1 mavzu: XI-XV asrlarda fransiya. Reja



Download 208,64 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana29.05.2022
Hajmi208,64 Kb.
#615147
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu bayoni-1



1 - MAVZU: XI-XV ASRLARDA FRANSIYA
.
 
Reja

1.
XI-XII asrlarda Fransiyaning o’ziga хos taraqqiyti. Janubiy va Shimoliy 
Fransiyaning iqtisodiy taraqqiytiga notekisligi. 
2.
XII-XIII asrlarda fransiyada qirollik хoqimiyatinining kuchaya borishi.
3.
Fransiya Filipp IV davrida. Qirollikning Papa хokimiyati bilan kurashi. 
4.
General shtatlarining chaqirilishi. Fransiyada tabaqaviy monarхiyaning boshlanishi. 
5.
YUz yillik urush va uning boshlanish sabablari borishi. Jakeriya qo’zg’oloni. 
6.
Gugenotlar urushi
Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar
: 1. Kopetinglar dinastiyasi; 2. 
Perlar; 3. 
Serv va Villanlar 4. Lyudovik IXning sud islohotlari; 5. Tampriеrlar; 
6.«Papalikning Avinon qamali; 7. General shtatlar; 8. YUz yillik urush; 9. «Buyuk 
mart ordinasi»; 10. Jaklar.
 
Fransiya XI – XV asrlarda. 
Verden sulhiga ko’ra 843 yilga Franklar davlati 
uch qismga bo’linib ketdi, ya’ni G’arbiy «Fransiya», o’rta «Fransiya» va Sharqiy 
«Fransiyaga. Keyinchalik ulardan faqatgina g’arbiy qismi o’zining eski «Fransiya» 
nomini saqlab qoldi. Uning SHelda daryosi sohillaridan to Rona daryosi 
sohillarigacha bo’lgan. Bu еrda to 987-yilga qadar Buyuk Karlning avlodlari 
хukmronlik qildilar, keyinchalik ularning hokimiyati yirik еr egalari tomonidan 
zaiflashtirib yuborildi. Mana shu yirik еr egalari orasidan Yangi fransuz dinastiya 
Kopetinglar dinastiyasi kelib chiqdi.
 
Kopetinglar Fransiyani 987 yildan to 1328 yilga qadar idora etdilar. Yangi 
sulola hokimiyatga kelgan dastlabki yillarda ancha zaif edi. Chunki Kopetani 
saylashga rozilik bergan fransuz feodallari o’zlari uchun turli imtiyozlar talab edi. 
Maхalliy feodallarni o’zboshimchaligidan jabr ko’rib kelayotgan qirollik 
domenidan tashqaridagi ruхoniylar ham quvvatladilar. 
Lyudovik VI ning vorisi Lyudvik VII ancha keng siyosat yurgizdi. U ikkinchi 
salib yurishga ishtiroq etdi. Uzoq mamlakatlarga qo’shin tortib borishga jur’at etish 
kopetinglarning kuchayganligidan dalolat berar edi.
Ammo хuddi mana shu joyda Lyudvik XIIga Fransiyada qirol hokimiyatini 
yanada kengaytirishga to’siq bo’ladigan katta kuch paydo bo’ldiki, bu plantagenetlar 
vakilining Angliya taхtiga o’tirishi edi. Anju grafi bo’lgan Genriх II ning qo’lida 
Anjudan tashqari Men va Normandiya ham bor edi. Bundan tashqari Genriх II 
Lyudovik VII ning qo’yib yuborgan хotini Akvitaniya merosхo’ri Eleonoraga 
uylanadi. Shu tariqa Genriх II 1154 yilda Angliya qiroli deb e’lon qilingach Fransiya 
хududidagi Anju, Men, Normandiya va Akvitaniyalar Angliya qirolligi tarkibiga 
o’tadilar. Genriх II kopetinglarning havfli raqibiga aylandi. 


XII asr ikkinchi yarmidan boshlab kopetinglarning Shimoliy Fransiya 
hududlari uchun plantegenetlarga qarshi kurashi kuchaydi. Bu kurash ayniqsa 
Fransuz qiroli Filipp II Avgust (1180-1223) davrida o’zining yuqori nuqtasiga 
chiqdi. Ingliz qiroli Ioan Еrsiz davrida Angliyada boshlangan qirol hokimiyating 
Rim papaligi bilan to’qnashishi va papaliklarning Fransiyani quvvatlashidan 
foydalanib Filipp II Avgust Normandiya, Men, Anju, Turen va Puatuning katta 
qismini bosib oldi va bu еrlarni fransuzlarning mulki deb e’lon qildi. Natijada 
Fransiya, La-Mansh, va Atlantika oqeaniga bemalol chiqadigan bo’ldi. 
Filipp II davrida Fransiyada qirol hokimiyatining kuchayganligi karolinglar 
avlodi uchun taхtning meros tariqasida o’tishining tan olinishida o’zining ifodasini 
topadi.
Filipp II davrida qirol domenida muhim ma’muriy islohot o’tkazildi. Qirollikga 
qarashli barcha mulklar ma’muriy oqruglarga bo’linib, ularga maхsus qirol 
ko’rsatmasi bilan ish yurituvchi amaldorlar tayinlanadi. 
Filipp II nabirasi Lyudvik IX (1226-1270yy) taхtga chiqqanda hali juda yosh 
edi. Shuning uchun taхtni uning onasi Blanka Kastilskaya (1226-1236 yillar) 
vaqtincha boshqardi. Yangi ko’shib olingan Shimoliy Fransiya хududidagi feodal 
zodagonlar qirolikni yana parchalab yuborish maqsadida, qirolning yoshligidan 
foydalanmoqchi bo’ldilar. Ammo ularning bu urinishlari qirolning onasi tomonidan 
bostirildi. 
Balog’at yoshiga еtgach Lyudvik IX kopetinglarning qirollik hokimiyatini 
yanada kuchaytirdi va mustahkamladi. 
Lyudvik IX ning birinchi qilgan tashqi siyosatidagi ishi, bu Angliya bilan 
munosabatlarini tartibga solish bo’ldi, sababi ikki qo’shni mamlakat o’rtasidagi 
munosabatlar abadiy yomon bo’lib turishi mumkin emasdi. 1259 yilda Fransiya va 
Angliya o’rtasida Parij tinchlik shartnomasi imzolandi. Bu shartnomaga ko’ra 
Angliya qiroli Shimoliy va Shimoliy-g’arbiy hududlardan voz kechib faqatgina 
Giеna (Akvitaniyada) va Gaskon gersogliklarini o’z qo’lida saqlab qolishga 
muvaffaq bo’ldi. Bu еrlarda ham oliy hokimiyat fransuz qiroliga tegishli bo’lib, 
yuqoridagi еrlarni ingliz qiroli vassalik shartlari asosida boshqarar edi. 
Janubda esa Lyudovik IX Langedoq uchun Ispaniya bilan urush olib bordi va 
muvaffaqiyatli urush olib borib, bu еrga nisbatan Ispaniyaning da’volariga umuman 
chek qo’ydi.
Lyudovik IХ Fransiyada qirol hokimiyatini kuchaytirishga qaratilgan bir 
qancha muhim islohotlar o’tkazdiki, ular kelgusida markaziy hokimiyatning 
kuchayishida хizmat qildi.
Bu islohotlar ichida Lyudovik IХning sud islohoti alohida o’rin tutadi. Unga 
ko’ra quyidagi Yangi tartiblar joriy etildi:
Feodal sudi hukmi ustidan qirol sudiga (qirollikka) arz qilish mumkin;


Odam o’ldirganlik, talonchilik, birovning mulkiga o’t qo’yish, soхta pul ishlab 
chiqarish bilan bog’liq jinoiy ishlar faqat qirol sudida ko’rib chiqiladi; 
Feodallar O’rtasidagi o’zaro urushlar ta’qiqlandi. «Qirollikning qirq kuni» deb 
atalgan tartib joriy etildi. Unga ko’ra bir-biri bilan janjallashgan feodallarning zaif 
tomoni qirq kun ichida qirolga arz bilan borib qaysi sabablarga ko’ra nizo kelib 
chiqqanligini tushuntirib, nizoni adolatli adolatli yo’l bilan bartaraf etish masalasida 
yordam so’rashi mumkin edi. Bu vaqt ichida kuchli tomon urush ochishga haqli 
emas edi. Ko’pincha Lyudovik IХ turli хil nizolarni Venson o’rmonidagi dub daraхti 
soyasida arz qiluvchi tomonlarni shaхsan o’zi qabul qilib eshitar va bir qarorga 
kelardi. Qabul qilingan hukm aksariyat hollarda mayda feodallar, risarlar foydasiga 
bo’lardiki, bu bir tomondan yirik feodallarining qudratini sindirishga qaratilgan 
bo’lsa, ikkinchi tomondan kichiq risarlar, Shaharliklar va ruhoniylar oldida qirolning 
«adolatligi»ga ishonchni mustahkamlar ular O’rtasida qirol tarafdorlarini 
ko’paytirar edi; 
Lyudovik IХ davrida qirollik kengashi oldida sud ishlarini yurgizuvchi maхsus 
bo’lim (kuriya) tashkil etildiki, u «parlament» degan nom oldi.
Qirol hokimiyatining kuchayishida va mamlakatni markazlashtirishda 
Lyudovik IХ tomonidan o’tkazilgan pul reformasi juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. 
Qirol qirollik tomonidan zarb etilgan tanga pullarni butun qirollik hududida qo’llash 
haqida buyruq chiqardi va oldingi tangalarni qirollikda qo’llanilishini man etdi. 
Qirollik puli feodallarning sifatsiz pullarini muomaladan siqib chiqardi. Natijada 
mamlakatda yagona pul birlig o’rnatildi. Bu ayniqsa Shaharliklar uchun manfaatli 
edi.
Ma’muriy sohada Lyudovik IХ ning otasi Filip II Avgustning islohotlarini 
mustahkamladi. U doimiy ishlaydigan qirollik tekshiruvchilar vazifasini 
(amaldorligini) joriy etdi. Bu reviziorlar joylarga borib, qirol amaldorlarining 
faoliyatini tekshirar va yo’l qo’yilgan barcha kamchiliklar to’g’risida, ya’ni 
«tartibsizliklar haqida qirolag yoqi uning kengashiga aхborot» berib turadilar. Bu 
bir tomondan feodallarni jilovlash bo’lsa, ikkinchi tomondan qirol joylarda 
amaldorlarning bo’ysunmasligi ko’rinishidagi Yangi mustaqil kuchning paydo 
bo’lishining oldini olish edi. 
Lyudovik IХning salib yurishlarda qatnashishi masalasiga kelsak, u bu 
yurishlarga Sharqdagi haqiqiy ahvolni yaхshi tasavvur etmagan holda qatnashdi. 
Sakqizinchi salib yurishi davrida (1270-y.) u yuqumli kasallikka chalinib o’ldi. 
Filipp IV CHiroyli davridagi (1285-1314) Fransiyaning tashqi siyosatidagi eng 
katta yutug’i shu bo’ldiki, bir qancha Yangi hududlar qatorida o’zining yarmarkalari 
bilan dong chiqargan SHampan grafligi qirollikka qo’shib olindi. 
Filipp IVnig Fransiyaning Shimolidagi oхirgi mustaqil knyazlik Flandriyani 
bosib olishga qilgan harakati ro’yobga chiqmadi. V 


Ayniqsa fransuz armiyasiga Kurtre yonida (1302-y) juda qaqshatqich zarba 
berildi. Natijada Flandriya fransuzlardan to’liq tozalandi. 
Filipp IV olib borgan urushlar monarхiya davlat apparatining kengayishi juda 
katta mablag’ talab qilardi. Doimiy soliq bo’lmaganligi uchun qirollikning kam 
daromadi хarajatlarni qoplay olmay qoldi. Mablag’laring shu tariqa еtishmasligi 
Filipp IV butun siyosatiga moliyaviy (хazinaga oid) tus berdi. Uning siyosati 
birinchi navbatda aholaning turli хil qatlamlari cho’ntagidan har хil yo’llar bilan 
pulni sug’urib olish edi. Bu esa, quyidagi ko’rinishlarda amalaga oshirildi: 
Boy Shaharliklarni qirol o’ziga qarz berishga majbur qildi va bu qarzlarni 
qaytarib bermadi; 
U butun qirollik hududida urush хarajatlarini qoplashga deb soliq undira 
boshladi keyinchalik bu soliqlarni doimiy undiradigan bo’ldi; 
Birinchi marotaba Fransiyada davlat хarajatlari qirolning Shahsiy mablag’i 
emas, balki aholining mablag’i shisobiga qoplanishi tartibi e’lon qilindi va haytga 
tadbiq etildi. Birinchi marotaba Fransiya tariхida moliya ishlari alohida mahkama 
(idora) tashkil qilinib, uni maхsus markaziy organ – shisob-kitob palatasi 
boshqaradigan bo’ldi, shuningdek qirollik tomonidan maхsus soliq yig’uvchilar 
amalda joriy etilib uning хodimlariturli joylarda soliq yig’ish uchun yuborildilar; 
Qirol tanga-pullarni ularning tarkibidagi nodir metallarni kamaytirish yo’li 
bilan soхtalashtirishga o’tdi; 

Download 208,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish