1 mavzu: Turli XIL materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi (2 soat) Reja



Download 269,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana15.02.2022
Hajmi269,98 Kb.
#449352
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-MAVZU.TURLI MATERIALLAR

Urug‘lar
. O‘yinchoq uchun tabiiy materiallarga qimmatli qo‘shimcha bo‘lib 
daraxtlar, gullar, sabzavotlar urug‘lari xizmat qiladi. Masalan: zarang, shumtol urug‘lari. 
Bolalarga ular qanotchalar sifatida tanishtiriladi. Ulardan ninachi qanotlarini, quyon 
quloqlarini, baliq suzgichlari, tarvuz, qovun, kungaboqar urug‘laridan ko‘zlar yasash 
mumkin. Urug‘larni kuzda yig‘ish yaxshiroq. 
•Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi
•ochiq tondagi qog‘oz va fon tanlanadi; 
•applikatsiyaga mo‘ljallangan tasvir uchun urug‘lar tanlanadi; 
•tasvir ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli 
materiallar, ularning o‘lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi
•tasvirlash lozim bo‘lgan predmetlarning holati aniqlanadi; 
•tasvirlanadigan urug‘ ranglari va hodisalarning uyg‘unligiga erishiladi; 
•tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham urug‘dan tayyorlanadi, ularni 
chizmaslik kerak; 
•urug‘lar qog‘oz sathiga joylashtiriladi va o‘ylangan tasvir hosil qilinadi; 
•agar bu tasvir ma’qul bo‘lmasa, urug‘lar boshqacha joylashtiriladi
•urug‘larni yelimlashda PVA yelimidan foydalaniladi; 
•tasvirning kerakli qismi yelimlanadi va urug‘lar yopishtiriladi; 
•urug‘larni yelimlashda qisqichlardan foydalaniladi; 
•urug‘larni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning o‘rnini qalam bilan 
belgilab qo‘yiladi; 
•urug‘lar yelimlab bo‘lgandan so‘ng quritish uchun qo‘yiladi. Quritishda yelvizak 
bo‘lmasligi kerak. 
Somon 
texnikasi yangi yo‘nalish bo‘lganligi uchun asta-sekin yoshlar tomonidan 
o‘rganilmoqda. Ayniqsa bu sohani imkoniyati cheklangan bolalarga o‘rgatish quvonarli 
hol. Chunki ular ish jarayonida o‘zlarining nogiron ekanliklarini unutib, yaratayotgan 
namunalaridan zavq olishadi va hunar egasi bo‘lishadi. 
1. Avvalo xomashyo sifatida somon kerak bo‘ladi. Aynan bug‘doy yig‘ini 
boshlangan vaqtda somonning kerakli, ya’ni tepa va pastki bandlari alohida yumshoq 
hamda qattiqligiga qarab, qirqib olinadi. Chunki, tepa qismi quyosh nuriga yaqinligi uchun 
qizarib, to‘qroq, pastkisi esa salqinlikda ochroq rangda bo‘ladi. Ushbu qalamchalarni 
bunday ajratishning boisi, ular asar tayyorlash jarayonida o‘z o‘rniga moslab qo‘llaniladi. 
2. Yig‘ib olingan qalamchalar 1 kun davomida suvga solib qo‘yiladi va ular ho‘l nam 
holicha olinib, qattiq bosib, birma-bir dazmol qilinadi. Ushbu sohani tanlagan hunarmand 
nafaqat o‘z ishini bilishi, balki tasviriy san’at yo‘nalishini ham puxta egallashi lozim. Asar 
uchun eskiz tayyorlashda bu juda asqotadi. 
3. Endigi navbat chizmaga. Qog‘ozga o‘ylangan kompozitsiya chizib olinadi va 
ushbu eskiz oddiy qog‘ozga ko‘chiriladi. Eskizning har bir qismi alohida-alohida qirqib 
olinadi. 
4. Dazmollangan somon qalamchalari kompozitsiyaning kerakli, ya’ni issiq, sovuq, 
soya, nur kabi joylariga moslab qog‘oz ustidan yelim yordamida yopishtirib chiqiladi. 
5. Yaratilgan asar janriga ko‘ra, unga ishlov beriladi. Masalan, bolakay obrazi bo‘lsa, 
uning yuziga ifoda berish maqsadida maxsus kuydirish uskunasidan foydalaniladi. Bu 
uskuna yordamida asar xuddi rassom chizgandek tasvirlanadi. 


Alohida ishlangan kompozitsiya o‘zaro birlashtiriladi va qora mato yoki somon 
qalamchalaridan tayyorlangan tag qismiga yopishtiriladi. Hajmiga qarab, ramkaga 
solinadi. Asosiysi, ular hech bir ranglarsiz ustaning mahorati ila asar sifatida yaratiladi. 
Rangsiz kompozitsiyalar ranglilaridan farqli ravishda yaratilishi, kuydirilishiga ko‘ra 
ancha murakkab hisoblanadi. Rangli qilish mumkin, ya’ni somon ustidan bo‘yoq beriladi. 
Latviya, Belorussiya, Litva va Rossiyaning turli shaharlarida somonchilik na’munalaridan 
aynan rangli qilib tayyorlanadi.
Tabiiy materiallar bilan ishlash jarayonida o‘quvchilar ona tabiat bilan 
yaqinlashishga, unga tejamkorlik va mehribonlik, ehtiyotkorlik bilan munosabatda 
bo‘lishga o‘rganadi. 

Download 269,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish