan o‘rnatiladi.

Kompaniya yo’llariga chiquvchi boshqa muassasa, korxona va tashkilotlarga tegishli lokomotiv va vagonlar ushbu Qoidalar talablariga muvofiq bo’lishi kerak. Bunday harakat tarkibining kompaniya yo’llaridagi harakatlanish tartibi AJ tomonidan o‘rnatiladi.



Download 133,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish