1-Mavzu yuzasidan topshiriqlar



Download 13,67 Kb.
Sana26.06.2021
Hajmi13,67 Kb.
#102291
Bog'liq
1-Mavzu yuzasidan topshiriqlar


1-Mavzu yuzasidan topshiriqlar.

Tarixiy antropologiya tadqiqot predmetini o’rganishning o’ziga xos jihatlari, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tarixning inson tarixi “Antropologizasiya”ga aylanishi zamonaviy jahon tarix fani yetakchi jarayoni sifatida, tarixni o’rganishda tarixiy antropologik yondashuvning ahamiyati, tarixiy tadqiqotlarda tarixiylik prinsiplariga amal qilinishi, tarixda anaxronizm va modernizasiya, tarixiy haqiqatni o’rganishda tizimli yondashuv fanning dolzarb masalalari qilib olingan.

Antropogenez jarayonida qadimgi odamlarning jismoniy xususiyatlarining o’zgarib borishi, ong, til, xulq, irqiy jamoalarning differensiyasi va dinamikasi, odamlarni yog’och, suyak va toshga ishlov berishiga asoslanishi, mehnat faoliyatini takomillashuvining, inson tanasidagi o’zgarishlarga asosiy omil bo’lishi, inson ajdodlari mehnati va ijtimoiy hayoti, bugungi kunda tarixiy antropologiyada mavjud muammolarni o’rganishning turli metodlari, o’rganish metodlarining turlari va o’ziga xosligi, arxeologik tadqiqotlar insoniyat o’choqlari taraqqiyoti, haqidagi ma’lumotlarni berishi, ularni antropologik ma’lumotlar bilan qiyoslanishi, madaniyatlar va xalqlarni shakllanishida paleoantropologik ma’lumotlarni qiyosiy tahlili, madaniyatdagi o’zgarishlar insonlarning genetik qardoshligi asosida ko’plab avlodlar hayoti davomida madaniyatlari o’zgarsada antropologik xususiyatlari saqlanib qolishi kabi bilimlari tanishtiriladi. Mavzu tarixiy antropologiya yo’nalishlari va boshqa fanlar bilan aloqasiga doir bilimlarni qamrab olgan.

Antropologiya – (qad. yun. antropo - odam va Andoza:Lang-grc2 - fan) – odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, odamzod irqlarining paydo bo‘lishi, odamning tana tuzilishidagi normal farq-tafovut, o‘zgaruvchanlik haqidagi fan.

Antropologiya ijtimoiy fanlarga juda yaqin turadigan biologiya sohasidir. Antropologiyaga doir fikrlar bundan bir necha ming yil ilgari paydo bo‘lganiga qaramay, u fan sifatida faqat 19-asrning 2-yarmidan shakllana boshladi. Antropologiyaning muhim sohasi – odam organizmining tuzilishi va rivojlanishiga taʼsir qiladigan fiziologik, biokimyoviy va genetik omillarni o‘rganadigan bo‘limi – „Odam biologiyasi“ degan umumiy nom bilan 20-asr o‘rtalaridan boshlab rivojlandi.

Odamning paydo bo‘lishida faqat tabiat olamining qonuniyatlarigina emas, balki ijtimoiy omillar ham muhim rol o‘ynagan. Odam paydo bo‘lgandan hozirgi holatigacha uning butun hayoti ijtimoiy jamiyatning rivojlanish qonuniyati bilan chambarchas bog‘langan. Antropologiyaning fan bo‘lib rivojlanishida tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi fanlar ijobiy rol o‘ynadi.

Zamonaviy fan nuqtai nazaridan aytganda, antropologiya quyidagi uchta katta bo‘limdan iborat:



  1. odam morfologiyasi;

  2. antropogenez;

  3. irqshunoslik (etnik Antropologiya).

Turkiston o‘zining geografik o‘rniga ko‘ra uzoq o‘tmishda murakkab irqiy va etnik jarayonlarni boshidan kechirgan, shuningdek qo‘shni xalqlarning ham ta-rixiy taqdirlarini belgilab berishda rol o‘ynagan. Bu o‘lka, xususan O‘zbekiston xalqlarini antropologik jihatdan o‘rganish Sovet davrining 20-yillarida rivojlandi. Bu ishda O‘rta Osiyo davlat universiteti antropologiya kafedrasi asoschisi va doimiy rahbari L. V. Oshaninning xizmati katta bo‘ldi. Uning rahbarligida Turkiston bo‘ylab 29 antropologik ekspeditsiyalar uyushtirildi. L. V. Oshanin va uning shogirdlari (V. Ya. Zezenkova, Q. N. Najimov)ning saʼy-harakatlari natijasida Turkiston antropologik jihatidan 3 viloyatga ajratildi. Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida yashovchi o‘zbeklar va tojiklar yer yuzidagi mavjud uch irqning (yevropeoid, negroid va mongoloid) biri – yevropeoid irqining „O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi“ga mansub deb topildi.

Moskvalik antropolog A.I.Yarxo bu irqni „Pomir-Farg‘ona tipi“ deb atadi. Farg‘ona vodiysidagi Selungur va Surxondaryodagi Teshiktosh g‘orlaridan topilgan qadimgi ajdodlarimiz qoldiqlari tufayli O‘zbekiston Afrika va Old Osiyo hududlari bilan bir qatorda, hozirgi zamon odamlarining paydo bo‘lishi jarayoni yuz bergan hududlar tarkibiga kiritildi va bu xulosa fanda uzil-kesil isbotlangan. O‘zbek xalqiga xos „O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi“ning shakllanish davri, makoni va tarixi masalalarida fanda yaqingacha yagona fikr yo‘q edi. Bir guruh olimlar bu irqiy tip bundan 6 – 8 ming yil ilgari shakllandi desa, boshqa bir guruh mutaxassislar bu voqea bundan 3 ming yil ilgari sodir bo‘ldi deyishdi. Uchinchi guruh olimlari esa uni 16-asrda shakllandi deb hisoblar edilar. O‘zbek antropologlari (T. Xo‘jayev)ning uzoq yillik izlanishlari natijasida, juda boy antropologik materiallar asosida bu tip bundan 2200 – 2300 yil ilgari shakllana boshlaganligini isbotladilar.

Yangi zamonaviy yo’nalishlarning shakllanish omillari , Strukturaviy antropologiya yo’nalishi, Neofunksionalizmning Manchester maktabi, Lesli Elvin Uayt konsepsiyasi, Neoevolyusionizm g’oyalari, XIX-XX asrlar sayyohlari(A.Franklen, J. Mishle)ning tarixiy antropologik yondashuvlari Fransuz “Yangi tarixiy fan” va tarixiy antropologiyasi, XX asrning 20-50 yillarda. “Annalov” maktabi, L.Fevr, M.Blok, J.Lefevr, F. Brodel, E.Kantorovich, E.P.Tompson, Britaniya madaniy antropologiyasi, K.Levi-Strossning strukturaviy antropologiyasi, Tarixiy psixologiya yutuqlari, AQSh madaniy-tarixiy psixologiyasi, Fransiyadagi Meyerson-Vernan maktabi vakillarining ilmiy qarashlari ko’rib chiqiladi.

Darvinning evolyusion g’oyasi, Eduard Taylor evolyusion nazariya asoschisi sifatida, Bastian nazariy qarashlarida, ijtimoiy hodisalarning psixologik va biologik xususiyatlari, Morgan xalqlar urug’chilik tuzumini tarixiy nuqtai nazardan tahlil etishi.



F.Ratselning antropogeografiyasi diffuzionizm jarchisi. Leo Froboniusning «Madaniy mifologiyasi”. Grebnerta’limotining g’oyaviy ildizlari haqida. Olimning “Madaniy xalqalar” nazariyasi. V.Shmidtning “pramonoteizm” g’oyasi haqida ingliz diffuzionizmi Rivere. Eliot-Smit va Garrini Panegiptizmi. Diffuzionizmning umumiy natijalari.
Download 13,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish