1 mavzu: Turli XIL materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi (2 soat) Reja



Download 269,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana15.02.2022
Hajmi269,98 Kb.
#449352
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-MAVZU.TURLI MATERIALLAR

Issiq dazmol bilan quritish. 
Issiq dazmol bilan odatda barglar, poyalar, 
maysalar quritiladi. Qavat-qavat gazeta yoki yumshoq qog‘oz orasiga o‘simlikni 
qo‘yib, ustidan dazmol yurgiziladi. So‘ngra ustki qavatidagi gazetani olib, 
quritilayotgan o‘simlik shamollatiladi va quruq joyga suriladi, so‘ngra gazeta yopib 
yana dazmollandi. O‘simlik 2-3 minutda quriydi va u o‘zining tabiiy rangini 
yo‘qotmaydi. Agarda quritilgan o‘simlik ko‘tarilganda o‘zining tanasini ushlab 
tursa, u yaxshi quritilgan hisoblanadi. Agar u sinib maydalanib ketsa, demak, u 
ortiqcha quritib yuborilgan hisoblanadi. 
Barglar
. Barglar o‘yinchoqlarni yasashda qiziqarli va kerakli qo‘shimcha 
material hisoblanadi. Ular turli shakl va ranglarda bo‘lishi mumkin. Eman 
daraxtlarning yirik barglarini bolalar kemalarga yelkan sifatida ishlatishadi. 
Barglardan kapalak qanoatlari, baliq suzgichlarini (bu o‘yinchoqlar g‘udda va 
bargdan yasaladi) yasashda qo‘llash mumkin. Barglarni kuzda, ular chiroyli 
bo‘lganida terish yaxshi. 
Darsda foydalaniladigan tabiiy materiallar o‘qituvchi rahbarligida ekskursiya 
jarayonida to‘planadi. Ekskursiyani uyushtirishdan oldin bolalarga bo‘lajak ish 
namunasi ko‘rsatiladi. Bolalar uni diqqat bilan ko‘rib, mashg‘ulot jarayonida 
foydalaniladigan tabiiy materiallar, ya’ni bargning shaklini, daraxt navlarini 
aniqlaydilar. Shundan so‘ng uyushtiriladigan ekskursiya rejasi tuziladi. Ekskursiya 
yo‘nalishi, tabiiy materiallarni to‘plash uchun mo‘ljallangan joylar aniqlanadi.
O‘quvchilar e’tiborini va aqliy faoliyatlarini kuzatilayotgan obyektdan mehnat 
darslarida ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan asosiy muhim belgilari, elementlari 
va xususiyatlarini ajratishga, to‘planayotgan materialni to‘g‘ri baholashga 
yo‘llaydigan savollar ro‘yxati tuziladi. 
Daraxtzorga kelganda bolalar kayfiyati ko‘tarilib, ular har narsaga qiziqish 
bilan qaraydilar, barglar, ularning ranglari, shakllari bolalarni ajablantiradi. Ular 
tabiatning butun go‘zalligini, uning ranglarini, to‘kilgan barglar hidi va ular o‘zining 
elastiklik xususiyatini yo‘qotganligini, qattiqlashib, sinuvchan bo‘lib qolganligini 
ko‘radilar. 
Bolalarning atrof-tabiat bilan zavqlanishlari kamayib borishiga qarab, ularning 
e’tibori barglarning shakli, daraxtlar navlariga qaratiladi. Ana shu vaqtda 
o‘simliklarda sodir bo‘layotgan ichki jarayonlar qisqa va tushunarli bayon etib 
beriladi: o‘simlik yangi sharoitlarga moslashib, qish fasliga tayyorgarlik 
ko‘rayotganligi bilan tanishadilar.
Bolalarning e’tibori atrofda uchib yurgan qushlar, kapalak, ninachilarga, 
ularning asosiy belgilariga jalb qilinadi, Uchib yurgan qushlar, ularning tuzilish 
formalari haqida, mehnat darslarida qushlar applikatsiyasini tayyorlash uchun 
to‘plangan barglar material xizmatini o‘tashi to‘g‘risida suhbat o‘tkaziladi. 
O‘quvchilar barglarni to‘plar ekanlar, ularning ranglarini, shakllarini 
qiyoslashni o‘rganadilar, bu ularning kuzatuvchanligi va diqqat qilish qobiliyatlarini 
o‘stirishga yordam beradi. To‘plangan barglar oldindan tayyorlab qo‘yilgan daftar 
varaqlari orasiga qo‘yiladi. Shundan keyin bolalarga barglarning mehnat 
mashg‘ulotlarigacha rangini yo‘qotmasligi, buralib ketmasligi uchun qanday ishlov 


berish kerakligi tushuntiriladi. Har bir ekskursiyada bolalarning e’tiborini insonning 
yaratuvchilik mehnatiga albatta jalb etish kerak. Ekskursiya oxirida suhbatga yakun 
yasaladi, ekskursiyada egallangan bilimlar umumlashtiriladi. Bundan tashqari, 
bolalarga uylarida qushlar tasviri tushirilgan rasmlarni, suratlarni ko‘rish, ularning 
tanasi va qanotlarining shakliga, rangiga alohida e’tibor berish topshiriladi. 
Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi mashg‘ulotda bolalar quritilgan 
barglardan qush applikatsiyasini zo‘r ishtiyoq bilan bajaradilar, agar applikatsiyalar 
o‘z istaklariga ko‘ra, o‘zlari to‘plagan materiallardan mustaqil yasash topshirilsa, 
qiziqishlari yanada ortadi. Bunday dars, mashg‘ulot quyidagi sxemaga ega bo‘ladi. 

Download 269,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish