1-mavzu. Tolali materiallarni quritish va namlash fanining maqsadi va vazifalari va qo’llaniladigan asosiy uskunalari to’g’risida umumiy ma`lumotlar Reja



Download 37,15 Kb.
bet1/5
Sana23.06.2022
Hajmi37,15 Kb.
#697688
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-MA\'RUZA




1-MAVZU. Tolali materiallarni quritish va namlash fanining maqsadi va vazifalari va qo’llaniladigan asosiy uskunalari to’g’risida umumiy ma`lumotlar
Reja:
1.Tolali materiallarni quritish va namlash fanining dolzarbligi, ahamiyati va strukturasi va paxta xom ashyosining namligi.
.2. Tabiiy va sun’iy quritish.


1.Tolali materiallarni quritish va namlash fanining dolzarbligi, ahamiyati, strukturasi va paxta xom ashyosining namligi.
Yurtimiz mustaqillikka erishgach oq oltinimizga o’zimiz egalik qilish imkoniga ega bo’ldik. Endilikda biz jahon bozorida iste’molchilarni o’zimiz tanlash va paxtamizni haqiqiy qiymatida sotish huquqini qo’lga kiritdik.
Respublikamiz paxta tolasi ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda beshinchi, eksport qilishda ikkinchi o’rinni egallab turibdi. Prezidentimiz «O’zbekiston tashqi bozorda talab katta bo’lgan mahsulot-paxta tolasining asosiy ishlab chiqaruvchisi va yetkazib beruvchisidir» deb aytganlari hozirga kelib o’z tasdig’ini topdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Mato ishlab chiqarishda qo’llaniladigan tolaning 60-80 foizi Yevropaning yetakchi davlatlariga diyorimizdan jo’natiladi. Paxta tolasini jahon bozorida sotish hisobiga Respublika xazinasiga katta miqdorda valyuta tushmoqda.
SHuni ta’kidlab o’tish kerakki, Respublikamizda ishlab chiqariladigan paxta tolasi dunyoning ko’pchilik mamlakatlariga, shu jumladan AQSH, Gretsiya, Rossiya, Angliya, janubiy Koreya, Italiya, Germaniya, Gollandiya va Yaponiyaga eksport qilinadi. O’zbekiston respublikasi Liverpul (Angliya), Bermen (Germaniya) va Gdansk (Polьsha) birjalari kabi xalqaro nufuzli tashkilotning hamda paxta bo’yicha Xalqaro Konsulьtativ Qo’mitaning to’la xuquqli a’zosi hisoblanadi. O’zbekiston paxta tolasining andozali namunalari xalqaro assotsiatsiyalari va arbitraj qo’mitalar tomonidan standart namunalar sifatida qabul qilingan.
Respublikamizda bir yilda yetishtiriladigan paxtaning hajmi o’rtacha 3,5-3,9 mln. tonnani tashkil etadi. Bu hajmdagi paxtani qabul qilish, saqlash va qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlar majmuasini tashkil qilish, muvofiqlashtirish, sohada yagona ilmiy –texnik siyosatni amalga oshirish, jahon bozori standartlari talablariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berish O’zbekiston paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish aktsiyadorlik uyushmasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Respublikamizda paxta tozalash sanoati tizimida 99 ta paxta tozalash korxonalari, 500 dan ortiq paxta tayyorlash maskanlari mavjud bo’lib, har bir aktsiyadorlik jamiyati hozirgi zamon texnikasi bilan jihozlangan ishlab chiqarish bazasiga ega.
Paxta sanoatini muhandis-texnik xodimlar bilan ta’minlaydigan «Paxtani dastlabki ishlash» kafedrasi xodimlari ham Respublikamizni ushbu yo’nalishdagi rivojlanish ravnaqiga yetuk va malakali kadrlar tayyorlash bilan o’z hissalarini qo’shmoqdalar.
Respublikamizda olib borilayotgan tub iqtisodiy islohotlar ta’lim sohasida ham izchil va uzluksiz o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishi kadrlarni tayyorlash sohasida jahon andozalarga mos ravishda tub o’zgarishlar qilinishini talab etadi. Ma’lumki, paxta tozalash korxonalarining samarali ishlashini undagi mavjud bo’lgan malakali va bilimli xodimlar ta’minlaydi. SHu jihatdan hozirgi vaqtda malakali va ishbilarmon xodimlarni shakllantirishga erishish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.
“TMQN” fanining asosiy vazifalaridan biri ham asosan O’zpaxtasanoati korxonalariga yetuk va malakali kadrlar tayyorlab berishdir. Talabalarni mamlakatimizda va xorijda yetishtirilayotgan tolali materiallarni namligi ularni quritish va namlashda tabiiy sifat ko’rsatkichlarini saqlagan holda quritish va namlashni texnik-texnologiyalari bilan tanishtirish, ularni qayta ishlash korxonalarida ishlashini, tuzilishini va vazifalarini o’rgatishdan iboratdir.
Olinayotgan mahsulot sifatini nazorat qilish va aniqlash, miqdoriga e’tibor berish, jahon bozorida raqobatbordosh bo’la oladigan mahsulot ishlab chiqaraoladigan texnika va texnologiyalarni boshqaraoladigan malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashdir.

Download 37,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish