1-Mavzu: Umumxalq tili va adabiy til. O‘zbek tilining taraqqiyot



Download 77,05 Kb.
bet1/3
Sana24.06.2022
Hajmi77,05 Kb.
#700714
  1   2   3

1-Mavzu: Umumxalq tili va adabiy til. O‘zbek tilining taraqqiyot


bosqichlari
Reja:

  1. Til – eng muhim aloqa vositasi

  2. Til – ijtimoiy hodisa

  3. Til va nutq

  4. O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari



Tayanch so‟z va iboralar: Til va tafakkur, ijtimoiy hodisa, yozuv, shartli belgilar, imo-ishoralar,qadimgi turkey til, eski turkey til, eski o‘zbek adabiy tili va hozirgi o‘zbek adabiy tili.

Har bir xalq hozirgi darajasiga yetgunga qadar juda katta taraqqiyot bosqichini bosib o`tgan. Bundan o`zbek xalqi ham mustasno emas. Markaziy Osiyo hududlarida azaldan yashab kelgan o`g`uz, qipchoq, uyg`ur, nayman, uyshin, barlos, yuz, qirq, ming kabi ko`plab qabilalar o`zbek xalqining shakllanishida muhim o`rin tutgan. O`zbekistonning qayeriga borsangiz, darxon, kenagas, jaloyir, bahrin, nayman kabi joy — urug` nomlariga duch kelishingiz mumkin. Bu nomlar shu joylarda muayyan qabila vakillarining yashab o`tganligidan aks sado berib turadi.


Birgina «qipchoq» atamasini olib ko`raylik. Qipchoqmahalla, Qipchoqqishloq, Qipchoqovul, Qipchoqariq singari nomlar har bir tumanda, hatto har bir jamoa xo`jaligida mavjud. Bu nom o`zbek xalqining shakllanishida qipchoq qabilalarining munosib o`rin tutganligidan dalolat berib turibdi. Bu gapni o`g`uz, qorluq-chigil-uyg`ur qabilalariga nisbatan ham aytish mumkin. Naql qiladilarki:
«O`tmishini unutgan, avlod-ajdodlarini bilmagan kimsalarning quldan farqi yo`q».
Jamiyat oilalardan tashkil topganidek, tillar ham turli-tuman oilalarga bo`linadi. Til oilalari shu oilaga asos bo`lgan til nomi bilan yuritiladi. O`zbek, uyg`ur, qirg`iz, qozoq kabi tillarning turkiy til deyilishiga sabab shuki, ularning hammasi qadimgi turkiy tildan ajralib chiqqan. Demak, hozirgi barcha turkiy tillar (o`zbek, uyg`ur, qirg`iz, qozoq, turkman, ozarbayjon, usmonli turk, tatar, xakas, yoqut va boshq.) uchun qadimgi turkiy til umumiy til (bobo til) sanaladi.
Hozirgi turkiy tillarning shakllanish tarixini ko`pchilik olimlar bir necha davrlarga bo`ladilar. 1. Oltoy davri. 2. Eng qadimgi turk davri. 3. Qadimgi turk
davri. 4. O`rta turk davri (hozirgi barcha turkiy xalqlar va ular tillarining shakllanishi hamda rivojlanishi davri) va boshqalar.
Turkiy tillar qadimda mo`g`il va tungus-manjur tillari bilan birgalikda bitta oilani tashkil etgan va bu til oltoy tili deb atalgan. Keyinchalik oltoy tili tarmoqlanib ketgan. Afsuski, bu davrdan xabar beruvchi yozma yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan, lekin qadim-gi turkiy til davriga oid bir qancha yozma manbalarga egamiz. Urxun-enasoy, uyg`ur (qisman moniy), sug`d yozuvlari shular jumlasidandir. Mazkur yozuvlar hozirgi turkiy tillarning barchasi uchun umumiy sanaladi.
Eramizning XI asrlaridan boshlab qorluq qabila ittifoqi kuchaya boshladi va qoraxoniylar sulolasi hukmronligidagi o`zlarining davlatlarini tashkil etdi. Qoraxoniylar Sirdaryo havzalari hamda somoniylarga qarashli bo`lgan Buxoro va Samarqandlarga ham o`z ta‘sirini o`tkazadi. Qoraxoniylar davlati mayda uyg`ur qabilalarini hamda Sirdaryo va Amudaryo oralig`idagi turk-eron aholisi yashaydigan madaniy yerlarni o`ziga bo`ysundirgan holda X asr oxirlarida islom dinini qabul qilib, Markaziy Osiyoning eng madaniy turk davlatiga aylandi.
Qoraxoniylar tomonidan ikki rivojlangan madaniy markazning sharqda uyg`ur madaniyatining va g`arbda, Markaziy Osiyoda, turk-eron madaniyatining birlashtirilishi uning yozma madaniyatida ham o`z ifodasini topdi. Qoraxoniylar davrining eng asosiy adabiy va lingvistik yodgorliklaridan biri Mahmud Koshg`ariyning «Devon-u lug`otit turk» nomli qomusiy asaridir. Bu asar turkiy tillarning o`sha davrdagi fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, dialektal xususiyatlari haqida to`la ma‘lumot beruvchi qimmatli manbadir. Shu bilan birga, turkiy xalqlarning xalq og`zaki ijodi namunalarini aks ettirgan yirik badiiy asardir.
Mahmud Koshg`ariy tilshunoslik tarixida ilk bor barcha turkiy tillarning bir necha guruhlarini tasniflab, ular o`rtasidagi umumiy va farqli jihatlarni aniqlagan holda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik deb nomlanuvchi tilshunoslik yo`nalishiga asos soldi.Qoraxoniylar davrining ikkinchi yirik yozma yodgorligi — bu Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» («Baxt keltiruvchi bilim») asaridir. Bu asar yirik badiiy-tarbiyaviy asar bo`lib, turkiy adabiyot tarixida juda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, Xo`ja Ahmad Yassaviyning hikmatlari, Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asarlari shu davrning eng buyuk adabiy durdonalaridir.

Download 77,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish